TINCHLIK JANGI.
qism.
“O’yinlar qirolichasi ”
“Maktab .Asosan ta’lim markazidir biroq ko’pchilik unga aynan ta’lim olish yoki berish uchun emas ma’lum bir maqsadlarda boradi .Kimdir bunga majbur bo’lgani uchun yana kimdir tirikchilik sababli undan panoh topadi “.
Men va men kabilar huddi shunday fikrlaydilar . Ha bizdaqalar asosan maktabga turli ko’ngilsizliklar uyishtirish ,boshqalar mehnatini yo’qqa chiqarish va albatta kimningdir asabiga tegish uchun u yerga borardik . Va eng asosiysi bu darslardan qochish .Shunchaki turli bahonalar o’ylab topasan . Muhumi ishonchli va turli bo’lishi kerak .Aks holda barcha rejalar puchga chiqadi va ishontira olish san’ati agar senda bu bo’lsa , demak yo’ling ochiq . Ishontir va juftakni rostla , shu xolos.
Ayyorlik evaziga ishlab olingan bekorchi vaqtlarda men asosan turli video o’yinlari qirolichasiga aylanar edim . Ha qizlar uchun bunday ishlar to’g’ri kelmaydi deb hisoblaydigan insonlar uchun ham o’zimga yarasha javoblarim bor edi albatta . Ayniqsa oyimni juda kuydirib yuborar edim . Buni o’zim ham juda yaxshi bilardim…
- Nega boshqa qizlar kabi bo’la olmaysan- a ?. Naxotki shunchalik qiyin bo’lsa oddiygina , jimgina yashash -derdi oyim bazan chindan ham juda oshirib yuborsam nonushta vaqtlarida , chunki boshqa daqiqalarda meni deyarli qo’lga tushira olmas edilar .
- Oyiiii axir meni juda yaxshi bilasiz turli o’yinlar jon-u dilim buning ustiga oddiy narsalarni katta muammolarga aylantrish shart emas deb o’ylayman .
- O’ylar emish ! Kallang bo’lsa o’ylaysanda . Koshki edi boshqa tengqurlaring kabi bo’lolsang !
-Ha shunday bo’lsa koshki edi !
- Men sen bilan hazillashmayapman ,mana o’zing ayt nega boshqa qizlar kabi yaxshi o’qish , kelajak haqida qayg’urish , bilimliroq bo’lishga intilmaysan . Hech bo’lmaganda biron kasbni ham egallamading. Yoki men senga yetarlicha sharoit yaratib berolmayapmanmi ayt !
- Men unday demadim , Bu yerda gap sharoit haqida ketmayapti . Lekin mening qiziqishlarimga ham e’tibor qaratsangiz yomon bo’lmasdi .
- Nima?! Sen qiz men bilan hazillashayapsan shekilli a! Turli bo’lmag’ur o’yinlarni menga yuzsizlarcha pesh qilmagin tushundingmi . Ayt nima yetishmaydi senga yana nima qilib bera olaman !
- Men kettim, hayr oyi!
- Men senga gapirayapman !!!
Oyim doimo mana shunday ortimdan dodlab qolaverardi .” Menga yana nima qilib bera olardi . Menga nima yetishmaydi o’zi?”…
-Otang !
To’satdan eshitilgan jarangli va men uchun qadrli ovoz meni cho’chitib yubordi.
- Nima?! Nimalar deyapsan ? 1
- Senga otang yetishmaydi , shu holos , afsuski mana shu oddiy haqiqatni oying tushunmaydi , yo’q tushunadi , biroq tan olishni istamaydi . Bu uning ham sening ham qo’lingdan kelmaydi .
- Guli tushuntiribroq gapirsangchi nimalar deyapsan o’zingdan o’zing ?!
- Men hammasini eshittim .
- Qara-ya !
- Ha axir yon qo’shnimizku ! Keyin , sizlar shu qadar baland ovozda baxslashdingiz-ki buni hoxlasang ham eshitmay qolmaysan odam . Charos men seni juda yaxshi bilaman dugonajon . Bolaligimizdan birga o’sdik , birga o’ynadik, birga kuldik va yig’ladik dardlaringni bilaman –ku !
