Frontgeniya — turli irqlar, sehrlar, sulolalar va g‘ayrioddiy mavjudotlar yashaydigan ulkan olam. Bu olamda urush, irqchilik, diskriminatsiya, ocharchilik va qirg‘in oddiy hayotning bir qismiga aylangan. Omon qolish uchun insonlar nimalarga tayyor? Nimalarini qurbon qilishlari mumkin? Va eng muhimi — shunday sharoitda ular hali ham inson bo‘lib qola oladilarmi? Bu shunchaki urush haqidagi hikoya emas. Bu — urush girdobida turli sharoit va vaziyatlarga tushib qolgan insonlar, ularning tanlovlari, yo‘qotishlari va insoniyligini saqlab qolish uchun kurashi haqidagi hikoya.