G’alati holat.Biroz noqulay ammo bu unga yoqayotgandi.Umuman unga ayni shunday holatlar yoqadi.O’zi buni tan olmasada har bir qo’rquv har bir daxshatli vaziyat uni ich-ichdan zavqlantirib yuborardi.Hozir ham u oyog’ini qulab tushgan reklama monitori bosib turgan holatda o’sha maxluqlarga tik qarab turarkan tanasiga turgan vahimali titroqdan lazzatni his qildi.
-Juda qiziqarli - lablari chetidagi qon bilan arang irshaydi qiz-Ov uchun chiqqandim ammo o’ljaga aylandim shekilli.
Undan bir necha chaqirim narida turgan maxluqlar qizni allaqachon ko’rgan ammo u o’likmi yo tirikmi aniqlik kitirmoqchidek unga qiyofasiz yuzlari bilan qarab turishardi.Ulardan biri xuddi suv ustida suzgandek havoda muallaq u tomon yaqinlasha boshladi.
-Seni bilmadimu-yana bir kuchandi u-Menimcha och qoringa o’lishdan yomoni yo’q.
Qiz ulkan monitor tagidan oyog’ini xalos qilishga urindi. Biroq monitorning uchli tomoni qizning oyog'iga sanchilib qolgani bois uni qimirlatishga urinishning o'zi qizni og'riqdan o'kirtirib yubordi. Mana yana biroz... Qiz kuchini yo'qotmaslik uchun nafasini ushlab turib monitorni ko'tardi.Ortida sovuqlikni sezib yuzini o'girdi. Uning butun badanini sovuq bir shilimshiqlik qamrab olgandi...
Hvarin oziga kelganida maxluqlar yo’q edi.Qiz atrofga alangladi.Kimsasizdek tuyuladigan biroq chidab bo'lmas darajada qabihlikka to'la o'lik binolar, suyagidan boshqa narsasi qolmagan inson jasadlari va dilni yayratmaydigan ko'm-ko'k o't-o'lanlar.Sirli lekin qiziqarsiz o'yladi Hvarin.Tezroq ketish kerak. U oyog’ini arang sudrab o’zi qoldirgan to’rtburchak yassi moslama ustiga turdi.Moslamaning u qadar ko’p tugmalari yo’q edi.Asosan oynaga o’xshash materialdan bo’lib oyoq qo’yish uchun iz mavjud.Uning ustida bo'yga qarab moslanadigan kichik ekran - Hvarin tezlik va yo'nalishni shu yerdan boshqaradi.Moslama bir qalqip havoga ko’tarildi.Chiyildoqlar ham uchishni bilgani bois qiz biroz pastlab uchishi kerakligini yaxshi biladi.Buzilgan bino qoldiqlarini chetlab o’tish ham unchalik qiyin emas.Lekin nega u jinurgur oyog'ini his qilmayapti.
Qiz qancha vaqt uchganini bilmaydi.Vaqtinchalik boshpanasi bo'lgan yerto'laning temir eshigi yoniga kelganida qizargan quyoshni qorong'u binolar yutib yuborayotgandi.Hvarin eshikni imkon boricha ovozsiz ochishga tirishdi. Ichkariga kirdiyu eshikni tambalab o'zini zax polga tashladi.Charchoqdan tanasi zirqirayotgan, ko'zlari yumilib ketayotgan esada miyasidagi fikrlar anchagacha uxlashga bermadi.U deyarli ikki yildan buyon yo'lda. Izlayotganini hamon topgani yo'q. Balki bu ishni mutlaqo imkoni yo'qdir. Bu bir soniyalik o'ydan uning joni halqumiga tiqilib qolgandek bo'ldi. Agar bu fikr rost bo'lsa u olayotgan har bir nafasi uchun aybdorlikdan o'zini tiriklay yeb yuborishi mumkin. Qiz o'ylaridan qutulmoqchidek boshqa tomonga yonboshladi. Yerda yotgan bolalar o'yinchog'iga ro'baro bo'ldi.
-Sen ham ochiqdingmi?Afsus Chiyildoqlarda tana degan narsa yo'q.Bu maxluqlardan sho'rva tayyorlab ichib bo'lmaydi. Lekin tinimsiz chinqirib turadigan sho'rva mazali ham bo'lmasdi-qiz o'zining xazilidan o'zi irganib boshini boshqa yonga tashladi-Inson ovqatsiz yashay oladi - pichirladi u - Lekin maqsadsiz emas.Men shu uchun tirikman.
