Tong nurlari keng sarg'ish dala va yaylovlar uzra charaqlab tarala boshladi. Barglardan shudring tomchilari sirg'alib tushib, yer yuzini namlab turardi. Grey qushlari Ermis qishlog'i uzra uchib, sayrab odamlarni uyg'otardi.
Quyosh nuri asta-sekin kichik xonaga kirib keldi. Avval deraza chetiga, so'ng Armin yotgan karavotga, keyin uning sariq sochlari va yuziga tushdi. Armin sekin ko'zini ochdi. Karavoti deraza yonida bo'lgani uchun u tizzalab turib derazani ochdi. Shu zahoti dimog'iga nam yer va shabnamning tong hidi urildi. Salqin shamol esib, sochlarini asta silab o'tdi. U orqasiga qaradi. Yon karavotda Arlet hali ham uxlab yotar edi. Qo'llari yostiqni mahkam quchoqlagan, yuzida esa beg'ubor ifoda bor edi. Arminning yuzida makkor tabassum paydo bo'ldi. U sekin Arletning karavoti tomon o'malab bordi — va birdan uning qornini qitiqlay boshladi. Avval Arletning yuzida kichik tabassum paydo bo'ldi. Keyin u birdan qahqaha otib yubordi.
— Hihihi! Armin, bas qil, bas qil!
— Nega endi? Barvaqt turmaslikning jazosi shu.
U yana ham qattiqroq qitiqlay boshladi. Arlet tipirchilab qochmoqchi bo'ldi, ammo uddalay olmadi. Oxiri bor kuchini yig'ib, Arminni ag'darib yubordi — va o'zi qitiqlashni boshladi.
— Qasoskor Arlet janoblari bilan tanishing, ne!
Armin kulgidan qorinlari og'rib ketdi.
— Arlet… iltimos… to'xta!
Arlet ataylab yana ham qattiqroq qitiqlay boshladi. Arminning ko'zidan yosh chiqib ketdi. Shunda Armin birdan o'rnidan turib yostiqni ko'tardi.
— Men, Armin Roger, seni rasman duelga chaqiraman!
Arlet ham kulib yostiqni qo'liga oldi.
— Heh… Arlet albatta yutadi, ne!
Armin hujum qildi.
Vshiit!
Ammo Arlet egilib zarbdan qochdi va yostiq bilan Arminning qorniga urdi. Armin orqaga sakradi, qarshi zarba berdi — yostiq Arletning biqiniga tegdi. Bir necha zarbadan keyin ikkalasi ham muvozanatini yo'qotib, karavotdan polga qulab tushdi. Arminning boshi Arletning yostig'iga tushdi. Arletning boshi esa devorga.
— Ahh… Arlet jarohatlandi, ne… — dedi u boshini ushlab.
Armin darrov o'rnidan sakrab turdi.
— Arlet! Yaxshimisan?!
U shoshib Arletni yelkasidan tutib karavotga yotishiga yordam berdi.
— Kechirasan.
Arlet bir oz jim turdi. Keyin dramatik ohangda dedi:
— Neeee… Armin-san… Arlet o'lmoqda… hayr, ey shafqatsiz dunyo… va Arminning shirin ovqatlari…
Shunday deb boshini yon tomonga tashlab ko'zini yumdi va tilini chiqarib o'zini o'lganga soldi. Armin qoshlarini chimirdi.
— Mayli. Kecha mevali pishiriq pishirgandim. Bir o'zim yeyishimga to'g'ri keladi shekilli. Arlet darhol ko'zini ochdi.
— Pishiriq neee?!
— Ha, yolg'onchi.
— Opps… Arlet xato qildi, ne…
Ammo birdan Arminning yuzidagi tabassum o'chdi.
— Arlet… boshing… qonayapti.
Arlet yelka qisdi.
— Hech qisi yo'q, ne.
— Yo'q, bu men deb bo'ldi. Nega umuman yostiq jangini boshladim…
— Armin, ayb senda emas, ne.
Armin indamay suvga botirilgan latta olib Arletning boshini ehtiyotkorlik bilan artdi va jarohatni bog'lab qo'ydi.
— Neeee… Armin sen doim o'zingni ayblayverasan, — deb Arlet yuzini choyshab bilan yopib oldi. — Hmpf.
Armin biroz jilmaydi.
— Ha, ba'zida oshirib yuboraman. Kechir. Qorning ochdimi?
Choyshab ostidan ovoz keldi:
— Mayli, oxirgi marta kechirdim. Toʻxta… ovqat dedingmi? Albatta och! Arlet ko'p yeydi, ne.
— Hoy, oshqozonging kichkina bo'lsa, bir kosa ovqatga to'yib qolsang — qanday qilib shuncha sig'dirasan?
