Qirol Manju
Uzoq tarixda Manju ismli qirol hukmronlik qilgan ekan. Uning xalqi orasida: «Badjahl, yuragi toshdan, rahm-shafqat nimaligini bilmaydigan inson», degan mish-mishlar yurardi.
Aytishlaricha, uning pinagini buzgan har qanday inson qattiq jazolanar, unga qarshi chiqqanlarning tanalari bo‘laklarga ajratilardi. Ba'zilarining terisini shildirgan, ba'zilarining esa boshining markaziy qismiga qilich sanchib, bularning barchasini shunchaki tomosha qilgan.
Bu qirolning boylikdan ko‘zi to‘q bo‘lganmi yoki uning yuragi rostdan ham toshdek qattiqmidi? Uni mehr va rahm-shafqat bilan yumshatishning iloji bormidi?
Bu mish-mishlar qirol Manju taxtga o‘tirgan kundan boshlab xalq orasida tarqala boshlagan edi.
Ammo hech kim uning bunday inson bo‘lib ulg‘ayishiga nimalar sabab bo‘lganini bilmasdi.
Qirolning otasi nihoyatda qattiqqo‘l inson edi. Manju esa onasidan juda erta ayrilgan. U deyarli mehrga to‘ymagan, insonlardan mehr kutgan va atrofidagilarga mehr berishni o‘rganishga muhtoj bo‘lgan bola edi.
Qirol Manju onasining mehrini atigi besh yoshigacha his qila olgan. Otasi esa uning ko‘z o‘ngida onasi uchun biror marta ham ko‘z yosh to‘kkanini ko‘rmagan. Aksincha, onasining vafotidan bir kun o‘tiboq boshqa ayolga uylanib, bazmu jamshid uyushtirgan.
Manju qattiq nazorat va bosim ostida, otasining e'tiboridan chetda ulg‘aydi. Hatto saroy xizmatkorlari ham uni yoqtirishmasdi. Buning sababi, otasi unga deyarli e'tibor qaratmas, uning yagona mehribon insoni — onasi esa allaqachon vafot etgan edi.
Saroy xizmatkorlari ham ochiqko‘ngil insonlar emasdi. Ular kichkina shahzodaga mehr ko‘rsatish u yoqda tursin, hatto unga oddiy hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ham bilishmasdi.
Balki aynan shuning uchun Manju mehr va shafqat nimaligini bilmay ulg‘aygandir...
20 yil o‘tib...
Qirol Manju taxtga o‘tirganiga yigirma yil bo‘lgan edi.
Saroyda katta bazmga tayyorgarlik ko‘rilardi. Hamma xavotir va qo‘rquv ichida shoshilgancha ish bilan band edi. Birgina xato uchun ham qirolning xizmatkorlarini qanday azoblarga duchor qilishi mumkinligini tasavvur qilishning o‘zi kifoya edi.
— Analya xonim! Analya xonim! Malika hushidan ketdi! Analya xonim!
Analya: Nima dedingiz?! Rozalina, malika hushidan ketdimi?
Rozalina: Ha... Bizga biriktirilgan xizmatkor xonimlardan biri qirol haqida bilishni istaysizmi, deb so‘ragan ekan. Qirol haqida eshitishi bilanoq hushidan ketibdi.
Analya: Ovozingizni o‘chiring! Og‘zingizga ehtiyot bo‘ling. Yashashni istamayapsiz, shekilli!
Rozalina: Nima?! Demak, qirol haqida eshitganlarimiz rostmi?
Analya: Ha... Bechora malika Saka qo‘rquvdan o‘zini yo‘qotgan bo‘lsa kerak. Eh, bechora qiz... Unga rahmim kelyapti.
Qirol qo‘shni qirollikni bosib olganidan so‘ng, malika va uning qo‘l ostidagilari asir sifatida saroyga olib kelingan edi. Analya ham xuddi shunday, boshqa bir qirollikdan asirga olingan zodagon xonim edi.
Hozir esa u oliy ma'lumotli, aqlli ayol bo‘lgani va qirollikka foydasi tegishi sababli qirol saroyida zodagon qizlarga mas'ul shaxs sifatida xizmat qilardi.
Analya malika Sakaning xonasiga tabibni chaqirtirdi.
Tabib: Rangi oqarib ketibdi, yuragi juda tez uryapti. Qattiq qo‘rqqan bo‘lsa kerak. Biroz dam olsin. Uni tinchlantiringlar. Qizlar, uni har xil gaplar bilan vahimaga solmanglar.
Tabib: Analya xonim, siz bilan gaplashadigan gapim bor. Tashqariga chiqsak.
Ular xonadan chiqib ketishdi.
Ular chiqib ketgach, Rozalina xonim boshqa qizlarni tinchlantirishga tushdi.
Rozalina: Hammasi yaxshi, qizlar. O‘zingizni bosib oling.
Xizmatkor qiz: Rozalina xonim, iltimos... Qirol haqida gapirganlarimiz uning qulog‘iga yetib bormasin. U bizni o‘ldiradi! Men qo‘rqyapman, yashashni istayman...
Rozalina: Jim! Sizga kim qirolga aytamiz, dedi? Malikani bezovta qilyapsizlar. Yig‘lashni bas qiling!
Shu payt xonaga Analya qaytib kirdi.
Analya: Malika o‘ziga kelishi bilanoq, uni qirolning xonasiga olib borishga tayyorlanglar. Chiroyli va nafis ko‘rinsin. Qirolning xonasiga birinchi marta ayol kishi kirmoqda. Hammasi malika Sakaning o‘ziga bog‘liq. Qirolning ko‘nglini olishga harakat qilsin.
Shunday deb, Analya xonadan chiqib ketdi.
Ha, to‘g‘ri eshitdingiz. Qirolning xonasiga birinchi marta ayol kishi kirayotgan edi.
Manju shu yoshiga qadar biror qizga qiziqmagan, hech kimni sevib qolmagan edi. Qanday qilib sevsin axir? U mehr nimaligini bilmasa...
U hatto ayollarning husniga ham maftun bo‘lmagan. Butun vaqtini qirollik ishlari bilan band holda o‘tkazgan Manju ayollarga e'tibor qaratmasdi. Ko‘plab xonimlar ham qirolning e'tiborini o‘zlariga jalb qila olishmagan.
Menimcha, qirolning ko‘ngliga yo‘l topish oson ish emasdi. Ayollar esa faqat noz-karashma qilish bilan uning e'tiborini tortishga urinardilar.
Ammo bu qirolning e'tiborini tortish uchun yetarli emasdi. Chunki ularning barchasidan ko‘zlangan yagona maqsad qirolning farzandiga ona bo‘lish edi...
Rahmaat🥹
Izohlar
7Juda zur chiqibdi manga yoqdi❤️
Rahmaaat ☺️
manga yoqdi 😍
Pryam mazza qb oqdm
Ouu rahmat yoqganidan hursandman bu hali tugamagan agar rostanham qiziq bolsa qolganini yozishgaham ishtiyoqim ortardi