Bozkurt viloyatining tong pallasi har doim bir xil edi.
Avval it hurishi — kimningdir hovlisidagi qo'shnisi bilan adovat qilishga ulgurgan zag'izg'on ovoziga o'xshash, keyin tovuq qaqillashi, keyin non yopayotgan xotinlarning nonvoyxonadan ko'tarilgan gaplari. Va eng oxirida — temirchining bolg'asi. Bu Bozkurtning tong azoniga qo'shilgan o'ziga xos zang'i edi, shahar xalqi buning ustiga uyqudan uyg'onar, buning tagida esa ko'zlarini yumardi.
Ahmed esa bu tartibning o'zi edi.
Ko'chaning narigi boshidagi ustaxonada, kechadan qolgan cho'g'ni yana tiriltirib, yangi bir buyurtmaning yuzini isitib o'tirardi. Qo'llari tinimsiz ishlardi: bolg'a ko'tarilar, tushardi, metall sharpasi ko'cha bo'ylab tarqalardi. Ko'zlari esa — ko'zlari ancha vaqtdan beri boshqa joyda edi.
Oʼn sakkiz yil shu ish bilan shugʼullandi. Ahmed barmog'ini bukmasa ham bilar edi — shu ustaxonada, shu o'choq oldida, shu ko'cha boshida. Ustozi Mirzo — bu ishlarni unga oʼrgatgandi, Ahmed uni hech qachon to'liq ismi bilan atamasdi, shunchaki "ustoz" derdi — vafot etganida farzandi bo'lmagan, shuning uchun hammasini Ahmedga qoldirgan edi: ustaxona, asbob-uskunalar, ikki qilich va shu bilan birga bir umrlik majburiyat.
Qilichlar hali ham devorida osig'liq turardi. Biri uzun, biri qisqaroq. Ikkalasi ham Mirzoning qo'li bilan yasalgan, ikkalasi ham Ahmed tomonidan yillar davomida charxlangan. Hech qachon sotilmagan. Hech qachon sovg'a qilinmagan. Shunchaki — osig'liq. Dekoratsiya sifatida.
Ustozini aytishicha u bir vaqtlar Albion qitʼasidagi Westport qirolligida juda yaxshi ritsar boʼlgan ekan. Uning ustozi ikki qoʼlida qilichni bemalol ishlata olardi. Bu bilimlarini Ahmedga ham oʼrgatgandi, Ahmed bu bilimga juda qiziqib mukammal oʼrgangandi lekin undan foydalanmasa nima keragi bor deb oʼylardi baʼzida. Ustozi ham nega ritsarlikdan ketganiga ajablanarli, chuni u yerda yaxshi hayot va mansabi bor edida. Ustozi esa buni shunday oqlagandi Ahmedga, bir kuni qirol ularga qishloqda noqonuniy sehr oʼrganayotgan oilani oʼldirishni buyurgan, qirolga esa Oliy kengash tomonidan buyruq kelgandi. Ustozi Mirzo bu buyruqni bajarish uchun borganida oilada bir bolakay ham boʼlgan u juda yosh ekan, lekin topshiriq berilgan va bajarilishi shart edi. Butun oila yoʼq qilingan lekin Mirzo buni koʼtara olmagan va bu ishlardan uzoqlashishga qaror qilgan emish.
Ahmed bolg'ani bir lahza to'xtatdi. Ko'chaga qarab qoldi.
Bozkurt — Turon qirolligining Koktug shahriga tutash kichik viloyat — qadimdan savdo yo'lida turardi. Bir zamonlar, buyuk Turon xoqonligi shimoldan janubgacha cho'zilgan paytlarda, bu ko'cha Arzamir qit'asidan kelgan mollar o'tgan asosiy yo'l edi. Endi esa — dehqonlar, savdogarlar, ba'zida Westor tomonidan kelgan yo'lovchilar. Xolos.
Ahmed yana bolg'ani ko'tardi.