Arlet bir oz o'ylanib qoldi. Haqiqatan ham Arminning gapi mantiqan to'g'ri edi. Ammo Arlet baribir bu Arlet edi.
— Ne… Arlet qolganini qishga saqlab qo'yadi.
Armin kulgidan o'zini tuta olmadi.
— Sen hazilkashligingni bilasanmi?
— Ha, Arlet buni biladi. Endi tezroq ovqat ber, ne.
Armin pastga tushib shirinliklar va sharbat olib chiqdi. Arlet karavotga suyanib oldi, Armin esa patnisni uning quchog'iga qo'ydi. Arlet sekin pishiriqlarni yeya boshladi. Armin unga tikilib qoldi.
— Hoy, Arlet… nega tanang qiz bolaga yuzing esa o'g'il bola va qiz bolaga o'xshab ketadi?
— Chunki Arletning irqi shunday, ne. — Arlet beparvo javob berdi.
Va qotib qoldi. Ha. Arlet aytish mumkin bo'lmagan gapni aytib qo'ygan edi.
— Irq? Sen odam emasmisan? — Armin hayrat bilan tikilib qoldi.
"Uf… modomiki aytib qo'yibman — Armin bilishi kerak."
— Arlet ANS irqidan, ne, — dedi u sekin.
— ANS irqi? Bu qanday irq?
— Ha, ne.
— Qayerda yashaydi? Qanday odamlar?
Arlet bir oz to'xtadi. So'ng gapira boshladi:
— ANSlar haddan ziyod go'zal va mukammal tanalarga ega xalq. Erkalanishni yaxshi ko'rishadi, shuning uchun boshqalar bizni qiz bola deb o'ylaydi. Ammo bizda jins yo'q. Biz yolg'iz yashaymiz — shuning uchun Arlet senga "oilam yo'q" degan edi, ne.
— Nimaaaa? — Armin hayratdan baqirib yubordi. — Bizda… jins yo'q?
— Ha, ne. — Arletning barmoqlari qaltirab qoldi.
— Unda qanday ko'payasizlar?
— Muqaddas Daraxt. Yani BAZ daraxti. U bizning onamiz — har o'n yilda bir mevadan bitta ANS tug'iladi.
Armin bir oz jim qoldi. So'ng ohista dedi:
— Arlet, kechir. Seni qo'rqitib yuborganim uchun. Ammo… xotiralarimnu yo'qotganman degansan — bu bilan bog'liqmi?
— Ha. Arlet ko'p narsani unutgan, ne. — Arlet ranjib javob berdi. — Maqsadim ham shu — xotiralarimni topish.
Armin bir lahza o'ylanib qoldi. Keyin qat'iy dedi:
— Men ham senga yordam bersam bo'ladimi? Sen keyin menga yordam berasan — mening maqsadim bu urushni to'xtatish.
Arlet bir oz kinoyali ohangda dedi:
— Arminning maqsadlari katta ekan, ne.
— Ha, katta. Chunki bu urushdan hamma azob chekmoqda. Rozimisan?
Arlet bir zum unga tikildi.
— Rozi, ne.
— Rahmat. — Armin o'rnidan turib yangi pishiriq olib keldi va patnisni stolga qo'ydi.
Arlet patnisni darhol tortib oldi.
— Hoy! Hammasini o'zing yeb qo'yma!
Arlet pishiriqni tezda og'ziga tiqdi.
— Juda kech, ne.
Armin kulib yubordi.
— Sen haqiqatan ham ochko'z kichkina maxluqsan.
Arlet darrov norozi bo'lib qoshlarini chimirdi.
— Maxluq emas! Arlet juda nafis va mukammal ANS, ne!
— Ha, ha… juda nafis ANS.
Arletkaravotdan tushib xona ichida aylanib yurib hamma narsani qiziqib tomosha qila boshladi.
— Armin, bu nima, ne?
U stol ustidagi kichkina yog'och qoshiqni ko'rsatdi.
— Bu qoshiq.
— Nega u shunchalik kichkina, ne?
— Sho'rva ichish uchun.
Arlet qoshiqni olib diqqat bilan ko'zdan kechirdi.
— Hmm… ANSlar qo'llari bilan yeydi, ne.
— Ha, lekin odamlar odatda qoshiq ishlatadi.
Arlet o'ylanib turdi. Keyin pishiriqdan kichkina bo'lak uzib qoshiq bilan yeyishga harakat qildi.
Pishiriq sirg'alib polga tushdi. Armin kulgidan o'zini tutolmadi.
— Sen juda yomon foydalanayapsan.
Arlet jiddiy yuz bilan dedi:
— Bu qoshiq aybdor, ne.
