TINCHLIK JANGI
2-qism . “O’yinlar qirolichasi ”.
Shunday qilib bizni , tanlab olingan o’n kishini musobaqaning keyingi bosqichi uchun alohida tayyorlash maqsadida boshqa joyga olib ketishlarini aytishganda biroz hayron bo’ldim . Bu musobaqa qandaydir boshqacha edi . Odatda musabalar shunchaki ko’rgazma uchun o’tkaziladi. Men mutlaqo shunday o’ylayman . Chunki har oy o’tkaziladgan musobaqami yoki katta olimpiadami farqi yo’q , uning qanday darjada ekanligidan qat’iy nazar bizada har doim bir xil o’quvchilar qatnashadi (o’zlaricha faolda ). Qayoqqa qarama bir xil odamlar ,bir xil yuz , ularni hamma taniydi , butun maktab hurmat qiladi , o’qituvchilar ham o’quvchilar ham . Lekin mendaqalarga ummuman farqi yo’q .Chunki bilim darjamiz ularnikiday emas va tan olishim kerakki ular kabi saxna odobidan ham xabardor emasman . Darsdan tashqari tayyorgarliklar , libos va saxna bezaklari , chiqish senariylari … Menga bunaqa sertashvish yugur-yugurlarni aslo keragi yo’q .
Ha nima bolganida ham biz ham qatnasha oladigan musobaqa borligidan hursandman . Ammo baribir shubxali . Maktabdagilar bizni olib ketishlariga hech nima deyishmayapti , axir o’quv yilining boshi bo’lsa , ham bu gapni eshitganda oyim ham indamadi va shunchaki ruxsat berdi . Ishonasizlarni bizni olib ketishlarini aytganimda hech nima demadi va ruxsat berdi .To’g’ri ancha vaqt chuqur o’ylanib yurdi ammo ko’ndi . Balki maktab derektori bu haqida oyimga aytgan bo’lsa kerak ( axir men tufayli oyim bilan ko’p bog’lanishiga to’g’ri keladi ). Oyim ham va nihoyat mening ushbu hobbiyimni ham foydali tomonlari bor ekanliginini anglab yetgandir . Nima bo’lganda ham oyim men uchun juda mehribonchilik qiladi . To’g’ri ko’p tortishamiz ammo unaqa qattiq jazo tayinlamaganlar va tan olishni istamasamda menga dadam yo’qligini bildirmaslikka harakat qiladilar deb o’ylayman . Garchi menga baribir bo’lsada ! Men hatto yuzini ham eslolmaydigan odamni , o’zidan faqatgina bitta eski surat qoldirgan odamni qanday sog’inishim munkun . O’tmishdagi iztiroblar ham , xotiralar ham meniki emas , oyimniki, ha ularning qayg’u va o’ylari …
Men qanday qilib o’zim yaxshi ko’radigan yagona mexribonimga shuncha azobni ravo ko’rgan odamni sog’inishim yoki qo’msashim munkin ?! Hech qanaqasiga ! Bu hech qachon sodir bo’lmaydi ! Oyim esa meni oldimda o’zini noqulay his qilishini hoxlamayman . Axir bu uning aybi emas . Bu faqat bitta odamning aybi faqat bitta odamning !
- Ho’sh sen u yoqda qancha vaqt bo’lasan – oyimning savoli mening o’rmalab ketgan hayollarimni to’zg’itib yubordi .
- A?! … Ha menincha bir oy deyishdi . Musobaqa yana uch bosqichdan iborat bo’ladi .
- Shunda tayyorgarlik bosqichi va uning baxolash jarayonlari ham shu vaqt oralig’i hisobida o’tadi , shundaymi ?
- Menimcha shunday … - Oyim negadir bu musobaqa haqida eshitgandan keyin qandaydir jim va boshqacha bolib qoldi . Gapirishlariyam g’alatimi - yey - Oyi mendan yana jaxliz chiqyaptimi ?
- Yo’q nega unday deyapsan ?!
8
- Chunki men bilan negadir urishmayapsiz … Bunday jimlik menga yoqmayapti…
- Haaa ! – Oyim negadir galati jilmaydi – Sen shu haqidamisan . Shunchaki anglab qoldim senga nisbatan juda qattiqqo’l bo’lib yuborgan ekanman .
- Ana aytgandimku o’yinlarning ham foydali tomonlari bor deb – Kulgan holatda maqtana kettim - siz esa mening o’yinlarimni yomon ko’rardiz .
- Balkim …
Oyim haliyam jilmayotgandi-yu ammo ko’zlari g’amgin edi . Uni hursand holatda meni kuzatib qo’yishini istagandim , lekin sir boy bermadim .
