Mehmonxonadagi televizor ishlab turardi. Undan jurnalistning baland va hayajonli ovozi eshitilardi
Park Sonje chempionatda birin-ketin qoyilmaqom zarbalarni yoʻllab, uchinchi raund natijalariga koʻra turnir jadvalida yaqqol yetakchilik qilmoqda Bu uning sport karerasidagi eng yuqori koʻrsatkich...
Hari sevinchini yashira olmay, qarsak chalib yubordi — Ajoyib.
Yu Chen qoʻlida qimmatbaho ichkilik va qadahlar bilan xonaga kirib keldi. U Sonjega qarab, jilmaydi — Huddi tarixiy dramalardagi qirollardek golf maydonini larzaga keltirding-ku, Sonje.
Sonje soxta kamtarinlik bilan dedi Qoʻysangizchi, Yu Chen...
Yu Chen qadahga ichkilik quyib, Sonjega uzatdi — Oʻzingni kamtar tutma Juda zoʻrsan Oldingi oʻyinlarga nisbatan bu natijang — haqiqiy moʻjiza.
Sonje qadahni olib, xoʻpladi — Shunchaki, bu safar omadim keldi.
— Ha, huddi shunday — dedi Yu Chen.
Hari esa Nariga yuzlandi — Oyi,
Nari unga qaradi — Ha, Hari?
— Shamanga aytib, Sonjega maxsus tumor yasatib beraylik Omadi qochib ketmasligi uchun.
Nari biroz ikkilanib, pichirladi — Haligi...
Hari eʼtiroz bildirdi — Nima? Omadni ruhlar boshqaradi-ku Mingsyu uchun ham qilgan edik-ku. Shaman Begu ruhlar bilan ishlashda eng zoʻri deb oʻzingiz aytgan edingiz.
— Hari bas qil... — Nari vaziyatdan noqulaylanib, Sonjega qaradi.
Sonje esa buni eshitib, qoshlarini chimirdi Sheng xonimga... rostdan ham ruh kirib olganmi?
Nari shoshib — Yoʻq, unday emas... dedi.
Hari esa jilmayib, gapni ilib ketdi — Unga ruh kirgani yoʻq Uning oʻzi huddi arvohdek boshqalarni jarlikka tortadiganlar xilidan. Oʻtgan safar seni rosa haqorat qildi.
Sonje taajjublandi — Menimi? Nima dedi?
Hari onasining ogohlantiruvchi nigohiga eʼtibor bermay, birma-bir aytib berdi Mening pulim uchun sobiq sevgilingdan voz kechgan tekinxoʻr ekansan.
Nari baqirib yubordi — Hari bas qil deyapman.
— Nima? Rostdan ham shunday dediku Hari yelka qisdi.
Sonje esa bir soniya qotib qoldi-da, soʻng yuzidagi gʻazabini yashirish uchun baland ovozda soxta kulib yubordi.
Mingsyuning shaxsiy kabineti tashqarisida toʻsatdan baqir-chaqir ovozlari eshitildi.
Toʻxtang Bu yerga bostirib kirishga haqqingiz yoʻq.
Ammo soqchilarning qarshiligiga qaramay, eshik tarsillab ochildi va xonaga gʻazabdan yuzi qizarib ketgan Sonje bostirib kirdi.
Mingsyu joyidan qimirlamay, qoshlarini biroz koʻtarib, soʻradi.
— Bu nimasi?
Sonje unga bir necha qadam yaqinlashib, tishlarini gʻichirlatdi.
— Sheng xonim Ogʻzingizga kelganini gapirayotgan ekansiz Men Harining puli uchun sobiq sevgilimni tashlab ketgan tekinxoʻr emishman?
Mingsyuning lablarida yengil, istehzo toʻla tabassum paydo boʻldi.
— Bu kulishingiz nimasi? — Sonje battar tutaqdi. — Sheng Mingsyu, meni shunchalik yomon koʻrasizmi? Sizning amakivachchangizga munosib emasmanmi?
Mingsyu jilmaygancha, vazminlik bilan javob berdi.
— Munosib emas degani kamlik qiladi... Aslida Chan Inju yoʻqolishidan avval mehmonxonamizga kelgan edi.
Bir necha kun avval...
Inju mehmonxonaning kutilmagan tashrifchilar uchun moʻljallangan shinam zalida umidsizlanib oʻtirardi. Mingsyu sekin qadamlar bilan u tomonga keldi.
Xodim darhol tazim qildi.
— Xush kelibsiz, xonim.
— U bilan oʻzim gaplashaman. Bizni yolgʻiz qoldir, — dedi Mingsyu.
Xodim ehtirom bilan tazim qilib, xonadan chiqib ketdi. Mingsyu Injuning qarshisidagi kresloga oʻtirdi.
— Siena zalini nikoh marosimi uchun band qilmoqchimisiz?
Inju koʻzlari yoshlanib, bosh irgʻadi.
— Ha... Bu yerga kelishingizga biror muammo sabab boʻldimi?
— Yoʻq. Shunchaki kuyovning ismi men taniydigan insonmi-yoʻqmi, shuni bilmoqchi edim, — dedi Mingsyu uni sinchiklab kuzatib.
Inju xoʻrsinib, qoʻlidagi yaltirab turgan uzukka tikildi.
— Ha... oʻsha odam. Bilasizmi, boshqa choram qolmagani uchun bu yerga kelishga majbur boʻldim. U menga uylanishini aytib, barmogʻimga shu uzukni taqqandi... Keyin esa mendan voz kechib, boshqasi bilan uchrasha boshladi. Men... men homiladorman. Sonjesiz yashay olmayman Iltimos, menga yordam bering...
Hozirgi Vaqt
Sonje bu gaplarni eshitib, kutilmaganda baland ovozda kulib yubordi.
— Bu qanday bemanilik? Qoʻlidan ushlaganim uchun homilador boʻlib qolgan ekanmi?
Mingsyu uning koʻzlariga muzdek tikildi — Mendan emas demoqchimisan?
— Albatta U shantaj qilishda ustasi farang boʻlib ketgan Uning gaplarini toʻgʻri deb oʻylamayapsizmi?
Mingsyu kreslosiga suyanib, xotirjam jilmaydi.
— Haqiqatni bilishning yagona yoʻli — uchalamiz uchrashishimizdir.
Sonje taajjublanib soʻradi.
— Uchrashish? Siz, men va yana kim?
— Chan Inju.
Sonjening yuzidagi tabassum bir soniya qotib qoldi.
— Qanday qilib oʻlgan odam bilan uchrashmoqchi boʻlyapsiz?
— Uni oʻlmagan, shunchaki yashirinib yuribdi degan eding-ku? — Mingsyu uning oʻz soʻzini oʻziga qaytardi.
— Ha... toʻgʻri. U oʻlmagan, u shunchaki yoʻqolib qolgan.
Mingsyu barmoqlarini birlashtirib, jilmaydi.
— Unda kel, uchalamiz uchrashaylik.
Sonje uning ustidan kulgandek soʻradi.
— Demak, Inju hozir shu yerga keladi demoqchimisiz?
— Allaqachon shu yerda, — dedi Mingsyu — Kiravering.
Eshik sekin ochildi. Sonje daxshat va shubha bilan eshik tomonga qaradi. Ichkariga Mingsyuning kotibasi Hanna kirib keldi.
— Meni chaqirdingizmi, Sheng xonim?
Mingsyu Hannaga qaradi.
— Sonje ketyapti. Unga esdalik sovgʻalaridan berib, kuzatib qoʻy.
Sonje yengil tin olib, yana kulib yubordi. Hanna bosh irgʻadi.
— Xoʻp boʻladi, xonim.
Sonje Mingsyuga eʼtiroz bildirdi.
— Kotibangiz Injumi?
Mingsyu unga sovuq tikildi — Oʻzing ham yaxshi bilasan... Chan Inju bu eshikdan hech qachon kirib kela olmasligini.
Ayni shu soniyada... Sonjening yonida turgan boʻsh kresloda Injuning ruhi paydo boʻldi. U nafrat toʻla koʻzlari bilan Sonjega tikilib turardi lekin Sonje uni koʻrmasdi.
— Odamni qiyin vaziyatga solib qoʻyishni juda yaxshi bilasiz, — dedi Sonje ust-boshini toʻgʻrilab. — Tez orada kuyovingiz boʻlaman, buni unutmang.
