Qiz yig'lab-yig'lab uhlab qoldi.Uni faqatgina tong otganini bildiruvchi quyosh nurlari ko'zlarini ochishga majbur qildi.Qiz injilibgina ko'zlarini ochdi va ko'zlarini ishqalab uyqusini ochishga urindi.Uni chetdan ko'rgan inson bu ahvolini ko'rib qo'rqib ketishi tayin.Kechagi yig'i sig'idan keyin uning qovoqlari anchagina shishgan ko'zlarini deyarli yopib qo'ygan edi.Qiz yostiq tagidan telefonini qidira boshladi,topgach esa uni yuziga yaqin olib kelib ekranni yoqdi.Soat tongi 7:00.Uning reysi soat 10:00 ga belgilangan.Qiz shoshgancha o'rnidan turib dushga kirib ketdi.Bir necha soniya o'tib dush halatida xonasiga kirdi.U pardoz stolini oldiga kelib o'tirib bir oz o'ziga tikildi.
-Senga achinyapman....agar shu holatingni 18 yoshlik o'zing ko'rganida seni yuzinga shapaloq solib o'tib ketardi.O'zinga bir qara o'zingni shu 7 yil ichida abgor qilishga ham ulgurding.Bitta yigit seni shu holatinga arziydimi?Nega bunchalar har kuni uni deb kuyinasan....Unut bo'ldi axir sening orzuing qarshingda....Sen mashhur dizayner bo'lishni xohlaganding mana bo'lding....Mansab,pul istaganding....Qara senda hammasi mavjud....O'zgalar orzu qilgan hayotta yashayapsan...Senga yana nima kam....shunchaki uni qo'yib yubor....U oilasi bilan baxtli uning ustiga uning farzandi ham bor.Guldek xotinini tashlab sening yoninga uchib kelarmidi...Aslo bunday bo'lmaydi....shunday ekan o'zingni qo'lga olib Parij safaring uchun tayyorlan....Sen kuchlisan!
Qiz pardoz qilib bo'lgach aeraportga mos kiyimni tanlab kiydi.Yotoq ustidagi telefonini olib soatga qarasa soat allaqachon 9:00 ni ko'rsatardi.Tezda tayyorlab qo'ygan chamadonini olib xonasidan chiqdi.Nonushta qilishga ham ulgurmasligini sezgan qiz darrov uyni tark etib moshinasiga chamadonni joylab o'zi haydovchi o'rindig'iga joylashib aeraport tomonga haydadi.

Bir necha soniyalar o'tgach Arining moshinasi aeraport oldiga kelib to'xtadi.Officeda noutbooki qolib ketganini sezgan qiz aeraportga kelayotgan paytta yordamchisiga uni olib kelishini aytgan edi.U yordamchisini kutish barobarida har zamon soatga qarab qo'yardi.Samalyotga kech qola olmaydi chunki bu intervyu u uchun juda muhim.Vanihoyat yordamchisini yuzini ko'rgan Ari yengilgina xo'rsinib qo'ydi.Qiz Ariga yaqinlashar ekan Arining ko'zi undan uzilmasdi.
-mana xonim noutbookiz
Ari tabassum qilgancha qizning qo'lidan noutbookni oldi
-rahmat....ko'rishguncha men yo'qligimni bildirma....
Qiz tazim qilgancha
-ho'p xonim...yaxshi yetib oling
Ari qo'li bilan xayr ishorasini qilib aeraport ichkarisiga kirib ketdi.Samalyot uchib ketishiga roppa rosa 30 daqiqa qoldi lekin qiz hali ham registratsiyadan o'tish uchun navbat kutyapti.
-Jin ursin...nega navbat kelishi buncha qiyin....15 minutdan keyin samalyot uchib ketadi....chindan ham omadsizman...
Qiz hech kim eshitmaydigan ovozda o'zini o'zi haqoratlardi.Vanihoyat qizning navbati keldi...Tezda registratsiyadan o'tib olgach o'ziga kerakli bo'lgan samalyotning yoniga borish uchun tez tez qadam bosib yura boshladi.Baxtga qarshi ulgurdi samalyot uchishiga 5 daqiqa qolganida qiz uning ichiga joylashib o'ziga kerakli bo'lgan o'rindiqqa joylashib yengil nafas oldi.
-Ming shukr ulgurdim...
