Voqealar qorong‘i sirlar, eski jinoyatlar va yashirilgan haqiqatlar bilan to‘la gotik shaharda kechadi. Roman markazida ikki murakkab xarakter — Liliya va Damir turadi. Liliya — mag‘rur, o'tkir tilli, o‘z fikridan qaytmaydigan ayol. U hech kimga osonlikcha ishonmaydi. Damir esa sovuqqon, xavfli, hukmronlikni yoqtiradigan va o‘z sirlarini hech kimga oshkor qilmaydigan erkak. Ularning munosabatlari nafrat va ishonchsizlikdan boshlanadi. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular bir-biridan nafratlanish uchun yetarlicha sababga ega emasliklarini emas, aksincha, bir-birlaridan yashirayotgan haqiqatlari juda ko‘pligini anglay boshlaydilar.