U burilib ketmoqchi boʻlganida, Mingsyu uning ortidan past va sirli ovozda soʻzladi.
— Aytgancha... Inju buni senga aytib qoʻyishimni soʻragandi. U chempionatda gʻolib boʻlishingni tiladi.
Sonje toʻxtab, orqasiga oʻgirildi.
— Nima?
Mingsyu Injuning ruhiga bir qarab olib, gapida davom etdi.
— Chunki... Qanchalik balandga koʻtarilsang, yiqilishing shunchalik ogʻir va azobli boʻladi degandi. Senga omad tilayman, Sonje... Sharmandali tarzda magʻlub boʻl.
Sonje tishlarini gʻichirlatib, Mingsyuga nafrat bilan tikildi.
— Buni orzu ham qilmang.
U eshikni qarsillatib yopib, chiqib ketdi.

Jungkook mehmonxona kuzatuv kameralarining koʻplab yozuvlarini birma-bir sinchiklab tekshirib oʻtirardi.
Dawoon charchagan holda stuliga suyanib, koʻzlarini artdi.
— Biror shubhali narsa topdingizmi? Hozircha hech narsa yoʻq... Ochigʻi, bu videolardan yangi biror narsa topamiz deb oʻylamayman.
Jungkook ekranga tikilgancha, qatʼiyat bilan javob berdi.
— Eʼtiborimizdan chetda qolgan nimanidir topishimiz kerak, Dawoon Rad etib boʻlmas biror dalil...
— Rad etib boʻlmas dalil? U nima boʻlishi mumkin? — soʻradi Dawoon.
Jungkook ekrandan koʻz uzmay, past ovozda dedi.
— Chan Injuning jasadi.
Ular yana qaytadan boshqa kameralar yozuvlarini koʻra boshlashdi. Kadrlardan birida orqasi bilan koʻringan bir qiz chamadonni sudrab, xonalardan biriga kirib ketayotgani aks etgandi.
Jungkookning koʻzlari chaqnab ketdi.
— Shu yerda toʻxtating.
Dawoon darhol videoni pauzaga qoʻydi.
— Nima boʻldi?
— Men uni qayerdadir koʻrganman... — Jungkook ish stolidagi qalin hujjatlar orasidan bir suratni sugʻurib oldi va koʻrsatdi. — Mana u.
Dawoon suratga sinchiklab qarab, ajablandi
— Park Sonjening telefonidan topilgan rasm-ku bu Ular uchrashib yurishadi deb oʻylagan edim.
— Menimcha, bu oʻsha ayol... U Chan Injuning yonidagi xonada yashagan boʻlishi mumkin, — dedi Jungkook oʻyga tolgancha.
Aeroportning kutish zalida shoshib turgan styuardessa qiz Jungkook uzatgan planshetdagi suratga taajjub bilan tikildi.
— Ha, bu menman... Lekin buni kim olgan?
Jungkook planshetni qaytarib olib, toʻgʻridan-toʻgʻri soʻradi.
— Golfchi Park Sonjeni taniysizmi?
Styuardessa bir oz oʻylanib, bosh irgʻadi.
— Ha, taniyman.
Dawoon aralashdi.
— Uni qayerdan taniysiz?
Styuardessa oʻsha kungi voqeani eslay boshladi.
— Boshqa aviakompaniyada ish uchun suhbatim bor edi. Lekin parvoz jadvalim kutilmaganda oʻzgarib qoldi va samolyotdan tushishim bilan juda shoshilishimga toʻgʻri keldi. Janob Park meni olib borib qoʻyishini aytdi. U bir nechta reyslarimda koʻrgan birinchi klass yoʻlovchim edi. Juda xushmuomala yigit... Yaxshilik qilyapti deb, uning mashinasiga oʻtirdim. Uning yordami bilan suhbatga kech qolmay yetib bordim.
Jungkook hushyor tortdi.
— Uni yana koʻrdingizmi?
— Yoʻq, boshqa koʻrmadim.
Dawoon savol berishda davom etdi.
— Unday boʻlsa... Hilton mehmonxonasi-chi? U yerda qolganmisiz?
Styuardessa ajablanib yelka qisdi.
— Hech qachon.
Jungkook planshetdagi mehmonxona kamerasidan olingan oʻsha tasvirni koʻrsatdi
— Bu siz emasmisiz?
Styuardessa suratga diqqat bilan qarab, qatʼiy dedi.
— Yoʻq, bu men emasman.
Dawoon qoshlarini chimirdi.
— Lekin mehmonxonada roʻyxatdan oʻtishda aynan sizning hujjatingiz koʻrsatilgan.
Styuardessa birdan nimadir yodiga tushgandek, peshonasiga kaftini bosdi.
— Ha esladim oʻsha kuni hamyonimni Janob Parkning mashinasida qoldirib ketgan ekanman... Bir necha kundan keyin kurer uni uyimga olib kelib bergandi.
Dawoon chuqur xoʻrsinib, vaziyatni tushundi.
— Tushunarli. Yordamingiz uchun rahmat. Koʻrsatmalaringizni tasdiqlash uchun imzoyingiz kerak. Shu yerga imzo qoʻyib bering.
Styuardessa ruchkani olib, hujjatga tezda imzo qoʻydi. Jungkook uning qoʻllariga tikilib turgan joyida qotib qoldi.
— Siz... oʻng qoʻlda yozasizmi?
Styuardessa hayron boʻlib qarab
— Ha, dedi.
Jungkook planshetdagi videoga yana bir bor sinchiklab qaradi. Videodagi ayol chamadonni chap qoʻlida sudrab ketayotgan edi.
Jungkookning lablarida sovuq va gʻolibona tabassum paydo boʻldi.
— Park Sonje esa... chapaqay.
U Dawoonga qaradi.
— Hammasi endi joyiga tushayotganga oʻxshaydi...

Park Sonje
Maysazor uzra quyosh charqlab turardi. Sonje toʻpni chiziqqa qoʻydi va chuqur tin olib, tayyorlandi. Uning chaqqon va aniq zarbasidan soʻng toʻp havoda uzoq uchib, toʻgʻri moʻljal tomon yoʻl oldi.
Tripuna chetida turgan Hari zavq bilan qarsak chalib yubordi.
— Bugun u juda yaxshi oʻynayapti Shunchaki ajoyib.
Ayni shu vaqtda Dawoon Jungkookka shoshilinch qoʻngʻiroq qildi.
— Prokuror Jeon, Park Sonjenining parik doʻkonidan olgan chekini topdim Hozir qayerdasiz?
— Men bir narsani tekshiryapman. Ofisda koʻrishamiz, — dedi Jungkook va telefonni oʻchirib, Hilton mehmonxonasiga kirib bordi.
Jungkook styuardessa qiyofasidagi kimsaning qolgan xonasi yoniga kelib toʻxtadi. U miyasida voqealar zanjirini birma-bir tiklay boshladi.
Styuardessaning Chan Injuning xonasi yonidagi xonaga kirgan vaqti — soat 22:17. Agar har ikki xonaning tashqi terassasi tutashgan boʻlsa, u hech qanday kameraga tushmasdan Injuning xonasiga osongina kirgan boʻlishi mumkin... Yoki Park Sonje styuardessa qiyofasiga kirib, uning xonasiga oʻtish uchun yonma-yon xonani band qilgan boʻlsachi?
Styuardessaning xonadan chiqqan vaqti soat 22:40 edi. Lobi kamerasi esa uni 23:05 da suratga olgan. Xonadan lobigacha tushish uchun atigi 5 daqiqa ketadi... Yoʻqolgan 25 daqiqa vaqt-chi? Yoʻlakdagi chamadondan koʻrinib turgan oq choyshab lobi tasvirlarida yoʻq edi Park Sonje oʻsha yoʻqolgan 25 daqiqada borishi mumkin boʻlgan yagona joy...
Jungkookning hayoliga bir fikr urildi va u tezkor qadamlar bilan bino tomiga yoʻl oldi.
Jungkook zinadan yuqoriga chopib chiqib, bino tomidagi katta kanalizatsiya va ventilyatsiya qozoni tomon yugurdi. U tepada, qozon yoqasida turgan ayolning oyogʻidan birdan ushlab, pastga tortdi.
