Tonggi quyosh qal’aning baland derazalaridan ichkariga tushar, uzun yo‘laklarni yorqin nurlar bilan to‘ldirardi. Qal’a odatdagidek sokin edi. Xizmatkorlar o‘z vazifalarini bajarar, qo‘riqchilar esa katta darvozalar yonida navbatchilik qilishardi.
Ammo kutubxonada vaziyat biroz boshqacha edi.
— Xonim, uyg‘oning!
— Yana besh daqiqa...
— XONIM! Quyosh chiqdi!
Miso yostiqqa yuzini bosdi.
— Men eshitmayapman...
Uning karavoti yonida uchta kitob havoda aylanib yurardi. Ulardan biri muqovasini ochib-yopib, yana gapirdi:
— Ammo siz kecha o‘zingiz ertalab uyg‘onishingizni aytgandingiz!
— Kechagi Miso bilan bugungi Miso boshqa odamlar... — deb g‘udrandi u.
Kitoblar bir-biriga qaragandek bo‘ldi.
— Bu qanday javob?
Shu payt kutubxonaning katta eshigi ochildi.
Eunwoo ichkariga kirdi. U odatdagidek qora kiyimda, uzun kumushrang sochlarini orqasiga yig‘ib olgandi.
U bir qarashda vaziyatni tushundi.
— Hali ham uxlayapsanmi?
Miso ko‘zlarini ochdi.
— Men uxlamayapman. Shunchaki ko‘zlarimni dam oldiryapman.
Eunwoo karavot yonidagi kitoblarga qaradi.
— Uni uyg‘otish shunchalik qiyinmi?
— Hazratlari, biz bir soatdan beri harakat qilyapmiz! — dedi kitoblardan biri.
— Bir soat?!
Miso darrov boshini ko‘tardi.
— NIMA?! Nega meni buncha erta uyg‘otdingiz?!
Eunwoo unga sovuqqon qaradi.
— Quyosh chiqdi. Bu ertalab degani.
— Men uchun hali tun.
— Unda quyosh bilan kelishib ol.
Miso yostiqni to‘g‘rilab o‘tirdi.
— Siz juda mehribonsiz-a...
— Buni ko‘p eshitaman.
— Kimdan?
— Hech kimdan.
Miso kulib yubordi.
Eunwoo stol ustidagi kitoblarni ko‘zdan kechirdi.
— Bugun qal’ani ko‘rsatishni davom ettiramiz. Nonushta tayyor.
— Yana sayrmi?
— Kecha o‘zing xohlaganding.
— Ha, lekin bugun kutubxonada qolishni ham xohlayman.
Eunwoo unga qarab turdi.
— Nonushtadan keyin ko‘ramiz.
Miso karavotdan tushdi. Kitoblardan biri unga kichkina ko‘zgu olib keldi.
— Xonim, sochlaringiz biroz...
— Bilaman, bilaman! — dedi Miso sochlarini qo‘li bilan tartibga solib. — Hozir to‘g‘rilayman.
Eunwoo eshik tomon yurdi.
— O‘n daqiqada pastga tush.
— O‘n besh!
— O‘n.
— O‘n ikki!
— O‘n.
Miso unga qarab qoldi.
— Siz bilan savdolashib bo‘lmas ekan.
— Nihoyat, tushunding.
Nonushta katta zalda tayyorlangan edi. Miso stol ustidagi mevalar, kruassanlar va issiq ichimliklarni ko‘rib, xursand bo‘ldi.
Eunwoo esa deraza yonida turib, bir nechta hujjatni ko‘zdan kechirardi.
— Siz ovqat yemaysizmi? — deb so‘radi Miso.
— Yo‘q.
— Hech qachonmi?
— Insonlar kabi emas.
— Unda sizga nonushta tayyorlashmaydimi?
— Kerak emas.
Miso kruassandan bir bo‘lak uzdi.
— Men sizning o‘rningizga ham yeyishim mumkin.
Eunwoo hujjatlardan ko‘zini uzmadi.
— Bunga ruxsat berishim shart emas.
— Nega? Men yaxshi yordamchi bo‘laman.
— Sen hozircha faqat ovqat yeyishga yordam beryapsan.
Miso kruassanni chaynab, unga qaradi.
— Bu ham muhim ish.
