2024 yil. Seoul . Yana omadsiz qizning omadsiz tongi . Nega o'zim yerga urib omadsiz deb atayotganimning sababi ko'p . Mening ismim Kim Somin. Men asli Koreyalikman. Otam erta 7 yoshimda vafot etgan.O'sha damdan o'zimni omadsiz deb ataganman . Oyim esa hozir kasal . Shifoxona harajatlarini to'lash uchun tinimsiz ishlayapman .Atiga endi 24 yosh bo'lsam ham , hamma ishlar meni bo'ynimda, ha mendan tashqari yana bitta ukam bor. U o'zi uchun yashasa bo'ldi. Erta tongdan turib, ishga shoshildim. Axir kech qolsam yana vaysaqi rahbarim buzilgan kayfiyatimni buzadi. Men kino rejjissyorlarining yordamchisiman. Lekin bu ishda ishlatilmgan ozgina omadimni ishlatganman. Avtobus bekatga hali yetib kelmagan . Men soatimga har minutda qarab , jahlim chiqyapti . Hech qachon bunchalik kech qolmagan avtobus , aynan kinoning asosiy qismi olinishi kerak bo'lgan kunda kechikayapti. Avtobus yarim soatlardan keyin yetib keldi. Men kech qoldim . Yana kamiga tirbandlik. Ishga bordim . Ishda rahbarim har doimgidek jahli chiqqan. Hali eshikga to'liq qadam bosmasimdan, menga bir talay qog'ozlarni uloqtirdi va bugundan bu yerda ishlamaysan dedi jaxl qilip, qog'ozga imzo qo'yishimni aytdi. Men ham uzr so'ramadim va imzo chekdim. U menga qarab seni bu yerdan boshqa hech qayer qabul qilmaydi deb kamsitishga ham ulgirdi. Men butunlay homush bo'lib ishdan chiqdim. Chunki men ham u yerdan charchagandim.Rejissiyorlarning bosimi,Rahbarning kamsitishi , o'zimni oddiy ahlat qutisidek ko'rishim, kuchli bosh og'riq meni charchatgandi.Lekin mayli bu safar o'zim uchun pul sarflayaman deb shifoxonaga kirdim, chunki menda 1 yildan beri vaqti-vaqti bilan kuchli bosh og'rig'i va burindan qon kelishi kuzatilyotgandi. Shifokor ko'rigidan o'tdim va analizlarim chiqishini kutayotganimda mani doktor chaqirdi. U menga hayrat bilan qarab,
-Yaqinlaring bilan keldingmi? yoki biror yaqinigni raqamini ber! : dedi
-Yo'q! yaqinim yo'q .
-Menga analiz javobimni bering.
-Qara ! Havotir olma ! Hammasi senda yahshi bo'ladi. Faqat sen vaqtida dori va kimyoviy terapiyalarni olsang bo'lgani .Hech hayajonlanma ,hali yosh ekansan : dedi
-Men allaqachon sezib bo'lgandim.
Ichimda alangalanib nimadir yona yotgandi. Ko'zim jiqqa yosh . ichimda;
-Naqadar omadsizman . Endi nima qilaman . Deya bot-bot aytib yig'layotgan edim.
- Doktor! Tezroq javobimni ayting.
-Sen.....
-Sen.... 4 - bosqichli...... saraton ekansan.
Bilmayman qolgan gapini eshitmadim. Eshitganim shu edi .
Izohlar
3Namunchaa tasirliii😭
❤️
❤️