Qozon ustida egilib turgan Mingsyu kutilmagan zarbadan choʻchib, ortiga oʻgirildi. Jungkook uning oyogʻini shoshib qoʻyib yubordi va oʻzi yerga yiqildi. muvozanatni yoʻqotgan Mingsyu ham toʻgʻri Jungkookning ustiga quladi.
— Voy, belim... — baqirib yubordi Jungkook.
Mingsyu koʻzlarini ochib, atrofga qaradi va oʻzining Jungkookning quchogʻida yotganini koʻrib, rangi oʻchib ketdi. Ikkalasi ham bir-birini itarib, baqirgancha shoshib oʻrinlaridan turib ketishdi.
Mingsyu ust-boshini qoqib, gʻazab bilan baqirdi.
— Bu nimasi?
Jungkook belini ushlab, qoshlarini chimirdi.
— Sen bu yerda nima qilyapsan?
— Menda ham aynan shu savol bor — dedi Mingsyu qoʻllarini chirmashtirib.
— Men ish yuzasidan tekshiruv oʻtkazyapman.
— Men esa fuqaro murojaatini oʻrganyapman.
Jungkook unga shubha bilan qaradi.
— Demak, bu yerga kelishingning sababi...
Jungkook gapini oxirigacha aytmay, yuqoridagi qozonga qaradi. U chaqqonlik bilan qozon yoniga chiqdi va uning qopqogʻini koʻtardi. Shu zahotiyoq ichidan koʻngilni aynituvchi, oʻtkir va sassiq hid urilib, Jungkook darhol burnini berkitib, orqaga chekindi...
Ayni shu daqiqalarda golf maydonida hayajonli daqiqalar yakuniga yetayotgan edi. Sonje soʻnggi bor toʻpga zarba berdi. Toʻp maysazor boʻylab sekin dumalab bormoqda edi va... chiziqdan oʻtib, toʻgʻri teshikka tushdi.
— Ha-a-a — Sonje qoʻllarini baland koʻtarib, hayqirib yubordi.
Hari qarsak chaldi. Murabbiy shoshib kelib, Sonjeni bagʻriga bosdi. Karnaylardan diktorning hayajonli ovozi yangradi.
Astra chempionati gʻolibi — jami 270 zarba va 18 ball past natija bilan Park Sonje boʻldi Oʻtgan toʻrt kun davomida u kuniga 66, 69, 68 va 67 martadan zarba berib, ketma-ket chempionlikni qoʻlga kiritdi Astra chempionatining yangi gʻolibini qarshi oling.
Sonje magʻrur va kibrli qadamlar bilan sahnaga chiqdi. Tashkilotchi rais unga oltin rangli ulkan kubogni tantanali ravishda topshirdi. Atrofdan olqishlar va qarsaklar yogʻildi. Yu Chen va Hari hayajon bilan qarsak chalib turishardi.
Sonje kubogni ushlagancha sahnadan tushib, Harining yoniga keldi. U kubogni Hariga uzatib, soxta tabassum qildi.
— Hari... bu sen uchun.
— Bizni suratga olinglar — dedi Sonje atrofdagilarga.
Jurnalistlar ularni bir zumda oʻrab olishdi. Kamera chiroqlari ketma-ket yonib-oʻcha boshladi.
— Janob Park, bu tomonga qarang
— Hari xonim, tabassum qiling.
Tantanali musiqa va jurnalistlarning flesh-chiroqlari birdaniga toʻxtadi. Uzoqdan yaqinlashib kelayotgan politsiya sirenalarining baland ovozi butun golf maydonini tutdi.
Jurnalistlar va mehmonlar sarosimaga tushib, bir-biriga qarashdi,
— Bu nimasi? Politsiyami?
— Chempionatda nima qilyapti bular?
Sonje qoʻlidagi kubogni ushlagancha, hayrat va gʻazab bilan ortiga oʻgirildi. Maysazor boʻylab golf maydonida yurishga moslashgan beshta maxsus mashina ulkan tezlikda uchib kelardi. Eng oldindagi mashina oʻrindigʻida qoʻlida megafon ushlab olgan Jungkook koʻrindi.
Jungkook megafonni ogʻziga tutib, baland ovozda baqirdi.
— Hoy, xursandmisan, ogʻayni?
Sonjening yuzi gʻazabdan tirishib ketdi.
— Bu yaramas bu yerda nima qilyapti?
— Toʻxtanglar — dedi Jungkook mashina sahnaga bir necha metr qolganda. keskin toʻxtab, ulardan oʻnlab qurolli politsiya xodimlari otilib chiqdi. Jungkook mashinadan tushib, jilmaygancha Sonjenining yoniga keldi.
Hari qoʻrqib ketgancha orqaga chekindi.
— Nima... nima boʻlyapti oʻzi?
Sonje kibrini yoʻqotmaslikka urinib, baqirdi.
— Sizlarni kim chaqirdi? Yana tintuv uchun keldingizmi?
— Ha, — dedi Jungkook uning koʻzlariga tikilib. — Faqat... bu safar shaxsan sen uchun keldik.
Jungkook telefonini chiqarib, ekranini Sonjening koʻz oʻngiga tutdi. Ekranda Hilton mehmonxonasi tomi va u yerdagi kanalizatsiya qozoni ichida yotgan ayol jasadining tasviri aks etgandi.
— Park Sonjenining sobiq sevgilisi oʻlik holda topildi, — Jasad mehmonxona tomidan topildi. Park Sonje gumondor sifatida soʻroq qilinadi.
Sonje xuddi chaqmoq urgandek joyida qotib qoldi. Yuzidagi qon qochib, lablari titray boshladi
— Siz... nima qilmoqchisiz oʻzi?
Jungkook kostyumi ichidan rasmiy hujjatni chiqardi.
— Oʻz vazifamni bajaryapman.
Hujjatning yuqori qismida yirik harflar bilan Tintuv va hibsga olish uchun order degan yozuv yaqqol koʻrinib turardi.
— Hali shunaqami? — Sonje gʻazabdan tutaqib, Jungkookka tashlanmoqchi boʻldi.
Jungkook orqasiga oʻgirildi.
— Uni olib ketinglar.
Politsiya xodimlari bir zumda Sonjening qoʻllarini orqasiga qayirib, kishan taqishdi.
— Park Sonje Siz Chan Injuni qasddan oʻldirish va jasadini yashirishda gumonlanib hibsga olinasiz Boʻldi, qimirlamang — deya baqirdi politsiya zobiti.
Hari shok holatida qotib qolganicha, bir Sonjega, bir Jungkookka qarardi.
— Bu nimasi... Sonje?
Sonje vahima ichida baqirdi.
— Buni men qilmadim Hari, menga ishongin, men qilmadim.
Harining koʻzlaridan yosh oqib, ovozi qaltiray boshladi.
— Sen... sen uni yashirinib yuribdi degan eding-ku? Rostdan ham uni oʻldirdingmi?
— Men uni oʻldirmadim Meni qoʻyib yuboringlar, men qilmadim deyapman — Sonje politsiyachilarning qoʻlida darmonsiz siparlanardi.
Politsiyachilar uni sudrab mashina tomon olib keta boshlashdi. Hari u tomonga yugurmoqchi boʻldi.
— Sonje,
Lekin yonida turgan Yu Chen shoshib Harining bilagidan ushlab, toʻxtatib qoldi.
— Hari, toʻxta Bu yerda jurnalistlar bor.
Sonjening mashinaga solishayotgan soniyalarida Jungkook toʻsatdan toʻxtadi va orqasiga oʻgirilib, unga qaradi.
— Aytgancha, Sheng xonimning senga aytgan bir gapi bor edi.
Sonje qaltirab, Jungkookka tikildi.
Jungkook lablarida gʻolibona tabassum bilan soʻzladi.
— Sharmandali tarzda magʻlub boʻlganing bilan tabriklayman.
Sonje daxshatdan qotib qoldi. Kamera chiroqlari uning kishanlangan qoʻllarini va sharmandali yuzini toʻxtovsiz suratga olardi.
— Buni men qilmadim Qoʻyib yuboringlar — Sonjenining soʻnggi chorasiz faryodi mashina eshigi tarsillab yopilishi bilan oʻchdi.
Yu Chen atrofda kamera tutib turgan jurnalistlarga qarab, Harini oldinga sudradi.
