Oradan yarim yil o’tdi.
Saidumar oradan qanchadir o’tgan bo’lsa ham, yer ostidagi qullik hayoti haqida tafakkurlar ila yashayotgan edi. To’g’ri qaysidir ma’noda bu yerda qullik tizimi yo’q edi, ammo yer ostiga qullik tizimi bor edi. Bu yerdagi hayotning o’tgan vaqtlari uni ichidagi olovni vulqon kabi otilishiga undashda davom etayotgan edi. Hayot bir xil, javoblar esa aksincha bitta ham yo’q edi. To’g’ri sabablar bor edi, lekin sabablarni o’zgartirsa bo’ladi, deb o’ylardi.
Bir kun Saidumar va boshqalar yangi yerlarni qazish bilan ovora edilar. U yerlarning ba’zilarini qazilishi negadir osonroq kechayotgan edi, balki ketma-ket quduqlar joylashgani uchun bo’lsa kerak, deb Saidumar o’ylagan edi. Saidumar qazish jarayonida ko’zi bir matoga o’rangan kichkina to’rtburchak narsaga tushib qolgandi. Nimadir ichida uni hech kimga ko’rsatmasdan tezroq olishga undadi va u shunday ham qildi. Saidumar uni ochib o’tirishni o’ylamadi ham, keyin holi qolganda ochishga qaror qabul qildi.
Saidumarni ish jarayonida hayoli shu matodagi narsa bilan bo’lgan edi. Uyga keldi va hayoli hech kim yo’qligida shu narsani tatqiqoti bilan shug’ullanish edi. Uyda onasidan boshqa hech kim yo’qligiga va onasi ham qotib uhlab yotganiga amin bo’lgach, matoni ochishni boshladi. Qarasa bir to’rtburchak quti, ustida tugmachaga o’xshagan narsalari bor edi. Ranggi esa qora bo’lgan, plastic materialdan tashkil topgan edi. U yangi bir ixtironi o’ylab topayotgandaka hamma joyini o’rganib chiqayotgan edi. Tasodifan barmog’i tugmachalardan birini chuqurroq bosib yubordi va to’rtburchak quti ovoz chiqardi va shoshilib, qo’rqib ovoz chiqmaydigan holiga olib kelish uchun hamma tugmachani bosib chiqdi. Ovoz chiqishdan to’xtadi. Biroz kuzatib turdi va qaysi tugmachani adashib bosib yuborganini esladi. Qutini ovozi pastroq eshitilishi uchun, uning ustiga qavat qilib narsa soldi va yana o’sha tugmani bosdi. Quti gapirishni boshladi. Saidumar tugmani bosdi. Ovoz to’xtadi. Notanish ovoz gapning ma’nosini va oxirida palon sura, palon oyat, deb ham qo’yayotgan edi. Yana tugmani bosdi. Saidumar yana o’sha tugmani bosdi. Ovoz yana to’xtadi. Eshitib bo’lgandan so’ng, u bu gaplarning ma’nosini chaqishga harakat qilar edi. Ammo ko’p o’ylanib o’tirmay ichidagi qiziqish davomini eshitishga undadi va tugmani bosdi. Yana ovozni to’xtatdi. Hozir ozgina vaqt ichida eshitgani, oldin hayoliga kelmagan narsalar edi. Orasidagi bir qancha so’zlarni ma’nosini tushunmas edi. Biroq u yerda ozodlik, osmonlar va yerlar, tog’larning vazifalari va boshqa tafakkur qilish kerakligi bo’lgan narsalar haqida gap ketayotgan edi. Bu so’zlar shunchaki nimadirni o’rgatib qo’yayotgani yo’q edi. Bu so’zlar odamni talpinishga chorlayotgandaka edi, bu so’zlar borliqni o’rgan deyayotgan edi, bu so’zlar nafaqat o’z ko’zini, balki aql ko’zini ham ochishni talab qilayotgan edi. Saidumar o’ylash bilan birga hayol surishga ham o’tib ketdi. Qizig’i tepadagi gaplarda bularning hammasini yaratgan zot haqida ham gap ketgan edi. Ichida anchadan beri o’chishga tayyorgarlik ko’rib turgan uchqun katta olovga aylangan edi va u olovga yanada ko’proq o’tin kerak edi. Saidumar bu to’rtburchak qutichani ichida yana nima gaplar borligiga qiziqishini oshganini payqab turganda, uning uyidagilari keldi va u hech nima bo’lmaganda bu qutichani yashirishga qaror qildi.
