BIR NECHA YILDAN KEYIN..
Anna uchun tonglar doim bir xil boshlanardi.Budilnik soat yettida jiringlar, Anna esa qo‘lini uzatib, telefonini o‘chirardi. Keyin yana besh daqiqa uxlashga harakat qilardi. Ammo o‘sha besh daqiqa ba’zan yigirma daqiqaga aylanib ketardi.
O‘sha kuni ham shunday bo‘ldi.
Quyosh derazadan tushib, xonaning polida uzun yorug‘lik hosil qilganida Anna nihoyat ko‘zlarini ochdi. U bir necha soniya shiftga qarab yotdi. Keyin yonidagi stolga qo‘l uzatib, kitobini oldi.Kitobning sahifasi kecha qayerda qolganini yaxshi eslardi.
Anna kitob o‘qishni shunchalik yaxshi ko‘rardiki, ba’zan atrofidagi hamma narsani unutib qo‘yardi.
— Anna!
Pastdan onasining ovozi eshitildi.
Anna javob bermadi.
— Anna, nonushta tayyor!
Yana jimlik.
— Qizim!
Anna nihoyat kitobdan boshini ko‘tardi.
— Hozir!
U kitobni yopdi, sochini tezda yig‘ib, oynaga qaradi. Oddiygina kiyindi va xonasidan chiqdi.
Zinadan tushayotganida otasining kulgisi eshitildi.
— Menimcha, qizingiz yana kitob ichida uxlab qolgan.
Onasi stolga nonushta qo‘yayotgan edi.
— Men ham shundan qo‘rqaman.
Anna stolga o‘tirdi.
— Men uxlamadim.
Otasi unga qarab kuldi.
— Demak, kitob bilan gaplashib o‘tirgansan.
— Juda qiziq edi.
—Sen uchun hamma kitob qiziq.
— Chunki men yomon kitob tanlamayman.
Onasi kulib:
— Mana, yana boshlandi.
Anna ham jilmaydi.
Ularning oilasidagi bunday oddiy suhbatlar Annaga yoqardi. Uyda hech qachon ortiqcha shovqin bo‘lmasdi. Otasi ba’zan hazillashar, onasi esa uning gaplarini kulib tinglardi.
Anna oilasida yolg‘iz farzand edi.
Ota-onasi uni juda yaxshi ko‘rardi, lekin hech qachon ortiqcha erkalatib yubormasdi. Ular Anna’ga mustaqil bo‘lishni, o‘z qarorlarini o‘zi qabul qilishni o‘rgatishgan.
— Bugun universitetdan keyin uyga to‘g‘ri kelasizmi? — so‘radi onasi.
— Bilmayman. Kutubxonaga kirib chiqishim mumkin.
Otasi boshini chayqadi.
— Men seni kutubxonada yashaysan deb o‘ylay boshladim.
— U yerda tinch.
— Uyda tinch emasmi?
Anna otasiga qarab kuldi.
— Uyda sizlar bor.
Onasi kulib yubordi.
— Demak, biz xalaqit beramiz?
— Yo‘q. Shunchaki kutubxonada hech kim mendan “qachon ovqatlanasan?” deb so‘ramaydi.
Otasi jiddiy qiyofa qilib:
— Bu juda muhim savol.
Anna kuldi.
Nonushtadan keyin u universitetga yo‘l oldi.
Anna o‘n to‘qqiz yoshda edi. U bu yil birinchi kurs talabasi bo‘lgan. Yangi muhitga hali to‘liq o‘rganmagan bo‘lsa-da, o‘qish unga yoqardi.
U odamlar bilan tez yaqinlashadiganlardan emasdi.
Guruhdoshlari bilan salomlashardi, kerak bo‘lsa suhbatlashardi, ammo darsdan keyin ko‘pchilik kafega yoki boshqa joylarga ketganda, Anna ko‘pincha kutubxonaga borardi.
O‘sha kuni ham darslar tugagach, u kutubxonaning deraza yonidagi sevimli joyiga o‘tirdi.
Tashqarida yomg‘ir yog‘a boshlagan edi.
Anna derazaga qarab bir necha soniya turdi.
Yomg‘ir unga g‘alati xotirjamlik berardi.
U quloqchinini taqib, sokin musiqa qo‘ydi va kitobini ochdi.
Oradan taxminan qirq daqiqa o‘tgach, telefon vibratsiya qildi.
Emma qo‘ng‘iroq qilmoqda.
Anna telefonni oldi.
— Salom.
Telefonning narigi tomonidan baland ovoz eshitildi.
— ANNA!
Anna darhol telefonni qulog‘idan uzoqlashtirdi.
— Nima bo‘ldi? Sekinroq men kutubxonadaman....
— Sen yangilikni ko‘rmadingmi?!
— Qaysi yangilik?
— BTS!
Anna ko‘zlarini yumdi.
— Yana BTSmi?
— “Yana BTSmi” emish! Bu safar juda katta yangilik!
Anna kitobini yopdi. Kutubxomadan zalga chqi.
— Xo‘sh, ayt.
Emma bir necha soniya ataylab jim turdi.
Keyin tantanali ovozda:
— BTS Amerikada konsert beradi!
Anna bir zum jim qoldi.
— Tabriklayman.
— Anna!
— Nima?
— Men jiddiy gapiryapman!
— Men ham.
Emma kulib yubordi.
— Men ikkita bilet olaman.
Anna derazadan tashqariga qaradi.
— Kim bilan borasan? Jon bilan emas faqat?
— Tanya bilan.
— Unda yaxshi.
— Yana maxsus uchrashuv uchun ham joy olaman.
Anna kulib yubordi.
— Sen rostdan ham BTSni juda yaxshi ko‘rasan.
— Juda yaxshi ko‘ramanmi? Men ularni sevaman!
— Bilaman.
— Ayniqsa Jungkook...
Anna kulib, boshini chayqadi.
— Boshlama.
— Nega? Men hali hech narsa demadim.
— Ovozingdan bilib turibman.
Emma kuldi.
— Anna, bir kun kelib sen ham ulardan birini yoqtirib qolasan.
— Ishonmayman. Bunday bo'lmaydi.
— Nega?
— Chunki men bunday narsalarga qiziqmayman.
Emma bir necha soniya jim qoldi.
— Hali nma bo'lishini bilmaysanku axmoq qiz.
Anna kulib yubordi.
— Emma, men universitetdaman. Menga dars qilishim kerak.
— Mayli. Lekin konsertga kiyim tanlashgani va tayorlanishga yordam begani borasan.
— Bu hali aniq emas.
— Men seni ko‘ndirdim deb hisoblayman.
— Men bunday demadim.
— Men esa shunday eshitdim.
Qo‘ng‘iroq tugagach, Anna bir necha soniya telefon ekraniga qarab turdi. Keyin kutubxonadagi joyga qaytdi.
U BTS konsertiga borishni katta voqea deb hisoblamasdi.Ammo hayot ba’zan odam eng oddiy deb o‘ylagan kunini uning butun hayotidagi eng muhim kunlardan biriga aylantirib qo‘yadi.Anna esa hali buni bilmasdi.
U yana kitobini ochdi.
Yomg‘ir derazaga sekin urilardi.
Shahar odatdagidek shovqinli edi.
Anna esa o‘zining kichkina, sokin dunyosida kelajakda nimalar kutayotganini bilmagan holda kitobining navbatdagi sahifasini ochdi.
Izohlar
1Xatolar bolsa uzr sorayman...