— Yur, Hari Bu yerdan tezda ketishimiz kerak, obroʻyimiz bir pul boʻlyapti.
Botqoqqa Choʻkayotganlar
Mingsyu mehmonxonaning zinasidan pastga tushayotganida, choʻntagidagi telefoni tebrandi. Ekrandagi tanish raqamni koʻrib, goʻshakni qulogʻiga tutdi.
— Men prokuror Jeonman, — eshitildi narigi tomondan magʻrur ovoz.
— Bilaman, — dedi Mingsyu qadamlarini sekinlatib.
— Sheng xonim, sharmandali tarzda magʻlub boʻlgani haqidagi xabarni oʻz egasiga yetkazib qoʻydim.
Mingsyu buni eshitib, labining bir chetida sezilar-sezilmas jilmayib qoʻydi.
— Menga hisobot berishing shart emas,
— Jurnalistlar va shov-shuv tufayli band boʻlganim uchun boya javobingni oxirigacha eshita olmadim... Jasad aynan oʻsha yerdaligini qayerdan bilding?
Mingsyu javob bermoqchi edi, ammo birdaniga mehmonxona koridorida baland ovoz yangradi.
— Sheng Mingsyu
Mingsyu orqasiga oʻgirildi. U tomonga gʻazabdan qizargan Hari yugurib kelayotgan edi. Mingsyu, shoshib telefonga soʻzladi.
— Ketishim kerak.
— Hey, toʻxta Yana qochyapsanmi?.. — Jungkookning gapi oxiriga yetmay, Mingsyu aloqani uzib qoʻydi.
Telefonga tikilib qolgan Jungkook esa ensasini qotirib, pichirladi.
— Bu qizda umuman farosat yoʻq,
Hari Mingsyuning roʻparasida toʻxtab, nafrat bilan qichqirdi.
— Menga nega bunday qildingiz? Nega?
U telefonini chiqarib, ekrandagi xabarlarni Mingsyuning yuziga deyarli tirab koʻrsatdi,
— Oʻsha qizning jasadi topilgan joyda siz nima qilayotgan edingiz? U yer bizning filialimiz ham emasdi-ku Politsiyaga siz xabar berdingiz, shundaymi? Oʻzingizning unashtiruvingiz buzilgani uchun endi menikini ham barbod qilmoqchimisiz?
Mingsyuning yuzida biror bir hissiyot aks etmadi. U Harining titrayotgan koʻzlariga muzdek tikildi.
— Gapingni oʻylab gapir, Hari Koʻrmayapsanmi, sen turmushga chiqmoqchi boʻlgan odam... odam oʻldirgan qotil. Shunaqa odam bilan birga yashay olaman deb oʻylaysanmi?
Hari koʻz yoshlarini artib, vahimali tarzda qichqirdi.
— Bilmaganimda yashay olardim.
Mingsyu uning bu gapidan yoqa ushladi.
— Aqldan ozdingmi?..
— Ikkingiz ham bas qiling — Kutilmaganda zalda Namsu xonimning ovozi yangradi. U tezkor qadamlar bilan qizlarning yoniga yetib keldi. — Bu yer janjallashadigan joy emas Mingsyu, xonamga yur.
Xonada choy finjonining ohista urilgan ovozi eshitildi. Namsu xonim kresloga oʻtirib, Mingsyuga yuzlandi.
— Hari bilan janjallashishdan nima foyda, Mingsyu? Men sen tomondaman, buni bilasan. Lekin Hari, Yu Chen, uni onasi... ularni qoʻllaydigan rahbarlari ham qattiq kurashishadi. Senga oson boʻlmaydi.
— Tushundim. Ehtiyot boʻlaman, — dedi Mingsyu vazminlik bilan.
— Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi Harining unashtiruvi boʻyicha tez orada rasmiy bayonot beradi, — davom etdi Namsu xonim. — Hari hozir juda alamda, uning jahlini chiqaradigan hech qanday ish qilma. Aytgancha... Siel Raymond mehmonxonasi ishiga kelsak, ularni rad etishdan avval yaxshilab oʻylab koʻr. Ularning Bosh direktori shaxsan menga taklif bilan chiqdi. Bir marta uning gaplarini eshitib koʻrmaysanmi?
Qorongʻu va sovuq soʻroq xonasida Sonje kishanlangan qoʻllarini stolga tiragancha, qarshisida oʻtirgan advokatiga nafrat bilan tikilib turardi.
— Dadam meni jim yurishimni xohlayaptimi? Menga yordam bermaydimi? — baqirdi Sonje.
Advokat koʻzoynagini toʻgʻrilab, noqulay javob berdi.
— Hozircha... qoʻlimizdan kelgani shu, janob Sonje. Vaziyat juda ogʻir.
Sonje achchiq va alamli tarzda kulib yubordi.
— Demak, dadam shunday odam ekanda... Tashkillashtirilgan nikoh bilan mendan foydalandi, endi esa muammoga duch kelganimda mendan voz kechdi Men uning hamma aytganini qildim Endi u meni oʻzi boqadigan it deb oʻylayaptimi?
— Sizni tushunmadim, janob Sonje... — dedi advokat xavotirga tushib.
Sonje stolga yaqinlashib, tishlari orasidan shivirladi.
— Dadamga shuni aytib qoʻying Yoʻlbarsning bolasi yoʻlbars boʻladi, buyruq bilan emaklaydigan it emas
— Unday demang, dadangiz siz haqingizda qaygʻuradi...
— Qoʻysangizchi — Sonje advokatning gapini keskin boʻldi. — Siz uning shaxsiy advokatisiz, shuning uchun dadam nimalar qilganini juda yaxshi bilasiz Noqonuniy xayriyalar, poraxoʻrlik... Hammasi soxta Oʻz yeridan magistral yoʻlni egib oʻtkazgani esa haqiqiy sanʼat asari Dadam qilgan har bir noqonuniy ishning dalilini saqlab qoʻyganman. Agar u meni bu yerdan olib chiqmasa... men bilan birga u ham botqoqqa choʻkadi.
Prokuratura xonasidagi katta televizor ekranida Sonjening otasi — Park Sonhem paydo boʻldi. U OAV vakillari roʻparasida gʻamgin va jabrdiyda qiyofada bayonot berayotgan edi.
Tibbiy maʼlumotlarga koʻra, marhuma Chan Inju ogʻir ruhiy kasalliklardan aziyat chekgan... U oʻzining kelib chiqishi, maʼlumoti va ish tajribasini mutlaqo soxtalashtirgan Marhuma mening sodda, begʻubor oʻgʻlimga yomon maqsadda yaqinlashgan hamda asossiz mish-mishlar tarqatgan. Bundan faqatgina tovlamachilik va pul undirish uchun foydalangan... U hatto oʻgʻlimdan katta miqdorda pul ham olgan...
Ekran roʻparasida turgan Hamin gʻazab bilan qogʻozlarni stolga urdi.
— Qotillikning rad etib boʻlmas dalillarini topdik Ular esa baribir vaziyatni oʻzgartirishga, harakat qilishyapti.
Jungkook qoʻllarini qovushtirgancha, ekrandagi shaytoniy oʻyinga muzdek tikildi.
— U xalqning va jamoatchilikning fikrini oʻzgartirishga harakat qilyapti.
Park Sonhem yuzini chetga burib, goʻyo alamdan koʻz yosh toʻkayotgandek yigʻlab yubordi.
Dawoon ensasini qotirib
— Tan olaman... u juda yaxshi aktyor ekan, — dedi.
Jungkookning koʻzlarida oʻtkir va qatʼiy chaqnash paydo boʻldi.
— Qanchalik qudratli ekanligini koʻramiz... Men ham shunchaki jim turmayman.
Ayni shu daqiqada Jungkookning telefoni baland jiringlab qoldi. U ekranga qaramay, goʻshakni koʻtardi.
— Cheju oroliga koʻchib oʻtganingdan beri biror marta qoʻngʻiroq qilmading — Dam olish kuni toʻyim... faqat sen javob bermayapsan degan ovoz eshitildi.
Jungkook ajablanib soʻradi.
— Sen qanaqa doʻstsan? Toʻy deysanmi? Qanaqa toʻy...
— Nikoh toʻyimda Senga qancha qoʻngʻiroq qildim, javob bermading.