Oradan ikki oy o’tgan edi. Saidumar bo’sh vaqt topildi deguncha, o’sha to’rtburchak qutisidagi ovozni eshitishga intilar, o’sha qutining ishlash qobilyatini ham tushunib yetgan va u yerdagi ovozning gaplarini ham sal kam oxirigacha yodlab olgan edi. Saidumar allaqachon bilib olgan edi, bu qutidagi ovoz Qur’on kitobidan olinganini, bu o’sha Qur’onning tarjimasi ekanini bilib olgan edi. Chunki qutidagi ovozni o’zi shuni ta’kidlab aytib o’tib ketgan. Yana Saidumar tashqi dunyo haqida ko’p narsani tushunmasada, ammo u Allohni tanigan. U(Alloh) butun borliqni yaratganini, shu paytgacha Alloh yo’lga qo’ygan boshqa dinlar bo’lganini, islom esa eng oxirgisi ekanligini, payg’ambarlar ham jo’natilganini va ularning orasida Muhammad sollallohu alayhi vasallam eng oxirigisi ekanini, shu Qur’on kitobi ham payg’ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va boshqa musulmonlarga yuborilgan muqaddas kitob ekanligini, musulmon bo’lishlikni va yana juda ko’p narsalarni anglab yetgan edi. Bu haqida Saidumar hech kimga aytmagan edi. Aytgani bilan uyidagilar unga ishonmas, do’stlari ham ishonadigan darajada unaqa yaqin emas edi. Lekin Saidumarni yer ostini tark qilish g’oyasi tark qilmas edi. Yer ostidagilarning ko’pchiligi yer ustidagi hayotning qanaqaligi haqida bilish uyoqda tursin, hatto bu haqida tafakkur qilishga ham intilishmas edi. Balki boshqalar ham qutidagi ovozni eshitib, ich-ichidan bu narsalarni his qilsa, ana o’shanda tafakkur qilishardi. Birdan ikki oydan beri o’ylamagan narsasini o’ylab qoldi, tafakkur qilishgani bilan dunyoda tabiiy ofatlar sabab, hech qayerga chiqisha olishmayapdiku. Biroq birdan yana fikri barqaror bo’lmagan holda boshqa tomon ketib qoldi. Saidumar endi ikki oy deganda, tushunib yetdi qanaqa baxt va ne’matga ega bo’lganini. Chunki vaziyatlar qanaqa taqozo qilishi kerak ediki, Qur’on kitobini notanish odam, shu quticha ichiga yozishi va bu quticha bu yerlarda bo’lishi, Saidumar esa uning yo’lidan chiqishi va topib olishi, olamlar Robbisi tomonidan cheksiz marhamat edi. Buni tushunib yetgan sari, ichidagi nur yanada yorqinroq nur sochar va Saidumarni tashqi tarafdan ham yoritgandaka tuyular edi. O’zi aslida ham shunaqa edi, aks holda Saidumarga ham bunaqa ta’riflar o’z-o’zidan kelmas edi.
