YOZGI TA‘TILNING BOSHI
Yoz boshlandi. Ha aytgancha, dadam bahorda qaytib keldi va piyozlarni yig‘ib oldik. Hozir yana dehqonchilik qilmoqda. Men esa yozgi ta‘tildaman. Keyingi o‘quv yilgi rejalarim katta. Hali yana 2 yil o‘qiyman. Yozgi ta‘tilda esa zerikmayapman. Yaqinda "Kitobxon" tanloviga qatnashaman. Tayyorlanayapman. Kichik bir tanlov. O‘qishga esa 3 kitob berilgan. " Shoh va Mot", "Jannati odamlar", "Shum bola" asarlari. Men esa bu kitoblarni miriqib o‘qiyapman. Kitob o‘qish qanday maza-a. Telefonda qandaydir bexuda foydalangandan ko‘ra, kitob o‘qigan afzal. Kitob o‘qigandagi mazzani faqat kitobxonlar biladi. "Kitobxon" tanlovi iyul oyida bo‘ladi.
Men esa iyun oyida qattiq tayyorgarlik ko‘rdim. Agar taqdirimga g‘oliblik bitilgan bo‘lsa, g‘olib bo‘laman. Agar bitilmagan bo‘lsa, harakat qilganim bilan ham g‘olib bo‘la olmayman. Lekin taqdirimga bitilmagan ekan deb, harakatdan to‘xtab qolmayman. Harakatda - baraka.Xullas, tanlovga tayyorman.
"KITOBXON" TANLOVI
Iyul keldi. Tanlov boshlandi. Tanlovda 3 ta savol berilar ekan. Oson, o‘rta va qiyin. Tanlovdan oldin mendan intervyu olishdi.
-"Eng yaxshi ko‘rgan kitobingiz?" dedi jurnalist.
- " Jannati odamlar" deb javob berdim.
Barcha ishtirokchilar kelgandan so‘ng, savollar varaqasi tarqatildi. Vaqt qo‘yildi " 30 daqiqa". Tiq-tiq.Menga tushgan savollar:
1.Oson: " Mellori Grinlif qaysi shaxmat klubi a‘zosiga aylanadi?
Javob: Zugzwang"
2.O'rta : " Qanday qilib bolakayning bobosi og'ir kasallikka chalinadi?
Bu albatta " Jannati odamlar" asari.
Javob: Qishda ko'proq quraman deb, suvga tushgan.
3. Qiyin: " G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asarida Qoravoyning boshidan kechirgan sarguzashtlari orqali yozuvchi o‘sha davrdagi jamiyatning qaysi illatlarini fosh etadi?
Javob: " Yozuvchi Qoravoyning sho‘xligi, topqirligi va turli vaziyatlardan chiqib ketishi orqali jamiyatdagi adolatsizliklarni ochib beradi. Asar kulgili voqealarga boy bo‘lsa-da, uning zamirida jiddiy ijtimoiy muammolar yotadi" .
Savollarga javob berdim va javoblarni hakalarga topshirdim. Barcha ishtirokchilar tugatgandan so'ng, javoblar e'lon qilinishi boshlandi. 3-o'rin….. Men emasman. Eh. 2-o'rin …… Yana men emasman. Eh. Nasib qilmagan shekilli.1-o'rin Qahramon. Nima? Men. Birdaniga xursand bo'lib ketdim. Kutmagan edim. Tashkilotchilar sovg'a sifatida kitoblar berishdi. Ikki karra quvondim. Kitob - eng yaxshi do'stdir. Muhimi g'alaba emas, muhimi ishtirok.
Izohlar
0