Meni tushunadigan yagona inson va to’g’irilikka chorlaydigan haqiqiy dugonam shu Guli edi o’zi. Ko’pincha u meni ko’proq tinglar va yo’l -yo’riq ko’rsatar edi . Lekin asosan tanbex berardi . Uni aytganlariga o’zim hoxlamasan ham kirardim . Haliyam Guli meni epaqaga keltirib turardi bo’lmasa men qanday yomon odam bo’lib ketgan bo’lardim hayronman . Hozir ham u o’z vazifasini juda yaxshi uddalayotgandi.
- Ha shunday va sen haqsan biz ikkimiz ham buni tan olishni istamaymiz .
- Hech qisi yo’q hali bari o’tib ketadi .
- Ha gaplaringga ishonaman …. Guli bodom!- darrov uning ustidan kulishni boshlab yubordim . Negaligini bilmayman -ku Guli bodomni yomon ko’rardi shuni bilganim zahoti uning ustidan kulishni boshlagandim va shu qilmishim sabab bu sir oxirigacha yechilmay qolgandi . Gulining o’zi ham 16 yoshli qizlardek emasdi. U juda aqlli , uzoqni ko’ra oladigan va jasur qiz edi .Huddi mening aksim .U sir saqlashni qotirar edi o’zinikini ham o’zgalarnikini ham. Shu bois doimiy sirdoshim , maslakdoshimga aylangan edi.
- Mayli zaxaroy . Yana ozgina gap talashsak darsga kech qolamiz .
Maktab bizga yaqin ham uzoq ham emasdi 25 daqiqalik yo’l edi . Albatta gap sotganimizda bu muddat yana 10 daqiqlar chamasi cho’zilib ketardi .
- Aytgancha sen tanlov haqida eshitdingmi – so’rab qoldi dab- durustdan dugonam .
- Yo’q , qanday tanlov ?
- Bu senga yoqishi aniq !
- Nega buncha ishonch bilan gapirayapsan?- dedim istehzo bilan - nima meni tush ko’rdingmi ?
- Senga yoqishini bilish uchun tush ko’rish shart emas chunki bu tanlov video o’yinlar tanlovi !
Huddi noz uyquda yotganimda birov ustimdan muzdek suv quyib yuborgandek sapchib kettim .
- Rostdanmi?! Bizni ham yo’qlaydiganlar bor ekanda dunyoda a !!!
- Ha meni ham shu narsa qiziqtirib qo’ydi . Bilasanmi nima ? Negadir men hayronman .
- Nimaga , hursand emasmisan ?
- Nega endi sen uchun juda hursandman bu tanlovda aniq sen g’alaba qozonasan ….faqat …
- Ho’o’o’o’shsh !
- Faqat bu tanlovning bizning o’qishimizga nima aloqasi borligi qiziq !
2
- Ha ular ham endilikda bizni tushuna boshlagandirda , saaal hayotga qizg’inlik , jo’shqinliklar qo’shib turish ham kerakligini nihoyat tushunib yetgandirlar-da .
Guli qarshilik uchun endi og’iz juftlagan edi hamki maktab qo’ng’irogi jiringlab barchani darsga chorladi .
- Uuufff! Qachon shu qamoqdan qutilarkanman - a ,Shuni menga aytchi Guliiii ?
- Qachonki ozodlik uchun munosib bo’lsang zaxaroy ! 2
- Qara -ya !
- Mayli kechikmaylik .
- Hmm, amringiz bosh ustiga malikam .
-Qani unda jangga olg’a !
Maktab hovlisida kulgi yangrab ketti . Garchi Guli meni ko’p qo’llasa ham men unga pand beraverardim . U doimo uy ishlarini qilishga , turli qiyin va ezma fanlarni o’zlashtirishimga ko’maklashardi . Men esa osonroq yo’l izlab charchamas , turli bahonalar orqali undan vazifalarni undirib olardim . Bugun ham kuyib pishib bugungi darsni mag’zini chaqtirish uchun harakat qilar edi . Meni esa parvoyim falak , kelgusi tadbir haqida o’ylardim . Chindan ham bunday tanlov o’tkazishga qaysi dononing aqli yetag’oygan ekan .
- Guli mobodo tanlov haqida ko’proq ma’lumot bilib kelolmaysanmi ?
- Odamlar nima dardda , qari qiz er dardida ! O’zing bor !
- Bilasanku boshqalar bilan uncha kelisha olmayman sen esa naqt yulduzning o’zisan . Hamma seni hurmat qiladi axir .