Eunwoo javob bermadi.
Nonushtadan keyin u Misoni qal’aning shimoliy qanotiga olib bordi. Bu yerda qadimiy buyumlar saqlanadigan xona, katta rasadxona va uzoq yillardan beri ishlatilmayotgan kichik zal bor edi.
Rasadxonada katta teleskop turardi. Uning shiftida esa osmon xaritasi chizilgan edi.
Miso yuqoriga qarab, hayratlandi.
— Bu yerda yulduzlarni tomosha qilasizmi?
— Ba’zan.
— Sizga yoqadimi?
— Tinchlik yoqadi.
Miso teleskop yoniga bordi.
— Demak, siz ko‘p gapirmaydigan, tinchlikni yaxshi ko‘radigan vampirsiz.
Eunwoo unga qaradi.
— Sen esa tinchlikni yoqtirmaydigan inson ekansan.
— Men tinchlikni yaxshi ko‘raman. Faqat zerikarli bo‘lmasin.
Eunwoo boshini biroz chayqadi.
Ular yana bir necha xonani ko‘rishdi. Miso har bir joyda yangi savol topardi. Ba’zan Eunwoo javob berar, ba’zan esa savolni javobsiz qoldirardi.
Nihoyat, ular katta zinapoya yoniga kelishdi.
Miso devordagi qadimiy xaritaga qaradi.
— Bu xaritada sizning qirolligingiz tasvirlanganmi?
— Ha.
— Qancha katta?
— Juda katta.
— Yana shu javob...
Eunwoo xaritaning bir qismini ko‘rsatdi.
— Shimolda Kumush Oy o‘rmonlari, janubda Qora tog‘lar, sharqda qadimiy shaharlar joylashgan. G‘arbda esa insonlar yashaydigan hududlar boshlanadi.
Miso xaritaga diqqat bilan qaradi.
— Demak, men insonlar hududidan ancha uzoqdaman?
— Ha.
Misoning yuzidagi quvonch biroz pasaydi.
— Uyimga qaytish qiyin bo‘ladimi?
Eunwoo unga qaradi.
— Hozircha seni bu yerdan olib chiqish xavfsiz emas.
— Nega?
— O‘rmon oddiy o‘rmon emas. U yerda sen uchratgan narsalardan ham xavfli mavjudotlar bor.
Miso jim qoldi.
Eunwoo xaritani yana joyiga qo‘ydi.
— Hozircha qal’ada xavfsizsan.
Miso bosh irg‘adi.
— Tushundim.
Kunning ikkinchi yarmida Miso yana kutubxonaga qaytishni so‘radi.
Eunwoo unga ruxsat berdi, ammo o‘zi boshqa ish bilan band bo‘lishi kerakligini aytdi.
— Kutubxonada qolishing mumkin. Faqat taqiqlangan javonlarga yaqinlashma.
— Qaysi javonlar?
— Qora muqovali kitoblar joylashgan javon.
— Nega?
— Chunki ularni ochishing mumkin emas.
Miso unga qaradi.
— Ichida nima bor?
— Bu savolni bermasliging kerak.
— Demak, qiziq narsa bor.
Eunwoo unga uzoq tikildi.
— Kim Miso.
— Xo‘p, xo‘p. Tegmayman.
Eunwoo chiqib ketdi.
Miso kutubxonaga kirishi bilan kitoblar uni quvonch bilan kutib olishdi.
— MALIKAMIZ QAYTDI!
— Xonim, bugun qaysi kitobni o‘qiymiz?
— Sizga yangi choy tayyorladik!
Miso kulib yubordi.
— Avval menga biror qiziqarli kitob topib bering.
Bir kitob javondan uchib chiqdi.
— Siz uchun ajoyib kitob bor!
Uning muqovasida kumush harflar bilan «Kumush Qasr» deb yozilgan edi.
Miso kitobni oldi.
— Bu nima haqida?
— Qadimiy qasrlar, sirli minoralar va yo‘qolgan tarixlar haqida!
Miso darrov stolga o‘tirdi va kitobni ochdi.
Birinchi sahifada ulkan, oppoq qasr tasvirlangan edi. Uning minoralari oy nurida kumushdek tovlanar, atrofida esa oppoq daraxtlar o‘sib turardi.
