Yarim tun. hech kim yashamaydigan, sukunatga burkangan quyuq oʻrmon bagʻri. Qora libosli kimdir nam yerni shoshilinch kavlardi. Toʻsatdan u harakatdan toʻxtadi. Tuproq ostidan yarmi koʻrinib turgan telefonni olib, ekranini yoqdi.
Seul shahar prokuraturasi
Prokuror Jeon Jungkook doskaga yopishtirilgan erkak kishining suratiga tikilib turardi.
Gumonlanuvchilar suv ombori yonida ikki soat davomida toʻxtab turishgan, keyin esa yetti kilometr uzoqlashishgan. Tungi soat birda yoʻqolgan shaxsning telefoni oʻchirilgan. Oxirgi signal — Songokmiyon atrofi...
Kutilmaganda Jungkookning telefoni jimlikni buzib jiringladi. U zudlik bilan goʻshakni koʻtardi.
— Eshitaman Qayerda?
Birozdan soʻng Jungkook oʻrmonga yetib keldi. Chakalakzor ichida harakatlanayotgan sharpani koʻrib, baland ovozda hayqirdi.
— Hoy Siz kimsiz?
Chiroq nurida qora sport kiyimidagi ayol ortiga oʻgirildi. Jungkook bir soniya joyida qotib qoldi.
— Ayol kishimisan?.. — dedi u hayratini yashira olmay.
Mingsyu unga tikildi.
— Demak, bu sensan... Jinoyatchi har doim jinoyat joyiga qaytishi rost ekan-da?
Jungkook unga qarab, ichida tezkor tahlil qildi Hech bir ayol jasadni bu yerga yolgʻiz tashlab keta olmaydi. Uning sherigi bor.
— Sheriging bormi? — soʻradi Jungkook.
Mingsyu qoʻlidagi telefonni koʻrsatib, masxaralagandek jilmaydi.
— Bu yerga shu uchun keldingmi? — Bu qurbonning telefoni Uni yerga qoʻy... Uni yerga qoʻy dedim Hoy.
Jungkook Mingsyu tomon yugurdi. Ammo Mingsyu ham boʻsh kelmadi — u chaqqonlik bilan Jungkookning qorniga tepdi. Jungkook kutilmagan zarbadan yerga yiqildi, lekin darhol oʻzini oʻnglab, Mingsyu tomon otildi va uni yerga yiqitib, qoʻllarini qisib oldi.
— Senga oʻxshaganlar hammani charchatadi dedi Mingsyu.
— Charchashga vaqtim yoʻqligiga ham senga oʻxshaganlar sababchi — Jungkook qoʻlidagi fonarni Mingsyuning koʻziga tutdi.
Ikkisi bir-birini qoʻyib yubormasdan, nam barglar ustida bir necha qadam nariga dumalab ketishdi. Mingsyu Jungkookning yoqasidan ushlab, uning yuziga baqirdi.
— Sen kabilar uchun qonun shunchaki oʻyinchoq.
Jungkook uning bilagini qayirib, yerga bosdi va piching qildi.
— Menga qonunni oʻrgatyapsanmi? Qanday kulgili...
— Qoʻyib yubor meni Nimalar qilyapsan?
— Qimirlamang — kutilmaganda tepadan baland ovoz eshitildi.
Jungkook va Mingsyu bir vaqtda boshlarini koʻtarishdi. Ularning tepasida qurollangan ikki politsiya xodimi turardi. Politsiyachilar bir-biriga qarab, jilmayib qoʻyishdi.
— Yarim tunda bu yerda nima qilyapsizlar? Bu yer qorongʻi va hech kim yoʻqligini tushunamiz... Lekin bu ishingiz yaxshi emas-da.
Mingsyu va Jungkook bir vaqtda baqirib yuborishdi.
— Bu siz oʻylagan narsa emas.
Jungkook Mingsyuni qoʻyib yuborib, ust-boshini qoqib oʻrnidan turdi. Birozdan soʻng voqea joyiga qoʻshimcha kuchlar yetib keldi va hudud politsiya tasmasi bilan oʻrab olindi. Politsiya xodimi Mingsyuning yoniga kelib — Barakalla, endi uyingizga ketsangiz boʻladi, — dedi.
Mingsyu olomondan uzoqlashish uchun oldinga yurdi. Lekin Jungkook ortidan yugurib kelib, uning bilagidan ushladi.
— Toʻxta.
Mingsyu darhol qoʻlini siltab tortib oldi.
— Menga tegma Tan jarohati yetkazishda ayblab sudga beraman.
Jungkook kulib yubordi.
— Agar seni shunchaki ushlaganim ogʻir jarohat boʻlsa, meni tepganing haqida nima deyish mumkin?
— Axir kutilmaganda paydo boʻlib, oʻzingni gʻalati tutding.
— Aslida bu yerdagi eng gʻalati odam sensan, tushunarlimi? Yarim tunda bu yerda nima qilayotgan eding? Jasad shu yerda ekanligini qayerdan bilding?
— Prokuror Jeon — orqadan tanish ovoz keldi.
Jungkook ortiga oʻgirildi. Bu uning hamkasbi Dawoon edi. Jungkook unga qoʻl silkitdi.
— Salom, Dawoon. — Soʻng yana Mingsyu tomonga burildi — Xoʻsh, qayerdan bilding...
Lekin uning roʻparasida hech kim yoʻq edi. Jungkook atrofga alangladi.
— Bu nimasi... Qayerga ketdi u?
Dawoon uning yoniga yetib keldi va hayron boʻlib soʻradi.
— Nima boʻldi? Kimni aytyapsiz, kim boʻlishi mumkin bu yerda?
— Men hozirgina gaplashib turgan qizni koʻrmadingizmi? — dedi Jungkook xavotir bilan.
— Qoʻysangizchi Qanaqa qizni aytyapsiz? Meni qoʻrqityapsiz,
— U qora sport kiyimida edi.
Dawoon Jungkookning yelkasiga turtib qoʻydi.
— E, qoʻysangizchi... Arvohni koʻrgan boʻlsangiz kerak. Shuning uchun ham sizga vaqtida uxlash kerakligini aytaman-da.
— Axir u hozirgina shu yerda turgandi... — Jungkook pichirladi.
U ortiqcha tortishib oʻtirmay, jasad topilgan tomonga yurdi. Qoʻngʻiroq qilgan shaxs jasad aynan shu yerda ekanligini qayerdan bilgan?
Dawoon ham unga ergashdi.
— Ha, bu anonim va maxfiy xabar boʻlgan...
Voqea joyidan biroz nariroqdagi tepalikda Mingsyu pastda odamlarga qarab turardi. Birdan uning yonida oʻrta yoshlardagi bir erkak paydo boʻldi. Ekspertlar jasadni zambilga solib, tez yordam mashinasiga olib chiqishayotgan edi.
— Jasadingizni topish shunchalik koʻp vaqt olganidan jahlingiz chiqayotganini bilaman... — dedi Mingsyu yonidagi sharpaga qarab. — Lekin qotil albatta loyiq boʻlgan jazoni oladi.
U yonidagi erkak ruhing koʻzlariga tikildi.
— Hammasini unutib, jannatga keting. Keyingi hayotingizda yaxshi inson bilan turmush quring.
Erkak barmogʻidagi nikoh uzugiga gʻamgin tikildi.
— Keyingi hayot oʻzi bormikan?.. Hozirgi hayotim juda ham rasvo boʻldi. Menga yana bir marta imkon berishganda edi...
Mingsyu yon tomonga qaradi, lekin u yerda endi hech kim yoʻq edi. Erkakning ruhi allaqachon gʻoyib boʻlgandi. Mingsyu xoʻrsindi.
— Uff... Qayerga ketdi? Ketib boʻldingizmi? Avval savolimga javob bersangiz boʻlmaydimi?.. Nega ularga savol berishim bilan hammasi gʻoyib boʻlaveradi? Biz bir tomonda emasmizmi, axir? Doʻstligimiz bor deb oʻylagandim... Yoki unday emasmi? Menimcha, unday emas...
Mingsyu chuqur tin olib, oʻrmon tashqarisiga qarab qadam tashladi.

Cha Inho
6 yil avval
Hashamatli va tinch restoran. Mingsyu va Inho qarama-qarshi oʻtirishardi. Inho muloyim jilmayib, choʻntagidan kichik qutichani olib ochdi. Unda nur sochib turgan nafis uzuk bor edi.
Mingsyuning yuzida quvonch oʻrniga xavotir soyasi qalqiganini koʻrib, Inho soʻradi.
— Nima boʻldi? Senga yoqmadimi?
Mingsyu uning koʻzlariga tikilib, ogʻir tin oldi
— Hammasi joyidami, Inho? Men bilan birga boʻlsang... doim qoʻrquv ichida yashaysan. Ular sening hayotingning bir qismiga aylanadi...
— Bu haqida eshitganman. Xavotir olma... Qoʻlingni ber.
Mingsyu ikkilanib qoʻlini uzatdi. Inho uzukni uning barmogʻiga taqib qoʻyarkan, uning koʻzlariga ishonch bilan boqdi.
— Hammasi joyida boʻladi. Hech narsa boʻlmaydi.
Mingsyuning lablarida biroz boʻlsa-da xotirjam tabassum paydo boʻldi.
Bir necha kundan soʻng barcha telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar faqat bir mavzu haqida gapira boshladi
Biznes yangiliklariga toʻxtalamiz. Reina mehmonxonasi vorisi Sheng Mingsyu hamda Cha yuridik firmasi raisining toʻngʻich oʻgʻli Cha Inho bugun rasman unashtirilmoqda. Yil boshida doʻstlari orqali tanishgan ikki nufuzli oila farzandlarining rishtasi butun mamlakat eʼtiborini tortmoqda. Unashtiruv marosimi Reina mehmonxonasining Siena zalida, yopiq tarzda boʻlib oʻtadi...
Reina mehmonxonasi binosi yoniga bir nechta qimmatbaho mashinalar kelib toʻxtadi. Undan ikki oila aʼzolari tushib, bino ichiga kirib ketishdi. Kirish eshigi yoniga Sheng Mingsyu & Cha Inho deb yozilgan lavha osilgandi.
Kutilmaganda osmonni qora bulut qoplab, shiddatli yomgʻir yogʻa boshladi.
Ichkarida Mingsyu Inhoni kutib oʻtirardi. U xavotir bilan derazadan yogʻayotgan yomgʻirga tikilardi. Shunda eshik shiddat bilan ochilib, Inho yugurib kirdi.