-O’zi jamadonga nimalar soldiz ? Yana hamma narsani solib tashladizmi ?
- Ha shunday , bir oy ichida senga juda ko’p narsa kerak bo’ladi va e’tirozlar qabul qilinmaydi .
Shunday qilib bahsimiz cho’zilib ketdi va men jo’nab ketuvchi avtobus yuray deganida unga zo’rg’a yetib oldim . Haliyam ulgurib qoldim ( huh…).
Avtobusga chiqishim bilan anov maqtanchoqning basharasiga birinchi bo’lib ko’zim tushdi va kayfiyatim ham tushdi ( u ham bor ediya ). Oldingi qatorda o’tirib olgani yetmagandek menga qarab kinoyali jilmaydi . Men ham javoban hunuk iljayib qo’ydim . O’zi o’n kishigina tanlab olibgan bo’lsak ham hamma begona bo’lgani uchun alohida o’tirib olishgan ( bir ikki kishidan tashqari ) . Baxtimga Guli o’zining yonidan joy olib qo’ygan ekan . O’tirishim bilan savolga tutdi .
-Nega buncha kechikding . Ax ! nima deyapman shunaqa bo’lishini bilardim- u o’zi . Shuning uchun senga yordam bermoqchi edim . Sen esa rad qilding . O’zi seni tashlab ketish kerak edi …
- Bo’ldi -bo’ldi jaxl qilmang malika-yi munavvar . Mana keldim- ku va tashkilotchilar eng kuchli o’yinchini tashlab ketmaydi-ku …
- Eng kuchlidan keyingi ikkinchini degin .
- O’sha maxmadonani shunchaki omadi kelib qoldi keyingi o’yinda u mag’lub bo’ladi . menga ishonaver .
- Bu yerdagi asosiy maxmadona sen emasmi mobodo…
Biz yana baxslashib boshladik . Biz doimo shunaqa serjanjal juftlik dugonalar bo’lganmiz va hech qachon besh daqiqadan ko’p odamga o’xshab gaplashmaganmiz . Baxslarimiz hech qachon shunchaki tugab qolmaydi . Bizni tashqaridan ko’rgan odam dugona deb ham o’ylashi qiyin ,ham Guli boshqalarni oldida o’ta jiddiy va qat’iy odob saqlaydi ( meni esa go’shtimni yeydi) . Ha shu joyida bir narsa esimga tushib qoldi .
-Shoshmachi sen bu yerda nima qilyapsan o’zi , sen musobaqada qatnashmaganding-ku !
- Seni mana bu kichginagina boshing boshqa hayollar bilan band edi . Shuning uchun
9
musobaqaga sendan oldin kirib chiqqanimni ham g’oliblar ro’yxatida uchinchi o’rinda turganimni ham sen umuman payqamay qolding .
- Iii ?! Qachon ? Qanday qilib ?
Lekin munday o’ylab qarasam musobaqa haqida u menga aytdi , birinchi bosqich bo’layotgan joyni bilardi va haqiqatdan ham uchinchi o’rinda “Umidova Guli ” yozilgan edi . Men o’zimning fikr hayollarim va hursandchiligim bilan shu qadar band edim- ki , uning ham qatnashganini va yutganini sezmay qolibman . Qanday yomon dugonaman . Guli biznikiga kelganda albatta men bilan o’ynashga ozginagina bo’lsa ham vaqt ajratardi . O’qishda ilg’or bo’lgani kabi u ham video o’yinda juda ajoyib raqib sifatida o’ynardi . U juda mukammal , mendan juda farqli . Biz kun va tun kabimiz bir biridan juda farqli va bir birini to’ldirib turuvchi ajralmas ikkixillikmizda …
-Ha nega suvni ko’rgan mushuk kabi hurpayib olding ?! – Guli menga qarab samimiy kulib gapirdi .
- Shunchaki …Meni kechir o’zim bilan bo’lib sezmay qolibman … Bilasan-ku ba’zida muhum narsalarni ham esimdan chiqarib qo’yaman …
- Qo’ysanchi kulgumni qistama . Seni bilaman-ku axir . Sendan hafa bo’lishni o’zi kulguli va sen faqat ba’zida emas har doim unutib qo’yasan . Shuning uchun sening yoningda kimdir doimo bo’lishi kerak va o’sha kimdir menman
- Sen huddi katta opaga o’xshaysan .
- Unda sen singilcha bo’lasan !
- Hech qachon !
- Bu muhokama qilinmaydi .
- Ana endi oyimga o’xshay boshlading .
