“O‘sha kuni hech kim dunyo o‘zgarishini bilmasdi.”
Shahar odatdagidek uyg‘ongan, odamlar ishga, o‘quvchilar esa maktabga shoshilardi. Hammasi oddiy edi. Juda oddiy.
Bir xonadonda Luka ismli bola yashardi.
Aslida esa Luka tug‘ilganidan beri qiz bola edi.
Onasi besh yil davomida o‘g‘il farzand kutgan edi. Ammo farzand tug‘ilganida, u qiz ekanini bilib, ich-ichidan hafsalasi pir bo‘lgan.
Luka buni bolaligidan sezib ulg‘aydi.
Shuning uchun u bir kuni o‘ziga va’da berdi:
“Men endi qiz bola bo‘lib yashamayman.”
Shundan keyin Luka asta-sekin o‘zgara boshladi. Sochlarini qisqartirdi, o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshash kiyimlar kiydi, yurish-turishi va gapirishini ham o‘zgartirdi.
Vaqt o‘tishi bilan atrofidagilar uni Luka ismli o‘g‘il bola sifatida tanishdi.
Va Luka ham bunga ko‘nikib ketdi.
U endi o‘zining eski hayotini eslashni ham istamasdi.
Ammo u bir narsani bilmasdi.
O‘sha kuni uning hayotidagi eng katta o‘zgarish hali boshlanmagan edi.
Izohlar
0