— Kechir — dedi u nafasini rostlab. — Uydan erta chiqqan edim, lekin yoʻllar tirband ekan...
Mingsyu yengil tortib jilmaydi
— Hechqisi yoʻq, muhimi kelding. Hamma bizni kutyapti, yur,
— Bugun juda chiroylisan, — Inho unga qarab jilmaydi. — Qani, ketdik... — U birdan toʻxtab, choʻntaklarini kavlay boshladi. — Voy, unashtiruv uzugini mashinada qoldiribman Hozir olib kelaman.
Inho xonadan chiqib, liftga kirdi va avtoturargoh tugmasini bosdi. Lift pastga tushayotib, kutilmaganda qarsillagan ovoz bilan toʻxtadi va chiroqlar oʻchdi.
— Nimalar boʻlyapti? — Inho hayron boʻlib atrofga qaradi.
Birdan chiroq qayta yondi va lift eshiklari sekin ochildi. Inho liftdan chiqmoqchi boʻlib oldinga bir qadam tashladi-yu... joyida qotib qoldi.
Uning qarshisida cheksiz ulkan qorongʻi dengiz turardi
Inho dahshatga tushdi. U darhol tugmani bosib, lift eshiklarini yopdi. Devorga suyanib, koʻzlarini yumdi
— Hammasi yaxshi... Oʻzingni qoʻlga ol, Inho, bu shunchaki sarob...
Lekin kutilmaganda lift polidan suv oqib kira boshladi. Inho pastga qaradi — suv poyabzalidan oshib, tezlik bilan koʻtarilardi U vahima ichida tugmalarni ketma-ket bosa boshladi
— Hoy Kim bor? Liftni suv bosyapti Eshityapsizmi meni? Kim bor, yordam bering
Inho suvdan tepaga intildi. Ammo birdan kutilmagan kuch uni oyogʻidan pastga — suv ostiga qattiq tortdi Inho suv tubiga qaradi u yerda sovuq koʻzlari bilan tikilib turgan, qora kiyimdagi yosh yigitning ruhi bor edi.
Inho chinqirib yubordi. U boshini suvdan chiqarib nafas olishga urindi, lekin suv ostidagi ruh uni yana va yana tubga tortardi...
Inho uzoq vaqt kelmagani uchun Mingsyuning yuragiga gʻulgʻula tushdi. U chiday olmay, avtoturargohga tushdi.
Inho mashinasi yonida xuddi choʻkayotgan odamdek qaltirab, havoni yutishga urinardi. Mingsyu buni koʻrib, u tomonga yugurdi
— Inho Ahvoling yaxshimi?
— Menga yaqinlashma — Inho dahshat bilan baqirib yubordi.
— Joyingda tur — Inho ortiga tisarildi. — Men... men shunchaki qoʻlingdan ushlaganim uchun rostdan ham arvohlarga duch kelaman deb oʻylamagandim Mingsyu... kechir, men senga uylana olmayman
Mingsyuning koʻzlaridan yosh quyilib keldi.
Shu soniyada Inhoning koʻzlari Mingsyuning ortiga tushdi-yu, qotib qoldi. Liftdagi oʻsha ruh Mingsyuning orqasida turgandi.
Inho daxshatdan aqlini yoʻqotayozdi. U mashinasi eshigini shoshilinch ochib, baqirdi
— Men u bilan boshqa uchrashmayman Men Mingsyuning yoniga boshqa hech qachon yaqinlashmayman
U mashinasiga oʻtirib, gazni bosgancha gʻizillab uzoqlashib ketdi. Mingsyu esa avtoturargohda koʻzida yosh bilan yolgʻiz qolib ketdi...
Mingsyu deraza ortiga tikilib, oʻsha kunni esladi. Oʻshanda tushunib yetdim... Men endi hech kimga teginishim mumkin emas ekan. Yana... hech kimga suyanmasligim yoki hech kimdan hech narsa kutmasligim kerakligini angladim.
Oʻsha kuni bir qarorga keldim Agar meni qidirib kelgan arvohlardan qochib qutula olmasam... unda ularning meni bezovta qilishiga yoʻl qoʻymaslikni oʻrganaman. Ochiq koʻngil va mehribon boʻla olmasam ham, hech boʻlmasa ulardan qoʻrqmaslikka harakat qilaman.

Jeon Jungkook
Sud zaliga sukunat choʻkkan edi. Sudya oʻz oʻrnida oʻtirarkan, ehtiyotkorlik bilan hujjatlarni varraqlab, yakuniy xulosani oʻqishga kirishdi
— Bu ishning mazmuni shundan iboratki... garchi tomonlar bir-biriga bogʻliq boʻlib koʻrinsa ham, bizda faqat bevosita va doiraviy dalillar mavjud. Qotillik quroli yoki qurbonning jasadi kabi asosiy va hal qiluvchi dalillar yoʻq. Biz moddiy jihatdan aniq va tasdiqlangan faktlarga asoslanishimiz shart. Shuning uchun ham sudlanuvchini aybdor deb topishga yetarlicha asos koʻrmayapmiz. Sudlanuvchi, oʻrningizdan turing
Qora kostyum-shim kiygan yigit — Park Sonje sekin oʻrnidan turdi.
— 54/10-banddan 16-51 sonli jinoyat ishi boʻyicha hukm: Sudlanuvchi Park Sonje — Chan Injuni oʻldirishda aybsiz deb topilsin
Sonjening lablarida magʻrur va kinoyali tabassum qalqdi. Zaldagilar esa birdan shovqin solib, eʼtiroz bildira boshlashdi
— Nima? Aybsiz deganingiz nimasi? Bu qanday adolatsizlik?
Sudya toʻqmoqni stolga urib, baland ovozda eʼlon qildi
— Sud majlisi yopiq deb eʼlon qilinadi Sonje yonidagi advokatiga qaradi
— Yaxshi ishladingiz.
Xonaning narigi burchagida turgan Jungkook esa Sonjega tikilib qolgan edi.
Jungkook sud binosidan tashqariga chiqqanida, uni zinalar yonida Sonje kutib turardi. U Jungkookni koʻrib, sovuq jilmaydi
— Xoʻsh, Prokuror Jeon... yutqazish qanday ekan?
Jungkookning yuzida qilcha ham sarosima koʻrinmasdi
— Men apellyatsiya beraman.
Sonje kulib yubordi va piching qildi
— Ahmoqlardan umid yoʻq deyishgani rostdan ham toʻgʻri ekan. Sudyaning gaplarini eshitmadingizmi? Bu — dalillarga asoslangan sud. Sizda esa jasad yoʻq Shuning uchun ahmoqona harakatlarni yigʻishtirib, avval oʻsha jasadni topib keling.
— Hozir dalil yoʻqligi — har doim shunday boʻladi degani emas. Apellyatsiyagacha nimadir topib, seni baribir panjara ortiga joʻnataman.
Sonje Jungkookning yoniga bir qadam yaqinlashib, pichirladi
— Mayli, bemalol... Kechalari xotirjam uxlash uchun xohlagan ishingizni qiling. Lekin hozircha qonun men tomonda va men oʻzim xohlagan ishni qilishda davom etaman.
U oʻzining qimmatbaho mashinasiga oʻtirib, tezlikda uzoqlashib ketdi.
Dawoon Jungkookni yoniga yugurib keldi
— Prokuror Jeon... sizni chaqirishyapti.
Bosh prokuror Nam Sanhu deraza oldida oʻylanib turardi. Jungkook xonaga kirgach, Sanhu ortiga oʻgirilib, birdan eʼtiroz bildirdi
— Nima qilmoqchisan oʻzi, Jungkook?
— Apellyatsiya uchun asos yozyapman, — dedi Jungkook xotirjamlik bilan.
— Jasad boʻlmasa, uning koʻylagidagi bir tomchi qon uchunmi? Qoʻysangchi, Jungkook
— Meni bu fikrimdan qaytara olmaysiz,
Sanhu chuqur xoʻrsindi va ovozini pasaytirdi
— Park Sonjening otasi kimligini bilasan-ku Deputat Park Sonhem — hukmron partiyaning prezidentlikka ehtimoliy nomzodi Menga yuqoridan buyruq keldi Buni darhol toʻxtat
Jungkook qatʼiy dedi
— Hech boʻlmasa biroz yordam bering
— Shunchaki jim yur — Sanhu asabiylashib stolidagi qogʻozlarni surib qoʻydi. — Oʻzing doim aytadigan gaplaringni hozir senga aytaman Debak bankidagi korrupsya ishi, Yolo Citydagi firibgarlik va koʻchmas mulk savdosi, Sojun kompaniyasining siyosiy poraxoʻrlik ishi... Katta bosim va xavf-xatarga qaramay, sen ularning barchasini ayblab sudga topshirding Katta jarimalar undirding. Hammasini bir oʻzing uddalading Hamma ogʻir ishni sen qilding, men esa shunchaki barcha mukofotlarni oldim... Buni tan olaman. Lekin, Jungkook...
Jungkook uning gapini boʻldi
— Unday boʻlsa, hammasini unutib, faqat qonuniy ishlashimga ruxsat bering.
Jungkook boshqa hech narsa demasdan, xona eshigini ochib tashqariga chiqdi.
Yoʻlakda uni kutib turgan Dawoon xavotir bilan soʻradi
— Endi nima qilamiz? Taslim boʻlamizmi?..
Kutilmaganda Jungkookning telefoni jiringlab qoldi. U ekranga qaradi Opam
— Kechirasiz, — Jungkook telefonni koʻtardi. — Eshitaman, opa... Shundaymi? Men biroz band edim...
U telefonni oʻchirib, Dawoonga qaradi
— Bugun oʻrnimga bora olmaysizmi?
Dawoon yelkasini qisib — Men cherkovga bormoqchi edim — dedi.

Jeon Lili
Tinch va muqaddas maskan. Jungkookning opasi — Lili chin dildan ibodat qilar, Jungkook esa zerikkanidan bir joyda turolmay, u yoqdan-bu yoqqa qimirlab turardi.
Lili ibodatni toʻxtatib, Jungkookning yoniga keldi va kutilmaganda uning oyogʻiga tepdi.
— Voy Nima qilyapsiz, opa? — Jungkook yerga oʻtirib qoldi.
— Chin dildan ibodat qil — dedi Lili jiddiylik bilan.
Jungkook noiloj oʻtirib, beixtiyor Liliga qoʻshilib ibodat qila boshladi.
Birozdan soʻng ular ibodatxonadan tashqariga chiqishdi. Jungkook Sabri chidamay soʻradi
— Buni qachongacha davom ettirishim kerak?
