【Tenebra】: Bu bosh minoradagi ulkan qo‘ng‘iroq ovozi!
【Lan】: Bu qo‘ng‘iroq hali chalish uchunmidi? Uni chalinganini endi ko‘ryapman. Ko‘rgazma deb o‘ylagan edim — xuddi mehmonlar kelganda onam qo‘ygan bananlar singari—
Auvch!
/Tereza Lanning boshiga o‘qlov bilan urdi./
【Tereza】: Tenebra va Lan, devorga yuguring!
【Lan】: Nima uchu—?
/Lan gapini tugatishga ham ulgurmay, Tenebra o‘ng qo‘li bilan Lanning kapyushonidan ushlab tortdi. Chap qo‘li bilan eshik oldida turgan aslahalar xaltasini oldi-da, eshikdan chiqib ketdi./
/U Lanni g‘arb tomonga tortgancha yugura boshladi./
【Tenebra】: Ketdik!
/U Asfaxoniyaning g‘arbini boshidan oxirigacha kesib o‘tgan, qariyb 2,5 kilometr uzunlikdagi ulkan mudofaa devori edi. Balandligi 7–8 metr, ikki qavatli. Har 400 metrda esa devordan balandroq ko‘tarilgan mudofaa minoralari qad rostlagan./
/Ammo hozir devorning o‘lchamiga qarashga vaqt yo‘q edi./
/Tepasidagi 4 metr kenglikdagi yo‘lak askarlar bilan to‘lib ketgan. Yuzlab odamlar bir-birini kesib o‘tgancha yugurardi./
/Kimdir qurollarni o‘z joyiga tashirdi. Kimdir zambaraklarni tayyorlardi. Yana kimdir devor chetiga yugurib, o‘ziga qulay pozitsiya izlar edi./
/G‘arbiy devorning shimoliy qismining markazida esa ikki kishi boshqalardan farqli ravishda shoshmasdan yurardi./
/1- va 4-generallar./
/Ular asosiy minora tomon qat’iy qadamlar bilan borishardi./
/Generallarning chap tomonidan ikki qator askar o‘tib ketdi. O‘ng tomonidan yana ikki qator. Ikki oqim bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, generallarni go‘yo tirik to‘lqinlar orasida qoldirgandi./
/Qizil tasmalar bilan bezatilgan yengil aslahali jangchilar — merganlar edi. Ularning yonidan kulrang tasmali, ancha yopiq kiyingan jangchilar o‘tardi. Ular zambaraklar va o‘q otar mexanizmlarning boshqaruvchilari edi./
/Pastda esa vaziyat yanada kattaroq edi./
/Devor ostidagi besh metr kenglikdagi ulkan darvoza ochilgan./
/Undan yuzlab otliqlar va piyodalar asta-sekin tashqariga chiqardi. Qilich, nayza va xanjarlar bilan qurollangan askarlar darvozadan o‘tgan zahoti saf tortib, g‘arb tomon yoyila boshlashardi./
/Yuqorida — yuzlab askarlar./
/Pastda — yana yuzlab askarlar./
/Va ularning barchasi bir narsaga tayyorlanayotgan edi./
/Markaziy minoraning yuqori qavatidagi xonada katta stol turardi. Uning ustida butun vodiyning xaritasi yoyilgan, hufyalardan kelgan xatlar esa xaritaning turli joylariga sochilib yotardi./
/Stol chetida po‘latdan mohirlik bilan ishlangan, og‘ir va nihoyatda chiroyli kamon turardi. Uning yonida esa paykonlari zahar chelagiga botirib qo‘yilgan o‘qlar bor edi./
/Ularning qarshisida qizil aslahalar kiygan 3-General Avesta g‘arb tomonga tikilib turardi./
/Eshik ochildi./
/1- va 4-generallar ichkariga kirib kelishdi./
/1-General boshdan-oyoq platina metalidan nihoyatda mohirlik bilan yasalgan aslahalar kiygan, boshida esa shunga mos dubulg‘a bor edi./
/4-General esa ancha yengil kiyingan. Bo‘ri mo‘ynasi va oq matodan tikilgan ko‘ylagining ko‘ksidagi kamarlarga o‘nlab pichoqlar osilib turardi./
【4-General】: Bu vahima nima? Bizning devorimiz juda baland va qattiq. 3100 ta qurollangan jangchimiz bor. Yovvoyilar hech qachon o‘ta olmaydi.
/Avesta g‘arbga qarashda davom etdi./
【3-General Avesta】: Bu yovvoyilar yoki banditlar emas.
/Xonada bir zum jimlik cho‘kdi./
【3-General Avesta】: Biz tomon Araniya Imperiyasi kelmoqda...
/U stol ustidagi xatlardan birini qo‘liga oldi./
【3-General Avesta】: 40 000 dan ziyod urush ko‘rgan jangchilar...
/U yana bir xatga qaradi./
【3-General Avesta】: O‘ndan ortiq ulkan va dahshatli zambaraklar...
/Avesta xaritaning narigi tomoniga qaradi./
【3-General Avesta】: 300 ga yaqin fil...
【1-General】: Bu raqamlar... ilojsiz.
【4-General】: Bizning yutish imkoniyatimiz necha foiz?
【3-General Avesta】: Hozirgi holatda — 6,4%.
/Bir necha soniya hech kim gapirmadi./
【3-General Avesta】: Bu ham devor sabab.
【1-General】: Bu juda kam...
/U qo‘lini qilichining dastasiga qo‘ydi./
【1-General】: Ammo imkon bor ekan, harakat qilamiz! Men pastga tushib, otliqlarni yetaklayman.
【4-General】: Men esa piyodalar safi va himoyasini takomillashtiraman.
【3-General Avesta】: Men esa minora tepasidagi merganlarni boshqaraman!
/Uch general bir-biriga qaradi./
/Keyin har biri o‘z vazifasi tomon yo‘l oldi./
Muallif Tenebris: Shu yergacha o‘qiganingiz uchun tashakkur🫂. Keyingi bob butunlay jang ichida bo‘lib o‘tadi. Keyingi boblarda Emojilar qoʻshaymi? Izoh va fikr qoldiring.
Izohlar
0