2183-yil Buyuk Qirg'inkushoddan so'ng Yer yuzining eng taraqqiy etgan shaharlari ham quruq vayronaga aylandi.Insonlar faqat jodugarlar qoni borlarga ko'rinuvchi sovuq va shilimshiq maxluqlar - Chiyildoqlarga ozuqa bo'lmaslik uchun qabilalarga bo'linishdi. Va ulkan devorlar qurib uning ichida jon saqlay boshlashdi. Lekin na biror qabila va na sherikka ega bo'lgan Hvarin ismli bir qiz bor edi.U og'riqlaridan lazzatlanar, erkinlik uchun oyoqlarini chopib tashlashga rozi bo'lardi.U vanihoyat o'zi qidirgan narsani topganida sarguzashtlari yakuniga yetdi deb o'ylagandi lekin aslida uning yo'li aynan shu yerdan boshlandi. U aslida nimani izlab bu xavfli yo'lga chiqqandi? Bu olamda u bilmaydigan yana qanday sirlar bor? Uning o'ziga ham noma'lum kuchi yana kimlarni qiziqtirib qo'yadi? Bu savollarga Dark Fentezi,Dark Romance va Magic ruhdagi asardan javob topishingiz mumkin Maroqli mutolaa