— Nima deyishgan boʻlsa, shuni qil, — dedi Lili muloyimlik bilan.
— Men ibodatda qatnashmayman demayapman, opa... Hech boʻlmasa kim uchun ibodat qilayotganimni ayting
— Yetar, Jungkook...
— Opa, menda bir shubha bor... Men kim uchun ibodat qilyapman?
Qora libosli ikki erkak ularning yoniga kelib toʻxtadi va ehtirom bilan tazim qildi. Lili ularga qarab — Men bosh rohib bilan gaplashdim. Ibodatxona idorasiga belgilangan pulni toʻlang. dedi
— Xoʻp boʻladi, Lili xonim, — deyishdi haligi kishilar va tazim qilib uzoqlashishdi.
Lili Jungkookka oʻgirilib, mavzuni burdi
— Aytgancha... xavfsizliging uchun Ajdaho yilida tugʻilgan qizlardan uzoqroq yur.
— Yoʻq, yoʻlbarsmi yoki arslonmi — mening u qizlar bilan uchrashishga vaqtim yoʻq Xoʻsh, sizning burjingiz qaysi burjlar bilan toʻgʻri kelmaydi oʻzi?
Lili ajablanib soʻradi
Jungkook shoʻxlik bilan jilmaydi
— Shunchaki bilib qoʻyish uchun-da. Boʻlajak pochcham bilan uchrashganingizdan keyin, toʻgʻri kelmasligingizni bilishingizni xohlamayman.
Lili uning yelkasiga sekin turtib qoʻydi
— Yaramas bola Ortimdan yur, juda ham surbetsan-a.
Yarim tun. Osmonni qora bulutlar qoplagan, shiddatli yomgʻir koʻchalarni yuvib borardi.
Boʻsh koʻchada taksi sekinlab toʻxtadi. Kutilmaganda ust-boshi hoʻl boʻlgan ikki kishi shoshilinch ravishda mashinaning orqa oʻrindigʻiga oʻtirdi. Haydovchi nigohini orqani koʻrsatuvchi koʻzguga qaratdi
— Yomgʻirda qolib ketibsizlar-ku... Qayerga borasizlar?
Lekin uning savoli javobsiz qoldi. Yoʻlovchilardan biri kutilmaganda oldinga intilib, haydovchining boʻyniga oʻtkir pichoq tiradi.
Seul prokuraturasi
Ofisda faqat bir nechta chiroq yonib turardi. Dawoon hujjatlarni yigʻishtirib, Jungkookning stoli yoniga keldi
— Uyga ketmaysizmi, Prokuror Jeon? Chan Inju ishi boʻyicha baribir tunab qolmaysiz, toʻgʻrimi?
Jungkook charchagan koʻzlarini ish qogʻozlaridan uzib, unga qaradi — Siz ham meni qiynayapsiz, Dawoon...
— Shundaymi? — Dawoon kulib yubordi. — Yomgʻir juda kuchli yogʻyapti. Biror joyda oʻtirib, ichish uchun juda qulay vaqt.
— Yomgʻir yogʻayotgan ekan, nega uyingizga ketmaysiz? Rafiqangiz bilan vaqt oʻtkazing.
Dawoon xoʻrsindi — Rafiqamning aytishicha, hozir u xohlayotgan yagona narsa — mening hali ham tirik ekanligimni bilish, xolos.
Ularning yoniga boshqa bir hamkasbi — Hamin kelib qoʻshildi — Shuning uchun kayfiyatingiz yoʻqmi?
Dawoon unga burildi — Menga sherik boʻlmoqchimisiz?
— Agar oʻzingiz toʻlasangiz... Albatta — Hamin kulimsiradi.
— Hech qachon oʻzim toʻlayman demaysiz-a — Dawoon ensasini qotirdi. — Yoʻq, bugun hisobni teng boʻlishamiz.
— Nega endi?
— Hamma oʻziga toʻlasa, yaxshida
Ikkisi eshik tomon yurdi. Hamin toʻxtab, hali ham ishlayotgan Jungkookka qaradi — Bizga qoʻshilmaysizmi, Prokuror Jeon?
Jungkook indamay, ishida davom etdi. Hamin ketishdan oldin birdan eslab qolgandek dedi — Aytgancha, hojatxonada chiroq oʻchgan.
Dawoon ham tasdiqladi — Ha, toʻgʻri Eng oxirgisiga kirmang, Aytishlaricha, yomgʻirli kunlarda u yerda arvoh paydo boʻlarmish...
Jungkook ularga beparvo qaradi — Tezroq ketinglar...
Ular kulishib chiqib ketishayotganda, Dawoon eshik tirqishidan boshini suqib qoʻshib qoʻydi — Ehtiyot boʻling, arvoh odamlarni bezovta qiladi Koʻp ichmang
Jungkook charchoqdan koʻzlarini ishqalab, hojatxonaga kirdi. Devordagi tugmani bosdi, lekin chiroq yonmadi. Atrof qorongʻilikka burkangan edi. Jungkook ichkariga biroz qoʻrqib, ehtiyotkorlik bilan qaradi. Yomgʻirli kunda doim shunday boʻladi... deb oʻyladi.
U ortiga qaytmoqchi boʻlib turganda, yoʻlak oxiridagi eng soʻnggi xonaning eshigi qiya ochilib ketdi.
Jungkook toʻxtab, oʻsha tomonga qaradi — U yerda kim bor?..
Shu soniyada miyasida Dawoonning gaplari aks-sado berdi Toʻgʻri, eng oxirgisiga kirmang... Yomgʻirli kunlarda u yerda arvoh paydo boʻlarmish...
Jungkook yutindi. Telefonini olib, chirogʻini yoqdi va sekin-asta oxirgi xona tomon odamladi. Yuragi qattiq urardi. U qoʻli qaltirab, eshikni kengroq ochdi.
Fonar nuri qorongʻu xonaning burchagida oʻtirgan, uzun qora sochlari yuziga tushib turgan bir sharpaga tushdi
— Aaaaaah — Jungkook dahshatga tushib, chinqirgancha ortiga qaramay tashqariga yugurib ketdi.
Aslida esa... u yerda shunchaki devorga suyangancha turgan pol latta va uning ostidagi qora chelak turgandi.

Sheng Mingsyu
Hashamatli mehmonxona koridori boʻylab Mingsyu borardi. Ortidan esa bir nechta xodimlar va yordamchilar yugurgilagancha ergashib kelishardi.
— Jen Yulerning ishi qanday ketyapti? — soʻradi Mingsyu toʻxtamay.
Kotiba darhol oldinga yugurib chiqdi — Ha Jen Yuler — butun dunyoga mashhur florist. Biz jadval tuzishda biroz qiyinchilikka uchragan edik, lekin nihoyat uchrashuv belgilashga muvaffaq boʻldik. Sizning safaringizni...
— Stop. — Mingsyu birdan joyida toʻxtadi.
Barcha xodimlar ham xuddi buyruq olgandek bir soniyada toʻxtashdi. Mingsyu ortiga oʻgirildi
— Masofa saqlang.
Menejer Shin va qolgan xodimlar darhol bir necha qadam ortga tisarilishdi. Kotiba aybdorona tazim qildi — Uzr soʻrayman, Sheng xonim Hisobotga berilib ketibman...
Yoʻlakning narigi tomonidan bolalarcha shoʻx ovoz eshitildi — Qoʻlingizdan kelsa ushlab oling
Yugurib kelayotgan kichik bir qizaloq kutilmaganda Mingsyuga urilib, yerga yiqilib tushdi. Mingsyu pastga qaradi. Qizaloq tizzasini ushlab yigʻlay boshladi.
Mingsyu unga yordam berish, uchun beixtiyor qoʻlini uzatdi. Lekin shu soniyada oʻtmishdagi mudhisha xotira — oʻziga teggan insonlarga keladigan kulfat yodiga tushdi. U qoʻrqib ketib, darhol qoʻlini ortga tortib oldi.
Qizchaning onasi yugurib keldi — Voy, qizalogʻim Yaxshimisan? Oʻrningdan tur...
Ona qizini turgazib, Mingsyuga bir necha bor tazim qildi — Juda xijolatdaman, kechirasiz Boʻldi, yigʻlama, yuraqol...
Ular uzoqlashishi bilan boshqa bir yordamchi ayol shoshilinch yugurib keldi
— Sheng xonim Rais sizni oʻz xonasiga chaqiryaptilar.
Katta va hashamatli xonada joylashgan ulkan televizor ekranida jurnalistning ovozi yangrardi Kechirasiz, hozir oʻzingizni qanday his qilyapsiz?
Ekranda Sonje kameraga qarab samimiy koʻringan jilmayish qildi.
Men sudning adolatli qarorini hurmat qilaman. Haqiqat kech boʻlmasidan yuzaga chiqqanidan juda xursandman. Menga ishongan va hukmni sabr bilan kutgan barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Toʻliq intervyuni keyinroq beraman...
Jurnalistlardan biri baqirib yubordi Bu nimasi? Asl maqsadingiz nima oʻzi?
Hari qoʻlidagi pult bilan televizorni oʻchirib qoʻydi. Uning yuzida mamnuniyat aks etardi.
— U aybsiz deb topildi Endi unga turmushga chiqsam boʻladimi, buvijon?
Namsu xonim eʼtiroz bildirdi.
— Eʼtiborsizlik va mol-mulkni oʻzlashtirish kabilar biznes sohasida odatiy hol... Lekin uning qotillikda ayblangani seni qoʻrqitmayaptimi?
— Albatta yoʻq Qoʻysangizchi, buvi — Hari ensasini qotirdi. — Oʻsha Inju degan qiz unga super yelimdek yopishib olgan edi. Maqsadiga erisha olmagach, yashirinib oldi. Aslida Sonje bu yerda haqiqiy qurbon
Yu Chen vazminlik bilan gapga qoʻshildi.
— Gap faqat turmush qurishda emas, Hari. Bunga katta oilaviy manfaatlar ham kiradi. Yangi kurortimizni qurish uchun ruxsatnoma kerak. Bu esa uning otasining saylov okrugiga qarashli. Toʻyni qoldirish shunchaki biznes rejalarimizni kechiktiradi, xolos.
Xona eshigi ochilib, ichkariga Mingsyu kirib keldi. Uning yuzida befarq ifoda bor edi.
— Harining toʻyi haqida gaplashayotgan edik, shuning uchun seni chaqirdim. Deputat Parkning oʻgʻli haqida qanday fikrdasan?
