"Ba’zida hayotimizdagi eng muhim burilishlar kutilmagan daqiqalardan — yangi ostonalar, tanish bo‘lmagan yuzlar va ekran ortidagi sirli profildan boshlanadi. Eski dunyoning og‘irligidan qochib, o‘ziga berilib qolgan sokin qiz taqdir uning yo‘lini kim bilan keshtirishini bilmasdi. Darsga kechikib kirib kelgan o‘sha o‘g‘il bola esa barcha narsani o‘zgartirib yubordi. Kutilmagan xabar, yurakni tezroq urishga majbur qilgan e’tirof va qisqa fursatda qalbga muhrlangan unutilmas damlar... Biroq taqdirning yo‘llari doim ham bir manzilga olib boravermaydi. Yo‘llar ayro tushganida esa ortda faqatgina so‘nmas tuyg‘ular va o‘sha qissaning xotirasi qoladi. Yurakdan chiqqan chinakam hayotiy va sirli muhabbat tarixi — «Taqdirning yo‘llari».