— Albatta…
Arlet yana urinib ko'rdi. Bu safar pishiriq qoshiqda turdi. U sekin og'ziga olib bordi. Bir lahza sukut. Keyin Arletning ko'zlari chaqnab ketdi.
— Ooo! Juda qiziq usul ekan, ne!
Armin yana kulib yubordi.
— Sen hamma narsaga birinchi marta ko'rayotgandek hayron bo'lasan.
— Chunki Arlet ko'p narsani birinchi marta ko'ryapti, ne.
Arlet deraza yoniga bordi. Tashqarida qishloq hayoti davom etardi. Bolalar yugurib o'ynardi, ayollar suv tashirdi, dehqonlar esa dalaga yo'l olardi. Arlet bir oz jim turib ularni kuzatdi.
— Armin…
— Ha?
— Bu joy… juda tinch ekan, ne.
— Ha. Shuning uchun men bu qishloqni yaxshi ko'raman.
Arlet sekin bosh qimirlatdi.
— Arlet ham yaxshi ko'rdi, ne.
Keyin birdan Arminga qarab jilmaydi.
— Ammo Arletga yana pishiriq kerak.
Armin chuqur xo'rsindi.
— Sen haqiqatan ham bitmas-tuganmas oshqozonga egasan.
Arlet g'ururlanib qo'llarini beliga qo'ydi.
— Albatta. Bu ANSlarning maxsus qobiliyati, ne!
— Bunga ishonmayman.
— Ammo baribir pishiriq berasan, ne?
Armin kulib boshini chayqadi.
— Mayli. Oxirgi dona.
Arlet darrov patnisga yopishdi.
— Hehe. Armin juda yaxshi odam, ne!
— Hoy Arlet, yur. Senga qishloqni ko'rsataman.
Arlet quloqlarini ding qildi.
— Qishloqni?
— Ha. Sen hali Ermisni ko'rmading-ku.
Arlet sakrab karavotdan tushdi.
— Demak yana pishiriq topishimiz mumkin, ne?
— Sen faqat ovqat haqida o'ylaysanmi?
— Ha, ne.
Armin boshini chayqadi.
— Yur.
Ular uydan chiqishdi. Tong havosi hali salqin edi. Maysalarda shudring tomchilari yaltirardi. Quyosh nuri qishloq tomlariga asta-sekin tushib borardi. Arlet atrofga hayrat bilan qarardi.
— Oooo… juda chiroyli joy ekan, ne.
U birdan maysalar ustiga o'tirib qoldi.
— Hoy, nega o'tirding?
Arlet barmog'i bilan shudring tomchisini ko'rsatdi.
— Qara — suv marvaridga o'xshaydi, ne.
Armin ham qarab kulib qo'ydi.
— Bu shudring.
Arlet barmog'i bilan tomchini ko'tarib ko'rdi. Tomchi sirg'alib tushib ketdi.
— Qochib ketdi, ne.
— Suvni ushlab bo'lmaydi.
Arlet biroz xafa bo'lib yuzini burishtirdi.
— Demak Arlet uni yeya ham olmaydi, ne.
— Yo'q!
Ular qishloq yo'li bo'ylab yurishdi. Bir ozdan keyin kichkina daryo yoniga kelishdi. Suv quyosh nurida yaltirab oqardi. Arlet ko'zlari kattalashib ketdi.
— OOO!
U daryoga qarab yugurdi.
— Hoy, ehtiyot bo'l!
Ammo kech edi. Arlet tizzasi bilan suvga cho'kib ketdi.
— Sovuq! Ne!
Armin kulgidan ikki bukilib qoldi.
— Seni ogohlantirgandim.
Arletsuvdan chiqib lablarini burishtirdi.
— Bu daryo juda qo'pol, ne.
— Daryo qo'pol bo'lmaydi.
Arlet oyoqlarini silkitib suv tomchilarini sachratdi. Tasodifan suv Arminning yuziga sachradi.bArmin ko'zlarini artdi.
— Hoy!
Arlet aybdor mushukdek jilmaydi.
— Opps… tasodifan bo'ldi, ne.
— Sen ataylab qilding.
— Ne… Arlet begunoh.
Armin birdan suvni qo'liga olib Arletga sachratdi.
— Mana endi ataylab!
Arlet chinqirib yubordi.
— Hiiii!
Keyin kulgisi daryo shovqiniga qo'shilib ketdi. Bir necha daqiqadan keyin ikkalasi ham suv tomchilari bilan ho'l bo'lib qolishdi. Arlet nafasini rostlab Arminga qaradi.
— Armin…
— Ha?
— Bu juda qiziqarli joy ekan, ne.
— Ha. Aytgan edim.
Arlet bir oz jim turdi. Keyin sekin dedi:
— Arlet… bu joyni yoqtirdi, ne.
Shundan keyin u yana odatdagi sho'x tabassumini qildi.
