Ba’zan hayotingizdagi eng katta o‘zgarishlar oddiygina bir tasodifdan boshlanadi. Anna — kitoblar va sokinlikni yaxshi ko‘radigan, Amerikada ulg‘aygan oddiy qiz. U Koreyaga qaytishni xayoliga ham keltirmagan edi. Ammo oilasining taqdiri uni yillar oldin tark etgan shahriga qaytishga majbur qiladi. Bir kuni esa u konsert oldidan notanish yigit bilan tasodifan to‘qnashib ketadi. Bir necha soniya. Bir nechta kitob. “Rahmat, janob.” Va tamom. Anna bu uchrashuvni unutadi. Ammo o‘sha notanish yigit uni unutmaydi. Oradan vaqt o‘tib, taqdir ularni yana va yana bir-birining yo‘liga olib chiqadi. Biroq bu safar ular orasida faqat tasodif emas — sirlar, masofa, oilaviy muammolar, do‘stlik va minglab insonlarning nigohi ham bor edi. Ba’zi uchrashuvlar tasodif bo‘lib boshlanadi. Ammo oxiri… taqdirga aylanishi mumkin.