Kansertdan bir necha kun oldin. Dam olish kunlardan biri edi. Anna yana o'sha kitoblari bilan oz xonasida edi. Birdan telefon jiranglab qoldi. Anna uni ko'tardi:
— Annaaa!
Telefonning narigi tomonidan Emmaning ovozi eshitilishi bilan Anna kitobidan boshini ko‘tardi.
— Nima bo‘ldi?
— Bugun bo‘shmisan?
— Nega?
— Konsertga kiyadigan kiyimimni tanlashim kerak. Menga yordam berasan.
Anna kitobini yopib, stol ustiga qo‘ydi.
— O‘zing tanlay olmaysanmi?
— Yo‘q. Men hammasini chiroyli deb o‘ylayman. Sen esa hech bo‘lmasa rostini aytasan.
— Demak, meni kiyim tanlash uchun ishlatmoqchisan?
— Aynan shunday.
Anna kulib yubordi.
— Mayli. Qayerga boramiz?
— Men joyni tanlab qo‘yganman.
— Qayer?
Emma manzilni aytishi bilan Anna biroz jim qoldi.
— U yer juda qimmat-ku.
— Bilaman. Kansert uchun takrorlanmas bo'lmoqchiman.
— Emma...
— Dadamning kartasi menda. Xavotir olma.
— Bu yanada qo'rqinchili eshtilyabdi.. Esing joyidami?
— Xavotir olma dadam biladi. Yoq dugonajon joyida emas men BTS ni ko'raman qanaqasiga joyjda bo'ladi axir?
Anna boshini chayqab kuldi.
— Mayli. Bir soatdan keyin tayyor bo'laman.
---
Bir soatdan keyin ular shahardagi eng hashamatli savdo markazlaridan biriga yetib kelishdi.
Ichkariga kirishlari bilan Anna atrofga qaradi. Katta oynali do‘konlar, qimmat brendlarning vitrinalari, baland shiftlardan tushayotgan yorug‘lik... Bu joyda oddiy xarid qilishdan ko‘ra, odamlar o‘zlarini ko‘rsatish uchun kelgandek tuyulardi.
Emma esa aksincha, juda xursand edi.
— Qani, boshladik!
— Faqat bir narsani eslatib qo‘yaman, — dedi Anna. — Men sen bilan uch soat yurib, oxirida hech narsa olmasang, seni o'ldiraman.
— Men bugun albatta olaman.
— O‘tgan safar ham shunday deganding.
— Bu safar jiddiy.
Ular birinchi do‘konga kirishdi.
Emma bir nechta kiyimlarni olib, kiyinish xonasiga kirdi. Bir necha daqiqadan keyin chiqib, Anna oldida aylanishga tushdi
— Qanaqa?
Anna unga sinchiklab qaradi.
— Chiroyli.
Emma norozi qaradi.
— Faqat chiroylimi?
— Senga yarashadi.
— Mana, endi yaxshi.
— Lekin konsert uchun biroz oddiy.
— Men ham shuni o‘ylagandim!
— Unda nega so‘rading?
Emma kulib yubordi.
— Chunki sen aytishingni kutgandim.
Ular yana bir nechta do‘konni aylanib chiqishdi. Emma kiyim tanlar, Anna esa unga yordam berardi.Bir mahal Anna boshining biroz aylanayotganini sezdi.U avvaliga e’tibor bermadi. Ammo ko‘ngli aynishi kuchaygach, qo‘lidagi kiyimlarni Emma tomon uzatdi.
— Men ayollar xonasiga kirib chiqaman.
Emma darhol unga qaradi.
— Yaxshimisan?
— Ha. Shunchaki ko‘nglim biroz ayniyapti.
— Suv olib beraymi? Yoki birga boraymi?
— Yo‘q, o‘zim borib kelaman.
— Mayli. Men suv olib seni shu yerda kutaman.
Anna bosh irg‘ab, do‘kondan chiqdi.
---
Savdo markazining boshqa tomonida esa Taehung o‘ziga kerakli narsalarni olish uchun kelgandi.U bugun tinchgina xarid qilib, tezroq ketishni rejalashtirgandi. Qop qora kiyinb qora maskalarni taqib yuzni yashirib olgan bolsa ham do‘kondan chiqishi bilan bir qiz unga sinchiklab qaradi va oldidagi sherigiga qarab:
— Bu Taehung emasmi?
Taehung buni eshitib, boshini egdi.
Oradan bir necha soniya o‘tmay, telefonlar ko‘tarildi.
— Taehung!
— Bir daqiqa!
— Bu tomonga qarang!
U vaziyatni tushundi.
Qo‘riqchilar odamlarni ortga surishga urinishardi, ammo odamlar tobora ko‘payib borardi.Taehung tezroq yurdi.
Keyin orqasidan kimdir yugurib kelayotganini ko‘rib, o‘zi ham qadamini tezlatdi.