Mingsyu xonadagilarga koʻz yugurtirib chiqdi.
— Mening nima deb oʻylashim muhimmi? Hari baribir unga turmushga chiqadi-ku.
— Albatta, sening fikring muhim — dedi Yu Chen Bizning oilamiz — yagona iqtisodiy birlik.
Mingsyu jilmaydi — Agar iqtisodiy birlik boʻlsak... unda bu toʻy boʻlishi kerak.
Hari hayron boʻlib, yonidagi onasi Nariga qaradi. Nari esa Mingsyuga yuzlandi.
— Opasi sifatida nima deb oʻylaysan?
— Opasi sifatida... unga oʻxshagan tekinxoʻrni qabul qilmagan boʻlardim, — dedi Mingsyu.
Hari oʻrnidan turib ketdi.
— Nima? Uni tekinxoʻr dedingizmi? Haddangizdan oshmayapsizmi?
Yu Chen ham qoshlarini chimirdi.
— Agar Janob Park tekinxoʻr boʻlsa, uning deputat otasini shunchaki boquvchisi deb oʻylaysanmi?
— Bas qiling hammangiz — Nari ularni toʻxtatdi. — Amakivachchasizlar, birga katta boʻlgansizlar axir.
Mingsyu Nariga qaradi — Birga katta boʻlganimiz uchun ham shunday deyapman. Deputat otasi boʻlmaganida, Sonjeda maqtanadigan hech narsa yoʻq edi.
Namsu xonim suhbatni asosiy mavzuga burdi.
— Sud hukmi borasida qanday fikrdasan, Mingsyu?
— Agar rostini aytadigan boʻlsam... hammasi Sonje Harini deb Injuni tashlab ketganidan keyin boshlangan, — Mingsyu Hariga tikildi. — Hari, uni nimang bilan rom qilgansan oʻzi?
Yu Chen eʼtiroz bildirdi.
— Mingsyu, bu qanday savol boʻldi? Bizning Hari juda ham goʻzal.
— Ha, men shunday tugʻilganman Merosim ham koʻp — Hari kibr bilan burnini koʻtardi.
— Bir marta xiyonat qilgan odam yana qiladi, — dedi Mingsyu uning koʻzlariga qarab. — Agar u yanada nufuzliroq merosxoʻrni uchratib qolsa, uni deb seni ham tashlab ketadi.
Hari achchiq kuldi — Sonje bizga litsenziyani olib bersa, mening aksiyalarim koʻpayib ketishidan qoʻrqqaningiz uchun nazorat qilmoqchimisiz?
— Hari — Nari qizini ogohlantirdi.
Namsu xonim ularning tortishuviga eʼtibor bermay, qoʻlidagi planshetga tikildi.
— Mingsyu, bir daqiqa... Bandlik darajasi mavsum boʻlmaganiga qaramay juda yaxshi ushlanib turibdi. Restoranlar va ziyofat zallari har kuni band. Lekin... Siena zali asosiy muammo boʻlyapti.
Siena Zalining La'nati
Mehmonxonaning boshqa qismida ikki xizmatchi qiz bir-biriga qarab pichirlashardi.
— Siena zali... Bu shunchaki muammo emas, umuman sotuv yoʻq Bu haqiqiy falokatning oʻzginasi.
Oʻsha yerdan oʻtib ketayotgan Hanna gapga aralashdi.
— Siena zali umuman yomon emas. Taʼmirlanishidan avval har bir juftlikning orzusidagi joy edi, — qizlardan biri ensasini qotirib qoʻshib qoʻydi — Shunday edi... toki Sheng Mingsyu hammasini barbod qilgunicha.
Yonidagi sherigi hayron boʻlib soʻradi.
— Barbod boʻldimi? Qanday qilib?
Qiz pichirlab tushuntira ketdi.
— Unashtiruv marosimiga bir necha daqiqa qolganda qalligʻi qochib ketgan juftlik ayrilgan joyda kim ham toʻy qilishni xohlaydi? Aytishlaricha, u yerda turmush qurgan yoki unashtirilgan juftliklar ikki yildan ortiq birga yashay olmasmish...
Shunday qilib, Siena zali Sheng Mingsyuning yuragidagi eng ogʻriqli nuqtasiga aylandi.
Janob Shin va uning yordamchisi oshxonaga kirib kelishdi.
— Har doim ham hammasi birdek yaxshi boʻlavermaydi, — dedi Janob Shin stulga oʻtirarkan. — Siena zalini hisobga olmasa, sotuvlarimiz eng yuqori darajada. Buni Sheng xonimsiz uddalay olmasdik.
Yordamchisi bosh irgʻadi — Ha, bu rost, tan olaman. U ajoyib ishbilarmon ayol. Agar u atrofidagi odamlarga biroz eʼtiborliroq boʻlganida edi...
— Jim boʻl — Janob Shin soatiga qaradi. — Oʻzi yana qancha kutishimiz kerak?
Yordamchi ham soatiga koʻz yugurtirdi.
— Hozir kelib qoladi. Qorningiz ochdimi?
— Juda ham och qoldim — Janob Shin xoʻrsindi.
Yordamchisi qiziqib soʻradi.
— Endi Siena zaliga nima boʻladi, nima deysiz?
— Oʻzim ham bilmayman... Menimcha, Rais xonim tez orada bu borada bir qarorga keladi.
Namsu, xonim Mingsyu, Yu Chen, Hari va Nari birga uzun va boʻsh zal boʻylab yurib borishardi. Yu Chen chaqqonlik bilan oldinga oʻtib, zal eshigini ochdi. Namsu xonim va boshqalar ochiq eshik orqali yam-yashil orqa hovliga chiqishdi.
Namsu xonim bir oz toʻxtab, hovliga qaradi — Zaldan boshqa maqsadda foydalansak-chi? Masalan... galereya qilsak?
Mingsyu bu taklifdan shokka tushib, hayron boʻldi — Sienadan-a?
— Buni ikki kundan keyingi umumiy yigʻilishda aytmoqchi edim, — dedi Namsu xonim vazminlik bilan.
Yu Chenning koʻzlari quvnab ketdi — Galereya — ajoyib fikr, buvijon — U darhol Nariga qaradi. — Oyi, bu siz har doim xohlagan narsa edi-ku.
Nari ham mamnuniyat bilan jilmaydi — Buni men uchun qilsangiz... juda xursand boʻlardim.
Mingsyuning yuzidagi ifoda birdaniga oʻzgardi, uning nigohida keskin eʼtiroz paydo boʻldi Buni qabul qila olmayman Bu zal men uchun nimani anglatishini yaxshi bilasiz. Dadam bu joyni oyim uchun maxsus qurdirgan Uni hech qachon boshqa maqsadda ishlatib boʻlmaydi.
Namsu xonim Mingsyuga sovuq tikildi — Siena zali — mehmonxonaning bir qismi. Hozirda daromad keltirmaydigan bino ortiqcha muammo. Men shunday fikrdaman.
— Balki bu siz uchun shunchaki ortiqcha muammodir, — dedi Mingsyu ovozi titrab. — Lekin men uchun bu zal... ota-onamdan qolgan yagona va eng muqaddas xotira.
Nari bu vaziyatdan ich-ichidan quvonib, gʻolibona jilmayib qoʻydi.
Namsu xonim vaziyatni yumshatmoqchi boʻlgandek soʻradi — Kechki ovqatni birga qilishga nima deysizlar?
— Vaqtim yoʻq, — Mingsyu ularga qayrilib ham qaramay, ichkariga kirib ketdi.
Mingsyu mehmonxonadan chiqib, shoshilinch ravishda mashinasiga oʻtirdi. Rulni ushlagancha yoʻl boʻyi oʻyga tolardi. Koʻz oldidan Inhoning daxshatli nigohi, mehmonxonada yiqilib yigʻlagan oʻsha kichkina qizaloq va Namsu xonimning sovuqqonlik bilan aytgan gaplari ketmasdi. U insonlarga yaqinlashishdan va ularni yoʻqotishdan qanchalar qoʻrqardi...
Tun Mingsyu uyida yolgʻiz kechki ovqatni tanavvul qildi. Soʻng akvariumdagi baliqlariga ovqat tashladi, stolda yoyilib yotgan pazllarni birma-bir yigʻib chiqdi. Nihoyat, xona burchagida turgan kichik chodir ichiga kirib, oʻzini xavfsiz his qilishga urinib, uxlab qoldi.

Shovqinli qahvaxonada Dawoon, Hamin va Jungkook stolda oʻtirib ichishardi.
Hamin oldidagi ovqatga qarab ensasini qotirdi — Sizlarga necha marta aytishim kerak? Vaqti-vaqti bilan xom baliq ham yeb tursak boʻlmaydimi? Doim tovuq goʻshti va ichak-chavoq yeymiz Bunga ortiq chiday olmayman.
Dawoon kosasidan shoʻrva hoʻplab, eʼtiroz bildirdi — Nima deyotganingizni oʻzingiz ham bilmaysiz, Hamin Eng mazalisi va toʻq tutadigani mana shu ichak-chavoq boʻladi.
— Yogʻli ovqatlarni koʻp yeyish sogʻliqqa zarar. Sogʻligʻingizga biroz eʼtibor bering.
Jungkook bir chetda indamay oʻtirardi. U birdan Dawoonga qaradi — Aytgancha, Dawoon... kuniga nechta vitamin ichasiz?
Dawoon jilmayib javob berdi — Avval oʻn ikkita ichardim, endi oʻn toʻrttaga oshirdim Agar bizga oʻxshagan davlat xizmatchilari uzoqroq yashab, nafaqa olishni xohlashsa, sogʻligʻiga hozirdanoq eʼtibor berishi kerak.
Kutilmaganda qahvaxonadagi devorga osilgan televizorda jurnalistning ovozi yangrab qoldi.
Professional golf ustasi Park Sonje shu hafta boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatida ijtimoiy eʼtirozlarga qaramay ishtirok etadi. U marhuma sevgilisining qotilligida asosiy gumonlanuvchi sifatida eʼlon qilingan edi, lekin sud tomonidan aybsiz deb topildi. Hukm eʼlon qilinishi bilan u zudlik bilan mashgʻulotlariga qaytdi va endilikda oʻz sport natijalarini yaxshilashga bor eʼtiborini qaratmoqda...
Jungkook televizorga tikilgancha tishlarini gʻichirlatdi.
Mingsyu kutilmaganda vahimali sezgidan uygʻonib ketdi.
Chodir tashqarisida, zulmat ichida qora va ulkan soya paydo boʻldi. Oʻsha soya sekin qoʻlini chodir matosiga qoʻydi va uni taqillata boshladi.
