2-BOB
METIYOR
Eldar ko‘zlarini ochdi.
Oq shift.
Oq devorlar.
Yonidagi tibbiy jihozlar.
U bir necha soniya shiftga qarab yotdi.
— Men qayerdaman?..
— Eldar!
Bu uning onasining ovozi edi.
Eldar boshini burdi. Onasi karavotining yonida o‘tirardi. Ko‘zlari qizarib ketgan.
— Oyi?
Onasi uning qo‘lidan ushladi.
— Bolam...
— Nima bo‘ldi?
Onasi bir zum gapira olmadi.
— Seni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqdim.
Eldar hayron bo‘ldi.
— Nega?
— Shifokorlar kuchli magnit ta’siridan hushdan ketganingni aytishdi. Uch kun uxlab yotding.
— Uch kun?!
— Ha.
Eldar atrofga qaradi. Shu payt muzeydagi voqealar asta-sekin yodiga tushdi.
Meteorit.
Binafsha nur.
Va keyin... hech narsa.
— Demak, uch kun o'tibdi...
Onasi uning qo‘lini yanada mahkamroq ushladi.
— Men juda qo‘rqdim, Eldar.
Eldar onasiga qarab kuldi.
— Qo‘yaqolingchi, oyi. Meni osonlikcha o‘ldira olmaysiz. O‘g‘lingiz juda kuchli.
Onasi kulimsiradi, lekin ko‘zlarida hali ham yosh bor edi.
— Hazillashma.
— Men yaxshiman-ku.
— Ha, hozir yaxshisan.
Eldar yana atrofga qaradi.
Shu payt u xonada yana bir qiz borligini sezdi.
Boshqa karavotda Náziya o'tirardi.
U Eldardan taxminan yarim soat oldin uyg‘ongandi. Náziya deraza tomonga qarab, quloqchin taqib olgan edi. U ota-onasini kutayotgan edi.
Eshik ochildi. Náziya darhol boshini ko‘tardi. Onasi kirib keldi. Qizning yuzida bir zumga yengil tabassum paydo bo‘ldi.
— Oyi...
Ammo onasining yuzi jiddiy edi.
— Yaramas qiz.
Tabassum darhol yo‘qoldi.
— Otang ikkalamizni xavotirga qo‘yding. Yana kasalxona xarajatlariga pul berishga to‘g‘ri keldi.
Náziya jim turdi.
— Bundan ko‘ra o‘lganing yaxshi edi.
Qiz boshini egdi. Onasi esa gapida davom etdi:
— Tur endi. Katta qiz bo‘lib qolding. O‘n sakkizga ham kirding. Seni tezroq uzatib, boshimdan xalos bo‘lsam edi.
Náziya javob bermadi. U quloqchinini yana taqdi. Musiqa boshlandi. Ammo bu safar musiqa ham onasining gaplarini butunlay yo‘qota olmadi.
Shu payt Náziya tasodifan Eldar tomonga qaradi. Eldar ham unga qarab turardi.
Ikki soniya. Faqat ikki soniya. Ammo ikkalasiga ham ancha uzoqdek tuyuldi. Keyin Náziya nigohini olib qochdi.
***
Bir oz vaqt o'tgach, Eldarning onasi uni uyiga olib ketdi.
Eldar uyga kirishi bilan to‘g‘ri xonasiga kirdi. Uning xonasi boshqalarnikidan biroz boshqacha edi. Stol ustida turli asboblar, simlar va detallar yotardi. Bir burchakda esa Eldar bir haftadan beri ustida ishlayotgan loyihasi turardi.
U stolga o'tirdi.
— Qani, davom etamiz.
U ishini tekshira boshladi. Bir necha daqiqadan keyin qoshlarini chimirdi.
— Qisqich...
U stol ustini qaradi. Yo‘q. Javonlarni tekshirdi. Yo‘q. Polga qaradi. Yana yo‘q.
— Qayerga qo‘ydim o‘zi?!
Eldarning jahli chiqdi. U bir haftadan beri shu loyiha ustida ishlayotgandi. Endi esa eng kerakli paytda oddiy qisqichni topa olmayotgan edi. U qo‘lidagi detalni stolga qo‘ydi.
— Voy...
Bir zumga loyihasini tashlab yuborgisi keldi. Ammo o‘zini bosdi.
— Qizishma, qizishma.
U chuqur nafas oldi.
— Bu shunchaki qisqich. Topsam bo‘ldi.
Shu payt...
Eldar kaftida nimanidir sezdi. U pastga qaradi. Qo‘lida qisqich turardi.
— Hm?
