Salom! Mening ismim Qahramon. Otam dehqon, onam esa qishloqdagi hamshira. Oilada yagona farzandman. Kichik fermamiz ham bor, desam bo‘ladi: yigirmata tovuq-xo‘rozimiz va beshta sigirimiz bor. Shu kichik ro‘zg‘or bilan kun kechiramiz. Qishlog‘imizda bitta maktab bor. Lekin bu maktabda faqat 1-sinfdan 4-sinfgacha ta’lim beriladi. O‘quvchilar 4-sinfni bitirgach, shaharda o‘qishni davom ettiradi yoki qishloqda chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Xullas, ahvol shunaqa.