Mingsyu choʻchib, darhol oʻrnidan turib ketdi. Yuragi koʻkragidan chiqib ketgudek urardi.
Birdan haligi soya gʻoyib boʻldi. Ammo xonadagi qandil oʻz-oʻzidan qattiq silkina boshladi Televizor ham, oʻz-oʻzidan yonib ketdi. Bir necha soniyalik dahshatdan soʻng... hammasi toʻxtadi. Qandil harakatsiz qoldi, televizor oʻchdi.
Mingsyu atrofga xavotir bilan qaradi. Kutilmaganda chodirning zamogi sekin, gʻijirlab pastga tortila boshladi.
Mingsyu ortiq chiday olmadi. U chodir ichidan otilib chiqib, xona oʻrtasida baland ovozda baqirib yubordi — Agar zamok bilan oʻynamoqchi boʻlsang, bittada tortib qoʻya qol Oz-ozdan tortib, meni qoʻrqitib yubording Yoki shunchaki taqillat.
U zarracha ikkilanmay borib chiroqni yoqdi.
— Mayli, men kettim Ketyapman — dedi u
Shu soniyada Mingsyuning miyasida oʻtmishda oʻzi borgan oʻsha shaman ayolning soʻzlari aks-sado berdi.
Sen oʻlim yoqasidan qaytgansan... Ularning aytganini qil. Ruhlar bilan muloqot qil, ularga yordam ber Ularning iltimosini bajarish va xalos etish — sening bu dunyoda tirik qolishingning yagona yoʻli...
Mingsyu chuqur xoʻrsinib, ustidagi kiyimlarini tezda almashtirdi va eshik tomon yurdi.
— Eʼtiborsiz qoldirish toʻgʻri emas... lekin yordam berish ham bir muammo, — pichirladi u. Soʻng xona burchagidagi koʻrinmas sharpaga qaradi Boʻlaqol, kettik.
Jungkook va Hamin mastlikdan oyoqda zoʻrgʻa turgan Dawoonni ikki tomondan sudrab, qahvaxonadan olib chiqishdi.
Dawoon oyoqlarini chalishtirib, gʻulduradi — Shoshmanglar... Yana bitta shisha yana bitta.
Jungkook uni mahkamroq ushlab, xoʻrsindi Xotiningiz bilsa, meni oʻldiradi,
— Yoʻq oʻldirmaydi yana bir soat — Men unga kech qolaman deb aytganman. U esa tushunganini aytib, xabar yubordi.
Hamin eʼtiroz bildirdi — Qoʻysangizchi Xotiningiz hech qachon bunday demaydi.
— Nega ishonmaysizlar? Hozir xabarni koʻrsataman — Dawoon choʻntagini kavlay boshladi.
— Yoʻq, yoʻq, shart emas — Hamin darhol uni toʻxtatdi.
Dawoon birdan gʻoya kelgandek quvnab ketdi Yaxshisi, ikkalangiz ham biznikiga boringlar Xotinimni ancha vaqtdan beri koʻrmadingiz-ku. Men unga Azizam, mehmonlarga nimadir tayyorlab ber deyman.
Jungkook kulib qoʻydi — Xotiningizni yaqinda koʻrdik.
Hamin yoʻldan oʻtayotgan taksini koʻrib qoldi — Taksi keldi Uni ushlab turing — u koʻchaga yugurib chiqdi.
Dawoon yana yolvordi — Yana bir soatgina qolaylik... Shoshmanglar Yolgʻiz borsam, aniq tarsaki yeyman...
— Yoʻq, u sizni urmaydi, — Jungkook uni zoʻrgʻa taksining orqa oʻrindigʻiga oʻtqazdi. Hamin ham tezda uning yoniga oʻtirdi.
Jungkook choʻntagidan pul olib uzatdi — Boʻldi, endi uyga ketinglar. Mana sizlarga taksi puli.
U eshikni yopishi bilan mashina oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Jungkook uning ortidan qarab — Qachon toʻxtashni bilmaydi-ya... — deb qoʻydi.
Jungkook oʻziga biror narsa olish uchun yaqin oradagi kichik doʻkonga kirib ketdi. doʻkon yoniga bir qora mashina kelib toʻxtadi. Undan ikki erkak tushdi. Ulardan biri birdan yugurib ketdi. Ikkinchisi hayron boʻlib soʻradi.
— Hojatxonaga — deb javob berdi u va binoning orqasiga oʻtib ketdi.
— Tezroq qayt — Sherigi gʻuldurab, doʻkon ichiga kirdi.
Jungkook peshtoqlarga tikilib turardi Nima olsam ekan?
Biroz avval kirgan haligi erkak Jungkookning yonidan oʻtib, muzlatgichni ochdi. Jungkook beixtiyor uning poyabzaliga koʻz tashladi — u tuproq va changga belangan edi. Kostyumida ham tuproq izlari bor Erkak bir idishda suv olib, kassa tomon yurdi.
Tashqarida esa Mingsyuning mashinasi doʻkon yoniga kelib toʻxtadi. U yonidagi oʻsha qora mashinaga tikildi Shu mashinami?
Mashina egalari yana oʻz mashinalariga oʻtirishdi. Mingsyu ikkilanib oʻtirardi.
— Lekin men politsiya xodimi emasman... Hech narsa qilolmayman-ku.
U baribir oʻzini toʻxtata olmadi. Mashinadagi kepka va niqobni kiyib, pastga tushdi. Kichik telefon butkasiga kirib, qoʻngʻiroq qila boshladi.
Shu soniyada haligi qora mashina orqaga harakatlanayotib, kutilmaganda Mingsyuning toʻxtab turgan mashinasiga qattiq urildi.
Doʻkondan chiqayotgan Jungkook qarsillagan ovozni eshitib, zudlik bilan oʻsha tomonga qaradi.
Mingsyu baqirib yubordi — Bu nimasi?
Qora mashina haydovchisi koʻzgudan ortiga qaradi-da Jin ursin degancha darhol oldiga yurib ketdi. Ammo u shunchalik shoshilgan ediki, yoʻldan koʻchani kesib oʻtayotgan yuqori sinf oʻquvchisini koʻrmay qoldi Mashina qizni urib yuborishiga bir bahoya qoldi.
Jungkook chaqqonlik bilan u tomonga otilib, qizni yoʻl chetiga tortib oldi. Ikkisi ham yerga yiqilishdi.
— Yaxshimisiz? — soʻradi Jungkook xavotir bilan.
Qiz hayratdan qaltirab — H-ha... — deb javob berdi.
Mingsyu buni koʻrib, goʻshakni tashladi-da, oʻz mashinasiga yugurdi. Kamarni taqib, endi kalitni buraganida... kutilmaganda old eshik ochilib, Jungkook uning yoniga oʻtirib oldi.
— Tezroq haydang — baqirdi Jungkook.
Mingsyu shoshib qoldi — Kimsiz? Nega mashinamga oʻtirdingiz?
— Ularning mashinasi odam urib qochib ketdi Men yordam berishim mumkin, xavotir olmang.
Mingsyu ensasini qotirib, unga qaradi — Meni xavotir olyapti deb kim aytdi?
Jungkook ham uning yuziga tikilib, birdan tanib qoldi — Nima?.. Sen bu yerda nima qilyapsan?
— Oʻzing mashinamga soʻramay oʻtirding-ku Bu — noqonuniy — dedi Mingsyu.
— Avval mashinani oʻt oldir, keyin senga yordam beraman.
— Nega tinmay yordam beraman deyaverasan? Oʻzim hal qila olaman, mashinamdan tush.
Jungkook oldindagi qora mashinadan koʻz uzmay dedi — Bu ikkisi juda shubhali koʻrinyapti, tushundingmi? Ulardan ichkilik hidi kelyapti.
— Shubhali boʻlsa, oʻz mashinangda kuzat.
— Qoʻlimdan kelsa shunday qilardim Mast holatda mashina hayday olmayman, men qandaydir telba emasman — Jungkook choʻntagidan xizmat guvohnomasini chiqarib koʻrsatdi. — Men — prokurorman Tergovga yordam berayotgandek tasavvur qil.
Mingsyu jilmaydi — Ular hozir keyingi chorrahada qizil chiroqda turishibdi..
Jungkook ajablanib soʻradi — Buni senga kim aytdi?..
U shubha bilan mashinaning boʻsh orqa oʻrindigʻiga qarab qoʻydi. Mingsyu esa ortiqcha tortishib oʻtirmay, gazni bosdi.

Jungkook & Mingsyu
Jungkook va Mingsyu keyingi chorrahaga yetib kelishdi. Qora mashina haydovchisi koʻzgudan ortiga qarab, ensasini qotirdi — Voy, bu men biroz avval urib yuborgan mashina emasmi?
Jungkook rostdan ham oʻsha mashina qizil chiroqda toʻxtab turganini koʻrib, tan berdi — Haq ekansan...
Qora mashinadagi sherik ortiga qarab, Mingsyuning mashinasi yaqinlashib kelayotganini koʻrdi-da, haydovchining yelkasiga turtib baqirdi — Tezroq hayda.
Mashina oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Jungkook zudlik bilan yoʻnalish koʻrsata boshladi — Shu yerdan chapga bur Men eng qisqa yoʻlni bilaman.
Mingsyu esa boshini chayqab, rulni keskin burdi — Yaxshi, shu yerdan oʻngga burilamiz.
— Nima? Nega oʻngga burilding? Senga chapga buril dedim-ku — Yaxshi, unda anavi yerdan oʻngga buril.
— Endi qayerga? Chapgami? — Mingsyu mashinani yana chapga burdi.
Jungkook peshonasiga urdi — Nima, meni eshityapsanmi oʻzi?
— Aniqmi? Avval oʻngga, keyin chapga? — Mingsyu yonidagi koʻrinmas ruh bilan tortishishda davom etardi.
Jungkook tutaqib ketdi — Hazillashyapsanmi? Qachon oʻngga, keyin chapga deb aytdim? Men senga chapga, keyin oʻngga, yana oʻngga buril dedim
Mingsyu sabri chidamay, baqirib yubordi Ikkalang ham jim boʻl Ikkalang ham baqirsang, eʼtiborimni jamlay olmayman.
Chorrahada qizil chiroq yondi. Mingsyu tormozni bosib, mashinani toʻxtatdi.
Jungkook umidsizlanib qoldi — Ularni yoʻqotib qoʻydik... Bu yerda hech qanday jamoaviy ish yoʻq, sen shunchaki halaqit beryapsan.