— Ammo Arlet yana och qoldi.
Armin yuzini ushlab oldi.
— Qanday qilib?!
Arlet yelka qisdi.
— Bu ANSlarning maxsus qobiliyati, ne.
Armin va Arlet daryo bo'yidan qaytib qishloq yo'li bo'ylab yurishardi. Quyosh endi balandroq ko'tarilgan, qishloq esa asta-sekin gavjumlashib borardi. Yo'lning narigi tomonida bir guruh bolalar o'ynab yurardi. Yog'och qilichlar bilan "jang" qilib, yugurib, kulib, qichqirishardi.
Arlet qiziqib to'xtab qoldi.
— Armin… ular nima qilyapti, ne?
— O'ynashyapti.
Arlet ko'zlarini kattaroq ochdi.
— O'yin?
— Ha.
— Arlet ham o'ynashi mumkinmi, ne?
— Albatta mumkin.
Arlet asta-sekin bolalar tomon yurdi. Bolalar ham uni payqab qolishdi. Ulardan biri — qora sochli, sho'x ko'rinishdagi bola — Arletga tikildi.
— Hoy, sen yangimisan?
Arlet biroz uyalib boshini qiyshaytirdi.
— Ne… Arlet yangi, ne.
Bir qiz bola kulib yubordi.
— U juda chiroyli ekan!
Yana biri dedi:
— U qizmi yoki o'g'ilmi?
Arlet darrov qo'llarini beliga qo'ydi.
— Arlet ANS, ne!
Bolalar bir-biriga qarab hayron bo'lishdi.
— ANS nima?
Arlet bir oz o'ylanib qoldi.
— Hmm… Arlet ham aniq bilmaydi, ne.
Bolalar kulib yuborishdi. Sho'x bola Arletga yog'och qilich uzatdi.
— Xohlaysanmi? Biz bilan jang o'ynaysan.
Arlet qilichni qo'liga olib har tomonga aylantirib ko'rdi.
— Bu o'yinchoqmi, ne?
— Ha.
Arlet birdan jiddiy yuz qildi.
— Demak jang qilish kerak, ne!
U qilichni ko'tarib birdan oldinga sakradi.
— HAA!
Ammo sakraganda oyog'i maysaga ilinib ketdi.
— Vaah!
Arlet dumalab yerga yiqildi. Bolalar bir soniya jim turishdi. Keyin hammasi birdan kulib yuborishdi. Arlet ham yerda yotgancha kulib yubordi.
— Arlet juda kuchli jangchi emas ekan, ne…
Sho'x bola unga qo'l uzatdi.
— Tur.
Arlet uning qo'lidan ushlab o'rnidan turdi.
— Rahmat, ne.
Bir qiz bola unga qaradi.
— Sen juda kulgilisanku.
Arlet mag'rur yuz qildi.
— Arlet juda yoqimtoy ham, ne.
Bolalar yana kulishdi.
Shu payt Armin ularga yaqinlashdi.
— Yangi do'stlar topdingmi?
Arlet boshini tez-tez qimirlatdi.
— Ha, ne! Ular juda qiziqarli.
Sho'x bola Arminga qaradi.
— Bu sening ukangmi?
Armin kulib qo'ydi.
— Ha… shunaqa desa ham bo'ladi.
Arlet birdan jiddiy yuz qildi.
— Yo'q. Armin Arletning do'sti ne.
Armin bir lahza hayron bo'ldi. Keyin sekin jilmaydi. Bolalar yana o'ynashni boshlashdi. Arlet ham ular bilan yugurib ketdi. Uning kulgisi butun qishloq bo'ylab jaranglab ketdi. Armin uzoqdan turib ularni kuzatdi. Yuzida iliq tabassum bor edi.
"Demak sen ham bu yerga moslashib boryapsan, Arlet…"
Arlet uzoqdan baqirdi:
— Armin! Arlet yana yiqildi, ne!
Armin kulib yubordi.
— Ko'rib turibman!
Bolalar bilan o'ynab charchagan Arlet maysaga o'tirib qoldi.
— Ne… Arlet charchadi.
Armin yoniga kelib kuldi.
— Sen hali ko'p narsani ko'rmading.
Arlet darrov boshini ko'tardi.
— Yana ovqat bormi, ne?
— Yo'q.
Arlet darrov xafa bo'lib qoshlarini tushirdi.
— Unda qiziq emas, ne.
— Ovqat emas. Sehrli narsalar.
Arletning quloqlari ding bo'ldi.
— Sehrli?
— Ha. Ermisda kichkina sehrli ustaxonalar bor.
Arlet darrov o'rnidan turdi.
— Unda tez yur, ne!
