Aliya uyga kirishi bilan to‘g‘ri xonasiga yo‘l oldi. Qo‘lidagi narsalarni bir chetga qo‘yib, karavotiga o‘zini tashladi. Ko‘zlaridan yosh tinmasdi. U Ali bilan xayrlasha olmaganini, endi uni qachon ko‘rishini bilmasligini o‘ylardi.
Qancha vaqt yig‘laganini o‘zi ham bilmadi. Oxiri charchoqdan ko‘zlari yumilib, uxlab qoldi.
Biroz vaqt o‘tgach, uyga ota-onasi keldi. Ha etgancha Aliyani haqiqiy ismi Madina edi Aliya emas buni Ali, Zuhra va Alini oilasi Aliya db chaqirishar edi holos. Aliya oilasi esa haqiqiy ismini yani Madina db chaqirishardi.
— Madina qani? — deb so‘radi onasi.
— Xonasida uxlayapti, — dedi buvisi.
Ota-onasi bir-biriga qarab olishdi. Ular qizlarini o‘zlari bilan olib ketishga qaror qilishgan edi. Bu haqda Madinaga aytishlari kerak edi.
Onasi xonaga kirib, qizining yoniga o‘tirdi.
— Qizim, tur-chi.
Madina ko‘zlarini zo‘rg‘a ochdi.
— Nima bo‘ldi, oyijon?
— Qizim, endi biz bilan uyga ketasan. Ancha vaqt bo‘ldi buvingnikida yashayotganingga.
Madina bir zum jim qoldi.
— Qachon?
— Ertaga narsalaringni yig‘amiz.
Madina hech narsa demadi. U uchun bu yana bir ayriliq edi.
Avval Ali ketdi. Endi esa buvisi, bobosi va Zuhradan ham uzoqlashishi kerak edi.
«Ali yetmagandek, endi Zuhradan ham ayrilamanmi?» deb o‘yladi u.
Ertasi kuni Madina ko‘p o‘ylab o‘tirmadi. Zuhrani ko‘rishi kerak edi.
U tezda Zuhralarnikiga yugurdi.
— Zuhra!
Zuhra ovozni eshitib darvozaga chiqdi.
— Aliya? Nima bo‘ldi?
Aliya unga qarab turdi-da, birdan quchoqlab oldi.
— Men ketarkanman…
— Qayerga?
— Oyimlar bilan. Endi u yerda yasharkanman.
Zuhra nima deyishini bilmay qoldi.
— Rostdanmi? Qachon?
— Bugun narsalarimni yig‘amiz. Keyin ketamiz.
Zuhra ham ko‘zlariga yosh oldi.
— Unda endi nima qilamiz?
— Bilmayman… Seni ko‘rolmasam-chi?
— Telefonlashamiz-ku.
— Bilaman, lekin bu boshqa-da. Har kuni yoningda bo‘lmasam, kim bilan gaplashaman?
Zuhra uning qo‘lini mahkam ushladi.
— Meni unutib qo‘yma, xo‘pmi?
— Sen ham meni unutma.
— Hech qachon.
Ikkalasi uzoq vaqt quchoqlashib turishdi. Bolalikdan beri birga ulg‘aygan ikki dugona endi bir-biridan uzoqlashishga majbur edi.
— Aliyani yana qachon ko‘raman ekanman… — dedi Zuhra sekin.
Aliya bu gapdan keyin yana yig‘lab yubordi.
Ular ancha vaqt suhbatlashib o‘tirishdi. Birgalikda o‘tgan kunlarini eslashdi, kelajakda uchrashishga va’da berishdi.
Nihoyat, xayrlashish vaqti keldi.

Madinaning buyumlari yig‘ildi. U buvisining uyiga oxirgi marta ko‘z yugurtirdi. Har bir burchak unga tanish, har bir xona esa xotiralarga boy edi.
— Qizim, ketamiz, — dedi otasi.
Madina buvisini quchoqladi.
— Buvi, sizni sog‘inaman.
— Men ham, bolam. Tez-tez kelib turasan, xo‘pmi?
— Xo‘p.
Bobosi ham uning boshini siladi.
— Katta qiz bo‘lib qolding-ku, endi bizni unutib qo‘yma.
— Yo‘q, bobojon.
Madina mashinaga o‘tirdi. Ota-onasi bilan yo‘lga chiqishdi.