Miso hayrat bilan rasmga qaradi.
— Bu qasr juda chiroyli ekan...
Kitobning sahifalaridan mayin kumush nur taraldi. Bir zumda qasr tasviri kutubxonaning o‘rtasida katta sehrli oynaga aylandi.
Unda qasrning turli burchaklari ko‘rinardi.
Kitob gapira boshladi:
— Bu — Kumush Oy qasri. U qirollikning shimoliy hududida joylashgan. Qadim zamonlarda u yerda oy elflari yashagan.
Miso tasvirga yaqinlashdi.
— Hozir ham yashashadimi?
— Ha, lekin ular begonalarga kamdan-kam ko‘rinishadi.
— U yerga borish mumkinmi?
— Albatta. Ammo qasrning eng baland minorasida bir sir yashiringan.
Miso qiziqib ketdi.
— Qanday sir?
Kitobning sahifalari o‘z-o‘zidan varaqlandi.
— Minoraning tepasida kumush eshik bor. Uning ortida qadimiy tarix yashiringan. Eshik ko‘p yillardan beri ochilmagan.
Miso bir oz o‘ylanib qoldi.
— Nega?
— Chunki u yerga kirgan oxirgi kishi nima topganini hech kimga aytmagan.
Miso kitobga yaqinroq egildi.
— Bu juda qiziq!
Shu payt kitobning sahifasida katta harflar paydo bo‘ldi:
«SIZ NIMANI YO‘QOTGANSIZ?»
Miso hayron bo‘ldi.
— Menmi?
Kitobning sahifalari qimirladi.
— Yo‘q, bu savol qirolga.
Kutubxonaning eshigi ochildi.
Eunwoo ichkariga kirib kelayotgan edi.
— Nima bo‘lyapti?
Kitob darrov javob berdi:
— Qirolimiz yana nimanidir yo‘qotganini eslatyapmiz!
Eunwoo kitobga qaradi.
— Men hech narsa yo‘qotmadim.
Kitobning sahifasida yana yozuv paydo bo‘ldi:
«UCH YUZ YIL OLDIN TOJINGIZNI MAROSIMDA YO‘QOTGANDINGIZNI UNUTDINGIZMI?»
Miso bir zum jim turdi.
Keyin kulib yubordi.
— AHAHAHAHA! 🤣🤣
Eunwoo ko‘zlarini kitobdan uzmadi.
— Uni yop.
— Lekin, hazratlari, bu tarixiy haqiqat! — dedi kitob.
— Yop.
Kitob shartta yopildi.
Miso esa kulgisini to‘xtata olmadi.
— Siz rostdan ham tojingizni yo‘qotganmisiz?!
— Bu boshqa masala.
— Qayerga tushirib yuborgansiz?
— Miso.
— Qidirib topdingizmi?
Eunwoo unga qaradi.
— Men seni kutubxonaga qoldirganimga afsuslanishni boshladim.
Miso yana kuldi.
— Men hech narsa qilmadim-ku!
— Aynan shunisi xavfli.
Kechga yaqin Miso kitobni yopdi. U Kumush Oy qasrining tasvirini yana bir marta ko‘rishni xohlardi, ammo kitob dam olmoqchi ekanini aytib, o‘z-o‘zidan javonga qaytdi.
Miso javonlar orasida yurarkan, bir narsani payqadi.
Kutubxonaning eng chekka tomonida, ikki katta javon orasida kichkina eshik bor edi. Eshikning rangi devor bilan bir xil, tutqichi esa kumushrang edi.
Miso ilgari uni ko‘rmagan edi.
U eshik tomon yurdi.
Shu payt kitoblardan biri uning oldiga uchib keldi.
— Xonim, u yerga bormang.
Miso to‘xtadi.
— Nega?
— U xona...
Kitob gapini tugatmay, jim qoldi.
— Qaysi xona?
— Hech narsa.
Miso eshikka qaradi.
— Bu eshik qayerga olib boradi?
Kitob javob bermadi.
Miso tutqichga qo‘l uzatmoqchi bo‘ldi.
— Tegma.
Eunwooning ovozi orqadan eshitildi.
Miso cho‘chib, ortiga burildi.
— Voy! Siz doim shunday sezdirmay kelasizmi?!
Eunwoo unga yaqinlashdi.