Ular qishloqning boshqa tomoniga yurishdi. Bir ozdan keyin kichkina yog'och ustaxonaga kelishdi. Derazadan ichkarida rangli shishalar va g'alati buyumlar ko'rinardi. Armin eshikni ochdi. Ichkarida oq soqolli keksa gnom ishlayotgan edi. Stol ustida mayda shishalar, yaltirab turgan toshlar va g'alati qurilmalar turardi. Arletning ko'zlari kattalashib ketdi.
— OOO…
U darrov stolga yopishdi.
— Bu nima, ne?!
Gnom kulib qo'ydi.
— Bu kichkina sehrli chiroq.
Arlet chiroqni qo'liga oldi.
— U nima qiladi, ne?
— Tugmasini bossang, rangli yorug'lik chiqaradi.
Arlet tugmani bosdi.
Puff!
Chiroqdan rang-barang uchqunlar uchib chiqdi. Arlet cho'chib sakrab ketdi.
— HIII! Portladi, ne!
Armin kulgidan bukilib qoldi.
— Bu portlash emas.
Arlet sekin chiroqqa yana yaqinlashdi.
— Demak u tishlamaydi, ne?
— Yo'q.
Arlet yana tugmani bosdi. Bu safar chiroqdan kichkina nur kapalaklari uchib chiqdi. Arletning ko'zlari chaqnab ketdi.
— OOO! Ular uchayapti, ne!
U kapalaklarni ushlamoqchi bo'lib qo'llarini silkitdi. Ammo kapalaklar uning burniga qo'nib ketdi. Arlet qotib qoldi.
— Armin…
— Ha?
— Burnimga sehr qo'ndi, ne…
Armin kulib yubordi.
— Bu kapalak.
Arlet burnini qimirlatdi. Kapalak uchib ketdi.
— U qochdi, ne…
Shu payt Arlet boshqa buyumni ko'rib qoldi. Kichkina shisha idish — ichida ko'k rangli suyuqlik aylanib turardi.
— Bu nima, ne?
— Bu kichkina sakrash iksiri, — dedi gnom.
— Bir tomchi ichsang balandroq sakraysan.
Arlet qiziqib ketdi.
— Haqiqatanmi, ne?
— Ha.
Arlet darrov bir tomchi ichdi.
Bir soniya hech narsa bo'lmadi. Arlet yelka qisdi.
— Hech nima bo'lmadi, ne—
BOING!
Birdan u yeridan baland sakrab ketdi.
— AAAAA!
Arlet shiftga deyarli tegib yana pastga tushdi. Armin qotib qoldi. Gnom esa kulib yubordi. Arlet yana sakradi.
— Ne! Arlet to'xtay olmayapti!
BOING!
— Armin! Yer juda uzoq, ne!
— Bu faqat bir necha soniya davom etadi!
BOING!
Arlet nihoyat yerga tushdi. Maysaga o'tirib qoldi. Sochlari chalkashib ketgan edi.
— Ne… bu juda xavfli sehr, ne…
— Ammo sen juda kulgili ko'rinding.
Arlet jiddiy yuz qildi.
— Arlet juda ulug' ANS. Kulish mumkin emas, ne.
Bir soniya jimlik bo'ldi.
Keyin Arlet sekin dedi:
— Ammo… yana sakrash mumkinmi, ne?
— Yo'q!
Arlet labini burishtirdi.
— Juda ziqna, ne…
Gnom ham kulib qo'ydi.
— Bu bola juda qiziqarli ekan.
Armin boshini qashladi.
— Ha… u doim shunday.
Arlet esa yana stolga qarab dedi:
— Yana sehr bormi, ne?
Ustaxonadan chiqib bozor ko'chasi tomon yurishdi. Quyosh endi balandroq ko'tarilgan, butun qishloq yorug'likka to'lib ketgan edi. Shu payt yo'ldan o'tayotgan bir ayol to'xtab qoldi. U Arletga tikildi. Keyin yana bir kishi qaradi. So'ngra yana biri. Bir necha soniya ichida ko'chadagi odamlar asta-sekin to'xtab, Arletga qaray boshlashdi. Arlet qoshlarini chimirdi.
— Armin… nega hamma Arletga qarayapti, ne?
— Balki sen juda… boshqacha ko'rinarsan.
Quyosh nuri Arletning oppoq sochlariga tushib, ularni kumushdek yaltiratib turardi. Yuzi nafis va yoqimtoy, ikki xil rangdagi ko'zlari esa yanada e'tiborni tortardi — biri dengizdek moviy, ikkinchisi qizg'ish, o'rtasida ingichka vertikal chiziq bilan. Bir ayol hayrat bilan dedi:
— Voy… qanday chiroyli bola…
Yana biri pichirladi:
— Sochlari qanchalik oppoq…
Qariya ko'zlarini qisib qaradi:
— Men bunday bolani hech ko'rmaganman.