Ari samalyot oynasidan tashqarini kuzatar ekan ulgurganidan xursand bo'lardi.5 minutlar o'tgach samalyot dvigiteli ishlashni boshlab bort kuzatuvchilarning mayin ovozi yangrashni boshladi.
Pov Ari
Qanday ajoyib sayohat qilish...ayniqsa moda uyi bo'lgan Parijga....Menimcha har bir dizaynerning orzusi bu....Men esa o'sha orzulardan birida yashamoqdaman....
Qiz shunday hayollar bilan noutbookini ochdi.Samalyot ham sekin yerdan ko'tarildi.Uning ko'zi kecha qoldirib ketgan satrlariga tushdi va uni davom ettirishni boshladi.
***
Tanlov tugagach hamma ishtirokchilar va tomoshabinlar xonani tark eta boshlashdi lekin men sahna o'rtasida turardim.G'olib bo'lganimdan xursand edim va shunchaki ketayotganlarni tomosha qilardim.Shu payt yonimga og'ir qadam tovushlari bilan kimdir keldi.Men uni kimligini yaxshi bilaman....Ha bu o'sha men sekin unga nigohimni qaratdim.U menga qarab tabassum qilib turar edi.Men ham javoban tabassum qildim.Uning bir qo'li orqasida yashirinib turar edi.Men bu holatdan hayron bo'ldim lekin indamadim.U ham meni qiziqayotganimni sezdi sheklli o'sha qo'lini menga cho'zdi.Uning qo'llarida bir quticha bor edi.Rostan ham buni menga bermoqchimi chindan ham u menga nimadir bermoqchi....Men buni tarix kitoblariga bitishim kerak....Uning tabassumi yanada kengaydi va qutichaga qarab imladi.Men uning bu qadar samimiy tabassumini bu maktabga kelganimdan beri birinchi marotaba ko'ryapman....Lekin tog'risi tan olishim kerak bu tabassum juda go'zal....Ouv yo'q mening yuragim nega bunchalar tez urayotganidan hayronman....Astaroq hozir u sezib qoladi....U esa haligacha qutini menga uzatib turar edi.Men uning qo'lidan qutini sekingina oldim va nigohimni yana unga qaratdim.
-Bu nima uchun?
Uning tabassumi haligacha so'nmagan edi
-Tabrik uchun....arzimas bo'lsa ham senga yoqadi deb o'yladim....
Men xursand edim....Hayotimda ilk bor yigit kishi menga sovg'a berdi...Tog'rirog'i menga yoqadigan inson....Tan olishim kerak men uni yoqtirib qolyapman....Lekin bu hislarni tiyishim kerak chunki uning sevgan qizi bor....Men ularning orasiga tushib ajratish niyatim yo'q....Men unday razillik qila olmayman....
U tabassum qilgancha menga xayr ishorasini qilib xonadan chqib ketdi.
Uyga qaytarkanman qo'limda o'sha quticha.Men u qutichani tezroq ochishni istayman shuning uchun ham uyga tez-tez qadamlar bilan yetib oldim.Uyda hech kim yo'q hoyna hoy ota-onam ishga ketishgan.Seulga ko'chib o'tganimizdan keyin oyim ham ishlashni boshlagan ko'pincha kechgacha uyda yolg'iz qolib ketaman.Bu unchalik ham qo'rqinchli emas menga yolg'izlik juda ham yoqadi.Men uyning qulfini ocharkanman uy ichiga kirib tezlik bilan xonamga chiqdim.Xonam uncha katta emas lekin shinamgina o'zimga yoqgan rasmlarni xonamni har bir burchagiga ilib tashlaganman...Menga xonaga rasm ilish juda ham yoqadi ayniqsa yoqtirgan narsalarning har bir burchakda ko'rish bu o'zgacha his beradi insonga.Men sumkamni xonam eshigi oldiga qo'ydimda yotog'imga qornim bilan yotib oldim.Sekingina qo'limdagi qutichani ichini ochar ekanman ko'zlarimga ishonmasdim.U bunday qilishi mumkin emas....U buni qayerdan biladi.....Qutichani ichiga qarar ekanman ko'zlarimdan birin ketin yosh quyula boshladi.U nega bunchalik chiroyli....Men bunday go'zallikni ilk bor ko'rishim....Men darrov qutini ichida turgan braceletni qo'limga oldim va unga tikilib turdim....U meni kapalakni yoqtirishimni qayerdan bildi....Men bu haqida hech kimga og'iz ochmagaanman hatto buni uyimdagilar ham bilishmaydi.....Bu juda hayratlanarli.