Jungkook shoshib telefonidagi doʻstlar chatiga kirdi. Chatda doʻsti Dojun va bir qizning toʻy libosidagi baxtiyor surati turardi. Jungkook peshonasini kafti bilan urdi.
— Doʻstimning toʻyini oʻtkazib yuborishimga oz qolibdi-ku...
Dawoon buni eshitib, jilmaydi.
— Toʻy Cheju orolidami?
— Ha, — dedi Jungkook.
— Zoʻr-ku Ishni biroz chetga surib, ta'tildek oʻtkazib keling, prokuror Jeon. Aytgancha, Cheju oroliga borsangiz, Chunhi buvimnikiga ham kirib oʻting Barcha dengiz taomlaridan tatib koʻrasiz.

Kim Taehyung
Moviy dengiz va yashillikka burkangan Cheju orolida Mingsyuning oq mashinasi kelib toʻxtadi. U mashinadan tushib, mehmonxona binosiga kirib ketdi.
Oradan biroz oʻtib, xuddi shu mehmonxonaga Jungkook ham yetib keldi. U ham kiyimlarini toʻgʻrilab, ichkariga qadam qoʻydi.
Mehmonxonaning keng va muhtasham zalida modalar koʻrgazmasi boʻlib oʻtayotgan edi. Yoʻlak boʻylab qora kiyimdagi sirli qiz xonalardan biriga kirib ketdi. Sahnada turgan jurnalist mikrofonga qarab, baland ovozda eʼlon qildi.
— Bizning navbatdagi mehmonimiz — taniqli dizayner Hena Jon Uni sahnaga taklif etamiz.
Hamma baravariga qarsak chaldi. Sahnaga magʻrur va nazokatli dizayner Hena Jon chiqib keldi.
Jurnalist soʻradi.
— Salom, xonim Yaqinda boʻlib oʻtgan Nyu-York kolleksiyangiz juda katta muvaffaqiyat qozondi. Taniqli Hadi Marker bilan hamkorlikda yaratgan libosingiz katta shov-shuvga sabab boʻldi.
Hena tabassum bilan mikrofonga egildi.
— U Koreya xalq tasviriy sanʼatidan ilhomlanib yaratilgan edi. Osiyo nazokati va zamonaviy qadriyatlarning uygʻunligi... hamda menga xos boʻlgan barcha jozibani aks ettiradi.
— Ushbu namoyish haqida biror narsa ayta olasizmi? — soʻradi jurnalist.
Hena gapirmoqchi boʻldi, ammo choʻntagidagi telefoni tebrandi. U ekranga qaradi-yu, yuzidagi tabassum birdan yoʻqolib, rangi oʻchdi. oʻzini qoʻlga olishga urinib, dedi.
— Ha... u haqidami? Yaxshisi, namoyishni oʻzingiz koʻrganingiz maqul.
U shoshib sahnadan pastga tushdi va oʻzini kutib turgan menejeri bilan birga shiddat bilan u joyni tark etdi.
Jurnalist biroz shoshib qoldi.
— Rahmat, Hena Jon xonim juda ham band... Endi namoyish boʻladigan asosiy zalga oʻtamiz.
Jungkook zal chetida oʻzini kutib turgan doʻsti Dojunni koʻrib, unga yaqinlashdi.
— Dojun.
Dojun ortiga oʻgirilib, Jungkookni bagʻriga bosdi.
— Keldingmi? Vaqtida kelding-a.
— Kechir, oxirgi vaqtlarda ish bilan juda band edim... Tabriklayman — dedi Jungkook — Endi qoʻlimni qoʻyib yubor, boʻgʻib qoʻyasan.
Dojun kulib yubordi.
— Kechirasan, biroz hayajonlanyapman... Aytgancha, balki bir kecha shu yerda qolarsan?
Jungkook bosh chayqadi.
— Ilojim yoʻq, ishim koʻp, tezda Seulga qaytishim kerak.
Toʻy sovgʻasi sifatida bu yerdagi luks xonalardan biri tekin berilgan edi — dedi Dojun eʼtiroz bildirib. — Biz baribir asal oyiga ketayapmiz, foydalana olmayman. Meni xonamni olaver.
Mehmonxona xodimi shoshib kelib, Dojunni chaqirdi.
— Kuyov sizni tayyorgarlik xonasida kutishyapti.
— Hozir boraman — Dojun Jungkookka qarab, Xona seniki, seni nomingga rasmiylashtirib qoʻydim. Tunni shu yerda oʻtkaz, eʼtirozni qabul qilmayman dedi.
Dojun shoshilgancha ketdi.
Mingsyu mehmonxonaning muhtasham markaziy zaliga kirib keldi. Uni kutib olgan menejer ehtirom bilan tazim qildi.
— Xush kelibsiz, Sheng xonim. Biroz kuting, hozir xabar beraman.
Menejer burchakka oʻtib, birovga pichirlab xabar berdi. Shu daqiqada u yerdan Kim Taehyung chiqib keldi. U yuzida samimiy tabassum bilan Mingsyu tomonga yurib keldi.
Mingsyu hayratini yashirmay, past ovozda dedi.
— Kim Taehyung?..
Taehyung jilmayib, uning roʻparasida toʻxtadi.
— Meni taniding, qoyil Tanimaysan deb qoʻrqqan edim.
— Uchrashishim kerak boʻlgan Siel Group vakili senmiding?
— Albatta, menman, — Taehyung soʻrashish uchun qoʻlini uzatdi. — Rais Sheng bilan oʻzim gaplashgan edim.
Mingsyu uning uzatgan qoʻliga qarab, xotirjam javob berdi.
— Qoʻysang-chi, doʻstlar qoʻl berib koʻrishishi shart emas. Koreyaga qachon qaytib kelding?
Taehyung qoʻlini tushirib, chuqur xoʻrsindi.
— Oʻtgan yili qaytgandim... Ishlar bilan juda ham band edim. Oʻzing qalaysan? Senga avvalroq qoʻngʻiroq qilmoqchi edim, lekin... xavotir oldim. Agar tez-tez qoʻngʻiroq qilsam...
Ji-hwanni eslatib qoʻyaman debmi? — Mingsyuning ovozida titroq paydo boʻldi.
Taehyung nigohini olib qochdi.
— Faqat bu emas...
— Nima uchun u haqida gapirishimiz kerakligini tushunmayman, — Mingsyu mavzuni keskin burdi. — Buvim menga aytgan hamkorlik taklifi seni fikringmi?
Taehyung bosh irgʻadi.
— Ha. Bilasan, bizning asosiy biznesimiz dam olish maskanlari va kurortlar. Mehmonxona biznesiga endi kirib kelganimizda boshqaruv tajribamiz yetishmasligi mumkin.
— Tajriba orttirib oʻrganiladi, — dedi Mingsyu vazminlik bilan.
— Ha, toʻgʻri. Lekin xalqaro mehmonxonalar tarmogʻidan yordam olsak, qisqa vaqt ichida koʻproq narsaga erishamiz. Hamkorlikdan boshladik, hozircha ishlarimiz yaxshi ketyapti. Yetarlicha tanilganimizda shartnomani bekor qilamiz. Foydali kelishuv, shunday emasmi?
Mingsyu biroz oʻylanib, dedi.
— Bu Siel Group qilgan tanlov. Men esa Reinani oʻz uslubim bilan boshqaraman.
Taehyung mayin jilmaydi.
— Bu rad etish deganimi? Mayli... Buni shunchaki doʻstingning uyiga mehmonga kelish deb hisobla va mehmonxonamizda bir kecha qol. Agar hoziroq Seulga qaytib ketsang, buving meni qoʻpol va mehmondoʻstsiz deb oʻylaydi.
Mingsyu biroz ikkilanib, rozi boʻldi.
— Kelishdik.

Taehyung va Mingsyu mehmonxona yoʻlagi boʻylab ketishardi. Mingsyuning koʻzi devorga yopishtirilgan nafis plakatga tushdi Hena Gallery — Hena Jon.
— U bilan uchrashmoqchimisan? — soʻradi Taehyung.
— U meni didimga toʻgʻri kelmaydi, — dedi Mingsyu eʼtiborsizgina.
— U moda olamida eng zoʻri emasmi? — ajablandi Taehyung.
