Ulkan va hashamatli xona. Shifti juda ham baland va ko'hna. Bu xonaning qudrati bu yerdagi odamlarnikidan kam emas edi. Bu xonaga kirish eshikigi ulkan va hashamatli edi. Eshik ro'parasida yarim aylana stol va o'n sakkiz o'rindiq bor edi. Ularning ortida esa go'zal va nafis qilib yasalgan derazadan nur tushib turardi. Eshikdan bir erkak kirdi va to'xtadi. Bo'yi ancha uzun edi va juda jiddiy. Ko'rinishi sovuqqon va juda sezgir, yarim aylana stol atrofida o'tirgan o'n sakkiz kishiga qarab turardi. Lekin bugun ular orasida bir stul bo'sh edi. Yigit va kengash o'rtasida esa bir jasad turar edi. Kengashdan bir kishi o'rnidan turdi va so'z boshladi.
"Nimalar bo'lganidan xabardormisan Liv?" dedi.
Liv yerdagi eng qudratli sehrgarlardan va shaxslardan biri edi u. Barcha jangchi guruhlar generali va qotil qilib tarbiyalangan Assasin. U 8yoshidan Assasinlikga qabul qilingan va qotillikga o'rgatilgan. Umrining o'n yilini Arzamir qi'tasidagi qorong'u o'rmonlarda o'tkazgan. Uning jiddiyligi ham shunda edi, deyarli eng qudratli qo'shinni boshqarish yuki unda edi. Liv boshini jasad tomonga burmadi ham. ko'z qorachig'ini jasadga qaratdi.
"Ha xabardorman" dedi Liv.
"Bu ishni qilganlarni topdingmi?"
"Yo'q".
"Yo'q? Sen buni tushunyapsanmi? Oliy kengash vakili o'ldirilgan va buni kim qilganligi haqida bizda ma'lumot yo'q!!! Oliy kengash qo'l yetmas bir joy lekin bu yerga qo'lini cho'zganlarni topishingni istaymiz!!".
"Ha buni tushundim. Bu bilan shaxsan o'zim shug'ullanaman va kimniki qo'li bo'lsa jazolayman" dedi Liv.
"Agar buning ortida biror qirollik yoki biror oila turgan bo'lsa ham ularning bari o'lishi kerak, qabrga kiradigan o'zi bilan oilasi va barcha tanishlarini olib kirishini ta'minla!!" Har bir so'zida ko'zi kosasidan chiqqudek gapirardi.
"Bugun yo'lga otlanaman, birinchi Northenburgga keyin Albion qi'tasidagi qirolliklarni taftish qilaman va sizlarga yetkazaman."
"Ketishing mumkin Liv."
Oliy kengash deb atalmish Sehrgarlar kengashi bu vaziyatdan juda g'azablangandi. Bir necha yuz yil davomida Oliy kengash vakili o'ldirilmagan edi xolbuki tarixda bu hodisa ko'p marotaba bo'lgan bo'lsada. Kengash So'ngi Manzil orolida Azhariyot maktabida joylashgan edi. Dunyo va tarix shu yerdan idora qilinar edi. ming yillar avval birinchi sehrgar Arzamir sehrni kashf etib butun dunyoni birlashtirdi va tinchlik o'rnatdi. U uch qi'tani Albion, Turon va o'z nomi bilan ataladigan qi'ta Arzamirni birlashtirdi. Shundan so'ng u faqat tanlangan insonlarga sehr o'rgatishni tayinladi va Oliy kengash tuzdi. Arzamir sehrgarlar uchun alohida Orol barpo etdi dengiz tubidan sehr yordamida orol chiqardi va unga So'ngi Manzil deb nom berdi. Shundan buyon Sehrgarlar archa qirolliklarni boshqarar edi va shu bilan birga vaxshiy maxluqlarga qarshi kurashar edi. Arzamir qi'tasi esa Arzamir o'limidan so'ng chakalakzorga aylandi va o'rmonlar ko'payin cho'kishni boshladi. Hozirda esa Oliy kengash deya nomlangan qudratli insonlar tashkil topgan kengashning bir vakili halok bo'lgan edi.
Izohlar
4Boshlanishiga 7/10
Yaxshi
Daa yaxshi
Juda yaxshi davom eting!