COME BACK*
Ha to'g'ri o'yladingiz Jungkook men haqimda ko'proq ma'lumot to'plagan meni yaxshi ko'rgan va yomon ko'rgan hamma narsamni bilishga ulgurgandi.O'sha taqinchoqqa nima bo'ldi deb o'ylaysiz....U hali ham men bilan undan yagona qolgan narsa faqatgina shu....Men uni hech qachon yechmayman deb unga ham o'zimga ham vada berganman....Bu vadamni 7 yil o'tgach ham hali buzganimcha yo'q....
FLAHBACK*
Erta tong quyosh qizning yuzlariga ayamasdan nurlarini sochardi.Qiz bu yorug'likdan yuzini burishtirdi va ko'zini bittasini ochdi yotoq oldidagi tumbachani oldida turgan soat 7:00 ni ko'rsatar edi.Qiz soatni ko'rib darrov o'rnidan turdi.Odatda ularning darslari 9 da boshlanadi qiz hozir tayyorlanmasa yana darsga kech qolib jazolanishi tayin.Bu jazolar esa qizga sira ham yoqmaydi.Shuning uchun ham dushga kirib yuvinib chiqdi va maktab formalarini kiyishni boshladi.Kiyinib bo'lgach oynaga qarab sochlarini tuzatdi va sumkasini olib xonasidan chiqib ketdi.
Odatda ota-onasi ham qiz turishidan oldin ishga ketishgan bo'ladi ba'zida otasi tunda uyga qaytmaydi.Shuning uchun har kuni qiz nonushta qilmasdan maktabga ketadi.Bugun ham uyda nonushta qila olmasligini bilgan qiz noiloj ho'rsingancha uydan chiqib ketdi
*Men o'qiyotgan maktabda boylar va mansabdorlar o'qiydi.Men esa buni afsuski kech bildim.Dadamning mansabi oshgan bo'lsa ham maktabimdagi o'quvchilarni ota-onasidekmas.Shuning uchun ham sinfdoshlarim men bilan ko'p gaplashishmaydi.Vanihoyat aftobus kelib to'xtadi.Darrovgina uning ichiga kirib o'zimga joy topib o'tirib oldim.Maktabimgacha bo'lgan masofa yarim soat shuning uchun ham bemalol o'tirar edim.
12:00*
Bugun darslar erta tugadi.Bitta fanimiz qolgan lekin u soat 3 da bo'lganligi uchun kutubxonada bir oz dars qilishni xohlab o'sha yerga bordim.O'zimga mos joyni topib o'tirdim va sumkamdan kerakli kitob va daftarlarimni olib dars qilishni boshladim.Men yoqtirmaydigan fan bu algebra edi.Doim adashaman formulalar esimdan chiqib qoladi.Ustoz bergan misollarni yechar ekanman javobi hech chiqay demasdi.Uff tortgancha qaytadan ishlay boshladim.Bu men yoqtirmaydigan mavzu tenglamalar.Bilmayman lekin men ularni hech ham ishlay olmayman doim javobim xato chiqadi.Yana ishlashga urinib ko'rdim yo'q chiqmayapti.Sal qolsa asabilashganimdan baqirib ham yuboray dedim lekin kutubxonada ekanligim esimga tushib tishimni tishimga qo'ydim

Men nigohimni yana o'sha misollarga qaratar ekanman qarshimga kimdir kelib o'tirdi men uni anniq sezdim.U oldimda turgan daftarim va kitobimni o'zi tarafga oldi va men ishlay olmayotgan tenglamani ishlay boshladi.Men kim ekanligiga qiziqib qarshimdagi insonga nigohimni qaratdim....U nega bu yerda?....men uni hech qachon kutubxonada ko'rmaganman....Bu yerda nima ishi bor?....U misoldan nigohini ko'tarmasdan ishlardi.Men esa unga tikilib turardim.Undan ko'zimni olishni xohlasam ham buni eplolmayotgandim....Bir mahal u misolni ishlashni to'xtatib daftarni men tomonga siljitdi va menga tabassum qildi
-Tenglamani ishlay olmaysanmi...bu juda ham oson
Men esa nigohimni uning ko'zlariga qadab turdimda keyin darrov olib qochdim
-Hech ham oson emas...qiyinligini qara....10 marta harakat qildim lekin javobi chiqmadi
U mening gaplarimdan kulib yubordi
-Men ishlaganimda bittada chiqdi....bahona qilma shunchaki miyyangni ishlatib ko'rmagansan
Men uning gaplaridan chindan ham g'azablandim...Kutubxonaga kelganimdan buyon shu misol bo'yicha bosh qotirdim...Lekin qancha urinmay yecha olmadim menimcha bor bilimimni ham ishlatdim.....