Henaning menejeri shoshib kelib, Taehyungga tazim qildi.
— Salom, janob Kim.
— Bugungi namoyish liboslarini koʻrsak boʻladimi? — soʻradi Taehyung.
Menejer muloyimlik bilan javob berdi.
— Ular omma uchun ochiq emas, lekin siz uchun istisno qilishimiz mumkin. Marhamat, bu yoqqa.
Ular namoyish zaliga kirishdi. Taehyungning telefoni jiringlab qoldi.
— Kechirasan, Mingsyu, javob berishim kerak, — deb Taehyung tashqariga chiqib ketdi.
Mingsyu zalda yolgʻiz qolib, atrofdagi liboslarga birma-bir qaradi. Uning nigohi markazdagi, sirli va gʻamgin koʻrinishdagi muhtasham koʻylakka qadalib qoldi.
— Eʼtiboringizni tortdimi? — ortidan mayin va magʻrur ovoz eshitildi.
Mingsyu ortiga oʻgirildi. U yerda jilmayib turgan Hena koʻrindi. U Mingsyuning yoniga bir necha qadam yaqinlashdi.
— Men Hena Jonman. Prezident Sheng Mingsyusiz, shundaymi? Ommaga kamdan-kam koʻringaningiz uchun kimligingizga juda qiziqqan edim. Demak, koʻrinishingiz shunday ekanda...
Hena manekenga kiygizilgan koʻylakka faxr bilan qaradi.
— Gʻavvos ayollardan ilhomlanib yaratilgan, suv parisi uslubidagi libos.
Mingsyu libosga tikilgancha past va oʻychan ovozda soʻzladi.
— Kichik suv parisi... Biroz gʻamgin eshitilar ekan, lekin chiroyli.
Hena tabassum qildi.
— Gʻamgin, lekin chiroyli?.. Bu qanday uygʻunlik boʻldi?
Mingsyu Henaning koʻzlariga muzdek va oʻtkir tikildi.
— Kichik suv parisi koʻpik qabriga aylanishdan oʻzga chorasi yoʻq mayus kelinchak edi... Oʻz tarixiga ega ekanligi menga yoqdi. Lekin bu... Hena Galleryning avvalgi ishlaridan mutlaqo farq qilyapti.
Mingsyuning bu soʻzlaridan soʻng Henaning yuzidagi soxta tabassum bir zumda yoʻqoldi. Uning rangi oqarib ketdi.
Ayni shu daqiqalarda dengiz shabadasi esib turgan sohildagi shinam restoranda Jungkook ishtaha bilan dengiz taomlarini tanavvul qilayotgan edi.
— Bu yerdagi dengiz mahsulotlari juda ham mazali ekan — dedi Jungkook xursand boʻlib. Keyin atrofga qarab soʻradi — Aytgancha, Chunhi buvi qayerda? Dawoon unga salom yetkazishimni soʻragandi.
Rasta yonida oʻtirgan ikki keksa ayoldan biri hoʻrsinib, gap boshladi.
— Shu kunlarda kam kelyapti... Nabirasi ishidan ayrilganidan beri oʻzgarib, tushkunlikka tushib qolgan.
Jungkook ajablanib, ularga qaradi.
— Shunaqami... Siz ham yeng.
Keksa ayol Jungkookning sodda va xushchaqchaq yuziga qarab jilmaydi.
— Sen bemalol yeyaver,
Mehmonxona xodimi kompyuter tizimidan Jeon Jungkookning ismini qidira boshladi. Tugmalarni bir necha bor bosib koʻrgach, peshonasini tirishtirdi
— Nega hech narsa chiqmayapti?..
Ayni shu daqiqada stolda turgan xizmat telefoni baland jiringlab qoldi. Xodim Jungkookga qarab, noqulay ahvolda dedi.
— Kechirasiz...
— Bemalol, — dedi Jungkook xotirjamlik bilan.
Xodim telefonni koʻtardi.
— Ha, bu qabulxona... Ha, janob? Qirollik luks xonasimi? Ha, xuddi shunday.
U telefonni qoʻyib, birdan yuzi yorishib ketdi.
— Topdim Kuttirib qoʻyganim uchun kechiring, janob.
Xodim xona kalit-kartasini Jungkookga uzatdi. Jungkook kalitni olib, Qirollik luks xonasiga kirib bordi. U xonadagi dabdabaga qarab qoʻyar ekan, Dojunga qoʻngʻiroq qildi.
— Xonaga endi joylashdim, qochganim yoʻq Xona uchun rahmat, doʻstim... Mayli, asal oyini yaxshi oʻtkaz, xayr.
Jungkook telefonni oʻchirib, kiyimlarini almashtirish uchun dushxona tomon yurdi.
Oradan bir necha daqiqa oʻtib, mehmonxona menejeri Mingsyuning chamadonini xuddi shu xonaga olib kirib keldi — Janob Kim sizga oliy darajada xizmat koʻrsatishimni tayinladi, Sheng xonim. Yaxshi dam oling — dedi menejer va tazim qilib chiqib ketdi.
Mingsyu chamadonini sudrab, xona markaziga keldi. uning yuziga toʻsatdan tepadan bir tomchi suv tushdi. U ajablanib, yuqoriga qaradi — shiftning unchalik katta boʻlmagan qismi namlanib qolgan edi.
Birdan stoldagi chiroyli guldon oʻz-oʻzidan yerga tushib, ketdi.
Ayni shu vaqtda dushda boʻlgan Jungkook suvni oʻchirib, ortiga oʻgirildi. U ham tashqaridan kelgan ovozni aniq eshitgan edi.
— Bu nima edi?..
Jungkook ustiga kiyimini shoshib kiyib, dushxonadan chiqdi. U ehtiyotkorlik bilan atrofga qaradi va ichida oʻyladi.
Shunday besh yulduzli mehmonxonaga ham oʻgʻri kiradimi? Yoʻq... balki bu besh yulduzli mehmonxona asosiy nishon boʻlsachi?
U yana ortiga oʻgirildi. Shu soniyalarda Mingsyu yerga tushgan guldonni koʻtarib, qaytadan stolga qoʻygan edi. Jungkook orqasiga qaradi, lekin hech kim koʻrinmasdi.
Jungkook Oʻta taʼsirchan va shubhachi boʻlib ketyapman shekilli... — dedi-da, yana dushxona tomon kirib ketdi.
Mingsyu polga toshgan suvni artib boʻlib, oʻrnidan turdi. U chamadonini olib, yotoqxona tomon yurdi. Qadam tashlayotganda poldagi hoʻl oyoq izlariga koʻzi tushdi, lekin charchaganidan bunga ortiqcha eʼtibor bermay, yotoqxonaga kirdi.
Jungkook dushdan chiqib, televizorni yoqdi.
Yotoqxonada turgan Mingsyu esa televizor ovozini eshitib, eshikka tikilib qoldi.
— Bu adolatsizlik-ku... Ortimdan Cheju oroligacha kelishdimi? Yo bu mahalliy arvohmi?..
U xavotirga tushib, yotoqxona eshigini berkitib qoʻydi.
Tashqarida Jungkook divanga suyanib, piva ichgancha filmni tomosha qilib oʻtirardi. yotoqxona ichida Mingsyuning chamadoni muvozanatni yoʻqotib, gursillab yerga qulab tushdi.
Jungkook darhol ovoz kelgan tomonga qaradi. Qoʻlidagi piva idishini stolga qoʻyib, ohista eshik tomon yurib bordi. U eshikka qulogʻini tutib, diqqat bilan tingladi. Ichkaridan hech qanday ovoz kelmagach, yelkalarini qisib, ortiga qaytdi.
Yotoqxona ichida esa Mingsyu chamadondan pijamasini oldi. Uni kiyib, quloqchinini taqdi-da, oʻzini karavotga otdi.
— Juda ham charchadim...
U koʻzlarini yumdi, ammo shu soniyada uning yuziga yana bir tomchi suv tomdi. Mingsyu koʻzlarini ochib, yuqoriga qaradi — shiftda yana oʻsha nam va qorongʻu soya koʻrinib turgandi. U darhol yuzini koʻrpa bilan oʻrab oldi.
Bir necha soat oʻtdi. Stolda bir nechta boʻshagan piva idishlari yotardi. Jungkook kresloda boshini egib, uxlab qolgan edi.