- Tilyog’lamalik qilmay qo’yaqol , mayli borib bilib kelaman . Sen esa hozir o’rgatganlarimni qaytarib tur maylimi ?
- Ho’p bo’ladi malikayi munavvar .
- Kulaver ! Qaytib kelgach taziringni beraman hali …
Guli sohta jiddiylik bilan sinfdan chiqib ketti men yana o’z hayollarim bilan band bo’ldim .
- Sen ham musoaqa haqida o’ylayapsanmi ?- begona ovoz hayollarimni to’zg’itib yubordi . Nega tinchgina hayol surishga ham qo’yishmaydi-ya …
- Nima?!
Jaxl bilan ortimga o’girildim . Endigina zaxrimni sochmoqchi edimki qarshimda yangi kelgan bola turganini ko’rdim va bu meni hayratlantirmay qolmadi . Men nima deyishimni bilmay ancha vaqt kalovlanib qoldim .
- Uzur dabdurusdan bunday savollar berishim no’to’g’ri , biroq gap boshlash uchun boshqa yo’l topa olmadim - dedi u tabassum bilan -unda avval tanishib olaylik men Ismoil To’rajonov sizlarning sinfingizga yangi keldim .
- Buni aytmasang ham yaxshi bilaman , so’qir emasman-ku !
- Seni tabtortmas qiz ekanligingni eshitgandim .
Meni hayratim yanada oshib bormoqda edi . Chunki bu muloyimgina gapga chechan bola kelganiga bir haftagina bo’lgan bo’lsa ham barcha fanlardan yaxshi ekanligini isbotlab bo’ldi va o’qituvchilarning 3 sevimlisiga ayladi . Avvalgi a’lochilarga yaxshi o’qigani uchun , o’rta mayona o’quvchilarga kelishgan bo’lgani uchun yoqmadi va uning o’zi ham birorta inson bilan yaqindan suhbat qurganiga yoki o’zi haqida boshqalarga tayinli biror gap aytganiga ko’zim tushmagan edi . U esa negadir uni birdaniga senlab yuborganimdan hayratlanmadi ham aksincha miyig’ida kulib qo’ydi va bu menga erish tuyilib ketdi .
- Qiziq qayerdan bilaqoldingiz yoki josuslik agentligi sizga bu haqida xabar berganmidi yoki - dedim kinoya bilan zaxarxandalikni ishga solib . Ayni shu choqda u negadir jiddiylashdi va qovoqlarini uyib oldi . Biroq tezda o’zini tiklab oldidagin yana o’sha meni jig’imga tegayotgan yarim jilmayish bilan yana bilag’onlik qila ketti …
- Nima bo’lganda ham bu tanlov juda ko’pchilik uchun yangi hayot yo’llarini ochadi .
- Bu bilan nima demoqchisan ?!
- Shuni aytmoqchimanki bu saralash bosqichi , yani bunda bir kishi emas o’n kishi saralab olinadi va hudud bosqichiga o’tadi . Bir qarashda bu huddi “Bilimlar bellashuvi “ kabi biroq , to’liq holatda unday emas har bir bosqichda g’olib bo’lgan ishtirokchilar maktab yoki o’qituvchilar tomonidan emas balki uyishma yani shu tanlov egalari tomonidan nazoratga olinadi va tayyorlantiriladi shu sababli ham bu muhum tanlovdir .
- Ho’p menga nima ?
- Men seni qiziqtirgan narsalarni aytayapman . Garchi sen buni tan olmasangda bu sen uchun muhum . Axir sen “O’yinlar qirolichasi ” san-ku shundaymi ?!
Albatda menda qarshi gap tayyor edi . Lekin bu manman bola endi o’giz juftlashim bilanki gapimni ilib ketti .
- Haa….
- Ha bu haqida ham agentlikdan eshittim -dedida qanday surbetlarcha paydo bolgan bo’lsa shunday bezbetlarcha yana g’oyib bo’ldi . Eng alam qiladigani meni ilk bora mag’lub etdilar .”Demak mendanda battarroqlari bor ekan . Ularni joy joyiga tushirib qo’yish kerakka o’xshaydi ” degan fikr -hayollar meni ichimda intiqom alangasini yoqmoqda edi .
- Charos !
- Ha…
- Men hammasini ko’rdim !
- Nima sen meni ortimdan poylab yuribsanmi Guli ?
- Ko’r emasman - ku ko’rmaydigan .