Zerikish degan narsa odamni g'alati qiladi. U sezmasdan boshlanadi — bir kuni ish qilasan, ish tugaydi, yaxshi. Ikkinchi kuni ham shunday. Uchinchi kuni ham. Minganchisida esa ko'zingni ochib qaraysanki, hammasi bir xil — bir xil o'choq, bir xil bolg'a, bir xil savdogarlar, bir xil narx bahsi. Va o'sha lahzada ichingda biror narsa aytadi: Bu hammasimi?
Ahmedga bu savol ancha oldin kelgan edi. U javob topolmagan. Shu sababli hali bu yerda edi. Ustaxonani sotib bu yerlardan ketishni choʼkib borayotgan Arzamir qitasi va Albion qitʼasini koʼrishni istardi.
· · ·
Bugun ham odatdagidek boshlandi.
Dehqon Sulton birinchi keldi — ketmon tillatib. Ahmedning qo'li ishlay turib og'zi ham ishlar edi:
"Sulton aka, bu ketmonni o'tgan safar ham tuzatib bergandim. Bu ketmongizni Arzamir choʼkishni boshlagandan beri ishlatasiz."
"Ha, shunday," dedi Sulton aka, ketmonni ko'zdan kechirib. "Lekin yana bir tuzatib bersang, Arzamir choʼkib boʼlgunigacha ishlataman."
"Va Yana shuni olib kelasiz."
"Yoʼq. Keyin sendan boshqa ketmon sotib olaman."
Ahmed bosh chayqadi. Savdogar Niyoz undan keyin keldi — ot taqa uchun. Narxda bahslashdi, yutqazdi, indamay ketdi. Bu ham odatdagi hol edi. Niyoz har safar bahslashar, har safar yutqazar, lekin yana kelardi — chunki Bozkurtda Ahmeddan yaxshiroq temirchi yo'q edi. Bu faxr ham edi, qafas ham.
Kechga yaqin bir bolakay yugurgilab kirib keldi — onasi bergan tanga bilan pichoq so'radi. Ahmed unga eng arzon pichoqni berdi, tangasini qaytarib berib, boshidan siypalab jo'natdi. Bola chiqib ketayotganda Ahmed uning orqasidan qarab qoldi. Quvnoq yugurish, shoshilish, biror joyga borish. Bolalarning qayerga shoshishini hech kim bilmaydi — lekin ular doim shoshishadi.
Bola chog'imda men ham shunday shoshardim, deb o'yladi Ahmed. Qayerga shoshardim, o'zim ham bilmasam kerak.
Ustaxona yopildi. Ko'cha jimib qoldi.
· · ·
Ahmed o'choq oldida o'tirib, cho'g'ning so'nishini kuzatdi.
Bir vaqtlar bu lahzalar — ish tugagan, kun o'tgan, ertaga yana shu — unga ma'lum bir tinchlik berar edi. Endi esa bu jimlik faqat yangi bir fikrni balandroq eshittirardi: Yana shunday kun o'tdi.
U devorga qaradi. Ikki qilich. Mirzo ustoz uni qilichbozlikka shu qilichlar bilan o'rgatgan edi — ikkala qo'lda birga. "Odam ikki qo'lli yaratilgan," derdi u, "demak ikkisi ham ish qilishi kerak." Ahmed o'sha paytlar buni shunchaki mashq deb bilardi. Endi u bu san'atning naqadar nodir ekanini tushunardi — ammo uni ishlatadigan joy yo'q edi.
Bozkurtda qilich bilan non topib bo'lmasdi. Aksincha, muammo topib olsa bo'lardi.
Ahmed o'rnidan turib devorga yaqinlashdi. Uzun qilichni qo'liga oldi — og'irligini his qildi, muvozanatini tekshirdi, charxlanganini ko'rdi. So'ng qaytarib qo'ydi.
Nima qilaman buni?
Savol miyasida aylandi. Javob kelmadi. Javob hech qachon kelmasdi — shu sababli u har kuni shu savolni ichiga yutib yurar, tong otgach esa yana bolg'ani ko'tarardi.
✦
Qora kiyimli odam kechasi keldi.