Tungi soat ikkida u birdaniga koʻzlarini ochdi. oʻrnidan turib, yotoqxonaga kirib ketdi.

Quyosh nurlari parda orqasidan moʻralab, xonani yoritdi. Tong otgan edi.
Mingsyu sekin-asta koʻzlarini ochdi
Ayni shu daqiqada Jungkook ham koʻzlarini ochdi. Ikkisining nigohlari toʻqnashdi-yu, ikkala tarafdan birdaniga daxshatli qichqiriq otilib chiqdi.
— AAAAAAH
Jungkook sakrab oʻrnidan turib ketdi. Mingsyu shoshib yostiqni olib, bor kuchi bilan Jungkookning yuziga uloqtirdi va koʻrpani tortib oldi.
— Sen kimsan — U quloqchinini shoshib qulogʻidan sugʻurib olib, gʻazab bilan baqirdi. Prokuror emas stalkermisan sen?
Jungkook sochlarini tartibga solib baqirdi.
— Nimalar deyapsan? Meni xonamga bostirib kirgan sen-ku.
— Nimalar deyapsan oʻzi? Bu men joylashgan xona.
Birozdan soʻng Eshik ochilib, xonaga mehmonxona menejeri va qabulxonadagi yigit kirib keldi. Menejer yerga qarab turgandi.
— Juda afsusdaman Bu bizning xatoimiz Menejer egilib taʼzim qildi.
Qabulxonadagi yigit aybdorona yerga qaradi.
— Hamma ayb menda, janob... Kecha joylashayotganingizda Bosh direktor qoʻngʻiroq qilib qoldi. Men shunchaki shoshib qoldim va xonani adashtirib, sizning nomingizga rasmiylashtirib qoʻyibman... Kechirasiz, janob Juda afsusdaman.
Jungkook biroz tinchlanib, chuqur xoʻrsindi.
— Hechqisi yoʻq...
Eshik tirqishidan esa bu manzarani Taehyung kuzatib turardi.
Mingsyu ust-boshini tartibga solib, xonadan chiqdi va lift tomonga yurdi. Jungkook ham oʻsha yerda turgandi. Lift eshiklari ochildi va ikkalasi ham indamay ichkariga kirishdi.
Mingsyu devorga suyanib, ichida sarosimada oʻylay boshladi.
Endi nima boʻladi?.. Men unga tegib ketdimmi. Hammasi rasvo boʻldi... Kechirasan, sen bilan men...
Jungkook uning bezovta boʻlayotganini koʻrib, qoshlarini chimirdi.
— Menga tegajonlik qildi deb ustimdan sudga shikoyat qilmoqchimisan?
Mingsyu sapchib tushdi.
— Nega unday deysan?
— Oʻsha kuni oʻrmonda qoʻlingdan tortganimda ogʻir tan jarohati yetkazish deb daʼvo qilgan eding. Endi menga shilqimlik qildi deb ayblayapsan Meni kim deb oʻylayapsan oʻzi? Sen baribir menga toʻgʻri kelmaysan.
Mingsyu gʻazab bilan javob qaytardi.
— Men xavotir olganimdan soʻrayapman Seni diding bilan umuman ishim yoʻq.
Lift eshiklari ochilishi bilan Mingsyu Jungkookni turtib oʻtib ketdi. U oldinga yurib, eskalatordan pastga tushar ekan, pichirladi.
— Undan xavotir olib soʻragan edim... Arvohlarni koʻradimi-yoʻqmi, menga nima?
Mingsyuning ortidan bir ayol ham kichik oʻgʻli bilan eskalatorga chiqdi. Ayol Ehtiyot boʻl, – deb oʻgʻlining ogʻziga teggan muzqaymoqni artayotganida, qoʻlidan chamadoni chiqib ketdi va eskalatordan tezlik bilan pastga — toʻgʻri Mingsyu tomonga yumalay boshladi
— Voy yoʻq — baqirib yubordi ayol.
Mingsyu orqasiga oʻgirilib, tezlik bilan kelayotgan chamadonni koʻrib, qotib qoldi. Shu soniyada Jungkook eskalator chetidagi metall toʻsiq ustidan sirgʻalib tushib, chaqqonlik bilan chamadonni Mingsyuning roʻparasida ushlab qoldi.
Atrofdagilar baravariga qarsak chalib yuborishdi.
Taehyung shoshib Mingsyuning yoniga yetib keldi.
— Mingsyu Yaxshimisan? Senga hech narsa qilmadimi? Doktor kerak emasmi?
— Yoʻq... men yaxshiman, — dedi Mingsyu hali ham shokda Jungkookka tikilib.
Jungkook bir zum Mingsyuga va uni xavotir bilan ushlab turgan Taehyungga qaradi. Uning miyasida bir fikr urildi Nega u hamma narsada oʻzini aybdor deb hisoblayapti?
Ayni shu vaqtda haligi ayol oʻgʻli bilan yugurib keldi
— Kechirasiz, janob Oʻgʻlimga qarayman deb chamadonni qoʻyib yuboribman... Jarohat olmadingizmi?
— Hechqisi yoʻq, — dedi Jungkook vazminlik bilan.
Taehyung va Mingsyu uning yoniga kelishdi. Taehyung jilmayib
— Rahmat, doʻstim, — dedi.
— Nima uchun? — soʻradi Jungkook
— Mingsyu jarohat olishi mumkin edi, — Taehyung yonidan maxsus konvert chiqarib, Jungkookka uzatdi. — Bu mehmonxonamizda bepul tunashingiz uchun, minnatdorlik tariqasida.
Jungkook konvertga qaradi va kulib qoʻydi.
— Oshirib yuboryapsiz. Sheng xonim uchun oʻzimni xavf ostiga qoʻydim... Xoʻsh, nega siz buni oshirib yuboryapsiz?
Taehyung Mingsyuning yoniga oʻtib, uning yelkasidan ushladi va Jungkookning koʻzlariga tikildi
— Agar Mingsyuga ozor yetsa, menga ham ozor yetgan boʻladi.
Taehyung hamyonidan shaxsiy tashrif qogʻozini uzatdi.
— Nimadir kerak boʻlsa, qoʻngʻiroq qiling.
Mingsyu ham — Rahmat... — dedi.
— Boʻldi, rahmat aytishni bas qiling dedi Jungkook ensasi qotib. — Oʻrnimda boshqasi boʻlsa ham shunday qilgan boʻlardi.
Taehyung Mingsyuning yelkasidan ushlab, uni oʻzi bilan sudragandek olib ketdi.
— Kettik, Mingsyu.
Jungkook ularning ortidan qarab qoldi. Taehyung va Mingsyu uzoqlashishi bilan, Jungkook Taehyungning harakatlarini va ovozini masxara qilgandek takrorladi.
— Agar Mingsyuga ozor yetsa, menga ham ozor yetgan boʻladi.
Jungkook birdan yuzini burishtirib, koʻksini ushladi.
— Eyy, koʻnglim aynib ketdi-yu bu gaplardan.

Chunhi buvi
Mehmonxonaning ochiq tomida Qabulxonadagi yigit Taehyungning roʻparasida bosh egib turardi. mehmonxona menejeri oldinga chiqdi.
— Janob Kim... Mehmonni notoʻgʻri xonaga joylashtirish katta xato edi, lekin shu sababli ishdan boʻshatish oʻta ogʻir jazo Men ham, bu yigit ham bu xatoni boshqa takrorlamaymiz... Iltimos, uni ishdan boʻshatmang.
Taehyung ularga muzdek nigoh bilan qaradi.
— Bu yigit deysizmi? U sizning qoʻl ostingizdagi xodim. Jamoada birgalikda masʼuliyat bor Shuning uchun xodim xatoga yoʻl qoʻysa, rahbar ham javob beradi. Bu voqea sizga boshqacha koʻz bilan qarashimga sabab boʻldi...
Taehyung ularga yaqinlashdi.
— Kompaniyamizda lavozimni oshirish uchun baland talablar qoʻyilgan, lekin bu holat menda shubha uygʻota boshladi. Agar bu shunchaki xato emas... balki sizning chegaradan chiqishingiz boʻlsachi? Bu mehmonxona ochilganidan beri men taklif qilgan birinchi doʻstim edi Endi u men haqimda nima deb oʻylaydi, bilasizmi? Bu mening gʻururimga tegdi.
