2009-yil, 1-sentabr, Dushanba, Oʻzbekiston soat 05:30. Sora uygʻondi, u bugun hursand edi, chunki maktab boshlanishiga atiga 1 kun qolgandi. U uygʻonib yuz qoʻllarini yuvib, nonushta tayyorlay boshladi. Bu vaqt ichida ota-onasi ham uygʻondi ular birga nonushta qildilar. Sora endigina 8-sinfga oʻtgan, 13 yoshli oʻsmir qiz. Shu kunlarda u koʻp yigʻlayotgan edi, sababsiz, oddiygina soʻzlarga ham koʻzlaridan tim-tim yosh oqib ketar edi, ehtimol oʻsmir yoshda boʻlgani uchun oddiy gaplar ham unga ogʻir botayotgandir. U hozirda oʻzini taniy boshlayabdi. Sora-oddiylikni qadrlaydigon, drammatik, erkinlikni sevuvchi, yolgʻizlikni yoqtiradigon, hayotida ortiqcha narsalarga oʻrin boʻlmagan, dunyoni oʻrganishni hohlaydigon qiz. U bu yil yaxshi oʻqimoqchi, kelajakda Janubiy Koreyada, Yonsei Universityda oʻqishni maqsad qilgan. Unga Huquq yoʻnalishi yoqadi dedektiv boʻlishni orzu qiladi, va harbiy boʻlishni.
Sora ota-onasi bilan nonushta qilib boʻlgach oʻz ishiga shoʻngʻib ketdi. Dadasi esa ishga ketdi, oyisi ham oʻz ishlari bilan band boʻlib ketdi. Ertaga maktab boshlanadi, shu sababli Sora maktab uchun tayyorgarlik koʻrayotgan edi. U sochlarini juda yaxshi koʻradi. Doim sochlariga alohida vaqt ajratadi va parvarish qiladi. Sochlari malla rang, qoʻngʻiroqdek jingalak va judayam uzun. Shuning uchun u bugun ham sochlarini parvarish qilishga kirishdi. Kech tushdi, Soraning dadasi ishdan qaytdi. Birga ovqatlandilar, keyin esa Sora honasiga chiqib kitoblarini tayyorlab, kiyimlarini tayyorlab uhlashga yotdi.
Tong otdi, soati jiringlab Sorani uygʻotdi, soat 05:00, bugun maktab boʻlgani uchun u ertaroq uygʻondi. Nonushta qildi, ota-onasi hali uygʻonmagan. Sora tayyorlanib maktabga yoʻl oldi, soat esa 07:30, u eng yaqin dugonasini uyiga keldi soʻng ikkisi birga maktabga chiqib ketdilar. Maktabga kelishdi, odam unchalik ham koʻp kelmagandi. Ular honasiga kirishdi sinfdoshlari bilan salomlashdilar. Ancha vaqtdan soʻng oʻqituvchi kirdi, dars boshlandi. Odatdagidek darslar oʻtildi.
Darslari ham tugadi Sora va dugonasi birga uyga qaytishardi. Dugonasi uyiga yetib keldi soʻng hayirlashib kirib ketdi. Sora ham uyiga keldi, honasiga kirib sumkasini qoʻydi. Soʻng kiyimlarini almashtirib tushlik tayyorladi, onasi bilan birga tushlik qildilar. Kech tushdi, Sora darslarini tayyorladi soʻng uhlashga yotdi kunlar shu tarzda davom etar edi.
Oradan 2 hafta oʻtdi. Sora har doimgidek erta uygʻonib maktabga tayyorlandi. Soʻng dugonasini chaqirib yana birga ketishdi, lekin negadir bugun Sora uchun gʻalatidek tuyulgandi, u ahamiyat bermadi. Darslari tugadi doimgidek dugonasi bilan birga maktabdan qaytayotgan edi. Shu payt dugonasi:
-vooy esim qursin doʻkonga oʻtishim kerak edi, mayli koʻrishguncha oʻzing yetib olarsan
Degancha yugurib ketdi Sora gapirushga ham ulgurmadi. Soʻng oʻzi ketishda davom etdi, ketayotgan paytida bir ariq bor edi u yerdan suv oqar edi koʻprikga kelib turdi suvga biroz tikilib turdi. Shu payt boshini orqasiga kimdir urdi u hushini yoʻqotdi.....
Izohlar
0