— Bu eshikka tegma.
— Nega?
— Chunki u yerga kirishing mumkin emas.
— Ichida nima bor?
— Hech narsa.
Miso qoshini ko‘tardi.
— Unda nega kiritmayapsiz?
Eunwoo eshikka qaradi.
— Chunki bu joy men uchun qadrli.
Miso bir oz jim qoldi.
— Siz uchun qadrli bo‘lgan narsani ko‘rishim mumkin emasmi?
Eunwoo unga qaradi.
Misoning ovozi bu safar odatdagidan jiddiyroq edi.
— Men sizga zarar yetkazmoqchi emasman. Shunchaki siz haqingizda ko‘proq bilmoqchiman.
Eunwoo bir necha soniya sukut saqladi.
— Hamma narsani bilishing shart emas, Miso.
— Bilaman. Lekin hech bo‘lmasa nimani yashirayotganingizni aytsangiz bo‘lardi.
Eunwoo javob bermadi.
Miso yuzini burdi.
— Mayli. Unda men ham siz bilan gaplashmayman.
U boshqa tomonga yurdi.
Eunwoo uning ortidan qarab qoldi.
— Miso.
U to‘xtadi, ammo ortiga qaramadi.
— Nima?
— Ertaga ko‘rsataman.
Miso sekin burildi.
— Rostdanmi?
— Ha. Lekin bir shartim bor.
— Qanaqa?
— Ichkarida ko‘rganlaring haqida hech kimga aytmaysan.
Miso darrov bosh irg‘adi.
— Va’da beraman.
Eunwoo eshik tomonga qaradi.
— Unda ertaga.
Miso tabassum qildi.
— Rahmat!
Ertasi kuni Eunwoo Misoni qal’aning eng chekka qanotiga olib bordi.
Bu yer odatdagi xonalarga o‘xshamasdi. Devorlari qadimiy toshdan qurilgan, yo‘lak bo‘ylab esa hech qanday chiroq yo‘q edi. Faqat Eunwoo qo‘lida paydo qilgan kichik kumush nur ularning yo‘lini yoritib turardi.
Miso atrofga qaradi.
— Bu yerda hech kim yashamaydimi?
— Yo‘q.
— Nega?
— Chunki bu qanotga hech kim kirmaydi.
— Siz hammi?
— Men kiraman.
Ular uzun yo‘lakning oxiriga yetishdi. U yerda katta qora eshik bor edi. Eshik yuzasiga hech qanday belgi chizilmagan, faqat o‘rtasida kumush rangli halqa bor edi.
Eunwoo qo‘lini halqaga qo‘ydi.
Eshik sekin ochildi.
Miso ichkariga qadam tashladi.
Va to‘xtab qoldi.
Uning oldida ulkan dumaloq xona ochilib turardi.
Shift juda baland, devorlari qora marmardan edi. Xonaning o‘rtasida esa yuzlab eshiklar joylashgan edi.
Ba’zilari oltin, ba’zilari kumush, boshqalari esa ko‘k, yashil, binafsha yoki qora rangda edi. Ayrim eshiklarning yuzasida belgilar bor, ayrimlari esa butunlay oddiy ko‘rinardi.
Miso asta-sekin atrofga qaradi.
— Bu... nima?
Eunwoo uning yonida turdi.
— Nomsizlar xonasi.
— Nomsizlar xonasi?
— Ha.
Miso bir eshikdan boshqasiga qaradi.
— Bularning hammasi qayerga olib boradi?
— Turli olamlarga.
Miso unga qarab qoldi.
— Qanday olamlar?
— Har bir eshik ortida boshqa bir dunyo bor. U yerda turli mavjudotlar yashaydi. Ba’zi olamlar tinch, ba’zilari esa xavfli.
Misoning ko‘zlari chaqnadi.
— Demak, bu eshiklardan o‘tib boshqa dunyolarga borish mumkinmi?!
— Ha.
— Siz bularning hammasini o‘zingiz yaratganmisiz?
— Yo‘q. Bu xona mendan ancha qadimiy.
Miso xonaning o‘rtasiga bordi.
— Bu joyni boshqa hech kim biladimi?
Eunwoo unga qaradi.
— Yo‘q.
— Hatto Minerva hammi?