- Ha seni hamma joyda ko’zlaring bor .
- Ho’sh uni senda nima ishi bor ekan ?!
- O’yin haqida qisqacha ma’lumot berib ketti . Aytishicha bu o’yinda o’n kishi saralab olinadi va maxsus tayyorgarlikdan o’tadi ekan .
- Yaxshi … Hatto men ham bu haqida bilmagandim . U bularni qayerdan bilar ekan ?
- Agentlikdan .
- ?!
- Hazillashayapman . Tag’in ishonib yurma yana . 4
- Ha seni hazillaring bir kun boshingni yeydi !
- Guli meni endi ko’rayapsan shekilli .
- Mayli , jim , ana o’qituvchimiz keldi .
Shu bilan yana men uchun qiyin daqiqalar boshlandi . Matematikani m harfiga tushunmayman- ku axir .
Darslar doimgidek sekinlik bilan , shoshmasdan o’tib borar . Darsdan so’ng bo’ladigan bellashuvni men orzuqib kutayotganimni bilib , ataylabdan ham soat millari juda sekin imillamoqda edi . Yana yetmagandek o’sha yaramas soatni peshonamizga ilib qo’yishgandi . Shu zaylda amal -taqal qilib oltinchi soatni ham tugatib oldim .
Va nihoyat men kutgan daqiqalar yaqinlashib kelmoqda edi .
- Tanlovga ro’yxatdan o’ttingmi ? - so’radi Guli .
- Yo’q hali , qayerda ro’yxatga olishyapti .
- Informatika xonasida , bo’laqol shoshilishimiz kerak aks holda kech qolamiz .
- Yaxshi …
Informatika xonasi o’quvchilar bilan liq to’la edi . Men hatto buni kutmagan edim ham .
Nahotki kampyuter o’yinlari shuncha insonni o’ziga jalb qila olsa ! Men shuncha ko’p raqib bo’ladi deb sira o’ylamagandim . Ha nima bo’lgan taqdirda ham men g’alaba qozonaman-ku baribir .
Ro’yxatdan o’tganimizdan keyin hamma bir -ma bir o’yin o’ynay boshladi .
Va nihoyat mening navbatim ham keldi va men kampyuter qarshisiga o’tirdim . Biroq bu men o’ylagandek qiyin emasdi . Unda bor -yo’g’i “Poyga “ dasturining birinchi bosqichi edi holos va men bu o’yinda g’alaba qozonish uchun atigi bir daqiqa vaqtimni sarfladim holos . Hafsalam pir bo’lib ketti…
- Ho’sh nega bu qadar erta qaytib chiqding yoki yutqazib qo’ydingmi ?
- Hazillashayapsanmi Guli ?! Axir bu bog’cha bolalari o’yiniku unga sarflagan bir daqiqam ham ko’p aslida .
- Bu qadar mag’rur bo’lma qadrdon , bu qadar erta qaror chiqarma !
-Yaxshi…. javoblari qachon chiqar ekan ?
- Ertaga tushdan keyin .
- Men albatta birinchi o’rinni olsam kerak , chunki hech kim mendan tez bo’lolmaydi .
- Biram maqtanchoqsankiii…
- Chunki bu menman !
- Chindan ham bu sensan maxmadona ….
Negadir har doim shunaqa nimanidir orzuqib kutsang unga yetishing shuncha qiyinlashaveradi . Yana o’shandek vaqt o’tishi soniyalar qadar qiyinlashmoqda edi . Mana shu o’tgan 24 soat men uchun huddi asrlarga teng edi . Nihoyat javoblar chiqqanini e’lon qilishdi va men e’lonlar yoziladigan taxta yoniga uchib bordim . U yerdagi javoblarni ko’rib miyamga qon quyilib ketti.
- Ho’sh sen ikkinchi o’rindasan -dedi guli bamaylixotirlik bilan , huddi hech narsa bo’lmagandek - seni tabriklayman ! 5
- Nimaaa?! Ustimdan kulayapsanmi yoki ko’zing ko’r bo’lib qoldimi ? Men ikkinchi o’rinda bo’lishim munkunmas axir .
- Muhumi sen bosqichdan o’tding va yuqori uchlik qatoridasan .
- Buni bemalolliginichiiii!!!
