Oradan 1, 2 soat vaqt oʻtdi, Soraning oyisi uni dugonasining uyida birga dars qilyabdi deb oʻylagan edi. Yarim soatdan soʻng Soraning dugonasi uni chaqirdi, oyisi chiqib qaradi, qarasa qizi yoʻq faqat dugonasi. Keyin dugonasi dedi:
-Assalomu aleykum, holajon yahshimisiz, Sora uydami chaqirib bera olasizmi birga dars qilmoqchi edik
-Yoʻq Sora hali kelgani yoʻq, u sen bilan emasmidi?
-Yoʻq men bilan emasdi
-Maktabdan birga qaytdingizmi?
-Ha birga qaytayotgan edik, mem shoshib doʻkonga oʻtib ketgan edim, Sora uyiga ketayotgandi.
-Unda qayerda boʻlishi mumkin
-Men keldi deb oʻylagan edim, qidirib koʻraylikmi?
-Mayli qarab koʻraylikchi
Ikkisi Sorani qidirsh uchun koʻchaga chiqib ketdilar, koʻchalardan, dugonalarining uylaridan, doʻkonlardan qidirishdi lekin hech qayerda yoʻq edi. Kech ham tushdi, anchagina kech boʻlib qoldi. Sorani oyisi dugonasiga:
-Qizim sen uyinga bor, oying havotir olayotgandir
-Lekin dugonamchi?
-Melitsiyaga habar beramiz
Soraning oyisi dugonasini uyiga joʻnatib yubordi. Soraning dadasi ham ishdan qaytgan edi. Soʻng oyisi hamma gapni aytib berdi, ular birga melitsiyaga topshirdilar. Ertasi kuni hamma qidirdi Ota-onasi ham melitsiyalar ham, lekin hech qanday darak yoʻq edi. Oradan 2 hafta oʻtdi. Soradan esa haligacha darak yoʻq edi. Ota-onasi esa uni oʻylab adoyi tamom boʻlishgan edi. Bir kuni ularni melitsiya chaqirdi va:
-Yana 1 hafta qidiramiz agar topilmasa ishni yopamiz, boshqa iloji yoʻq, topilmagan odamga vaqtimizni ketkaza olmaymiz
-Yoʻq iltimos qizimizni topaylik
-Holajon toʻgʻri tushuning, qizingiz topilmayabdi, bizni esa yana vaqtimiz ketadi boshqa ishlar ham bor
Soraning ota-onasi umidsiz holatda chiqib ketdilar. Oradan 1 hafta ham oʻtdi, lekin Sora haligacha yoʻq edi. Melitsiyalar ishni yopishdi. Lekin Soraning ota-onasi hali umidini uzishmaga edi. Oradan oylar oʻta boshladi, Soraning esa soyasi ham koʻrinmasdi. Onasi bunga chiday olmasdan vafot etdi. Otasi ham 1 yil arang yashadi, uyiga kelsa ayoli, qizi yoʻq, ularning kulgusi yoʻq. Otasi ham bunga chiday olmay 1 yildan soʻng vafot etdi. Hamma ularni yaxshi hotiralar bilan esladi. Soraning dugonalari ham uni yahshi hotiralar bilan eslashardi. Sora, uni qayerda, qanday holatda ekanini hech kim bilmas edi
Izohlar
0