Ba'zi uchrashuvlar taqdir tomonidan yoziladi, ammo baxt bilan yakunlanmaydi... Bu — mehrni unutgan qirol va uning qalbiga sekinlik bilan kirib borgan malika haqida hikoya. Biri butun qirollik taqdirini hal qila olardi, ammo o‘z yuragi ustidan hukmronlik qila olmasdi. Ikkinchisi esa na tojga, na boylikka, balki inson qalbining eng tubidagi mehrga ishongan edi. Ularning uchrashuvi ikki xil dunyoni birlashtirdi. Malika qirolning dunyoqarashini, qirol esa muhabbat haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirdi. Ammo ba'zan eng go‘zal tuyg‘ular ham shafqatsiz taqdir oldida ojiz qoladi. Bu hikoya muhabbat, sadoqat, kechirim va yo‘qotish haqida. Kitob boshida zerikarli tuyilishi mumkin lekin uni ichiga kirib borganingizda ishonamanki uni hiz qilishni boshlaysiz bu yerda faqat sevgi emas ruhiy azoblat va oğriqlar ham bor uni oqishingizni va oz fikringizni bildrishingizni juda istardim.