— Iltimos, yo‘l bering.
U bir burilishdan o‘tdi.Keyin yana biridan.Orqadagi shovqin hali ham eshitilardi.U ko‘zi tushgan birinchi eshikni o‘ylamasdan ochib, ichkariga kirib ketdi.Nafasini rostlash uchun bir zum ko‘zlarini yumdi.Keyin tepaga qaradi.
AYOLLAR XONASI.
Taehung o'qigach qotib qoldi.
— Ooo Yo‘q...
Ammo shu payt orqasidan odamlarning ovozi eshitildi. Chiqib ham ketolmaydi.
— U shu tomonga kirdi!
Taehung eshikdan chiqishga ulgurmay, ichkaridan bir qiz paydo bo‘ldi.
Anna.
U qo‘lini yuvib bo‘lib, eshik tomon kelayotgan edi.
Ikki kishi bir-birini ko‘rib, bir necha soniya jim qoldi.
Anna avval uniga, keyin eshikdagi belgiga qaradi. Birdan qorqib ketgandi chunki qora niqobdagi yigit savdo markazida kamiga ayollar xonasida edi..
Ko‘zlari kattalashdi.
Anna birdan ovozini balandlatdi:
— Bu ayollar xonasi-ku!
Taehung darhol barmog‘ini Annaning labiga qo‘ydi.
— TiiShsh... iltimos, baland gapirmang.
Anna Taehungni qo'larini olib:
— Nega baland gapirmay?
— Tashqarida odamlar bor.
— Bu sizga bu yerga kirishga sabab bo'lmaydi-ku.
Taehung bir zum jim qoldi.
— Bilaman.
— Unda nega kirdingiz? O'g'rimisiz?
— Yoq meni noto'g'ri tushunyabsiz men... adashib kirdim.
Anna eshikdagi yozuvga qaradi.
— Adashdingiz?
— Ha.
— Yozuv juda katta-ku.
Taehung beixtiyor kulib yubordi.
— Shoshilganimdan qaramadim.
Tashqaridan yana ovozlar eshitildi.
— U qayerga ketdi?
Taehung eshik tomon qaradi.
Anna ham shovqinni eshitib, biroz hayron bo‘ldi.
— Ular sizni qidirishyaptimi?
— Ha.
— Nima uchun? O'g'ri emas ekansz-ku?
Taehung bir necha soniya o‘ylab turdi.
— Meni tanib qolishdi.
Anna unga qaradi.
— Siz mashhurmisiz?
Taehung kulimsiradi.
— Ha, shunaqa.
— Kimligingizni aytishingiz shart emas.
— Nega?
— Chunki men baribir tanimayman va qiziq ham emas.
Taehung bir zum unga qarab qoldi.
— Rostdanmi?
— Ha.
— Siz meni umuman tanimaysiz?
Anna boshini chayqadi.
— Yo‘q.
Taehung beixtiyor kuldi.
— Qiziq?
Anna esa uning kulganiga tushunmay qaradi.
— Nimasi qiziq?
— Hech narsa.
Tashqaridagi shovqin asta-sekin uzoqlashdi.
Anna eshik tomon yurdi.
— Menimcha, endi chiqishingiz mumkin.
Taehung bosh irg‘adi.
Anna chiqishidan oldin yana bir marta unga qaradi.
— Faqat keyingi safar eshikdagi yozuvga qarang.
Taehung kulib:
— Mayli. Va buning uchun uzr.
— Hechqisi yo‘q.
Anna tashqariga chiqib ketdi.U Taehungning kimligini bilmasdi.Uning ismini ham bilmasdi.U uchun bu shunchaki savdo markazida sodir bo‘lgan g‘alati voqea edi.
---
Emma Anna qaytishini kutib, qo‘liga ikkita kiyimni ushlab turardi.
Anna yaqinlashishi bilan:
— Nihoyat! Qayerda qolding? Xavotir oldim.
— Bir g'alati narsa bo'ldi.
— Qanaqa narsa? Men esa seni yo‘qotib qo‘ydim deb o‘yladim.
Anna kulib qo‘ydi.
— Muhim emas.. Men unchalik uzoqqa ketmadim-ku.
--Ha mayli.
Emma unga kiyimlarni ko‘rsatdi.
— Qaysi biri?
Anna ikkala kiyimga qaradi.
— Bunisi.
— Nega?
— Senga ko‘proq mos.
— Demak, shuni olamiz!
Emma xursand bo‘lib kiyimni qo‘liga oldi.
Anna esa ortiga bir marta qarab qo‘ydi.
U haligi begona yigitni allaqachon unutishga harakat qilayotgandi.
Ammo o‘sha paytda uning ismini bilmasdi.
U hatto o‘sha yigitning Taehung ekanini ham tasavvur qilmasdi.
Izohlar
0