-Ular kech qolishyapti- xavotirga tusha boshladi ayol-Yuvan yana nimanidir boshlamadimikin deb qo'rqaman.
-Yuvan juda yaxshi yigit - o'z odatiga ko'ra va'z o'qiyotgandek dona-dona qilib salmoqlanib gapirdi fidoyilar sardori keksa Xun- Ammo ba'zan o'zboshimchaligi boshiga balo bo'ladi.Senga buni avval ham aytganman Nami, o'g'lingni tarbiyasida andak sustkashlikka yo'l qo'ygansan. Ammo men qiz bola bo'lsada Meyni ko'proq hurmat qilaman.U jamomamiz qoidalarini akasidan ko'ra teranroq anglaydi.
Onaning quloqlariga sardorning gaplari yaxshi kirmadi.Qorong'u tushib boryapti, bolalaridan esa biror belgi yo'q.Hademay darvozalarni berkitishadi.Agar ular tunda tashqarida qolib ketishsa... Ayol ichini timdalayotgan o'ylardan ko'ksini g'ijimladi.
-Himoyatkorimiz o'zi asrasin -yig'lamsirab pichirladi u.
-Tabassum qil-buyurdi sardor ayolga.Quyosh rangli matodan uzun libos kiygan,sochlarini qirib tashlash orqali o'z Himoyatkorlariga sadoqatini isbotlashni sharaf deb biladigan va ayni paytda oilalarga uyma-uy oziq-ovqat tarqatib qaytayotgan yosh fidoyilar jamoasini ko'rgan ayol go'yo butun umri davomida ko'zlarida yuksak sevinch va minnatdorchilikdan boshqa narsa aks etmagandek zohir qiyofa yasadi.
-Barakalla-bolalarni maqtadi sardor - Siz nochorlarni siylagandek Himoyatkorimiz barchangizni o'zi siylasin.
Bolalar o'zlarida yo'q g'urur bilan tazim bajo keltirishdi.
Jamoani nigohi bilan kuzatib qo'yarkan fidoyi Nami yana kirish eshigi tomon yuzlandi. HAYRIYAT!Ular qaytdi!
-Mey! Yuvan! - bolalari istiqboliga oshiqdi ona xira qorong'ulik ichidagi soyalarni tanirkan. Lekin Yuvan kimni yelkalab olgan?
-Uni topib olganimizda tanasi butkul yax tortgan edi. Lekin tirik.Shunaqasi ham bo'lishi mumkinmi?
Fidoyilar sardoriga Yuvanning savoli og'ir keldi shekilli yuzini burishtirib Mey tomon yuzlandi.
-Nega notanish insonni qarorgohimizga boshlab kelishga yo'l qo'yding?Nahotki u Soyagarlardan biri bo'lishi mumkinligini o'ylamagan bo'lsang.
Qiz akasiga qahr bilan tikilib turdi-yu dedi:
-Yuvanni fikricha u...
-Hafsalamni pir qilding -chort kesdi sardor-o'z fikringni himoya qilolmasang qanday qilib butun qishloqni mudofaa qilmoqchisan Mey?Senga buni avval ham aytgandim...
- Sardor u kichik yarador qiz xolos -achchiqlandi Yuvan-Uni men ko'rib qoldim va o'zim olib keldim.Meyni bunga aloqasi yo'q.
Sardor Xun go'yo umrida bunday hurmatsizlik his qilmagan basharaga tushdi.
-Sardor bu qiz chindan ham Soyagarga o'xshamaydi-gapga aralashdi Nami-Ayniqsa bu holatida u faqat Soyagarlar uchun oson o'lja bo'lolardi xolos.Himoyatkorimiz marhamati bilan uni Yuvan ko'rib qolgani qizaloqni baxti
Sardor Xun Namiga bir qarab qo'yib tomoq qirdi.
-To'g'ri aytyapsan o'g'lim. Qizga yordam berish bizning burchimiz. Savolingga kelsak ha, muzdak tana bilan ham tirik qolish mumkin.Hatto bu uchun Soyagar bo'lish shart emas.Zero - yig'ilganlarning barchasiga eshittirib ma'lum qildi Sardor-HIMOYATKORIMIZ MARHAMATI BIZNI HAR QANDAY CHIYILDOQLAR BALOSIDAN ASRAB QOLADI!Keling, bu bechora qizaloqqa g'amxo'rlik qilaylik. Do'st bo'lsa bag'rimizga olamiz va fidoyilar safidan joy beramiz.Dushman bo'lsa... uni Do'stga aylantiramiz!