Bir nechta qizlar Arletga yaqinroq kelishdi.
— Tishlari marvariddek tekis ekan…
— Yuziga qarang… xuddi qo'g'irchoqqa o'xshaydi!
Arlet asta qizarib ketdi.
— Ne… ular g'alati gapiryapti, ne…
Armin kulgini zo'rg'a ushlab turardi.
— Ular seni maqtashyapti.
Arlet bir oz o'ylanib qoldi. Keyin birdan qo'llarini beliga qo'ydi va mag'rur yuz qildi.
— Albatta.
— Nima albatta?
— Arlet juda chiroyli ANS, ne.
Atrofdagi bolalar kulib yuborishdi.
Bir kichkina qizcha Arletning sochlariga qarab dedi:
— Sochlaring juda yumshoq ko'rinadi…
Arlet yana mag'rur yuz qildi.
— Ha. Chunki Arlet mukammal, ne.
Armin yuzini qo'li bilan yopdi.
— Hoy, o'zingni bunchalik maqtama.
Arlet jiddiy ohangda javob berdi:
— Bu maqtanish emas, Armin.
— Unda nima?
Arlet sekin dedi:
— Bu haqiqat, ne.
Atrofdagilar yana kulib yuborishdi.
Armin boshini chayqadi.
— Sen juda erkatoysan.
Arlet g'alati jiddiylik bilan dedi:
— Ha. ANSlar odatda shunday bo'ladi, ne.
Bir ozdan keyin Arlet yana Arminning yengidan tortdi.
— Armin…
— Ha?
— Arlet mashhur bo'lib ketdimi, ne?
— Ha, shunaqa shekilli.
Arletning ko'zlari chaqnab ketdi.
— Unda mashhur ANSga pishiriq kerak, ne.
Armin chuqur xo'rsindi.
— Men shuni kutgandim.
Arlet esa kulib yubordi.
— Chunki chiroyli ANS ko'p ovqat yeyishi kerak, ne!
Kech asta-sekin qishloq uzra cho'ka boshladi. Quyosh ufq ortiga yashirinib, osmonni oltin va pushti ranglarga bo'yab qo'ydi. Qishloqdagi uylarning derazalarida birin-ketin chiroqlar yonardi. Armin va Arlet nihoyat uyga qaytib kelishdi. Uy ichiga kirishlari bilan iliq havo yuzlariga urildi. Pechka yonib turardi. Olovning mayin shitirlashi butun xonani tinch va yoqimli qilib qo'ygandi.
— Voy… iliq ekan, — dedi Arlet zavqlanib.
U darhol pechka yoniga borib qo'llarini isitdi.
— Ne… bu juda yoqimli, ne.
— Men ketishimizdan oldin pechkaga o'tin tashlab ketgandim.
Ikkalasi zinadan ikkinchi qavatga chiqishdi. U yerda ikkita karavot, kichkina stol va deraza bor edi. Derazadan esa qorong'u osmon va yulduzlar ko'rinardi. Arlet karavotga sakrab chiqdi.
— Fup!
Karavot biroz g'ijirladi.
Armin qoshini ko'tardi.
— Hoy, ehtiyot bo'l.
Arlet esa choyshabga o'ralib oldi.
— Ne… bu juda yumshoq, ne.
Armin ham o'z karavotiga o'tirdi. Bir oz sukut bo'ldi. Keyin Arlet yon tomonga ag'darilib Arminga qaradi.
— Armin…
— Ha?
— Bugun Arlet juda mashhur bo'ldi, ne.
Armin kulib yubordi.
— Ha, butun qishloq seni ko'rib hayron qoldi.
Arlet mag'rur yuz qildi.
— Chunki Arlet juda chiroyli ANS, ne.
— Ha-ha. Buni bugun o'n marta aytding.
Arlet bir oz o'ylanib qoldi. Keyin sekin karavotdan tushib Arminning karavoti tomon emaklab bordi.
— Armin…
— Nima?
— Arlet bir qarorga keldi, ne.
— Qanday?
— Ertaga sayohatni boshlaymiz, ne.
Armin biroz hayron bo'ldi.
— Mayli. Qayerga?
— Kompas yo'l ko'rsatadi, ne.
— Ertalab ko'ramiz.
Arlet uning yoniga o'tirib bir oz jim qoldi.
— Arlet bugun juda charchadi, ne.
— Shunaqa ko'rinadi.
Birdan Arlet o'rnidan turib karavotda sakray boshladi.
— Shuning uchun Arlet biroz sakraydi, ne.
Armin hayron bo'lib qotib qoldi.
— Hoy… nima qilyapsan, karavot sinadi!