Ahmed o'choq so'nib bo'lgach, ustaxona oldiga chiqib osmonga qarar edi — Bozkurtda toza havo bo'lardi, yulduzlar ham ko'p. Turon qirolligining shimoliy viloyatlarida bu paytlarda havo sovuq bo'lardi, lekin Ahmed sovuqni yoqtirardi. Issiq metall, issiq o'choq, issiq kun — kecha sovuq bo'lsa muvozanat saqlanadi.
Shu payt izidan tovush eshitildi. Og'ir, lekin eshittiradigan emas — bildiradigan qadam. Ahmed boshini burmasdan gapirdi:
"Ustaxona yopiq."
"Bilaman," dedi ovoz. Chuqur, bir oz xirillagan, ammo aniq. "Men xanjar uchun keldim."
Ahmed endi boshini burdi.
Odam kechaning o'zidan to'qilgandek edi — qora chopon, yuzini qoplaydigan dastor, faqat ko'zlari ko'rinardi. Yoshini aytib bo'lmasdi. Qaddi-qomati Ahmednikidan balandroq, lekin yelkalari tor emas. Qo'llarini ko'rsindi: qurovsiz.
"Kechasi xanjar uchun keluvchilar ko'pincha yaxshi niyatda bo'lmaydi," dedi Ahmed.
"Ko'pincha," dedi odam.
Ahmed bir zum unga tikildi, so'ng ichkariga ishorat qildi. "Kiring."
Ular ustaxonaga kirishdi. Ahmed shamnini yoqdi. Odam atrofga — asboblarga, qilichlarga, devorga — sekin nazar tashlab chiqdi. Biror narsa aytmadi.
"Qanday xanjar kerak?" dedi Ahmed, taxta javonni ochib.
"Oddiy. Belga sig'adigan. Og'ir bo'lmasin."
Ahmed bir xanjar oldi — qo'liga tutqazdi. Odam uni aylantirib ko'rdi, og'irligini his qildi, pichoq qismini bosh barmog'i bilan sindi.
"Bu necha pul?"
"Besh tanga."
Odam xanjarni stolga qo'ydi. Lekin kumush chiqarish o'rniga u Ahmedga qarab qoldi.
"Sen bu yerda necha yildan buyon yashaysan?"
Ahmed qoshi qimirlab ketdi. "Bu xanjar narxiga kirmaydigan savol."
"Oʼn sakkiz yil," dedi odam, shunchaki aytdi. "To'g'rimi?"
Ahmed javob bermadi. U hayron edi, Nima u sehrgarmi? Deb oʼyladi oʼziga oʼziga. Sehrgar boʼlganda ham Soʼngi Manzildan emasligi aniq edi.
Odam stulga o'tirishini ham so'ramasdan o'tirdi. Ahmed bungа e'tiroz bildirishga og'iz juftladi, lekin so'ng qaytarib oldi. Bu odam g'alati edi — xavfli turdagi g'alatilik emas, balki biror narsani biladigan odamlarda bo'ladigan tur. Bunday odamlar bilan bahslashib vaqt yo'qotilmaydi.
"Shimolda nima bor, bilasanmi?" dedi odam.
"Westor. Koktug. Northenburg — agar juda shimolga ketsa."
"Undan keyin?"
"Muzliklar. Bilishimcha."
"Dengizning sharqida?"
Ahmed unga qaradi. "Arzamir," dedi u. "Lekin u yerga hech kim bormaydi."
"Bormaydimi?" Odam jilmaydi — yuzini ko'rmasdi, lekin ko'zlaridan bilindi. "Yoki borishga jur'at etmaydimi?"
Ahmed indamadi. Arzamir — qadimgi buyuk qit'a, sehrgarlar tarixi yozilgan yerlar, endi esa cho'kayotgan, maxluqlarga to'lib toshgan qit'a. Haqiqiy odamlar u haqida faqat eski kitoblarda o'qir, qovoqxonalarda esa mastlar afsonasiga aylantirib gapirishardi.
"Sen adashib keldingmi yoki ataylab?" dedi Ahmed.
