T A R I X I Y Q I S S A
1416-yil
1416-yilga kelib, Avelyon butkul tanazzulga yuz tutdi. Taro qiroli tomonidan
shaharlarni boshqarish uchun yuborilgan yuqori martabali amaldorlar xalqni
ezishga kirishgan, fuqarolarni qiynoqqa solib, tinimsiz mehnat qilishga majbur
etayotgan edilar. Avelyon nomi xaritalarda qirollik sifatida tursa-da, uning
shaharlarida ozodlik deyarli qolmagandi.
Magnus va uning jamoasi qirollik hududidan chiqib ketishga ulgurgandi. Ammo
Magnus bundan taskin topolmasdi. Avelyonni tashlab chiqqani uchun vijdon azobi
uni ich-ichidan kemirardi. U o‘zini xalqini tashlab ketgan, otasining ishonchini
oqlay olmagan shahzoda deb his qilardi.
Shunday bo‘lsa-da, uning qalbida so‘nmay turgan yagona umid uchquni bor edi.
Bu uchqunni yoqib turgan inson esa — Endrik.
Qonunsiz shahardan taxminan o‘ttiz daqiqalik yo‘l uzoqlikda, o‘rmon qa’rida
Magnus tarafdorlari yashirincha joylashgandi. Yarim tun allaqachon cho‘kkan.
Artur rafiqasi bilan uyquga ketgan, Jon o‘z xonasida dam olayotgan edi. Ammo
Magnus uxlamasdi.
Avelyon qissasi 1-sahifaMagnus uydan biroz naridagi yog‘och o‘rindiqda yolg‘iz o‘tirib, o‘rmonning
qorong‘u qa’riga mayus tikilardi. Nigohida charchoq, iztirob va javobsiz savollar
mujassam edi. Shu payt Endrik uydan chiqdi. U Magnusning yoniga asta yurib
kelib, hech narsa demay o‘rindiqqa o‘tirdi.
Ikkalasi ham jim qoldi. Go‘yo ikkalasi ham shu qorong‘ulik bag‘ridan biror javob
izlayotgandek. Shu payt o‘rmon qa’ridan bir gala yonarqo‘ng‘iz uchib chiqdi.
Ularning mayda shu’lalari zulmat bag‘rida birin-ketin paydo bo‘lib, qorong‘ulikni
buzib o‘ta boshladi.
Magnus ularni kuzatib, asta Endrikka qaradi:
— Endrik... Men otamning ishonchini oqlay olamanmikan? U men uchun qurbon
qilgan hayoti befoyda ketmaganini isbotlay olamanmi?
Endrik bir muddat o‘rmon ichidagi yonarqo‘ng‘izlarga qarab turgach, og‘ir gap
boshladi:
— Shag‘zodam, sizga otangiz, qirol Magnor haqida so‘zlab beraymi? Otangizni
ko‘pchilik qo‘rqoq, siyosiy aqli yetarli bo‘lmagan qirol sifatida eslaydi. Ammo
haqiqat butkul boshqacha edi.
§ § §
Endrikning ovozi og‘irlashdi: «Daryus qirollikni ochlikdan olib chiqdi, biroq
boshqa qirollikning suv ta’minotini o‘zlashtirib o‘z xalqini qutqardi. Otangiz bunday
yo‘lni tanlamadi. U yillar davomida oziq-ovqat ta’minotini ehtiyotkorlik bilan
boshqardi, xalqni ertangi kun uchun asrashga harakat qildi.»
Avelyon qissasi 2-sahifaEndrik so‘zida davom etdi: «Zaxiralar tugab, otangiz Taro qirolligidan yordam
so‘rashga majbur bo‘ldi. Bu siyosiy jihatdan Avelyonni kuchsiz ko‘rsatishi mumkin
edi. Ammo u o‘z obro‘sini emas, avvalo Avelyonning kelajagini tanladi. Xalq buni
tushunmadi, biroq otangiz har doim tinchlik tarafdori bo‘lgan.»
Endrikning nigohi uzoqqa qadaldi:
— Yillar davomida otangizga qayta-qayta suiqasd uyushtirildi. Ko‘pchilik undan
nafratlandi. Shunday bo‘lsa ham, u qirollik barqarorligini saqlab qolish uchun
o‘zini qurbon qildi. Otangizning bu qat’iyatida qirolicha Lyusandadan qolgan
so‘nggi iltimoslarning ham o‘rni katta edi.
Magnus birdan hayron bo‘lib so‘radi:
— Mening onammi?
Endrik bosh irg‘adi:
— Ha, shag‘zodam. Qirolicha Lyusanda o‘lishidan oldin otangizdan Avelyonning
barqarorligini va eng asosiysi, sizni asrashini so‘ragan. Otangiz onangizni shu
qadar sevardiki, uning xotirasi qalbida boshqa ayolga joy qolishiga yo‘l qo‘ymadi.
Endrik qo‘lini Magnusning yelkasiga qo‘ydi:
— Siz eng kuchli irodaga ega qirolning yagona farzandisiz. Siz eng mehribon
qirolichaning zurriyodisiz. Siz, eng avvalo... Avelyonning umidisiz. Men sizga
ishonaman, shag‘zodam. Siz hali qirollikni qayta tiklaysiz.
Avelyon qissasi 3-sahifaMagnus ko‘z yoshlarini to‘xtata olmadi. Tomchilar yuzidan uzluksiz oqib, yerga
tushdi. U boshini asta Endrikning yelkasiga qo‘yib, yig‘lab yubordi. Endrik esa bir
qo‘lini uning yelkasidan o‘tkazib, boshini mehr bilan silay boshladi.
O‘rmon hamon jim, faqat yonarqo‘ng‘izlarning mayda shu’lalari zulmat ichida
lipillardi. Endrik nihoyat past ovozda dedi:
— Eh, shag‘zodam... Bu hayot zulmatga cho‘mgan. Ammo bu zulmatni xuddi
mana shu yonarqo‘ng‘izlar kabi yoritishingiz kerak. Yorug‘likning o‘zi xavfni olib
kelsa-da, baribir zulmatni yoritishingiz shart. Chunki siz shu uchun tug‘ilgansiz.
Endrikning ovozi qat’iylashdi:
— Shag‘zodam... g‘alaba har doim mag‘lubiyat bilan birga yuradi. Chinakamiga
g‘alaba qozonish uchun esa taslim bo‘lmaslikning o‘zi yetarli.
§ § §
Yana sukunat cho‘kdi. O‘rmon qa’ridagi yonarqo‘ng‘izlar hamon uchib yurardi.
Ularning mayda shu’lalari zulmat bag‘rida goh paydo bo‘lib, goh yo‘qolardi. Ammo
Magnusning qalbida uzoq vaqt avval so‘na yozgan umid uchquni yana jonlandi.
O‘sha tun u endi shunchaki uchqun emasdi — u olovga aylandi.
Izohlar
0