— ANSlar charchaganda shunday qiladi. Armin esa yangi karavot oladi, ne.
Armin Arletga qaragancha qoldi.
— Sen juda g'alati ekansan.
Arlet sakrashdan to'xtab sekin dedi:
— Ammo Armin Arletni haydab yubormaydi, ne?
Armin darhol javob berdi:
— Yo'q. Albatta yo'q.
Arletning yuzida mayin tabassum paydo bo'ldi.
— Demak Armin yaxshi inson, ne.
Bir ozdan keyin u yana gapirdi.
— Armin…
— Ha?
— Arletga yana pishiriq ber, ne.
— Nega?
— Chunki u juda shirin, ne.
Armin xo'rsindi. Shunday bo'lsa ham o'rnidan turib shkafdan pishiriq olib Arletga berdi. Arlet pishiriqni og'ziga soldi va darhol ko'zlarini yumib chaynay boshladi.
— Mmm…
— Nima "mmm"?
— Bu juda yaxshi, ne.
— Sen xuddi mushukka o'xshaysan.
Arlet darhol ko'zini ochdi.
— Ne?! Arlet mushuk emas!
— Unda nima?
— Arlet mukammal ANS, ne.
Armin kulib yubordi. Bir necha daqiqadan keyin xonada yana tinchlik hukm surdi. Derazadan yulduzlar ko'rinardi. Pechkaning iliq havosi esa yuqoriga ko'tarilib, xonani isitib turardi. Armin pastga qaradi. Arlet allaqachon uxlab qolgan edi. Yostiqni quchoqlab yotar, yuzida esa kichkina tabassum bor edi. Qo'lida esa yarim yeyilgan pishiriq. Armin sekin dedi:
— Haqiqatan ham… juda g'alati ekansan, Arlet.
U ehtiyotkorlik bilan Arletning qo'lidagi pishiriqni olib qo'ydi. Arlet yarim uyquda pichirladi:
— Armin…
— Ha?
— Ertaga ham pishiriq bo'ladimi, ne…
— Ha, bo'ladi.
Arlet darhol xotirjam bo'lib yana uxlab qoldi. Tungi sukunat butun qishloqni qoplab olgan edi. Deraza ortida osmon qora ipakdek yoyilib, unda son-sanoqsiz yulduzlar miltillab turardi. Uzoqdan shamolning mayin ovozi eshitilar, pechkaning pastki qavatdan kelayotgan xira shitirlashi quloqqa chalinardi. Armin chuqur uyquda yotar edi. Birdan u asta uyg'onib ketdi. Nega uyg'onganini o'zi ham tushunmadi. Ko'zlarini yarim ochib atrofga qaradi. Xona qorong'i edi — faqat derazadan tushayotgan oy nuri xonani xira yoritib turardi. Armin yon karavotga qaradi. Keyin ko'zlari kattalashdi.
— Arlet…?
Arlet o'z karavotida o'tirgan edi. Qo'lida kichkina gul bor edi — deraza tokchasida o'sib turgan oq gul. Uni juda ehtiyotkorlik bilan karavoti ustiga qo'ygan, ikki qo'lini esa gul ustiga yaqinlashtirgan edi. Armin jim kuzatib turdi. Birdan juda g'alati narsa sodir bo'ldi. Gulning barglari orasidan juda xira, mayin yashil nur paydo bo'ldi. Bu nur asta-sekin Arletning qo'llariga o'ta boshladi. Arletning oppoq sochlari oy nurida kumushdek yaltirab turardi. Uning ikki xil ko'zi esa yarim yopiq, xotirjam edi. Armin asta o'rnidan turdi.
— Arlet… sen nima qilyapsan?
Arlet sekin ko'zini ochdi. Qo'rqmadi. Faqat bir oz hayron bo'ldi.
— Armin uyg'onib ketdimi, ne…
— Bu nima?
Arlet qo'llarini guldan oldi. Yashil nur asta-sekin so'ndi.
— Arlet energiya olayapti, ne.
— Energiya?
— Ha. ANSlar shunday yashaydi, ne.
Armin karavot yoniga o'tirdi.
— Qanday qilib?
Arlet gulni yana ehtiyotkorlik bilan qo'liga oldi.
— ANSlar tabiat bilan bog'langan, ne. Daraxtlar, gullar, quyosh… hammasida hayot kuchi bor.
— Shunda sen o'sha kuchni olasanmi?
— Ha, ne. Ozgina bo'lsa ham yetadi.
Armin hayrat bilan dedi:
— Demak sen ovqat yemay ham yashay olasanmi?
Arlet bir oz o'ylanib qoldi. Keyin jiddiy yuz bilan dedi:
— Yo'q.
— Nega?
Arlet mag'rur ohangda dedi:
— Chunki pishiriq juda mazali, ne.
