"Hayotimizda biror insonni bizdan uzoqda bo'lganida so‘g‘inish oddiy holat , ammo yonimizda bo'lgan insonni ham sog‘inishchi..? Bu biroz g‘alati to'g'rimi? Men ham ilgari shunday deb o‘ylar edim ammo o‘zim ham yonimda bo‘lgan ammo meni "Men" ekanimni bilmagan insonni sog'inganim-ga qadar..."
Salom meni ismim Kim Lia yoshim yigirma besh-da. Hongik universiteti ning — Tasviriy san’at fakulteti-ni tamomlaganman. Universitet-ni tamomlaganimga ham bir yildan oshdi ammo o‘z sohamda ish topa olmagach hozirda muzeyda ish boshladim. Tarixga unchalik qiziqmaydigan qiz muzeyda ishlashi biroz g‘alati ammo , ishsiz bo'lgandan shunisi ancha yaxshiroq. Ishga joylashganimga 1 hafta bo‘ldi , meni ishim o'zi unchalik ham qiyin emas , muzeyga tashrif buyurgan mehmonlar ga yo'l ko'rsataman, ba'zida tarixga oid savol so'rashadi aynan shu mening zaif tomonim, "chunki tarixdan maktab paytida yahshi o‘qimaganman doim tarix darsida rasm chizib yo'ki bahona qilib darsga kirmaslik-ni tanlaganman.." aynan shunday voqea larga duch kelgan paytim boshqa sheriklarimiz dan yordam so‘rayman.
Bugun ham huddi shunday bir voqea yuz berdi. * Muzeyda-gi eski surat larga qarab turgan janob mendan bu surat haqida ma'lumot so‘radi. Men bu rasm haqida qayerdan ham bilishim mumkin ? Surat ning rangi , unda ishlatilgan qalam va bo'yoqlar haqida so‘rada ham mayli edi "suratdagi qizga nima bo‘lgani haqida bilasizmi?". Men qayerdan ham bilishim mumkin ? Janobni yuziga qaragan holatda o‘n soniya atrofida qotib qoldim va "uzur, boshqa ishchilarimizdan sizga yordam berishlarini so‘rayman" deb ortga o‘girilishim bilan Meni to'xtatib qolgan ovozni eshitdim. "Tarixga qiziqmaysizmi?". Yana o'sha janob turgan tarafga burildim. Janob meni tarixni bilmay turib ham muzeyda ishlayotganim uchun ham bu savolni berdi deb o'yladim. Noqulay tabbasum bilan "Ma'zur tutasiz Janob, tarixga oid ma'lumotlarim biroz kamroq , sizga yordam bera oladigan boshqa hodimimizni chaqirishim mumkin istasangiz". Janob meni noqulay bo'lganimni sezdi-mi yoki yoq bilmadim ammo bu gapimga javob bermadi va yana suratga o‘girilib "Bu Qirolicha Kim Seohwa ning haqiqiy surati". Bu menga qiziq deb o‘ylayapti shekil-li? Ammo Janob-ning gapi menga qiziq bo‘lmagani-ni sezdirmaslikka ancha harakat qildim. Janob hali ham ko'zlarini suratdan uzmagan holatda yana o‘sha zerikarli gaplarini boshladi. "Bu surat ni Qirol Park Dohyun-ning o‘zi chizgan". Janob kuzatayotgan suratga Men ham ko'zlarimni olib bordim , suratni yahshiroq kuzatish uchun surat qarshisiga Janobdan 2 qadam ortga turib oldim. Suratga biroz tikilib turgach Janob yana gap boshladi. "Bu surat Qirolicha-ning o'limidan bir kun avval chizilgan , tongda esa Qirolicha o‘z xonasidan zaharlangan holatda topilgan". Bu gaplarni eshitishim bilan yuragim biroz boshqacha bo‘ldi. Suratga bo‘lgan qiziqishim oz bo‘lsada oshgani, ko‘zlarimni hanuz suratdan uzmaganimdan yaqqol bilinib turar-di. "Qirolicha o‘zini zaharlagani haqida maktub ni ham tashlab ketgan". Nima ? Hozir tushunmay qoldim. Qirolicha o‘zini zaharlaganmi? Nima uchun ? Suratda u baxtli , tabbasum qilib turibdi-ku ahir. Janob men tomon o‘girildi va "Nima sababdan Qirolicha o‘z joniga qasd qilgani-ga qiziqdingizmi?" Janobga javob bera olmadim, chunki fikrlarim hali ham tartibsiz edi. Janob menga bir kitobni uzatdi , sekin kitobni oldim va nomini o‘qidim."SAROYNING SO‘NGGI GULLI" - bu qanday kitob ? Nega buni menga beryapti?. "Agar bu surat haqida bilib olmoqchi bo'lsangiz shu kitobni o'qib ko‘ring". Nima bu kitob shu surat haqidami? Nega buni menga beryapti o‘zi? "Kechirasiz ammo bizda mexmonlarimizdan narsa olish mumkin emas" deb biroz egilgan holatda kitob-ni qayta Janob-ga uzatdim. "Buni shunchaki beryapman, boshqa ma'no izlamang. Va tarixga kichik qiziqish uyg'ota olsam xursand bo‘laman." deguncha ohista qadamlar bilan eshik tomon yurib keta boshladi. Men ozgina qotib qolganimdan so‘ng Janobni uzoqlashib ketayotganini ko'rgach ortidan baqirdim "Sizga rahmat aytishim uchun ismingizni ayta olasizmi Janoob?". Janob ortiga qaradi ammo yurishdan hanuz to'xtamagan holatda nim tabbasum bilan "Sunghoon , meni ismim Sunghoon." deb aytib bo‘lguncha eshikka yetib borgan edi. Men esa hanuz surat qarshisida kitobga termulgancha qotib turar edim...*