"Ikkalasi ham," dedi odam. "Ko'pincha shunday bo'ladi."
Bir zum jim bo'lishdi. Tashqarida shamol esa boshladi — Bozkurt kechalari shunday qilardi, tong otmasdan oldin havo bir almashardi.
"Temirchilikni yaxshi ko'rasanmi?" dedi odam.
Ahmed kuldi — ovoz chiqarmasdan, lekin kuldi. "Ustoz yaxshi ko'rardi. Men esa — yaxshi qilaman. Ikkalasi bir narsa emas."
"Ha," dedi odam. "Ikkalasi bir narsa emas."
Yana jimlik. Bu safar uzoqroq.
Odam o'rnidan turdi. Ko'zlarini devorga — ikki qilichga — tashladi. Bir muddat qarab qoldi. Biror narsa aytmadi. So'ng stolga egildi va xanjarni olmoqchi bo'ldi.
Xanjar stoldan tushib ketdi.
Ahmed egildi — poldan olmoqchi bo'lib. Bir soniya, ikki soniya. Xanjarni topdi — yog'och tirqishiga kirib qolibdi. Chiqarib oldi. Turganda esa—
Odam yo'q edi.
Ahmed atrofga qarab qoldi. Eshik — yopiq. Deraza — yopiq. Ustaxonada esa biror harakat yo'q, havo ham qimirlamagan. Go'yo odam hech qachon bo'lmagan kabi.
Ahmed qo'lidagi xanjarni uzoq ushlab turdi.
Keyin jilmaydi — o'zicha, hech kimga ko'rsatmay. Bu kulgi ichidan chiqdi, shu sababli haqiqiy edi.
"Besh tanga ham bermadi," dedi u ovoz chiqarib.
Hech kim javob bermadi, albatta. Ahmed xanjarni o'z joyiga qo'ydi va shamnini o'chirdi.
· · ·
Ertalab boʼldi, Ahmed uygʻondi, lekin oʼrnidan turmadi, yarim soatcha nimadirlar haqida oʼylandi. Keyin oʼrnidan turdi va deraza tomonga yurdi. Derazani keng ochdi. Uyga yoqimli shabboda kirdi. Uzoqroqda esa qasr koʼrinib turardi. Ahmed qoʼlini deraza ayvonchasi suyab, unga boshini qoʼydi.
"Ehh, Yetar balki. Jonga tegdi." Dedi oʼziga oʼzi.
Uyni va ustaxonani sotishga qaror qildi. Uni puliga butun Turon qitasini aylanib chiqishga qaror qilgandi. Undan soʼng esa bir gap boʼlar deb oʼylardi.
Xaridor topish qiyin bo'lmadi — Hamid otaning qizi Zilola bir necha yildan beri bu ustaxonani ko'zlagan edi. Eri temirchi, ikki bolasi bor, joy zarur. Ahmed narx aytdi, Hamid ota ikki marta qaytadan so'radi, uchinchisida rozi bo'ldi. Qo'l berishdi.
Ahmed buyumlarini ko'zdan kechirdi: ko'ylaklar, sariq charm xalta, kigiz to'n. Bir hovuch tanga. Va — ikki qilich. Ularni belboqqa qistirdi. Bir o'ngga, bir so'lga. Ko'p yillar devorida osig'liq bo'lgan bu qilichlar endi birinchi marta odam beliga bog'landi.
Ahmed eshik oldida to'xtadi. Ustaxonaga bir marta orqasiga qaradi — o'choq, asboblar, bo'sh devor. Oʼn sakkiz yil. Keyin eshikni yopdi. Deyarli hech nima his qilmayotgan edi. Uydan uzoqlashishdek hech nima.
Bozorga bordi. Ot tanlashda vaqt sarfladi. Oxirida kul rang, kichik boshli, oyoqlari kuchli bir biyani tanladi. Sotuvchi uni Shamol deb atardi — Ahmed bu nomni o'zgartirmadi. Bir xurjun oziq-ovqat, bir qovur suv. Hammasi.