-Ishlatdim....bor yo'lingdan qolma....nega bu yerga kelding o'zi?
Uning kulgusi to'xtadi va birdan men tomonga boshini olib keldi va ko'zlarimga qarab turdi.
-bu yerda bir qiz nimadandir asabilashib hunobi chiqayotgan ekan men unga yordam berish uchun keldim....
-yordam so'radimmi?
deb ensamni qotrib undan ko'zlarimni olib qochdim
-yordam so'rashing shartmi?yordam bergim keldi!
deb deb tabassum qilib yana oddiy holda o'tirib oldi.
-xohlasang senga algebradan yordam beraman....bu fandan a'lochiman....
-Shart emas
deb ohista ayttim.Hali ham uning ko'zlariga qaray olmasdim.
-shunchaki aytmadim sen menga surat chizishni o'rgatish sharti evaziga
Men uning shu gaplaridan keyingina uning ko'zlariga tushunmaygina qaradim
-tushunmadim
Uning tabassumi yanada kengaydi.Men bu tabassumga chindan ham oshiq bo'layapman sheklli.U shu qadar samimiy tabassum qilardiki uning har bir so'zlariga yengilardim
-Men surat chizishni xohlayman....o'zim yoqtirgan inson suratini...menga buni o'rgatasanmi?
Mening portret bo'yicha unchalik ham qobiliyatim yo'q bu ishni qilib ham ko'rmaganman lekin uning taklifini rad etgim ham kelmayabti.Hoynahoy Sonani suratini chizsa kerak axir sevishganlarku...Uning bu shartiga rozi bo'lishni xohladim va unga javoban tabassum qilddim
-mayli

COME BACK*
Shu voqealar sodir bo'lganiga mana 7 yil bo'layapti.U bilan o'tgan har bir kunim men uchun qadrli.Uning har bir menga atalgan tabassumi yodimda.Menimcha buni unutmasam ham kerak.U juda ham samimiy edi.Uning qilayotgan tabassumlari chindan ham samimiy bo'lgan....Men uni sog'inyapman....Chindan ham juda qattiq sog'inyapman...Yaqinda uning brendiga tegishli mashina sotib oldim....Buni atey qildim uni yana bir bor ko'rish uchun afsuski u men borgan joyda yo'q edi.Balki taqdir bizning birga bo'lishimizni xohlamas shuning uchun ham bizni ajratgandir.O'shanda tog'ri o'ylagan edim men ular orasida 3-shaxs edim o'zim chiqib ketishni istamaganim uchun taqdirning o'zi ularning orasidan meni quvdi.Lekin mening aybim nima edi men haligacha tushunmayman....Men undan uzoqlashishni xohlardim shuning uchun ham masofa saqlardim lekin uning o'zi menga yaqinlashdi...Uning o'zi mening qalbimda muhabbat o'chog'ini yoqdi va uning o'zi o'sha qalbimdan o'tni o'chirdi.....Agarda biz yana qayta dunyoga kelsak o'sha hayotimizda birga bo'lish imkonimiz bo'lar....Shunchaki bu hayotimizda bizning muhabbat qissamiz o'xshamagandir....Nima bo'lgan taqdirda ham men barchasiga umid qilaman....Mening armon bo'lgan muhabbatim!
FLASHBACK*
Biz kelishuvimiz tufayli hozir rassomchilik xonasidamiz...Kechagi kun u menga algebradan yordam berdi men ancha muncha narsalaga tushunib qoldim....Tenglama ham unchalik qiyin emas ekan...Bugun esa men unga surat chizishi uchun yordam berishim kerak...Barcha kerakli narslarni tayyorlab oldim.Qalamlarni uchkurlab kerak bo'ladigan qog'ozlarni oldiga qo'ydim va unga qaradim
-Uning ko'zlarining shakli qanday....avval senga ko'z shakllarini chizishni o'rgataman va shunga qarab qolganini davom etasan....
