Bosh qahramon Han Liana - juda iste'dodli sud-med ekspert. Bir kuni jasadni tekshirish paytida u marhumning o'lim usulini taniydi bu usul 18 yil oldin vafot etgan deb o'ylagan otasi bilan bog'liq bo'lib chiqadi. Otasi esa yashirincha ketma-ket qotilliklar sodir etuvchi shaxs ekanligi ma'lum bo'ladi. Liana otasini politsiyadan oldin topishga harakat qiladi. Shu paytda jinoyat bo'limi boshlig'i Park Jimin ham ishni tergov qila boshlaydi. Liana va Jimin bir-biriga qarama-qarshi xarakterga ega bo'lsa-da, sirli ish ularni birlashtiradi.