Seni topgunimcha… Ba’zi uchrashuvlar tasodif emas, ba’zi ayriliqlar esa yakun emas. Bu hikoya — Abdulloh va Mariyamning taqdir yo‘llari, qalb kechinmalari, izlanishlari va kutilmagan burilishlari haqida. Unda insonning o‘zini, baxtini va qalbiga yaqin bo‘lgan insonni izlash yo‘lidagi sinovlari aks etadi. Chunki ba’zan kimnidir topishdan oldin, inson o‘zini topishi kerak bo‘ladi… Men bu hikoyani ba’zan ko‘z yoshlarim bilan, ba’zan esa kulib yozdim. Har bir voqeasiga o‘zimcha bir his, bir kechinma bilan yondashdim. Istardimki, siz ham uni shunchaki o‘qib chiqmasangiz, balki qahramonlar bilan birga quvonsangiz, iztirob cheksangiz, ba’zan kulib, ba’zan o‘ylanib qolsangiz. Agar hikoyam qalbingizdan joy olsa, bundan juda xursand bo‘laman. Samimiyat bilan, Muxlisa Fayoz