U ho'p degancha boshini silkidi.Men esa unga har xil turdagi ko'zlarni chizishni o'rgata boshladim.Ohu ko'zni qanday chizish kerak kipriklarni qanday haqiqiyga o'xshatib chizish mumkin....Siren ko'zlarni qay tarzda chizish hullas barchasini 3 soat deganda tushuntirib berdim....Bizning birinchi mashqimiz ham tugadi....U esa huddi Sonaning ko'ziga o'xsash ko'z chizibti...Mening ichimdan nimadir tirs etib uzildi.Nimani ham kutayotgandim axir ular sevishgan albatta uning ko'zini chizishi anniq....

U birinchi bora shunday surat chizganligi uchun juda ham quvonib ketti.Bu quvonchini ko'rib mening ham yuzimga tabassum oraladi.U menga tabassum bilan qarab turdi
-Keyingi safar qolgan qismlarni o'rganamiz shundaymi
Men tabassum qilgancha ha degandek boshimni qimirlatdim.U juda ham xursand bo'lib ketdi.Sonaning tug'ilgan kuni yaqini sinfda shu haqida gaplashishayotganida eshitgan edim hoynaxoy shuning uchun ham unga uning suratini chizib sovg'a qilmoqchi sheklli.Sona qanday baxtli qiz uning sevgan insoni unga shunchalar g'amxo'r uni shunchalik sevadi....Men unga hasad qila boshladim....
Qiz hikoyasini yozishga shunchalar berilib ketganidan allaqachon 5 soat o'tganini sezmay qoldi.Yana 7 soatlik yo'l qoldi.Arining uyqusi kela boshlagach noutbookini yopib bir oz mizg'ib olmoqchi bo'ldi.U samalyotning qulay o'rindig'iga suyanib uxlab qoldi.
22:00*
Bort kuzatuvchilarning mikrafonda ovozi yangray boshladi.Uxlab yotgan qizning ham qulog'iga bu ovozlar kirishni boshlagach sekin ko'zlarini ochdi.Samalyot oynasidan tashqariga qarasa allaqachon kech kirgan va samalyot qo'nishga tayyorgarlik ko'rayotgan edi.Qiz tezda o'zini tog'rlab qulaygina joylashib oldi.Samalyot balonlari yerga tekkach esa sekin eshiklar ochildi.Birinchi biznes klass yo'lovchilari tushdi keyin esa ekonom klass.Ari bu safar ekonom klassni tanlagani bois oxirida samalyotdan tushishga muvaffaq bo'ldi.
U aeraportdan chiqib bron qgan mehmonxonasi tomontaxi chaqirib yetib oldi.
Bu mehmonxona Parijdagi eng nufuzli mehmonxonalardan biri edi.Bu mehmonxonadan Eyfel minorasini yaqqol ko'rish ehtimoli bor ayniqsa Ari bron qigan xona juda ham ajoyib.Derazadan tashqariga qarasa tungi Parij va o'sha mashhur minora.Xonaning ichi ham shinam bir kishi uchun mo'ljallangan.Qiz charchaganligi tufayli dushga kirib yuvinib chiqdi shunda ham negadir yengillashmayotgan edi.Soat allaqachon tungi 12 ni ko'rsatardi lekin qizning uyqusi kelay demasdi.U xonasidan tashqariga chiqdi mehmonxona chiroqlari o'chirilgan bu mahal hamma uxlab yotishi tayin.Qiz sekin qadamlari bilan mehmonxonani aylanishni boshladi.Bir mahal qayerdandir qadam tovushlari eshitila boshladi.Sekinlik bilan qadam tovushlari yaqinlashib qiz qarshisida to'xtadi.
Pov Ari
Yo'q bo'lishi mumkin emas...bu shunchaki tush bo'lsa kerak....u bu yerda nima ham qilardi....lekin haqiqiyga o'xshaydi.Men uning qorong'uda ham aniq taniy olaman....U qarshimda turar edi yuzining yarmi tun qarshisida ko'rinmas lekin yarmi oy og'ushida yorishib turar edi.Bu men uchratgan yigit emas u ancha o'zgaribti....Men uni ijtimoiy tarmoqa ko'rgandim lekin yana hissiyotlarimga yengilmaslik uchun qayta ko'rmadim faqat Sonani kuzatardim va undan qizi borligini bilganman....U qizlik bo'lganda mendan baxtsiz inson bo'lmagan....o'sha kunni eslasam haligacha yuragim og'riydi....Shunchaki men yosh bola emasman uning farzandlik bo'lishi degani boshqani quchog'iga oldi degani....Bu esa meni ichimdan zil ketishiga sabab bo'lgandi....U qarshimda turibti lekin uning nigohi begona....U mening Kookieyim emas....Uning nigohi ham o'zgargan qora munchoq ko'zlari ....meni aqlimdan ayirar edi....Hozir ancha ulg'ayibti....Lablariga piercing taqibti....men sevgan o'sha tabassumlik lablarida endi qandaydir temir bor.....Uning qo'llari tatoo ham chizdiribti....Mening Jungkookimdan asar ham qolmabti...Qarshimda o'sha inson lekin huddi begona....Uning yelkalari ham ancha kengayibti....Umuman olganda ancha ulg'ayibti....Hozir yig'lab yuboraman....