— Biz jamoa emasmiz, — dedi Mingsyu va ularni yoʻqotganimiz ham yoʻq. Bu yerdan keyin toʻgʻri qisqa va aylanma yoʻl borligini aytyapti... Yaʼni, aytyapman.
Jungkook shubha bilan ortga qaradi. Boʻsh orqa oʻrindiq... hech kim yoʻq. U kim bilan gaplashyapti oʻzi? — deb oʻyladi ichida.
Yashil chiroq yonishi bilan Mingsyu yana gazni bosdi.
— Bu yoʻl... — Jungkook xavotirlanib atrofdagi qorongʻu koʻchalarga qaradi.
Mingsyu mashinani keskin yon tomonga burdi. Jungkookning koʻzi salonda osilib turgan kichik oʻyinchoq Ajdahoga tushdi. Birdan uning miyasida Lilining ogohlantirishi aks-sado berdi Ajdaho yilida tugʻilgan qizlardan uzoqroq yur.
Jungkook tomoq qirib, pichirladi — Bu jahannamga olib boradigan yoʻlga oʻxshaydi...
Mingsyu buni eshitib, istehzo bilan kulib yubordi.
— Biroz ehtiyot boʻl Seni mashina haydashing... — Jungkook gapini tugatmasidanoq, mashina katta shosse yoʻliga otilib chiqdi.
Oldinda oʻsha qora mashina koʻrindi. Mingsyu uning ketidan quvib yetib, taʼqib qila boshladi. Qora mashina haydovchisi koʻzgudan Mingsyuning avtomobilini koʻrib, basharasini burishtirdi — Bu yaramas yaxshigina kuzatyapti-ku — u tezlikni oshirdi.
Mingsyu ham ikkilanmay gaz pedalini oxirigicha bosdi.
— Ulardan oʻzib ketyapsan, boshqa yoʻlakka oʻt — dedi Jungkook.
Mingsyu keyingi yoʻlakka oʻtdi. Qora mashina haydovchisi u tomonga qarab, masxaralagan kabi jilmaydi.
— Tezlikni oshir Yoʻl oxiri koʻrinyapti — baqirdi Jungkook. — Toʻxta.
Mingsyu chaqqonlik bilan oldinga oʻtib, narigi mashinaning yoʻlini koʻndalangiga toʻsib qoʻydi. Qora mashinadagilar tormozni zoʻrgʻa bosib, baqirib yuborishdi — Bu jinni-ku.
Jungkook koʻzlari chaqnab, baqirdi — Uddaladik Besh tashla.
Lekin Mingsyu unga qayrilib ham qaramadi. Orqadagi mashina haydovchisi va uning sherigi jahl bilan mashinadan tushishdi.
Jungkook holatni baholab, Mingsyuga yuzlandi — Eshikni qulflab, mashina ichida oʻtir.
U zudlik bilan mashinadan tushdi. Mingsyu uning ortidan baqirdi— Ehtiyot boʻl.
Jungkook jilmaygancha oldinga bordi — Zoʻravon boʻlish uchun yaxshi quroling boʻlishi kerak, toʻgʻrimi?
Ulardan biri mashinasidan temir bolgʻa olib chiqdi.
Jungkook ularga yaqinlashib, eʼtiroz bildirdi — Sen faqat odam urib qochib yurmaysan, shundaymi? Hech boʻlmaganda odamlarni oʻmarmaysan deb oʻylagan edim...
Ikkisi bir vaqtda Jungkookga tashlandi Jungkook ularning tartibsiz zarbalariga chaqqonlik bilan chap berdi va birining yuziga kuchli musht tushirdi.
Mingsyu mashinada oʻtirgancha ularning jangini kuzatib turardi.
Jungkook ikkinchisiga ham ogʻir zarba berdi. Bolgʻa ushlagan qoʻlini ortga qayirib, yelkasidan oshirib yerga qulatdi.
Birinchisi qaddini rostlab, yana Jungkookga otildi. Jungkook uning qoʻliga tepdi — qoʻlidagi pichoq yerga uchib ketdi. Ammo u Jungkookni mashina kapotiga tirab, boʻgʻa boshladi. Jungkook bor kuchi bilan uning yuziga musht tushirib, yerga yiqitdi — Seni joying — qamoqda.
Mingsyu mashinadan tushib, beysbol bitasi bilan uning boshiga qattiq urgan edi.
Jungkook yerda oʻtirgancha, hayrat bilan Mingsyuga qaradi. Toʻgʻri... janglarda hammasi qurolga bogʻliq.
Jungkook yerdan turish uchun qoʻlini uzatdi — Menga yordam berasanmi?
Mingsyu uning yoniga kelib, bitaning dastasini uzatdi. Jungkook bitadan ushlab oʻrnidan turmoqchi boʻlganida, Mingsyu uni biroz qattiqroq oʻziga tortib yubordi. Natijada Jungkook muvozanatni yoʻqotib, Mingsyuga juda yaqin kelib qoldi.
Ikkisi bir soniya bir-birining koʻzlariga tikilib qolishdi. Mingsyu Jungkookni ortga itarib yubordi.
— Agar voqea joyidan qochib ketish boʻyicha guvoh kerak boʻlsa, menga qoʻngʻiroq qil.
Mingsyu: Avval ishingni tugat, u qora mashinaning yuk xonasiga ishora qildi.
Jungkook shubha bilan borib, qora mashinaning yuk xonasini ochdi. U yerda qoʻl-oyogʻi bogʻlangan, hamma yeri qonga belangan bir erkak yotardi.
Jungkookning koʻzlari kattalashib ketdi Nima...?
Birozdan soʻng voqea joyiga tez yordam va politsiya mashinalari yetib keldi. Ekspertlar jasadni zanbilga ortib, tez yordam mashinasiga olib chiqishardi.
Oʻsha halok boʻlgan erkakning ruhi esa bir chetda mahzun qarab turardi. U sekin oldinga oʻgirilib, Mingsyuga qaradi.
Mingsyu unga pichirladi — Jannatda koʻrishguncha.
Erkakning ruhi Mingsyuga minnatdorchilik bildirgandek tazim qildi va havoda gʻoyib boʻldi. Mingsyu uning ortidan sekin qoʻl silkidi.
Jungkook Mingsyuning yanada gʻalati harakatlarini kuzatib, pichirladi — Demak... bu shunchaki odam urib yuborish bilan bogʻliq emas...
Mingsyu oʻz mashinasiga oʻtirib, u yerdan uzoqlashdi. Jungkook esa uning ortidan alanglab qolar ekan, miyasida faqat bir fikr aylanardi Buning iloji yoʻq...
Jungkook uyiga kirib keldi. Chiroq tugmasini bosib, xonani yoritdi va charchagan holda charm portfelini stol ustiga qoʻydi. Muzlatgichdan bir shisha sovuq suv olib, qopqogʻini ochayotganida — gurs etgan ovoz eshitildi. Uning portfeli ancha nariga, yerga tushib ketgan edi.
Jungkook hayron boʻlib atrofga qaradi. Deraza biroz ochiq turardi va tungi shabada parda bilan oʻynashardi. U qoshlarini chimirdi — U aslida kim?.. U arvoh emas, lekin qayerga borsam, oʻsha yerda paydo boʻladi...
U yerga egilib, portfelini qayta olib stol ustiga qoʻydi. Ammo orqasiga oʻgirilib, suvdan bir hoʻplam yutishi bilan portfel yana sirli ravishda yerga quladi. Jungkook ajablanib, portfelni qoʻliga oldi va uni har taraflama tekshirib koʻrdi — Bunga nima boʻldi oʻzi?...
Tong otib, quyosh nurlari shahar koʻchalarini yoritdi. Jungkook odatdagidek koʻcha boʻylab yugurib, mashq qilardi. uning yonidan shoshilinch ravishda Mingsyu oʻtib ketdi. Jungkook unga qarab, qadamini sekinlatdi Iye?..
Biroz oʻtmay, Mingsyu yana uning yonidan yugurib oʻtdi Jungkook koʻzlariga ishona olmay, toʻxtab qoldi — Jin ursin, nima boʻlyapti oʻzi?
Hali oʻziga kelmasidan, Mingsyu uchinchi marta uning yonidan oʻtib ketdi. Jungkook chiday olmay baqirib yubordi — Nima boʻlyapti bu yerda?
U tezlik bilan oldinga yugurdi. Roʻparasidan yana Mingsyu chiqib kelganida, Jungkook qoʻrqib joyida qotib qoldi. Soʻng oʻzini qoʻlga olib, uning ortidan chopib borib, qoʻlidan tutib oʻziga qaratdi — Toʻxta.
Uning qarshisidagi qiz birdaniga... Haminga aylanib qoldi Hamin unga qarab, jilmaydi— Prokuror Jeon...
— Aaa — Jungkook baqirib, uygʻonib ketdi U oʻz toʻshagida, terga botgancha yotardi. Bu shunchaki tush edi.
U nafasini rostlab, peshonasidagi terni artdi va gʻulduradi — Bu nimasi? Nega tushimga u kiryapti oʻzi?..
Jungkook oʻzini yana yostiqqa tashlab, shiftga tikilgancha yotib qoldi.
Ertalab Jungkook ishxonasiga kirib keldi. Dawoon uni koʻrib, tabassum qildi — Xayrli tong,
— Salom, — dedi Jungkook kayfiyatsizgina.
Dawoon unga yaqinlashib, ehtirom bilan dedi — Prokuror Jeon.
— Nima?
— Yoʻqolgan taksichi ishida qoʻlga olinganlar qotillikda gumonlanmoqda. Ularni qanday qilib bunday tez ushlashga muvaffaq boʻldingiz?
Jungkookning koʻz oldida Mingsyuning beysbol bitasini ushlab turgan qiyofasi gavdalandi. U chuqur xoʻrsinib, gapni burdi — Ularni ushladik, eng asosiysi shu... Xoʻsh, oʻrmondagi jasad boʻyicha kuzatuv kameralari yozuvlari nima boʻldi?
Dawoon stolidagi kompyuterga ishora qildi — Oʻsha ish boʻyicha bir narsa meni rosa oʻylantirib qoʻydi. Qurbonning telefoni yonishidan roppa-rosa 30 daqiqa avval kimdir taksafondan qoʻngʻiroq qilgan. Ular menga oʻsha taksafon kamerasidagi kadrni joʻnatishibdi, mana.
U ekranga bir suratni chiqardi. Suratda yuzi koʻrinmagan, sirli bir qizning faqat orqa tomondan tushgan tasviri bor edi.