- Sen uchun har kim bo’la olaman , havotir olma
Va bizning oxiri yo’q baxsimiz yana boshlanib ketdi va yarim soatdan keyin ikkalamiz ham taslim bo’lgan holda atrogni tomosha qilib ketdik . Biz tuman chegrasinidan chiqib shaxar markazi tomon harakatlanib ketayotgandik . Kuz fasli boshlanganiga ancha bolganiga qaramay daraxtlarning hech biri barglarini to’kib tashlamagan va sarg’ish , qizil ranglarni olgan holda chiroyli tovlanib shamol bag’rida tebranishyapti . Bizda hamma joyda daraxt ekishadi hatto cho’ldayam , shuning uchun sal teparoqqa chiqib qaralsa huddi o’rmonni ichidan uylar qurib tashlanganga o’xshaydi , aslida esa birinchi uy qurilib keyin atrofga har xil mevali daraxtlar ekishadi va bir ikki yildan keyin daraxtzorga ko’ziz tushadi . Baxorda hamma joyda hatto katta yo’llarda ham gul burglari yastanib yotsa , kuzda oltinrang barglar yotadi . Erta baxordan to kech kuzgacha tinmaydigan odamlar atrofida esa biz kabilar o’ta hunuk ko’rinsa kerak . Ha nima bo’lganda ham hayot o’tib boryapti . Odamlar tashvishga to’la , zerikarli hayotlarida yashaydilar, kamdan kam odamlar mukammallikka intilish o’rniga o’zlariga berilgan vaqtni baxtli va o’zlari hoxlagandek o’tkazadilar . Menimcha butun dunyoda shunday , Butun dunyo odamlari mukammalikka intilib yashaydilar . Bu insoniyatning ajralmas qonunidir …
10
Men manashunday o’ylar bilan band ekanman Guli yonimda mizg’ib ketardi atrofdagilar ham jimjit turli tomonga qarardi va uxlab borardilar . Shu bir laxza ichidada burnimga achchiq tutun hidi kirdi . Guli ham yo’talib , uyg’onib ketti . Hali hech narsani anglab ulgurmasimizdan avtobusning old qismidan qattiq shovqin chiqib yo’l ko’rinmaydigan darajada qoralik bilan qoplandi . Haydovchi bir soniyaga boshqaruvni yoqotdi . Ammo oz vaqt ichida o’zini o’nglab oldi va taxmin qilib oldinga qarab hayday boshladi . Atrofdagilar jonlanib bir birlariga qo’rquv to’la ko’zlar bilan qarardilar qizlar va ba’zi yigitlar ham qichqirib “ Ey hudoyim ”deb nimalarnidir pichirlay boshladilar hamma vahimaga tushib qoldi va tetartiblik boshlanib ketdi . Avtobus yo’ldan bir necha soniyaga chetga chiqdi va qattiq g’iyillab to’g’ri yo’lga bir necha siltanish bilan amallab qaytib oldi . Shu daqiqada qizlardan kimdir “ To’xtatinglar ” deb baqirdi va yanada shovqin avj olib ketti . Hamma qo’rquv iskanjasiga tushib qolgandi ularning nigohlari daxshatga to’la edi . Avtobus esa huddi ichib olgan odam kabi tushunarsiz tarzda tez tez yo’l chetiga chiqib qaytardi . Guli meni turtib nimadir dedi , tushunmaganimni aytganimda esa u haydovchi tomonni ko’rsatib qo’li bilan ishora qilganda tushundim . To’g’ri , haydovchiga mashinani to’xtatish uchun yordam berishimiz kerak o’zi bu yerda vaximaga tushmagan faqat biz bo’lsak kerak . Haydovchi tomonga harakatlana boshladik . Ammo old tomonga yaqinlashganimizda birdan qora tutunning achchiq hidi dimogimizga kirib tomog’imizni tirnagan kabi o’g’irita boshladi , ko’zlarimiz esa yoshdan to’xtamasdi . Guli menga suvda ho’llangan romolcha berdi va o’tirishga ishora qildi pastda tutun kamroq edi . Ko’zlarimni artib burnimga ro’molchabni tutgach biroz yengillashdim . To’g’ri biologiya darsida ustoz o’rgatgandi vaximaga tushib betartib harakat qilmasdan to’g’ri nafas olish kerak edi . Romolchani ho’llab nafas yo’liga tutiladi va yengil chuqur bolmagan nafas olinib ,chiqariladi . Bunday vaqtda chuqur nafas olish zararli bo’lishi munkun . Chunki tutun tarkibi qanday kimyoviy zararlanishlardan iborat ekanligini bilmaymiz . Guli menga bakalashkadagi suvni tutqazdi o’zi esa boshqalarni o’ziga qaratish uchun hammani chaqira boshladi .Ammo boshqalar shu qadar gangib vaximaga tushib qolishgandiki hech kimni eshitishmasdi . Va shu joyida meni o’tkir va hatto karga ham yetib boradigan darajadagi baland ovozim yordam berdi . Men “ Hey odamlar ” deb shu qadar qattiq baqirganimdan nafaqat vaximachilar balki , avtobusni zo’rga haydab ketayotgan haydovchi ham bir qarab oldi , hatto tutun ham biroz siyraklashib boshqalar ko’zga ko’rinib qoldi , Shu joyida hamma tinchlanib menga qarab turar ekan bitta bola hamma derazalarni ochib chiqatorganini ko’rdim , haydovchi oyog’ini tagida anov maxmadona nimadir qilib o’tirganiga ko’zim tushdi . Bu yoqdan Guli shunday turtdiki , nima qilishimiz kerakligi esimga tushib hammaga baland ovozda baqirib tushuntira boshladim .