Eldar uni ko‘tardi. Ammo qisqich g‘alati edi. U oddiy metall emasdi. Qisqich qora, suyuqlikka o‘xshash moddadan hosil bo‘lgandi. Uning ichida ingichka qizil chiziqlar sekin harakatlanardi.
Eldar bir zum qotib qoldi.
— Bu nima?
U qisqichni tashlamoqchi bo‘ldi. Ammo qo‘li bilan birga harakatlanayotganini ko‘rdi.
Eldar ko‘zlarini katta ochdi.
— To‘xta...
U boshqa qo‘liga qaradi. Keyin yana qisqichga. U qo‘lini silkitdi. Qora modda ham harakatlandi.
Eldar asta qo‘lini oldinga uzatdi. Qora modda cho‘zildi. Uning shakli o‘zgardi. Bir necha soniyadan keyin qo‘lida qilich paydo bo‘ldi.
Eldar hayrat bilan unga qaradi.
— Rostdanmi?!
U qilichni bir necha marta aylantirdi. Keyin qilichni qalqonga aylantirdi.
— Buni ham qila olamanmi?
Qalqon yana yo‘qolib, qora modda qo‘liga qaytdi. Eldar endi yanada qiziqib ketdi.
— Unda...
U qo‘lini orqasiga uzatdi. Qora modda yelkasidan chiqib, orqasida ikkita katta qanot hosil qildi.
Eldar qanotlarga qaradi.
— Qanot?!
U derazaga qaradi. Keyin xona o‘rtasiga.
— Sinab ko‘ramiz.
U qanotlarini qoqdi. Keyingi soniyada oyoqlari poldan uzildi.
— VOY!
Eldar havoga ko‘tarildi. U devorga urilishiga sal qoldi.
— Ehtiyot!
U tezda pastga tushdi. Bir necha soniya jim turdi. Keyin kulib yubordi.
— Men uchyapman!
U yana havoga ko‘tarildi. Bu safar ancha yaxshi boshqardi.
Qora modda uning tanasining istalgan joyidan paydo bo‘lishi mumkin edi: qo‘lidan qilich, yelkasidan qanot, butun tanasidan zirh. Eldar buni birin-ketin sinab ko‘rardi. Unga bu juda yoqib qolgandi.
— Demak, xohlagan narsamni yasay olaman...
U qilichga qaradi.
— Faqat tasavvur qilishim kerak.
Eldar yana bir narsani sinab ko‘rdi. Qilichni qo‘lidan uzib, uzoqqa uloqtirmoqchi bo‘ldi. Ammo qora modda tanasidan uzoqlashishi bilan shaklini yo‘qotdi va yana qo‘liga qaytdi.
— Hmm...
Yana urinib ko‘rdi. Natija o‘sha.
— Demak, tanamdan ajrala olmaydi.
Bu biroz noqulay edi. Ammo Eldar baribir xursand edi. U qo‘lini yana bir marta qora modda bilan qopladi. Keyin to‘satdan o‘ylanib qoldi.
— Lekin bu qayerdan paydo bo‘ldi?
U muzeydagi voqeani esladi: Meteorit, binafsha nur, o‘sha g‘alati to‘lqin. Eldar meteoritni ko‘z oldiga keltirdi.
— Katta ehtimol bilan men bu qobiliyatni muzeydagi meteoritning binafsha nuridan oldim...
U qo‘lidagi qora modda ichidagi qizil chiziqlarga qaradi. Bir oz o‘ylanib turdi. Keyin jilmaydi.
— Hmm... demak, buni men...
Eldar qo‘lini ko‘tardi.
— METIYOR deb atayman.
Unga bu nom yoqdi.
— Ha. Metiyor.
Eldar yana qobiliyatini sinay boshladi. Ammo u hali Metiyorning eng xavfli tomonini bilmasdi.
Bir ozdan keyin u yaratgan narsa kutilmaganda boshqaruvdan chiqdi. Eldar darhol uni to‘xtatishga urindi. Ammo kech edi. Biror kishi jarohat oldi.
Eldarning kulgisi birdan to‘xtadi. U qo‘liga qaradi. Qora modda asta-sekin yana tanasiga qaytdi. Eldar qimirlamay qoldi.
Bir necha daqiqa oldin u uchun bu ajoyib qobiliyat edi. Endi esa u boshqa narsani tushundi: Metiyor kuchli edi. Juda kuchli. Va uni noto‘g‘ri ishlatsa... kimdir jarohat olishi mumkin edi.
Eldar boshini egdi. U endi bu qobiliyatni avvalgidek ko‘ra olmayotgandi. Ammo hali oldinda uni kutayotgan narsalar bundan ham g‘alati edi.
Izohlar
2Bu ramanmi yokiy hikoya menimcha raman tog'rimi 🙂