— Faqat orqadan koʻrinyapti, yuzini aniqlashning iloji yoʻq, — dedi Dawoon yonida turgan Hamin suratga tikilib, birdan baqirib yubordi — Bir daqiqa.
Dawoon ajablandi — Nima boʻldi, Hamin?
— Krassovkalar Ularni yaqinlashtira olasizmi?
Dawoon tugmani bosib, suratdagi qizning poyabzalini kattalashtirdi. Hamin koʻzlari chaqnab, stolga egildi — Ularni qayerda boʻlsa ham taniy olaman Qanday qilib ularni olgan ekan-a?..
Dawoon tushunmay soʻradi — Nimani?
— Bu brendni bilmaysizmi? Axir bular juda qimmatbaho-ku.
— Bir juft krassovka qanchalik qimmat boʻlishi mumkin? Oddiy oyoq kiyim-ku, — dedi Dawoon yelka qisib.
— Kamida oʻn million von turadi — deb baqirdi Hamin.
Hamin gʻurur bilan tushuntira ketdi — Bu — Balenciaga va Nike hamkorligida yaratilgan juda cheklangan kolleksiya Butun Koreyada bor-yoʻgʻi uchta sotilgan, xolos.
Jungkook suratga qaradi-da, pichirladi — Men ularni qayerdadir koʻrganman...
Hamin unga istehzo bilan qaradi — Koʻrmagan boʻlsangiz kerak. Bunga qurbi yetadigan odamni tanimaysiz-ku Bularning soxtalari ham juda koʻp.
Jungkook Haminning ust-boshiga qarab, jilmayib qoʻydi — Kiyimingiz ham soxtaga oʻxshaydi-ku.
— Nima? — Haminning jahli chiqdi.
Bir ozdan soʻng Hamin qoʻlida bir necha varaq hujjat bilan xonaga kirib keldi — Oʻsha krassovkalarni sotib olgan uch kishi haqida surishtirdim. Biri bir oy avval AQShga uchib ketgan ekan. Yana biri olti oy avval firibgarlik uchun qamalgan. Uchinchisi va oxirgisi esa... biroz...
Jungkook shoshiltirdi — Biroz nima?
Dawoon boshini chayqab, dedi — Ularni tekshirishdan baribir foyda yoʻq,
Hamin hujjatni Jungkookka uzatdi. Jungkook uni qoʻliga olib, sinchiklab oʻqiy boshladi.
Dawoon hujjatdagi maʼlumotlarni birma-bir oʻqib berdi — Sheng Mingsyu — Reina Group merosxoʻri, mamlakatdagi beshinchi yirik ishbilarmon ayol va eng hashamatli mehmonxona prezidenti. U odamlar bilan uchrashishni umuman yoqtirmaydi, shuning uchun rasmiy yigʻilishlarda ham kamdan-kam koʻrinish beradi. Faqat bir nechta asosiy mehmonxona rahbarlarigina uning qanday koʻrinishini bilishadi. Shuning uchun, prokuror Jeon... u yerga tintuv ordersiz borsangiz, uni koʻrishingizdan avval soqchilar sizni haydab yuborishadi.

Jungkookning mashinasi Reina mehmonxonasining muhtasham kirish qismi yonida toʻxtadi. Mashinadan tushgan Jungkook boshini koʻtarib, osmonoʻpar va oʻta hashamatli binoga hayrat bilan tikildi. Soʻng oʻzini qoʻlga olib, ichkariga kirdi.
Marmar toʻshalgan keng va dabdabali vestibyulda turgan xodimning yoniga borib, guvohnomasini koʻrsatdi — Salom. Men Seul markaziy prokuraturasidan prokuror Jeon Jungkook boʻlaman. Prezident Sheng bilan uchrashmoqchiman.
Eshik yonida turgan xodim unga ajablanib qaradi va xushfeʼllik bilan javob berdi — Kechirasiz, siz Prezident xonim bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shaxsiy uchrashuv talab qila olmaysiz.
— Unda nima qilishim kerak? — soʻradi Jungkook.
Xodim tushuntira boshladi — Agar kotibiyatga rasmiy soʻrov yuborsangiz, buni koʻrib chiqib, sizga belgilangan tartibda javobini aytishadi...
Zinadan pastga tushib kelayotgan Mingsyu kutilmaganda Jungkookni koʻrib, joyida toʻxtab qoldi. Jungkook xodimga Rahmat deb qoʻydi-da, tezlik bilan oldinga yurdi. Mingsyu esa uni payqab qolishidan qoʻrqib, darhol yon tomondagi yoʻlakka qayrilib ketdi.
Mingsyu oshxonadan shoshilinch ravishda oʻtib borarkan, uning atrofidagi barcha oshpazlar birdek tazim qilishdi — Salom, Sheng xonim.
Uning ortidan yetib kelgan Jungkook ham oshxonaga otilib kirdi va atrofga alanglab, oshpazlardan soʻradi — Pushti kiyimdagi ayolni koʻrmadingizmi?
Oshpazlar hayron boʻlib — Yoʻq... — deb javob berishdi.
Mingsyu ortiga qarab, qadamlarini tezlashtirdi Nega u ortimdan kelyapti? Bu qanaqasi boʻldi?
Jungkook oshxonadan chiqib, uzoqroqda ketayotgan Mingsyuni koʻrib qoldi va darhol ortidan chopdi — Shunchalik ham tez yuradimi bu yaramas?
Mingsyu xonalardan biriga kirib ketdi. Jungkook ham ikkilanmay uning ortidan kirdi. Mingsyu zinalardan yuqoriga yugurib koʻtarildi, Jungkook ham toʻxtamay ergashdi — Nega bu mehmonxona bunchalik katta? Hoy, shoshma, gaplashib olaylik Nega bunchalik zinalar koʻp?
Mingsyu xavotir bilan atrofga qarab, yoʻlakdagi xonalardan biriga kirdi. Jungkook yetib kelib, boʻsh yoʻlakka qaradi — Qayerga gʻoyib boʻldi u?..
Xona ichida turgan Mingsyu eshikka quloq tutib, pichirladi — U bu yerga kirmaydi... Nimalar boʻlyapti oʻzi?
Birdan eshik ochildi-yu, Jungkook xonada paydo boʻldi Mingsyu shoshib xona oxiridagi ulkan shkaf ortiga yashirindi. Jungkook atrofga qaradi — hech kim yoʻq.
Mingsyu ichida xavotir bilan oʻylardi Nega men qayerga borsam, u ham oʻsha yerda paydo boʻladi? Meni taʼqib qilyaptimi?
Jungkook sekin xona oxiriga qarab yurdi. yoʻlakdan ikki xodim qizning suhbati va oyoq tovushlari eshitildi — Nega buncha kechga qolib ketding? Shunchaki soʻrayapman, ishdan boshqa rejalaring borligi uchun senga havasim keladi...
Jungkook shoshib qolib, oʻzini koʻziga tashlangan birinchi shkaf ichiga urdi va eshikni yopdi.
Xonaga ikki xodim qiz kirdi. Biri ikkinchisiga dedi — Sen ham uchrashuvga chiqishing kerak Tanishtirib qoʻyaymi? Aytgancha, kecha Sheng Mingsyuni koʻrdingmi? Stop masofa saqlang deb aytdi.
Ikkinchi qiz kulib yubordi — Xuddi oʻziga oʻxshatding U har doim shundaymi?
Birinchi qiz bosh irgʻadi — Ha. Bu yerda ishlayotganimga besh yil boʻldi, avval ham shunday edi. Yonida yiqilib tushgan bolaga ham eʼtibor bermadi U hamma narsaga eʼtiborsiz... Nima, mikroplardan qoʻrqadimi? Oʻzini xuddi Yevropa malikasidek tutadi. U — eng yomon odam Qaniydi arvohlar unga oʻxshagan kibrli odamlarni olib ketsa...
Ular gaplashib borib, aynan Mingsyu yashiringan shkaf ortiga yaqinlashib qolishdi. Kutilmaganda Mingsyu ularning qarshisidan chiqqanida, ikki qiz ham qoʻrqib baqirib yuborishdi — Sh-Sheng xonim?
Mingsyu ularga sovuq nigoh tashlab, indamay xonadan chiqib ketdi. Ikki qiz bir-biriga qarab, qotib qolishdi Endi nima qilamiz?..
Shu soniyada shkaf eshigi ochilib, u yerdan Jungkook otilib chiqdi Qizlar bu safar daxshatdan battar baqirib yuborishdi. Jungkook ularga eʼtibor bermay, tashqariga chopdi va yoʻlakka qarab — yugurib ketdi.
Mingsyu oʻzining xonasiga kirib, eshikni yopdi va chuqur nafas olib, kresloga oʻtirdi — Uni bu yerda nima ishi bor?..
Jungkook esa uzun yoʻlakda sarson boʻlib borardi — Qayerdaman oʻzi? Ishonchim komil, u shu tomonga ketdi...
Yoʻlak oxirida oltin harflar bilan Prezident Xonasi deb yozilgan muhtasham eshik turardi. Jungkook eshikka yaqinlashdi — Kimdir bormi?
Xona ichida bu ovozni eshitgan Mingsyu darhol oʻrnidan turdi. Jungkook tashqarida toʻxtab, atrofga qaradi Hech kim yoʻq-ku, bu nimasi?
Mingsyu Jungkook ichkariga kirmasidan oldin eshikni qulflab qoʻymoqchi boʻlib, qoʻlini tutqichga uzatdi. Ammo xuddi oʻsha soniyada Jungkook tashqaridan eshikni keskin ravishda ochib yubordi.
Mingsyu eshikning kutilmagan zarbidan muvozanatni yoʻqotib, orqaga yiqila boshladi.
Jungkook chaqqonlik bilan ichkariga otilib, uning qoʻlidan tutib qoldi...
Mingsyuning qoʻli sirgʻalib ketdi. Yiqilayotgan soniyada Jungkook uning belidan mahkam ushladi va oʻziga tortdi. Ikkisining nigohlari bir lahzaga toʻqnashdi. Biroq Mingsyu oʻzini darhol qoʻlga olib, Jungkookni bor kuchi bilan itarib yubordi.
Jungkook muvozanatni tiklab, stol ustidagi oltin rangli plashchaga qaradi Prezident Sheng Mingsyu.
U biroz istehzo bilan jilmaydi — Nega har safar uchrashganimizda qochib ketasan, Sheng xonim?
Mingsyu ust-boshini tartibga keltirib, sovuqqonlik bilan javob berdi — Men qochmadim. Shunchaki... sendan oʻzimni olib qochayotgan edim.