Hey odamlar , hammangiz romolchangiz yoki shunga o’xshash nimanidir suv bilan yaxshilab ho’llab ko’zlaringizni yengil arting va ho’llangan romolcha orqali yangil nafas oling iloji boricha pastlang yotib olsangiz ham mayli hozir sog’liq birinchi o’rinda …- bir qarasam bitta qiz haliyam vahimada keyin shunga qarab baqirdim – hey burchakda turgan qiz hoziroq aytganimni qilmasang derazadan uloqtirib yuboraman tushundingmi!
Shunaqa deyishim bilan hamma aytganimni qildi . O’zim ham biroz hayron bo’ldim . Aslida yumshoqroq gapirmoqchi edim lekin urishaverib o’rganib qopman menimcha hamma meni jinni deb o’yladiyov . Hamma pastlagach maxmadona ko’zimga yaqqol ko’rindi u anniq haydovchi oldida nimadir qilib o’tirgandi Men darxol uni yoniga bordim .
11
Ortimdan boyagi derazalarni ochgan yigit va Guli yetib kelishdi .
Bu yerda nima qilyapsan .Ko’rmayapsanmi avtobusni to’xtatishga harakat qilyapman bu yerda hammasi elektr tizimining kuyishi tufayli elektron blok ishlamay qolgani uchun bolyapti shekilli , avtobus yaxshi tamirdan o’tmagani aniq , chunki hatto qo’l tormozlari ham ishlamayapti .Nima sen bilgan narsani haydovchi bilmas ekanmi ?! Amaki bilan bir necha usullarni sinab ko’rdik endi oxirgi chora qolyapti . Bu havfli bo’ladi Charos (u meni ismim bilan chaqirganda g’alati bo’lib kettim ) boshqalarni ogohlantir avtobus markaziga yig’ilishsin , shisha oynalar xavfli bo’lishi munkin , iloji boricha bosh va tanalarining asosiy joylarini berkitib biron narsani maxkam ushlab olgan holda o’tirib olishsin .Nima qilmoqchisan – so’radi Guli Sen nima deb o’ylaysan ?Yaxshi Charos bo’laqol uni aytganini qil seni hamma eshitadi .Yaxshi , hozir ,Hey olomon – men uning aytganlarini hammaga yetkazarkanman boshqalar jon shirinligidan aytganimni qilishardi O’zingiz ham joylashib oling , hov anovi kelayotgan bedazorda bedalarni uyib qo’yishibdi noteksroq yol avtobusni sekinlashtiradi lekin… Bedaga sekinroq urilamiz deb umid qilaman !Nimaa ! Axmoqsan !- shunaqa deb baqirib yuborishim bilan avtobus sekinlik bilan yaqinda o’rilgan bedazor tomon burila boshladi . Qingir – qiyshiq yo’lda har tomonga tebrana boshladik . Hamma maxkam ushlab olgan hozirda urilishimizni bilsamda negadir boshimni egmasdim . yo’lga va unga qaradim . U ham jon jaxti bilan asabiy holda atrofdagilarni diqqat bilan kuzatardi . Maxmadona hozir o’zidan ko’ra boshqalarni o’ylayotgandi . Birozdan keyin avtobus tebranaverib – tebranaverib sekinlasha boshladi va beda uyimigacha ham yetib bormay to’xtab oldik . Hamma hayrat , qorquv , bazi qizlar yig’i to’la ko’zlar bilan atrofga qarardi . Menincha ba’zilar to’xtaganimizga ham ishonmaganday edi . Haliyam maxkam ushlab olishgancha tirishib o’tirishardi . Ey Hudoyim urilmay toxtab oldik , ishonolmayman! – Gulini yonidagi yigit nixoyat gapirdi . Ovozi ajoyib ekan …
11
Davomi bor …
Muallif : Azimjonova Sarvinoz .
Izohlar
0