Sardorning nutqidan bir necha ayol pichirlagancha Himoyatkorlariga minnatdorlik o'qib ko'ziga yosh olarkan Yuvan singlisining nafratli nigohiga to'qnash keldi.U Meyning lablaridan "Hammasiga sen aybdorsan" so'zlarini aniq uqib oldi.Qiz o'zini eshikka urarkan uni ortidan yugurmoqchi bo'lgan akasini yarador qizni to'rt erkak namoyishkorona ko'targancha hujra tomon olib kirib ketishayotgani to'xtatib qoldi.
-Uni qayerga olib ketyapsizlar?!
-Yangi mehmonni Himoyatkorimizning shaxsan o'zlari ko'rishni ixtiyor qilibdi.Undan xavotir bo'lma o'g'lim - Yuvanning yelkasini silab qo'ydi Nami-Sen juda to'g'ri ish qilding. Endi u eng ishonchli qo'llarda bo'ladi.
Hvarin hujraning to'ridagi beton daxmaga olib kirib yotqizildi.
-Qiz shu yerda-parda ortidagi Himoyatkorga bosh egib murojaat qildi Sardor Xun.
-Qolganlar ketishi mumkin. Bugun har biringiz qalbingizning tubigacha tinchlik va osoyishtalik bilan mukofotlanasiz-nihoyatda yumshoq va zalvorli ovoz keldi parda ortidagi taxtdan.
Erkaklar boshlarini yerdan uzmasdan ixlos bilan ta'zim aylagancha xonani tark etishdi.Sardor Xun eshikni yopib qizni qarshisiga qaytdi.
-Ular ketishdimi? - bu safar xadik bilan eshitildi boyagi ovoz.
-Chiqaver - beparvo javob berdi Sardor Xun.
"Himoyatkor" qo'lidagi mayni yengidan chiqarib pildiragancha Sardorning yoniga turib olarkan qizdan ko'zini uzmay taklif qildi:
-Ichasizmi?
Bu mitti jussali, ko'z tagi qorayib ketgan og'zidan may hidi anqib turgan mazxaraboz Sardorni har doimgidanda ko'proq ijirg'antirdi.
-Yo'qol- vazmin buyurdi u.
"Himoyatkor" mung'ayib o'zini parda ortidagi koshonasiga o'tarkan xafa bo'lgannamo ming'irladi.
-Tayyorgarliksiz kelganingiz mening aybim emas.Majlislar haqida oldidan ogohlantirishga kelishgandik.
Ammo bu galgi majlis va unga sababchi qiz ham hatto Sardor Xun uchun kutilmagan tuhfa bo'ldi. U qarorgohga begonalar kelishini hech qachon hushlamagan. Ammo bu mehmon o'zgacha.Xun 140 yillik umri davomida hali Chiyildoq tushirgan tuman uyqusiga tushib, qayta uyg'onolgan insonni uchratmagan.Balki u haddan ortiq omadlidir. Xun qizga ortiqcha baho berib yubormaslik uchun uni kuchini aniqlashga qaror qildi.
U Hvarinning tanasi bo'ylab to'rt tomoniga kichik idishchalarda suv qo'yib chiqdi.Tushunarsiz so'zlarni past ovozda vishshillarkan qizning bosh tomonidagi mangalda olov gurilladi. Sardor Xun yoshiga nisbatan ancha baquvvat qo'llarini qizning peshonasiga qo'ydi.
-Ostende vim tuam! - bu gal sehr so'zlarini ovoz chiqarib qat'iy o'qidi u. Biroq qizdan taralgan dahshatli bosim uni ortga otib yubordi."Himoyatkor" ning pardasini yirtib o'tib yiqilgan Sardorning rangi bo'zdek oqarib ketgandi.
Hvarin jag'i tushib qolgudek esnab ko'zlarini bazo'r ochganida unga ikki erkak tikilib turardi.Biri nimasi bilandir maymunni eslatib yuboradigan shalpangquloqli,nimjon.Ikkinchisi esa yoshiga yarashmagan darajada baquvvat va tik qomatli.U erkaklarni nima bu darajada qo'rqitib yuborganini bilish uchun atrofga alangladi.Bu yerning ifori biroz xunuk bo'lsada dahshatli nimadir ko'zga tashlanmadi.Bir bo'lak go'sht topilmasmikin ularda?
Izohlar
0