— Minerva bu xona haqida hech narsa bilmaydi. Unga ham, boshqa xizmatkorlarga ham bu yer haqida aytma.
Miso bosh irg‘adi.
— Tushundim.
U bir eshik oldiga bordi. Eshikning yuzasida yarim oy belgisi bor edi.
— Bu qayerga olib boradi?
— Oy Nurlari Olami.
— Ochamizmi?
Eunwoo eshikka qo‘lini qo‘ydi.
— Yaqin tur.
Eshik ochilishi bilan yuzlariga salqin havo urildi.
Ularning qarshisida kumushrang daraxtlar bilan qoplangan o‘rmon paydo bo‘ldi. Daraxtlarning barglari oy nuridek yaltirar, yerda ko‘k rangli gullar ochilib turardi. Uzoqda esa baland sharshara oqardi.
Miso bir qadam tashladi.
— Voy...
Ular o‘rmon ichiga kirishdi.
Daraxtlar orasida mayda nurli mavjudotlar uchib yurardi. Bir oz narida uzun quloqli, oppoq kiyimli mavjudotlar ko‘rindi.
— Bular kim? — deb so‘radi Miso.
— Oy elflari.
Elflardan biri ularni ko‘rib, bosh egdi.
— Qorong‘ilik qiroliga salom.
Eunwoo bosh irg‘adi.
Miso ham salomlashdi.
Elf unga qiziqib qaradi.
— Inson?
— Ha, — dedi Miso. — Ismim Kim Miso.
Elf jilmaydi.
— Xush kelibsiz, Kim Miso.
Miso atrofga qarab, o‘rmonning go‘zalligidan zavqlandi.
Ular sharshara tomon yurishdi. Suv pastga emas, go‘yo havoga ko‘tarilib oqayotgandek edi. Miso bunga uzoq tikilib qoldi.
— Bu qanday bo‘lyapti?
— Bu olamda suvning yo‘nalishi boshqacha.
— Juda ajoyib!
Ular bir oz vaqt shu yerda bo‘lishdi. Keyin Eunwoo eshik oldiga qaytishni taklif qildi.
Miso xayrlashish uchun elflarga qo‘l silkitdi.
— Xayr! Yana kelamiz!
Elf bosh egdi.
— Sizni kutamiz, malikam.
Miso kulimsiradi.
— Ular meni ham malika deyishyapti.
Eunwoo eshikni yopdi.
— Bu yerda ham shunday bo‘ldi.
Keyingi eshik shaffof ko‘k rangda edi.
Eunwoo uni ochdi.
Bu safar ularning qarshisida ulkan dengiz paydo bo‘ldi. Ammo suv pastda emas, osmonning o‘zida oqardi. Baliqlar bulutlar orasida suzar, suv tomchilari havoda mayda yulduzlardek yaltirardi.
Miso hayratdan og‘zini ochdi.
— Bu qanaqa dengiz?!
— Shisha Dengiz Olami.
Ular eshikdan o‘tib, suv ustidagi shaffof yo‘lakka chiqishdi.
Miso pastga qaradi. Yo‘lak ostida baliqlar suzib yurardi.
— Men yiqilib ketmaymanmi?
— Yo‘q.
— Ishonchlimi?
— Agar ehtiyot bo‘lsang.
Miso darrov yo‘lakning o‘rtasiga yurdi.
Ularning tepasidan katta kumush baliq suzib o‘tdi. Miso uning ortidan qarab qoldi.
— Bu baliq juda katta ekan!
Eunwoo unga qaradi.
— Sen har bir narsadan hayratlanasan.
— Chunki bunday narsalarni har kuni ko‘rmayman!
Ular biroz aylanib, keyin xonaga qaytishdi.
Navbatdagi eshik eski soat shaklida edi.
— Bu qayerga olib boradi? — deb so‘radi Miso.
— Unutilgan Soatlar Olami.
Eshik ochildi.
Ularning qarshisida katta shahar ko‘rindi. Binolarining ustida ulkan soatlar, ko‘chalarda esa g‘ildiraklar bilan harakatlanadigan g‘alati mashinalar bor edi.
Miso bir soatga qaradi.
— Bu yerda vaqt boshqachami?
— Ha. Bu olamda bir kun bizning dunyomizdagi bir soatga teng.
