,, Ba'zan taqdir seni tanlamaydi—u seni boshqa bir zamonga tashlaydi... '' U shunchaki XIX asr Buxoro amirligi davri haqida yozmoqchi edi, ammo buvisi aytib bergan afsona uni tanladi. Va zamonlar chorrahasiga tushib qolib, XIX asr Buxoro amirligi davrida uyg'ondi. Hammasi o'sha afsonada tilga olingan alvon rangli uzuk sababmi?... Arkdagi begim — sirlar, yuraklar va vaqtni to'xtatgan muhabbat hikoyasi. Diqqat! Ushbu hikoya badiiy to'qima bo'lib, muallif g'oyalari asosida yozilgan. Hikoyadagi hech bir voqea haqiqiy Buxoro amirligi davriga daxl qilmaydi!