-3 oydan kamroq umring qoldi; dedi Doktor
-3 oy ....
Ichimda o'zimga-o'zim va'da bergan edim. Shifoxonaga kelishdan oldin: Nima bo'lsa ham tushkunlikka tushmayman deb.
-Qizim, Hali yosh ekansan. Yashashing uchun kurash.
-Yo'o'o'qq, Men harakat qilolmayman.Qanday ahir ?? Nega aynan men! Javob bering!!! Ahir siz shifokorsiz! Nima tug'ma omadsizlik kasaligi bormi menda!!!
Birinchi marta begona inson oldida yig'lashim edi . O'zimni noqulay his qilganimdanmi? Honani tark etishni hohlab chiqayotganimda...
-To'hta!!! Nega analiz javoblaring va yana qachon kelish varag'ingni olmading??? ;dedi Doktor
-Nima foyda? Ahir o'lishim aniq. Pulni men bekorchi narsalarga sarflamayman. Bu dori-darmonlar umrimga atiga 1 oy qo'shadi . Shuni o'rniga onamni sog'lom yashashini ta'minlayman. ; deb honani tark etdim.
Ta'sirchanligim tutib, onamni oldiga bordim. Onam shifoxona derazasiga qarab, nimalarnidir o'ylayotgandi.
Men kirib, Onamga - Ona,Men keldim.; dedim
Onam;
-Meni Sominim keldi!! ;deb quyoshdek porlardi.
Bu meni yanada tushkunlikga tushishimga sabab bo'ldi.
Shifoxonani tark etib,uyga borish uchun avtobusimga mindim.
Uyga yetib kelib,o'zimni divanimga otdim.
Telefonimni qo'limga olib,xuddi kimdir meni yoqlaydigandek chatlarga kirdim. Qarasam bitta notanish habar .
Qiziqanimdan tezroq kirib, qarasam yangiliklardan ''Agar bugungi tunda yoqtirgan odamingiz bilan bo'lsangiz, Bugun gi yulduzlar yog'dusini ko'rishingiz kerak '' kerak degan xabar.
-Yoqtirgan odam?
-Nima bular meni asabiylashtirish uchun jo'natadimi?
Xuddi shunday deb o'zim qanday uxlab qolganimni bilmabman.
Uyg'ondim soat - 23:00
Tashqari balkonga chiqib, O'zimcha dardimni ayta boshladim yana, -oohh!! Xudoyim!!! Qaniydi bu dunyo men o'lganimdan keyin tugasa....
Xa tog'ri uyqisiragandim.
Yana yig'lay boshladim. Bu safar kuchli.
-Oyijon!! Endi nima qilaman?
Keyin yana charchaganimdan uhlab qoldim..
4; 00 .
DAQ-DAQ
Eshik qatiq taqilladi...
-KIM? KIM?
-MEN SIRIUS YULDUZIMAN..
-Kim??
Izohlar
0