Menejer yanada pastroq egildi.
— Kechirasiz, janob Kim... Biroz rahm qila olasizmi?
Taehyungning yuzida sovuq va qatʼiy bir ifoda paydo boʻldi.
— Unda... mehmonxonamizdan oʻz xohishingiz bilan keting. Men esa sizga boshqa mehmonxonadan ish topib beraman. Bu yigitga ham...
Jungkook mehmonxonaning chiqish eshigi tomon yurayotganida, ortidan qabulxonadagi baqir-chaqir va xavotirli ovoz eshitildi.
— Men nabiramni koʻrgani keldim U avval shu yerda ishlagan, bugun shu yerda boʻlaman degan edi Yuri, qayerdasan?
Qoʻriqchilar keksa ayolning yoʻlini toʻsib, uni bosishga urinishardi
— Iltimos, xonim, oʻzingizni bosing...
— Buving shu yerda, Yuri — Ayol koʻzlarida yosh bilan qichqirardi.
Jungkook bir zumga toʻxtab, ortiga oʻgirildi. U ayolning yuzini koʻrib, darhol tanidi va shoshilib uning yoniga bordi.
— Siz... Chunhi buvisiz, shundaymi?
Keksa ayol koʻz yoshlarini artib, Jungkookga tikildi.
— Prokuror Jeon?..
— Bu yerda nima qilyapsiz, buvijon? — soʻradi Jungkook xavotir bilan.
Tashqariga chiqishgach, Jungkook vaziyatni oʻrganishga kirishdi.
— Nabirangiz Yuri tunda uyga kelmagani haqida xabar berdingiz... Lekin politsiya uni uydan shunchaki qochib ketgan deb oʻylayaptimi?
Chunhi buvi maʼyus bosh irgʻadi.
— Ha... Lekin u ketishidan avval shu mehmonxonada boʻlib oʻtadigan moda namoyishiga borishini aytgandi U telefonini koʻtarmayapti, unga nimadir boʻlgan deb juda xavotir olyapman... Oxirgi vaqtlarda oʻzini gʻalati tutayotgan edi. U faqat mehmonxonaga kimnidir tadbirini koʻrish uchun borishini aytgandi. Prokuror Jeon, iltimos... Yurini topib bering.
Jungkook buvining titrayotgan qoʻllarini ushladi.
— Uni xonasini koʻrsam boʻladimi?
Chunhi buvi Jungkookni moʻjazgina uyiga boshlab keldi va bir xonaning eshigini ochdi
— Kiring, bu Yurining xonasi. Istaganingizcha tekshiring, men sizga ovqat tayyorlayman.
Jungkook xonaga kirib, atrofga diqqat bilan qaradi. Devorlarga turli xil goʻzal va noodatiy kiyim eskizlari yopishtirilgan edi. U stolda turgan daftarni ochib koʻrdi — unda ham oʻsha iqtidorli qoʻllar chizgan chizgilar bor edi.
Jungkook stol tortmasini ochganida, u yerdan bir planshet chiqdi. U planshetni yoqib, Yurining soʻnggi fayllari koʻzdan kechira boshladi...
Ayni shu daqiqalarda, Cheju yoʻllarida Mingsyuning mashinasi harakatlanib borayotgan edi. Kutilmagan texnik nosozlik sabab mashina birdan toʻxtab qoldi. Mingsyu rulga boshini qoʻyganida, uning qoʻliga yana tepadan suv tomdi.
U koʻzgudan yuqoriga qaradi — qora soyasi namoyon boʻlib, bir zumda yoʻqoldi.

Yuri
Sizdan bir iltimosim bor edi, tezroq koʻrib bering. Anavi kameradagi yozuvni ham... — dedi Jungkook xodimga buyruq berib.
Taehyung ensasini qotirib.
— Bir soatdan beri shu yerdasiz. Koʻp qolmayman degandingiz, dedi.
Jungkook Taehyungga oʻtkir tikildi.
— Biroz avval nimadir kerak boʻlsa, qoʻngʻiroq qilishimni aytgan edingiz-ku... Shu yerda video toʻxtasin Oldinga oʻtkazing... Yana biroz... Yana... Toʻxtating.
Monitorda qora kiyim kiygan sirli qizning qiyofasi koʻrindi.
— Xuddi shu yerdan biroz orqaga... Ozgina... Yana ozgina... Endi toʻgʻri oldinga oʻtkazing. Davom eting Yana biroz...
Kamerada qora kiyimli qiz mehmonxonadan chiqib, ketdi ortidan Hena yugurib chiqqani va Taksi tutib oʻtirgani muhrlangan edi.
— Xuddi shu yer Shu kadrni kattalashtiring — dedi Jungkook.
Kuzatuv xodimi noqulay ahvolda — Kameralarimizda bunday funksiya yoʻq, janob... — dedi.
Taehyung qoʻllarini choʻntagiga solib, Jungkookka qaradi.
— Bu sizning ofisingiz emas, Ketganingiz maqul.
Jungkook oʻrnidan turib
— Kerakli narsani bilib oldim, rahmat — dedi-da, zudlik bilan yugurib chiqib ketdi.
U tashqariga chiqishi bilan Dawoon qoʻngʻiroq qildi.
— Taksini topdim Maʼlumotlarni telefoningizga yubordim. Mahalliy politsiyadan ham yordam soʻradim. Nima boʻlyapti oʻzi?
— Keyinroq qoʻngʻiroq qilaman — dedi Jungkook.
Jungkook politsiya mashinasida ketarkan, Planshetdagi videolarni koʻzdan kechira boshladi. Videolarning birida daxshatli haqiqat namoyon boʻldi.
Hena Yurining yoniga kelib, u tayyorlagan eskizlar va hujjatlarni uning yuziga uloqtiradi. Yuri bosh egib, yigʻlagancha xonadan chiqib ketdi. Hena esa atrofga qarab, Yurining daftarini ochdi-da, gʻalati jilmayish bilan u yerdagi barcha eskizlarni sezdirmay oʻz telefoniga suratga oldi...
Jungkook hammasini tushundi Hena Yurining mehnati va dizaynlarini oʻzlashtirib, uni chetga surgan edi
Mashina dengiz sohili boʻyida toʻxtadi. Taksi Yurini aynan shu qoyalik va sohil yaqinida tushirib qoldirgan edi.
Jungkook mashinadan tushib, pastga qaradi-yu, koʻzlariga ishonmadi.
Sohildagi toshlar ustida Mingsyu suvga tikilgancha harakatsiz turardi. Jungkook sekin u tomonga yaqinlashib, qichqirdi.
— Hoy Kechirasiz... Agar yaxshilab oʻylasangiz, hayot juda ham qadrli.
Mingsyu ortiga oʻgirilib, Jungkookni koʻrdi.
— Meni shunday qoʻrqitishing shartmi?
Jungkook uning yoniga keldi.
— Bir oʻzing bu yerda nima qilyapsan?
— Hech narsa. Menga eʼtibor berma, ketaver... — Mingsyu ortiga oʻgirilmoqchi boʻldi, lekin birdan uning oyogʻi sirpanchiq toshga urilib, muvozanatni yoʻqotdi va dengizga qulay boshladi.
Jungkook shoshib unga qoʻlini uzatdi.
Lekin Mingsyu oʻzini yoʻqotib, qoʻlini tortib oldi va tik qoyadan chuqur dengizga quladi
Jungkook bir soniya ham ikkilanmay, Mingsyuning ortidan dengizga sakradi.
Muzdek va chuqur suv ostida Jungkook koʻzlarini ochdi. U shiddat bilan pastga suzib, Mingsyuning yoniga yetib kelib, uni belidan mahkam ushladi va yuqoriga olib chiqmoqchi boʻldi.
Shu soniyada ikkalasi ham kutilmagan sirli mavj sabab yon tomonga — dengiz tubining eng qorongʻu burchagiga qarashdi...
Suv tubidagi qora kiyim kiygan qizning — jonsiz jasadi suzib yurardi.
Mingsyuning koʻzlari daxshatdan qotib qoldi. Jungkook esa oʻz kafti bilan Mingsyuning koʻzlarini berkitdi hamda uni mahkam quchib, yuqoriga qarab suza boshladi...
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0