"Hayotimizda biror insonni bizdan uzoqda bo'lganida so‘g‘inish oddiy holat , ammo yonimizda bo'lgan insonni ham sog‘inishchi..? Bu biroz g‘alati to'g'rimi? Men ham ilgari shunday deb o‘ylar edim ammo o‘zim ham yonimda bo‘lgan ammo meni "Men" ekanimni bilmagan insonni sog'inganim-ga qadar..." Salom meni ismim Kim Lia yoshim yigirma besh-da. Hongik universiteti ning — Tasviriy san’at fakulteti-ni tamomlaganman. Universitet-ni tamomlaganimga ham bir yildan oshdi ammo o‘z sohamda ish topa olmagach hozirda muzeyda ish boshladim. Tarixga unchalik qiziqmaydigan qiz muzeyda ishlashi biroz g‘alati ammo , ishsiz bo'lgandan shunisi ancha yaxshiroq. Ishga joylashganimga 1 hafta bo‘ldi , meni ishim o'zi unchalik ham qiyin emas , muzeyga tashrif buyurgan mehmonlar ga yo'l ko'rsataman, ba'zida tarixga oid savol so'rashadi aynan shu mening zaif tomonim, "chunki tarixdan maktab paytida yahshi o‘qimaganman doim tarix darsida rasm chizib yo'ki bahona qilib darsga kirmaslik-ni tanlaganman.." aynan shunday voqea larga duch kelgan paytim boshqa sheriklarimiz dan yordam so‘rayman. Bugun ham huddi shunday bir voqea yuz berdi. * Muzeyda-gi eski surat larga qarab turgan janob mendan bu surat haqida ma'lumot so‘radi. Men bu rasm haqida qayerdan ham bilishim mumkin ? Surat ning rangi , unda ishlatilgan qalam va bo'yoqlar haqida so‘rada ham mayli edi "suratdagi qizga nima bo‘lgani haqida bilasizmi?". Men qayerdan ham bilishim mumkin ? Janobni yuziga qaragan holatda o‘n soniya atrofida qotib qoldim va "uzur, boshqa ishchilarimizdan sizga yordam berishlarini so‘rayman" deb ortga o‘girilishim bilan Meni to'xtatib qolgan ovozni eshitdim. "Tarixga qiziqmaysizmi?". Yana o'sha janob turgan tarafga burildim. Janob meni tarixni bilmay turib ham muzeyda ishlayotganim uchun ham bu savolni berdi deb o'yladim. Noqulay tabbasum bilan "Ma'zur tutasiz Janob, tarixga oid ma'lumotlarim biroz kamroq , sizga yordam bera oladigan boshqa hodimimizni chaqirishim mumkin istasangiz". Janob meni noqulay bo'lganimni sezdi-mi yoki yoq bilmadim ammo bu gapimga javob bermadi va yana suratga o‘girilib "Bu Qirolicha Kim Seohwa ning haqiqiy surati". Bu menga qiziq deb o‘ylayapti shekil-li? Ammo Janob-ning gapi menga qiziq bo‘lmagani-ni sezdirmaslikka ancha harakat qildim. Janob hali ham ko'zlarini suratdan uzmagan holatda yana o‘sha zerikarli gaplarini boshladi. "Bu surat ni Qirol Park Dohyun-ning o‘zi chizgan". Janob kuzatayotgan suratga Men ham ko'zlarimni olib bordim , suratni yahshiroq kuzatish uchun surat qarshisiga Janobdan 2 qadam ortga turib oldim. Suratga biroz tikilib turgach Janob yana gap boshladi. "Bu surat Qirolicha-ning o'limidan bir kun avval chizilgan , tongda esa Qirolicha o‘z xonasidan zaharlangan holatda topilgan". Bu gaplarni eshitishim bilan yuragim biroz boshqacha bo‘ldi. Suratga bo‘lgan qiziqishim oz bo‘lsada oshgani, ko‘zlarimni hanuz suratdan uzmaganimdan yaqqol bilinib turar-di. "Qirolicha o‘zini zaharlagani haqida maktub ni ham tashlab ketgan". Nima ? Hozir tushunmay qoldim. Qirolicha o‘zini zaharlaganmi? Nima uchun ? .....