Yillar o‘tib, yozuvchi Hayo xonim tergovchi Sherzod tomonidan ko‘p yillardan beri yopiq turgan sirli ish yuzasidan tergovga chaqiriladi. Ishning qayta ochilishiga esa kutilmagan bir dalil sabab bo‘ladi. Yillar davomida qizini kutgan ona, unutilgan xotiralar va hech kim bilmagan haqiqatlar yana yuzaga chiqadi... Qorong‘u sirlar, kutilmagan burilishlar va hayratlanarli haqiqatlarga boy sirli detektiv hikoya.