Armin kulib yubordi.
— Men shuni kutgandim.
Arlet esa yana gulga qaradi.
— Ammo bu juda muhim, ne.
— Nima uchun?
Arlet sekin dedi:
— Agar ANS uzoq vaqt tabiatdan uzoqda bo'lsa… u kuchsizlanadi.
Armin bir oz jim qoldi. Keyin deraza tokchasiga qaradi.
— Shuning uchun sen gullarni yaxshi ko'rasanmi?
— Ha. — Arlet bir oz kulimsiradi. — Va quyoshni ham.
— Shuning uchun ertalab doim derazani ochasan.
— Ha, ne.
Armin chuqur xo'rsindi.
— Sen haqiqatan ham g'alati ekansan.
Arlet darhol javob berdi:
— Arlet g'alati emas.
— Unda nima?
— Arlet maxsus, ne.
Armin yana kuldi. Keyin karavotiga qaytib yotdi.
— Mayli, maxsus ANS. Endi uxlaylik.
Arlet gulni deraza tokchasiga qo'ydi. Keyin choyshabga o'ralib oldi.
— Armin…
— Ha?
— Bu sir, ne.
— Tushundim.
Bir necha soniyadan keyin Arlet yana pichirladi:
— Ammo ertaga rostdan ham pishiriq bo'ladi, to'g'rimi, ne?
Armin charchoq bilan kuldi.
— Ha… bo'ladi.
— Yaxshi.
Arlet xotirjam ko'zini yumdi. Tashqarida esa oy nuri sokin qishloq ustida jimjit porlab turardi. Va uzoqdan — qora suluetlar paydo bo'lib, Ermis qishlog'i tomon sekin harakat qila boshladi.
Tush
Armin qorong'ulik ichida turardi. Atrof — suv. Ammo bu oddiy suv emas edi. Osmon ham suv, yer ham suv. U go'yo bo'shliq ichida osilib turgandek edi. Yuqoridan kumush nur tushdi. Suv ikki tomonga ajrala boshladi. U yerda — u turardi. Uzun kumush sochlar. Yelkasiga tushgan yaproq-to'r toj. Ko'zlari ko'l rangida — chuqur va sokin. Libosi shamolsiz ham hilpirardi.
Elf Qirolichasi.
Uning ovozi suv ichida ham aniq yangradi — go'yo qalb ichidan eshitilgandek.
— Armin… tanlov haqida bahslashding. Endi tanlov seni chaqirmoqda.
— Siz… kimsiz?
Ayol qo'lini suv ustiga qo'ydi. Suvda aks emas — kelajak manzarasi paydo bo'ldi: o'rmonlar yonmoqda, osmon qoraygan, uzoqda suv ustida oppoq qasr suzib turardi.
— Men Lyusenburg Qirolichasiman. Tabiat elflari hukmdori. Lake Lurindel seni kutmoqda.
Arminning yuragi tez ura boshladi.
— Nega men?
Qirolicha yaqinlashdi. Uning ko'zlarida boshqa Armin aks etardi — kuchliroq… sovuqroq.
— Chunki sen kalitsan. Agar kelmasang… muvozanat qulaydi.
Armin qo'lini cho'zdi. Shu zahoti suv oynadek chil-chil sinib ketdi. U keskin o'rnidan turdi. Nafasi tez edi. Tashqarida yomg'ir boshlangan. Deraza yonida Arlet turardi. Qorong'ulik ichida uning qizil ko'zidagi vertikal chiziq xira yaltirardi. U Arminga qaramay tashqarini kuzatib turardi — go'yo yomg'irni emas, unda yashirin biron narsani ko'rayotgandek.
— Men tush ko'rdim… — dedi Armin, nafasi hali titrab.
Arlet burilmadi.
Bir necha soniya sukunat. Yomg'ir oynaga urildi. So'ng sovuq, sokin ovoz eshitildi:
— Bashorat boshlandi, ne.
— Sen buni bilarmiding?
Arlet sekin burildi. Yuzida mayin, lekin og'ir tabassum bor edi.
— Muvozanat harakatga keldi. Demak, vaqt yetdi.
— Qayerga?
— Lyusenburg. Lake Lurindel, ne.
Arminning ko'zlari kattalashdi.
— Demak bu shunchaki tush emas edi?
Arlet yaqinlashdi.
— Tushlar tasodif bo'lmaydi. Ayniqsa seni tanlagan tushlar, ne.
Yomg'ir kuchaydi. Qishloq ko'chalari to'lqinlana boshladi.Arlet qo'lini Arminga uzatdi.
— Sayohat boshlanyapti.
Armin uning qo'liga qaradi. So'ng Arletning ko'zlariga — bir moviy, bir qizil. U qo'lini uzatdi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0