Qiz tush vaqti ko'zlarini ochdi-yu soppa-sog' oyoqlari bilan biror tirnalish izisiz ovga chiqib ketdi.Tuzoqqa ozib ketgan yovvoyi quyon ilindi. Ikkinchi kun ham shuni yedi,keyin kalamush topdi.Uning rejasiga ko'ra bu yerda uzoq ushlanib qolmasligi kerak edi.Biroq u o'z oldiga hech qachon maqsad qo'ymagandek edi. Faqat ov qilar va ovqatlanardi.Uyqudan turgach esa nima yeyishi mumkinligi haqida o'ylardi. Beshinchi kun u och qolishiga to’g’ri keldi. Chiyildoqlar to’dasi uning boshpanasi yonida izg'ib yuribdi.Tashqariga chiqish ahmoqlik bo'lardi. Moslamalarning esa quvvati tugay deyapti.Yangi quvvatlagichlar uchun Hvarin yo odamlar to'planadigan to'dalardan yordam so'tashi kerak yoki hali elektr quvvati uzilib ulgurmagan binolarni topishi lozim.Chiyildoqlar esa eng ko’p aynan shunday binolarda bo’ladi.
Odamlar xavfli, Chiyildoqlarni esa olov bilangina biroz cho’chitish mumkin.Kuchli olov bilan! Boshqa narsa ularga umuman kor qilmay...
Shoshma...Hvarin oxirgi marta Chiyildoqlar bilan to’qnashgan kunini esladi.U hali olov yoqishga ulgurmagandi.OLOV YOQILMAGANDI. Unda ular qayerga g’oyib bo’ldi?
-JIN URSIN!
Qiz tok urgandek qaltiray boshladi. Butun tanasini kimdir chirmab tashlaganu u bu zanjirni uzishga uringandek badaniga qapishib qolgan qo'llarini qimirlatishga harakat qilarkan yerga quladi. Ko’zlarini majbur qilib katta ochib yubordi.Ko'rgan manzarasi esa hamon olti kun avvalgi o'sha joy va uning ustida bosib turgan jirkanchlik edi.Quloqlari chiyillash ovozidan bitib qolay degan oyog'idagi jarohatdan ham go'yo sovuq qon oqayotgandek edi.U bor kuchini yig’ib qotib qolgan qo’lini qimirlatdi.Cho’ntagidan yondirgichni paypaslagancha chiqardiyu u yoqilmadi.Qiz quloqlari ortiq bu tovushga dosh berolmasligini his qilarkan yana bir bor temir yondirgichni qarsillatdi.Yondi.Maxluqning uni biroz pastladi.Ammo bu yetarli emas.Atrofga alangladi.Yana bir necha Chiyildoq yaqinlashyapti.Uchta yo’q beshta ekan.Qiz ko'z oldi qorong'ulashayotganini his qildi.Hozir emas. U hozir hushini yo'qotolmaydi. Mana bu ovoz butunlay yo'qolishi uchun kuchliroq olov yoqish lozim.Ammo Hvarinni qimirlashgada kuchi qolmagan.Atrofda esa temir tersaklardan tashqari bolalar o’yinchog’i va chirmovuq qoplagan eski temir eshikdan boshqa yonuvchan nimadir ko’rinmayapti.BOLALAR O'YINCHOG'I?!U juda tez yonishi mumkin.Qiz ko'z qirida mo’ljal olishga harakat qilib yondirgichni barmoqlari uchi bilan ushladi-yu o'yinchoq tomon otdi.Yumshoq o’yinchoq arang ilinib turgan ko'zlarini qizga biroz tikib turdiyu gur etib alangalandi.Chiyildoqlarning ovozi o'chdi. Hvarin ustidagi og'irlik yo'qolganini his qildi.Chiyildoqlar tarqalishgan ko'rinadi. Qaniydi bir qultumgina suv bo'lsa. Qiz qo'li bilan paypaslab sonidagi jarohatni topdi.Temir uning sonini deyarli o'yib olibdi. Hvarin shunday qilsa jarohat qanchalar chuqurligini sezmaydigandek ko'zlarini chirt yumdi. Yumuq ko'zlardan yosh sizib chiqdi. Og'riyabdi. Hatto nafas olish ham og'riqni kuchaytiryapti. Uning shunday o'lib ketayotganidan ori keldi. Garchi bu tirik qolishchalik rasvo tuyulmayotgan bo'lsada barbir og'riqli ekan...Qiz quloqlari ham bitib qolganini his qildi.O'layotganda barcha sezgilar o'chib borarkanda. Naqadar sharmandali yakun...
-U hali nafas olyapti-dedi novchagina qiz yonidagi yosh yigitga-Uni sen ko'rib qolding demak o'zing ko'tarib olasan-beparvo atrofni ko'zdan kechirishda davom etdi u.
Yigitcha qizning jarohatiga biroz achinib qarab turdiyu uni imkon boricha avaylab orqasiga opichdi. Ikkovlon tevarakni o'rganishni davom ettirisharkan o'zlarini kuzatib o'tirgan bino tepasidagi o'tkir qirg'iy ko'zlarni sezishmadi...
Izohlar
0