✦
Kechasi esa u eng yaxshi joyda tunashni istadi qancha tanga ketsa ham. Bozkurt karvon saroyi aynan shunday joy edi. Juda hashamatli va goʼzal. Bu yerni Turon qirolining meʼmorlari qurgan edi. Bu yerda eng boy odamlar yigʻilardi. Katta katta savdogarlar va saroy ulamolari. Har xil yurtlardan odamlar bor edi, Qizil daryo, Qashqarot, Albiondan sayyohlar va Fats boylari. Sehrgarlar esa Alohida joylarda oʼtirishardi, ular uchun imtiyozlar juda koʼp boʼlardi. Chunki ular dunyoni boshqarishar va maxluqlarni tozalashar edida.
Kechki Bozkurt karvonsaroyida Ahmed taomlanayotgan edi — qo'y go'shti va arpa non, darvoza yaqinida, shamol keladigan tomonga o'tirgan — qachonki tanish ovoz eshitildi.
"Ahmed! Bozkurtdan chiqdingmi yo'qmi deb o'ylardim, qasam ichayotgan edim!"
Fotih karvonboshi — qorin olgan, soqol bosgan, har doim bir qo'li belida — shiddat bilan yaqinlashdi va o'tirishni ham so'ramasdan o'tirib oldi.
"Fotih aka," dedi Ahmed, nondan bir bo'lak uzib. "Ovqat yeyapsizmi yo shunchaki suhbat uchun o'tirdingizmi?"
"Ikkalasi," dedi Fotih va xizmatkorga qo'l silkidi. "Lekin sen? Belda ikki qilich, xurjun, ot. Bu temirchi ko'rinishi emas."
"Temirchilikni tashladim."
Fotih biroz jim qoldi, keyin kuldi — qorindan chiqqan, haqiqiy kulgi. "Ehtimol to'g'ri qilgansan. Necha yil bo'g'ilib yashading o'sha yerda. Qayerga ketasan?"
"Shimolga. Koktugdan o'tib, Westorga."
Fotih qoshi qimirlab ketdi. "Westor? Yolg'iz?"
"Ha."
"Men ham u tomonga ketaman," dedi Fotih. "Karvon bor, otliqlar bor, yo'l xavfsizroq bo'ladi. Qo'shil."
Ahmed unga qaradi. Fotih yolg'on gapirishni bilmasdi — bu uning ham dardi edi, ham faxri. Taklif chin edi.
"Rahmat," dedi Ahmed. "Lekin yolg'iz ketaman."
Fotih yana bir zum qarab qoldi. "Biron narsa qidiraysanmi?"
Ahmed bir zum o'ylab, yelka qisdi: "Hayotni."
Fotih bu javobni hazm qilishga urinib ko'rdi, keyin bosh chayqadi. "Falsafachilar bilan gaplashgim kelsa qovoqxonaga boraman, lekin sen temirchi edingku axir." Dedi Fotih.
"Bu yerda temirchi koʼrmayapman" dedi Ahmed.
Ular yana bir oz suhbatlashishdi — yo'l haqida, ob-havo haqida, Koktugning yangi amaldori haqida. Fotih o'rnidan turdi, quchoqlashdi va ketdi. Ahmed uning ortidan qaradi: karvonboshi qalin olomon ichiga singib ketguncha.
Kechasi Ahmed karvonsaroy ayvonida o'tirdi. Osmon toza edi — Turon qirolligining shimoliy viloyatlarida yulduzlar shu qadar ko'p bo'lardiki, ularni sanashga urinish befoyda edi. Qadimgi kishilar bu yulduzlar bo'ylab yo'l topar, kemalar haydab, xaritalarda belgilar qo'yar edi.
Ko'p narsa shu tariqa yo'qoladi, deb o'yladi Ahmed. Odamlar eslamasdan.
Ertasi kuni tong otmasdan Ahmed yo'lga tushdi.
Bozkurt ortda qoldi. Koktug oldinda edi. Undan keyin esa — ko'p narsa.
Izohlar
3Davomi?
Hmm norm
👍