— Nega endi biror xavfli virusdek mendan qochasan? Aybing boʻlmasa, nega bunday qilasan?
— Aybsiz odamlar ham oʻzini olib qochishi mumkin, — dedi Mingsyu nigohini olib qochib.
Jungkook bir qadam yaqinlashdi — Ha... Boshliqman deb, hech kimni mensimaysanmi?
— Rostini aytsam, senga umuman toqatim yoʻq. Menda juda yomon taassurot qoldirding.
— Bu borada sen ham mendan qolishmaysan, Sheng xonim, — Jungkookning ovozi jiddiylashdi. Oʻrmondagi jasad haqida politsiyaga sen xabar bergansan.
Mingsyu qoshlarini chimirdi — Jinoyatchi qoʻlga olindi, jasad ham topildi. Bu haqida kim xabar bergani shunchalik muhimmi?
— Jinoyatchilar bir nechta boʻlishi mumkin Jasad aynan qayerdaligini bilganing juda shubhali.
— Nima, men jinoyatchining sherigimanmi? — Mingsyu achchiq kulib qoʻydi.
— Boʻlishi mumkin.
Mingsyu unga nafrat bilan tikildi — Xayolparast prokurormisan.
— Men bu yerga dalillar topish uchun keldim Jasad oʻsha yerda ekanligini qayerdan bilding?
Mingsyu eshik tomon yurdi — Savollaring tugadimi? Ketishing mumkin.
— Birorta ham savolimga javob bermading Soʻrashni nima keragi bor? Jasad u yerda ekanini qayerdan bilding, dedim — Jungkook uning yoʻlini toʻsmoqchi boʻldi.
Mingsyu toʻxtab, Jungkookga qaradi Aytishgandi.
— Kim aytdi?
— Arvoh.
Jungkook bir soniya qotib qoldi, soʻng jiddiy tortdi — Nima? Ustimdan kulyapsanmi?
— Ishonmasang, nega soʻrayapsan?
Jungkook ensasini qotirib, pichirladi Ruhlar bilan gaplasha oladigan folbinmisan yoki shaman? Ruh aytdi degani nimasi...
— Mingsyu — kutilmaganda eshik ortida baland ovozi yangradi. Eshik boʻsagʻasida Namsu xonim va uning yordamchisi paydo boʻldi.

Jungkook vaziyatni baholab, biroz orqaga chekindi. Tashqariga chiqarkan, ichida oʻziga oʻzi pichirladi Toʻgʻri qildimmi yoki oʻzimni sharmanda qildimmi?.. U koridor boʻylab ketayotganida, roʻparasidan Sonje kirib keldi. U Jungkookni koʻrib, qoshlarini koʻtardi — Bu yerda nima qilyapsiz, prokuror?
Jungkook qoʻllarini choʻntagiga solib, istehzo bilan dedi — Tintuv uchun bunday joylarga tez-tez kelib turaman.
Sonje atrofga mamnuniyat bilan qaradi — Nima deb oʻylaysiz? Juda hashamatli, toʻgʻrimi? Mehmonxonaning egasi — mening boʻlajak qarindoshim. boʻladi Sizga ham aʼzolik kartasi olib beraymi?
Jungkook uning koʻzlariga sovuq tikildi Koʻrinishidan mehmonxonalarga juda oʻch ekansan... Chan Inju ham mehmonxonada yoʻqolgan edi.
Sonjening yuzidagi tabassum bir soniyada yoʻqoldi — Nega uni qidiryapsiz?
— Chan Injuning jasadini qayerga yashirgan boʻlsang ham... baribir topaman,
— Tasavvuringiz juda keng ekan, prokuror Jeon, — dedi Sonje tishlarini gʻichirlatib.
Jungkook uning yelkasiga yengil qoqib qoʻydi Chiroyli kostyum... senga juda yarashibdi.
U burilib ketdi. Sonje esa ortidan gʻazab va nafratga toʻla nigoh bilan qarab qoldi.
Xona ichida esa Namsu xonim Mingsyuga eʼtirozli tikilib turardi — Ruhlar senga gapiradimi? Masalan... nimani?
Mingsyu nigohini olib qochdi — Hech narsa. Shunchaki hazillashdim.
Namsu xonim ogʻir xoʻrsindi — Shaman Begu oʻtkazgan marosim senga foyda bermadimi deyman...
— Unday emas, — dedi Mingsyu past ovozda.
— Oʻylamay ish qilma Allaqachon sen haqingda gʻalati mish-mishlar tarqalib boʻlgan.
Mingsyu hushyor tortdi — Qanaqa mish-mishlar?
— Seni shaman boʻlib qolganing haqida Menimcha, buni Inhoning oilasi oʻylab topgan. Ha, bu shunchaki raqobatni oshirish rejasi. Boshqa mehmonxonalardek, sening Reinangni rivojlantirish orqali oldinga yuraylik.
Mingsyu darhol oʻzining professional qiyofasiga qaytdi — Reina yangilanish va rivojlanish rejasiga qatʼiy amal qiladi. Boshqa filiallar ham xuddi shunday. Lekin brendga eʼtibor beradigan boʻlsak, tuzilmani oʻzgartirish uchun mutlaqo yangi gʻoya kerak.
Namsu xonim deraza yoniga borib, soʻzladi Men Siel Raymond mehmonxonasi haqida oʻylayapman. Ularning tanlagan rejasi menga maqul keldi. Siel Group oʻzining birinchi mehmonxonasini ochganida, xalqaro mehmonxonalar tarmogʻi boʻlmish Raymond bilan hamkorlik qilgan edi.
— Xalqaro mehmonxonalar tarmogʻi nafaqat Seulga, balki boshqa shaharlarga ham kirib keldi, — Mingsyu keskin eʼtiroz bildirdi. — Lekin men bu hamkorlikka qarshiman Nega shunchaki begona nom uchun ortiqcha toʻlov qilishimiz kerak?
Namsu xonim Mingsyuga qarab, qatʼiyat bilan dedi — Ular oʻtgan yili ochilgan boʻlsa-da, qanchalik rivojlanganini oʻzing ham bilasan. Bu haqida yaxshilab oʻylab koʻr, Mingsyu.
Jungkook mashinasida Seul koʻchalari boʻylab ketayotganida, telefoni baland jiringladi. U rulni bir qoʻllab ushlagancha, quloqchin tugmasini bosdi.
Qayerda boʻlardim, ofisga qaytyapman.
— Bugun ruxsat olmaganmiding? — soʻradi Lili eʼtirozli ovozda.
— Nega ruxsat olishim kerak? Meni dam olishga vaqtim yoʻq, ish juda koʻp.
Lili chuqur xoʻrsindi — Senga necha marta aytdim, Jungkook? Bugun buvimning tugʻilgan kuni. Uni ruhi uchun savob ish qilishing shart.
— Universitetga kirish uchun qoʻshimcha ball yigʻayotgan maktab oʻquvchisi emasman-ku, — dedi Jungkook istehzo bilan. — Yaxshilik degani chin dildan va xohlab qilinsagina foyda beradi.
Lili jiddiy tortdi — Bu nimasi? Yagona ukam menga umuman quloq solmaydi... Demak, meni opang sifatida koʻrmas ekansan-da?
Jungkook opasining koʻnglini ogʻritishni xohlamay, taslim boʻldi — Unday emas... Mayli, opa. Yoʻldaman, tushdan keyin javob olaman.
Birozdan soʻng Jungkookning mashinasi Seul chetidagi shaharchada joylashgan Mehribonlik uyining keng hovlisida toʻxtadi. U mashinadan tushib, yuk xonasini ochdi. Yuk xona turli-tuman rang-barang sharlar, ayiqchalar va oʻyinchoqlarga toʻla edi. U yerda oʻynayotgan bolalar uni koʻrib, qiyqirgancha yugurib kelishdi.
— Ehtiyot boʻlinglar, bolalar — Jungkook tabassum bilan ularga oʻyinchoqlarni ulashdi. — Avval shuni xohlayman degan eding, mana bu seniki.
— Oldinga oshir Qoch Nega bunday qilyapsan, qoidani buzyapsan-ku — baqirardi Jungkook bolalarga koʻrsatma berib.
Nihoyat, Jungkook darvozaga turdi. Bolalardan biri toʻpni bor kuchi bilan darvoza tomon oshirdi. Jungkook uni ushlab qola olmadi va toʻp toʻrga borib tushdi. Bolalar baqirib sakrashdi — Ushlab qola olmadingiz Biz gol urdik Omadsiz.
Jungkook magʻlubiyatni tan olgisi kelmay, kulib qoʻydi. Bolalar yana bir marta toʻpni yuqoriga tepishdi. Jungkook uni ushlash uchun sakragan edi, ammo toʻp uning qoʻlidan oʻtib ketib, bino ikkinchi qavatidagi derazaga urildi. Shisha parchalanib, toʻp xona ichiga tushib ketdi.
Yonida turgan tarbiyachi ustoz shoshilib oʻsha tomonga qaradi — Voy, ishlar chatoq Oynani almashtirganimizga bor-yoʻgʻi uch kun boʻlgan edi-ya...
Ustoz bosh irgʻadi — Ha, shunday.
— Zarari yoʻq, toʻpni oʻzim olib chiqaman,
— Lekin direktorning xonasi qulf-ku, bizda zaxira kalit yoʻq — dedi ustoz xavotirlanib.
Jungkook atrofga qaradi-da, chaqqonlik bilan ikkinchi qavat derazasiga tirmashib chiqdi. Ochiq qolgan shisha romini itarib, ichkariga sakrab tushdi. U yerda yotgan toʻpni olib, derazadan pastga qaradi va bolalarga baqirdi bolalar, toʻpni topdim.
Ammo shu soniyada, Jungkookning xayoliga toʻsatdan bir fikr urildi...
Jungkook ishxonasiga qaytishi bilan darhol Dawoon va Haminni stol atrofiga yigʻdi.
— Qiz yoʻqolgan vaqtda uning xonasi yonida yashagan barcha odamlarning roʻyxati bormi?
Dawoon hujjatlarni titkilay ketdi — Ha, bor.
Jungkook stolga egildi — Uning xonasi yonidagi, yuqorisidagi va pastidagi... Ularning kelib-ketish vaqtlari, kim bilan koʻrishgani — hammasini eng kichik tafsilotigacha qaytadan tekshiring
Dawoon jiddiy bosh irgʻadi — Tushunarli, prokuror Jeon.
Izohlar
0