U derazadan tashqariga qarab borardi. O‘zi bilgan ko‘chalar, uylar, mahalla ortda qolardi.
Uning bolaligi ham shu ko‘chalarda qolayotgandek edi.
Yangi uyga yetib kelishdi.
Madina mashinadan tushib, uyga kirdi. Atrofga qaradi. Hammasi ozoda, chiroyli, lekin unga begona edi.
Bu yerda uning ukasi va singlisi ham bor edi. Ukasi undan uch yosh kichik, singlisi esa yetti yosh kichik edi.
— Opa! Keldingizmi? — deb yugurib keldi singlisi.
Aliya unga jilmayishga harakat qildi.
— Ha, keldim.
Ukasi esa o‘z ishi bilan band edi.
Onasi xonasini ko‘rsatdi.
— Mana, qizim, bu endi sening xonang.
Madina xonaga kirib, narsalarini joylashtira boshladi.
Ammo ichida bir g‘alati tuyg‘u bor edi.
Bu uning ota-onasining uyi edi. Ularni yaxshi ko‘rardi. Lekin bu uyga ko‘nikmagan, bu yerdagi hayotga moslashmagan edi.
Go‘yo o‘z uyiga emas, begona bir joyga kelgandek edi.
Kunlar o‘ta boshladi.
Yangi uy. Yangi maktab. Yangi sinfdoshlar.
Hammasi boshidan boshlanayotgandek edi. Faqat bu safar u yolg‘iz edi.
Maktabda hech kim bilan yaqinlashmasdi. Sinfdoshlari bilan gaplashishga ham unchalik qiziqmasdi. Tanaffuslarda yolg‘iz yurardi, darsdan keyin esa yolg‘iz uyga qaytardi.
Uning xayolida faqat uchta narsa aylanardi: Zuhra, Ali va buvisining uyi.
Ba’zan maktabdan chiqib, eski mahallasiga ketgisi kelardi. Ammo masofa uzoq edi. Har safar bu istagini ichiga yutardi.
Ota-onasini yaxshi ko‘rardi, lekin yangi hayotga moslashish unga oson bo‘lmadi.
Vaqt o‘tib, u yangi uyga ham, maktabga ham ko‘nika boshladi. Lekin yaqin do‘st topolmadi.
Buvisinikiga tez-tez borardi. Ba’zan tunab ham qolardi. U yerga borganida o‘zini yana avvalgidek his qilardi.
Zuhra bilan ham uchrashib turardi.
Har gal ko‘rishganlarida Madina ancha quvnoq bo‘lib qolardi. Kulardi, hazillashardi, kun davomida bo‘lgan voqealarni aytib berardi.
— Zuhra, bugun maktabda nima bo‘lganini bilsang edi! — deb boshlardi u.
— Yana nima qilib qo‘yding? — derdi Zuhra kulib.
— Men hech narsa qilmadim! O‘qituvchimiz…
Ular uzoq suhbatlashishardi.
Madina yangi maktabi, ukasi, singlisi, uyidagi voqealar haqida gapirardi.
Ammo Ali haqida Zuhra hech qachon gap ochmasdi.
U Madinani yana xafa bo‘lishini istamasdi. Ali unga aytgan gapni hamon sir saqlardi.
Madina esa vaqt o‘tishi bilan Alini eslamaslikka harakat qildi. Bora-bora go‘yo Ali hech qachon uning hayotida bo‘lmagandek yashay boshladi.
Uning hayotida faqat Zuhra bordek edi.
Bir kuni kechqurun…
Madina buvisi bilan ayvonda yotardi. Osmon tiniq, oy esa juda chiroyli ko‘rinardi.
Madina osmonga tikilib qoldi.

— Buvi?
— Labbay, qizim?
— Oy juda chiroyli-a?
— Ha, bolam. Ayniqsa, bugun juda yorqin.
Madina biroz jim turdi, keyin savol berdi:
— Buvi, siz bobam bilan qanday tanishib qolgansizlar?
Buvisi kulimsiradi.
— Voy, shuni ham bilging keldimi?
— Ha-da. Aytib bering.
— Bizning ham yoshligimiz bo‘lgan, qizim. Bobong bilan birinchi tanishganimizda…
Buvisi o‘zining yoshlik xotiralarini gapira boshladi. Madina esa uni diqqat bilan tinglardi.
Hikoya tugagach, Madina biroz o‘ylanib qoldi.
— Buvi…
— Nima, qizim?
— Men ham katta bo‘lib, maktabni bitiraman. Keyin meni sevadigan, menga mehribon bo‘ladigan bir insonni uchrataman.
Buvisi unga qarab jilmaydi.
Madina gapida davom etdi:
— U juda mehribon bo‘ladi. Xuddi dadamdek, bobamdek. Bobam bilan dadam meni qanchalik yaxshi ko‘rishsa, u ham meni shunchalik yaxshi ko‘radi.
U biroz kulib qo‘ydi.
— Buvi, hali ko‘rasiz, men uni topsam, birinchi bo‘lib sizga aytaman!
Buvisi uning ustini yaxshilab yopdi.
— Albatta topasan, bolam. Nasib qilsa, hali hammasi oldinda.
— Rostdanmi?
— Rostdan.
— Unda va’da bering, birinchi bo‘lib sizga aytaman.
— Va’da, qizim.
Buvisi uning peshonasidan o‘pdi.
— Bo‘ldi, endi uxlaymiz. Kech bo‘ldi. Ertaga yana gaplashamiz. Hayrli tun, qizim.
— Hayrli tun, buvijon.
Madina ko‘zlarini yumdi.
Bundan buyogiga hamma uni haqiqiy ismi “Madina” db chaqiradi. Aliya db hech kim chaqrmidi, chunki Ali yoq.
Izohlar
0