O‘sha kitob hozir ham qo'limda ammo hozir o‘z uyimda , o‘z yotog'imda yotgan-cha kitob varaqlayapman. Kitobni muqovasi qattiq , suratda esa barglari to'kilgan shaftoli guli aks etgan-di. "Nima shunda bu hayotdan olingan kitob-mi?" Agar rostdan ham shunday bo‘lsa bu men uchun qiziqarli emas. Tarixni yoqtirmasligim bu anniq , shunday ekan tarixiy kitob o'qish.., puff o'ylashni o‘zi g‘alati. "Tarix allaqachon tugagan shunday ekan , nega biz endi uni o'rganishimiz kerak ekan?" deb kitobni yonimda turgan tortma ustiga qo'yib , boshimni yostiqdan olmasdan uxlab qoldim...
Ana bo‘lmasa , kecha ko'p o‘ylab yubordim shekili tushimda Qirolicha-ni ko‘ribman. Qizil keng Hanbok kiygan, nafis qo‘llari bilan lablaridagi kulgini yashirishga harakat qilayotgan edi. Qarshisida keng yelkalik erkak Qirolichaning suratini chizayotgan , u ham Qirolichaga qarab samimiy tabbasum qilayotgan edi. Erkakning ajdarho tushirilgan qizil ko'ylagi va tojidan , Qirol ekanini bilsa bo'lar edi. Ammo negadir ularning ko'zlarini va anniq yuzlarini ko'ra olmadim.
Birdan Qulogʻimga uyg'otgich ovozi eshitila boshladi. Ko‘zlarimni istamagan holatda ochishga urindim ammo ko'zlarim o‘zi buni istamas edi. Bir amallab ko‘zlarimni ochib soatga qaradim , HUDOYIM , ISHGA KECH QOLIBMAN... o‘zi endi ish topgan edim , bundan ham haydalishni istamayman. Tezda kiyinib, nonushta ham qilmasdan avtobus ga yugurdim. Jin ursin , avtobusga ulgura olmadim. Majburan taxi to'xtatdim , chunki ishga tezroq yetib borishim kerak avtobus esa yana yana yigirma besh daqiqa dan so‘ng keladi. O‘zim ishlaydigan muzeyga hansiragan holatda kirib oldim. Ishga kechga qolganim uchun menga hech kim indamadi , men ham o'z ishimda davom etdim. Ammo negadir ko‘nglim notinch , ko‘p bora eshik tomon ko‘zlarim qarab qolar , huddiki kimnidir kutayotgan-dek edim. Bugun negadir mexmonlar kam , bu esa menga yahshi chunki erkin-roq bo‘laman va ishim kamayadi. Vanihoyat soat kechki to'qqiz bo‘ldi. Ish vaqtimiz tugadi. Mexmonlar tugagach , chiroqlar ham birin-ketin oshirilib borildi. Endi ketishga taradud ko‘rayotganim-da ko'zim kechagi suratga tushdi. Suratga biroz qarab qotib qoldim. "Suratda Qirolicha huddi tushimdagi o‘sha qizil keng , naqshlar-i tilla rangda bo‘lgan Hanbok kiyib olgan. Hanbokning jeogori qismiga shaftoli gulli-lik Norigae bezak-ki illib olgan , yuzida esa nafis va samimiy tabbasum , ko‘zlari baytdan portab turgan holatda turar edi." Qirolicha-da ham meniki kabi ko‘zlari yonida oq qog'oz-ga tushgan qora siyoh kabi xol bor ekan. Yaxshilab e'tibor berib qarasam surat tegiga "Mening Shaftoli Gullim" deb yozib qo'yilgan ekan. Agar Qirol ham Qirolichani chindan sevgan bo‘lsa nega Qirolicha o‘z joniga qasd qilgan..? Shunda hayol-limga kecha Janob bergan kitob keldi. Balki tarix-ni biroz o‘rganishim kerakdir? - deb yugirgancha uyga yetib bordim.
Sumkam hamda plashimni uyga kirishim bilan uloqtirib yotogʻimga o‘zimni otdim. Kecha kitobni qanday tortma-ga qo'ygan bo‘lsam huddi shunday turgan edi. Kitobni qo‘limga oldim , sekin kitobni ochishim bilan kitob ichidan chiqqan nur meni kitob ichiga olib kirib ketdi....
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0