Saidumar o’ylab-o’ylab bu narsalarni yer ostidagi odamlar uchun rahbar bo’lgan, rahbarlikda nechinchidir avlodni davom ettirayotgan, yoshi 50 ga borib qolgan Javlonni oldiga borib aytishni qaror qildi. Saidumar, har holda Javlon aka rahbar, u rahbar bo’lib qutidagi Qur’onni eshitsa, balki uni ham aqli, qalbi bularni qabul qilsa, shunda boshqalarga uqtirish, eshittirish ham oson bo’ladi, deya o’ylagandi. Shundan kelib chiqib qaror qilgan Saidumar, rahbarning honasiga kelib qolgan edi. Eshikni taqillatdi va honaga kirishga ruxsat oldi. Rahbar Javlon uni tanimas edi, lekin Saidumar ozmi-ko’pmi u haqida eshitgan edi. Saidumar ehtiyotlik va sokinlik bilan bo’lgan narsalarni gapirib berdi va gapirib berish bilan ovora bo’lib, rahbarning bu ma’lumotlarni qanday qabul qilayotganiga e’tibor ham bermayotgandi. Rahbar esa ko’zlarini katta ochib, ishonmayotganday darajada eshitar, asta og’zini ham katta ochishda davom etar, buni esa rahbarning o’zi ham sezmas edi. Rahbar biroz soniyadan keyin o’ziga keldi va Saidumarga bu ajoyib yanglikligini aytib, albatta Saidumarning taklifi bo’yicha ish qilishini aytdi, faqat vaqti kelmaguncha hech kimga buni aytmasligini va to’rtburchak qutini unda qolishini eslatib o’tdi. Saidumar ham bundan hursand bo’ldi va rozi bo’ldi. Rahbar va Saidumar xayrlashishdi, shundan so’ng Saidumar ketdi.
Saidumar yo’lda hursandchiligini o’z ichiga sig’dira olmasdan ketayotgan edi. Yer ostida hamma xomush, qiynalgan, go’yo qora ranglarga bo’yangan ahvolda yashayotgan paytida Saidumar Allohni tanidi va ichidayam, hayotidayam nurga ega bo’ldi. Hozir esa yana boshqalarga ham shu nur nasib qilishini o’ylab, ikki barobar hursand bo’lib ketayotgan edi, garchi hamma yana o’sha qora rangga o’rganib olgan bo’lishsa ham. Chunki Saidumar tez orada bu odamlarning hayoti o’zgarib ketishini umid va ishonch bilan kutayotgan edi. To’satdan honaga kirganda yechgan qo’lqopi, o’sha honada qolib ketgani esiga tushdi. Borib olish uchun ortga qaytishga qaror qildi.
Eshikni yoniga kelib endi taqillatmoqchi edi, rahbarning ovozi eshitildi. Rahbarning ovozi balandligidan negadir Saidumar ham buni eshitayotgan va Saidumar tushiga ham kirmagan so’zlarni eshitayotgan edi. So’zlar oddiy so’zlar, lekin ishonish qiyin bo’lgan so’zlar edi. “Bilmadim qanday qilib yer ostidagi bu kalamushlardan biri buni topib olganini. … Boshqa kalamushlarga topshiriq berib qo’ygandim, bunaqa noodatiy narsalar chiqsa, tezda menga habar beringlar, deb, lekin bu ovsarga uchrab qolibdi. … Ha, bu ahmoq kalamushlarni yer ostida qancha qamal qilmaylik, qancha yana yer ostiga ko’mmaylik, baribir kutilmagan nimadirlar chiqib kelyabdi, go’yo tabiiy ofatlar sabab shu yerda qamalib qolganmiz deganimiz ta’siri yo’qdek. … Unda buni topib olgan kalamushni nima qilay? … Ha, tushundim. Oldingi ovsarlaga o’xshab yo’q qilaman. … Hop, mayli, bir soatdan keyin telefon orqali yana aloqaga chiqaman.” Rahbarning gapi tugagandi, lekin Saidumarning qulog’ining tagidan haligacha u eshitgan so’zlar ketmayotgan edi. So’zlar oddiy so’zlar edi rostanam, lekin dunyodagi ahvolni o’zgartirvorishi aniq edi. Saidumar Qur’onning tarjimasini topib olganda buni anglagan edi, ammo kimdirlar haqiqatni yashirib yolg’on dunyo tashkil qilishi, ishonib bo’lmaydigan narsa edi. U yana shu paytni o’zida Allohga tashakkur bildirdi, shu tunelning oxirida chiroqni ko’ra olganiga, shu yolg’onning ochilishiga aynan u sabab bo’lganiga. Saidumarning jahli qattiq chiqayotgan edi, ammo Qur’ondagi sura va oyatlardan esiga tushirardi va shulardan biri jahlga berilmaslik, jahl orqali shaytonning tuzoqiga tushib qolish mumkinligi haqida edi.
Izohlar
0