- Aytgancha birinchi o’rinda Ismoil To’rajonov yozilgan , u bu o’yinda g’alaba qozonish uchun atiga 40 soniya sarflabdi -dedi Guli yaramga tuz sepib -shunda senga nisbatan 20 soniya kamroq vaqt sarflagan, shoshmachi maktabimizda shunaqa bola bormidi ?!
- Men uni o’ldiraman ! Menda buning uchun bahonalar yetarli . Birinchidan u meni mot qildi , ikkinchidan u mening shaxsiy hududimga o’z boshimchalik bilan bostirib kirdi va uchinchidan u menga , ha faqat manga tegishli dunyoni torti olmoqchi ! Hali u barchasi uchun javob beradi !!!
Men chindan ham lol qolmoqda edim ,u mana shu bir hafta ichida barcha fanlardan a’lo baholar olib o’qituvchilarning erkatoyiga aylanib ulgurgan edi .U barcha yo’nalishda o’ta faol edi, hatto bir -biridan kuchli darajada farq qiluvchi jismoniy tarbiya va musiqa fanlarida ham .Va meni qonimni qaynatib ,video o’yinlarda ham o’z faolligini ko’rsatayotgandi . Men unga tan berardim va bir vaqtda undan nafratlanar ham edim . Endilikdagi maqsadim uni butunlay tor -mor etishga qaratildi .
- Bu mahmadonaga meni hududimga bostirib kirganligi uchun qattiq jazo tayinlayman va uni shaxsan amalda ijro etman . U hali barchasi uchun afsuslanadi va qayerdan kelgan bo’lsa o’sha joyiga qaytib ketadi , buni hali ko’rasan Guli !
- Nima sen uni taniysanmi ?!
- Bu o’sha yangi bola
- Kecha seni yoningda turganmi ? Ha to’g’ri uning kelganiga bir hafta bo’ldi ammo negadir ism familiyasiga e’tibor qaratmagan ekanman .
- Chunki sen doimo o’qish bilan bandsan boshqalar bilan ishing yo’q .
- Meni o’rnimga sen boshqalar bilan tanishib qo’yaverasan tamom .
- Qo’ysangchi unaqa maxmadona , o’zidan ketgan , muloyim mushukka o’xshab ko’rinadigan axmoqlar bilan ishim yo’q va sen ham bu betayindan uzoq bo’lganing yaxshi !
- Ooooo, nafrat va muhabbat !!!
- Nimaaa?!
- Hech nima o’zim bir narsa esimga tushib ketti . Bitta kitob senga taluqli emas .
- Shunaqa dee …
- Ha mayli ho’sh nima qilmoqchisan ?
- Shoshilma , hali o’zing guvoh bo’lasan , bosqich ishtirokchilari alohida tayyorlanarmidi ?
- Men bilmayman bu gapni qayerdan olding ? Yoki buni u aytdimi ?
- Hmm.
- Tushunarli demak u ham -Guli aynan shu so’zlarini huddi boshqa inson timsolida o’ychanlik bilan aytdi . Men buni sezdim .
- Nima u ham ?! 6
- U ham sen kabi jinni ekan , jinnilar janggi men juda qiziqayapman qaysilaring jinniroq ekanliklaringni bilish uchun , xa xa xa …-Guli qochib ketti va uzoqdan mazhoromuz kulib qo’ydi .
-senimi hozir shoshmay tur ,hali sen meni tomonimda emasmisan deyman, jinnilar janggi degin ,
Men uni quvib kettim . Chindan ham jaxlim chiqayotgandi ammo Guli - bu Guli u haqiqattan ham vaziyatni yumshatishni bilardi va men uchun bu tanlov kutilganidan ham a’lo darajada yaxshi ekanligini tan olishim kerak . Chunki kuchli raqibsiz o’yin hech qanday qiymatga ega bo’lmaydi . Yana o’sha maxmodonani yakson qilish maqsadi bu juda qiziq reja edi .
Bir kundan keyin esa saralash bosqichi g’oliblari uchun yig’ilish bo’lib o’tdi va bu uzundan uzoq zerikarli maruzada esimda qolgani faqat g’oliblari alohida , mahsus tayyorlanishlari edi . Hammasi huddi u aytgandek . Meni kallamga hech narsa kirmayotgandi chunki tun bo’yi jaxl qilib , o’yin o’ynab chiqqandim …
Birinchi qism tugadi . Davomi bor .
Muallif : Azimjonova Sarvinoz Abdunazar qizi
7.
Izohlar
0