Miso hayratlandi.
— Demak, men bu yerda bir kun tursam, uyga qaytganimda faqat bir soat o‘tgan bo‘ladimi?
— Taxminan.
— Juda qulay ekan!
Eunwoo unga qaradi.
— Nima uchun?
— Chunki ko‘proq sayr qilish mumkin!
Eunwoo javob bermadi.
Ular shahar bo‘ylab yurishdi. Ko‘chalarda soat mexanizmlaridan yasalgan kichik mavjudotlar ishlardi. Ba’zilari ularga bosh egib salom berishdi.
Miso ulardan biriga qo‘l silkitdi.
— Salom!
Kichik mexanik mavjudot boshini egdi.
— Vaqtingiz xayrli o‘tsin!
Miso kuldi.
— Bu yerning aholisi ham juda odobli ekan.
Nomsizlar xonasiga qaytishgach, Miso binafsha rangli eshikni ko‘rdi.
— Bu-chi?
— Aksini Yo‘qotganlar Olami.
Eunwoo eshikni ochdi.
Ular qorong‘iroq, binafsha tusdagi olamga kirishdi. Atrofda son-sanoqsiz oynalar bor edi. Har bir oynada Miso va Eunwoo aks etardi.
Miso bir oynaga yaqinlashdi.
Uning aksi unga qarab turardi.
Miso qo‘lini ko‘tardi.
Aksi ham qo‘lini ko‘tardi.
Keyin Miso jilmaydi.
Aksi ham jilmaydi.
— Oddiy oyna ekan-ku.
Eunwoo uning yoniga keldi.
— Bu olamda akslar ba’zan o‘z egalaridan ajralib ketadi.
Miso qo‘lini tushirdi.
— Nima?!
— Shuning uchun oynalarga uzoq tikilma.
Miso darrov undan uzoqlashdi.
— Buni avvalroq aytishingiz mumkin edi-ku!
Eunwoo xotirjam javob berdi:
— Endi aytdim.
Miso unga qarab qoshlarini chimirdi.
— Sizning ogohlantirishlaringiz juda kech keladi.
Ular bu olamda uzoq qolishmadi.
Keyingi eshik ko‘k rangda edi. Uning yuzasida katta daraxt rasmi bor edi.
Miso eshikni ko‘riboq quvondi.
— Bu qanday olam?
— Moviy Daraxtlar Olami.
Eunwoo eshikni ochdi.
Ichkaridan salqin shamol esdi.
Ularning qarshisida moviy o‘rmon yoyilib yotardi. Daraxtlarning tanalari kumushrang, barglari esa chuqur ko‘k rangda edi. Yerda mayda nurli gullar ochilib turardi.
Miso o‘rmon ichiga yugurib kirdi.
— VOYYYY! QANDAY CHIROYLI!
Eunwoo uning ortidan yurdi.
— Sekinroq.
Miso daraxtlardan biriga yaqinlashdi.
— Salom!
Daraxtning barglari shitirladi.
— Salom, Malikam!
Miso hayratdan ko‘zlarini kattalashtirdi.
— U gapirdimi?!
— Ha.
Miso boshqa daraxtga qaradi.
— Siz ham salom berasizmi?
— Salom, Malikam!
Uchinchi daraxt ham gapirdi:
— Xush kelibsiz!
Miso kulib yubordi.
— Bu yerda hamma meni malika deyapti!
Eunwoo daraxtlarga qaradi.
— Men kelganimda hech kim bunday kutib olmaydi.
Daraxtlardan biri javob berdi:
— Siz doim jahldor kelasiz, qirol hazratlari.
Miso kulgisini yashira olmadi.
— AHAHAHA! 🤣
Eunwoo daraxtga qarab qo‘ydi.
— Sizlar ham gapirishni o‘rganib ketibsizlar.
Miso esa o‘rmon bo‘ylab yurdi. U gullarni tomosha qildi, daraxtlarning kumushrang tanasiga qo‘l tekkizdi, uzoqdagi sharsharani kuzatdi.
Bu olam unga juda yoqib qolgandi.
Ular ketish vaqti kelganida, Miso daraxtlarga qaradi.
— Xayr, daraxtlar! Yana kelaman!
Barglar shovulladi.
— Xayr, Malikam! Yana keling!
Miso yana qo‘l silkitdi.
Faqat shundan keyingina ular eshikdan qaytishdi.
Eunwoo eshikni yopdi.
— Yaxshi, endi keyingisi.
Miso hali ham tabassum qilardi.
— Men bu olamni juda yoqtirdim.
— Sezdim.
Keyingi eshikning rasmi g‘alati hayvonlarga o‘xshardi.
Eunwoo uni ochdi.
Ular katta vodiyga kirishdi. U yerda kristall ko‘l, baland tog‘lar va turli rangdagi gullar bor edi. Osmonda qanotli qushlar uchib yurardi. Uzoqda esa shoxlari yaltiraydigan oppoq mavjudotlar o‘tlayotgan edi.
Miso ko‘l tomon yugurdi.
— Bu yer juda ajoyib!
Ularning yonidan kichkina ko‘k rangli jonivor yugurib o‘tdi. U ajdahoga o‘xshardi, ammo juda kichkina edi.
Miso egilib qaradi.
— Bu nima?
— Tungi ajdaho bolasi.
Kichkina ajdaho unga qarab, mayin ovoz chiqardi.
Miso qo‘lini uzatdi.
— Salom, kichkintoy.
Ajdaho uning kaftiga burnini tekkizdi.
Eunwoo atrofga qarab turardi.
Shu payt uzoqdan ulkan oppoq maxluq yaqinlashdi. U yagona shoxli otga o‘xshardi. Ko‘zlari oltin rangda, yoli esa oppoq edi.
Miso uni ko‘rib, hayratlandi.
— Bu...
— Qadimiy oq yagona shoxli ot.
Maxluq sekin Miso tomon keldi.
Eunwoo bir qadam oldinga chiqmoqchi bo‘ldi, ammo maxluq uning yonidan o‘tib, to‘g‘ri Miso oldiga keldi.
Miso qimirlamay turdi.
Ot boshini egdi.
Miso qo‘lini sekin uzatib, uning yolini siladi.
— Juda chiroyli...
Eunwoo kuzatib turardi.
— U odatda hech kimga yaqinlashmaydi.
Miso unga qaradi.
— Hatto sizga hammi?
— Hatto menga ham.
Miso otning boshini yana siladi.
— Balki u sizdan qo‘rqadi.
Eunwoo unga sovuq qaradi.
— Bu fikrni aytmasang ham bo‘lardi.
Miso kulib yubordi.
Ular ko‘l bo‘yida biroz vaqt o‘tkazishdi. Keyin Eunwoo o‘zining qanotli oq otini chaqirdi.
— Arion!
Oq ot qanotlarini yozib, ularning oldiga kelib qo‘ndi.
Miso uning yoniga bordi.
— Arion! Yana uchrashdik!
Arion boshini egdi.
Eunwoo qo‘lini ko‘tardi. Uning kaftida ko‘k nur paydo bo‘ldi. Nur asta-sekin qanotli ot shakliga kirdi.
Bir zumda Miso uchun ham ko‘k qanotli ot paydo bo‘ldi.
— Bu meniki?! — dedi Miso hayrat bilan.
— Ha. U seni olib yuradi.
Miso otning bo‘ynini siladi.
— Ismi nima?
— O‘zing tanla.
Miso bir oz o‘ylanib qoldi.
— Ko‘kcha!
Eunwoo unga qaradi.
— Shumi?
— Ha. Juda mos.
Eunwoo hech narsa demadi.
Miso Ko‘kchaga mindi. Eunwoo esa Arionga joylashdi.
— Tayyor bo‘ldingmi?
— Ha!
Ular osmonga ko‘tarilishdi.
Miso hayajondan kulib yubordi. Pastda vodiy, ko‘l va o‘rmonlar tobora kichrayib borardi.
— KO‘KCHA, OLDINGA!
Ot tezligini oshirdi.
Eunwoo Arion bilan uning ortidan uchdi.
— Miso, juda uzoqqa ketma!
— Men faqat aylanib kelaman!
Ko‘kcha yana tezlashdi.
Miso orqasiga qarab, Eunwooga baqirdi:
— Meni tutolmaysiz!
Eunwoo unga sovuq qarab, Arionga ishora qildi.
— Arion.
Oq ot qanotlarini keng yozib
Izohlar
0