Jungkook bu yerda adashib yurgan qizga ko'zlarini qadar ekan jiddiy ohangda unga savol berdi
-xonim kech bo'lganda mehmonxonada nega kezib yuribsiz
Ari nima deyishini ham bilmay qoldi.Uning hozir tiliga so'z keladigan vaziyat ham emasdi aslida....Uning ko'zlarida to'lib turgan yoshlar hozir nimadur degudek bo'lsa shashqator bo'lishi tayin....Qiz javob o'rniga orqasiga burilib shahdam qadamlar bilan xonasiga kirib eshikni yopib oldi...Yigit esa nega qizning qochib ketganida hayron bo'lib joyida toshdek qotgan edi.
Qiz eshik oldida eshikka suyanib hansiragancha nafas olardi.Endi chiday olmaydi endi yoshlarini ushlab ham turmaydi.U taslim bo'ldi....Sog'inch ustunlik qildi....U sevgilisini 7 yil deganda ko'rib ichida yo'q xursand edi.....Taqdir hazili yana u bilan taqdir hazillashyapti yana taqdir uni nimagadir boshlayapti....
-Men sevgan yigit o'zgaribti....u o'zgaribti....anchagina ulg'ayibti....avval yoqimtoygina edi hozir unday emas....nigohida qahrni ko'rdim....Sona ham shu yerda bo'lsa kerak...xoynahoy eri shu yerdaku.....Bir savol doim meni qiynaydi agar u avvalgi Jungkook bo'lganida meni ko'rib nima degan bo'lardi?.....Mendan nega ketganimni hisobini so'rashi tayin edi....yoki shu yillar davomida meni topgan bo'lardi....Men hatto yashirinmaganman ham.....Agar taqdir meni ortga qaytarganida edi nima bo'lishidan qatiiy nazar seni tashlab ketmasdim....
Erta tong*
Qiz ko'zlarini zo'rg'a budulnik tufayli ochdi.Jiringlayotgan telefonini uyqusiragancha qo'liga olarkan ko'zlarini qisqagina ochib telefon ekraniga qaradi.Soat 8...Qiz soatni ko'rgach uyqusi qanday qochganligini ham bilmaydi darrov o'rnidan turib yuvinib chiqdi.Chamadonini ochib o'ziga kerak bo'lgan kiyim va pardoz uchun narsalarini olib tayyorlana boshladi.Oradan 1 soatlar o'tib qiz tayyor bo'ldi.U bugun muhim intervyuga borishi kerak aytmoqchi bo'lgan so'zlarini o'ylab tayyorlanib taxi chaqirdi.
Qiz taxi kelgach aytilgan manzilga yo'l oldi.
10:00*
Hamma intervyu uchun tayyorlanib uyoqdan buyoqqa yurishardi...Kameralarni tayyorlashdi hamma tayyor bo'lgach Ari oz'iga ajratilgan joyga joylashdi.Unga suhbatta bo'ladiga asosiy savollarni aytishgan lekin ogohlantirishgan ham edi kutilmagan savollar bo'lishiga....Ari nima bo'lishidan qatiiy nazar hammasiga tayyorlandi....Jurnalist qiz ham uning oldidan joy egalladi.Kameralar yoqildi va video yozilishni boshladi.Jurnalist qiz o'zini tanishtirib Arini ham tanishtirdi.Keyin sekingina qizga salom berdi Ari ham unga javoban salomlashdi.
Intervyu: Lee Ari va "The Fashion Insider" jurnali
Jurnalist: "ArJun" brendi qisqa vaqt ichida jahon bozorida inqilob qildi. Ayting-chi, 25 yoshli qiz uchun bu qadar ulkan imperiyani boshqarishda duch kelgan eng katta stereotipingiz nima edi?
qizning yuziga bir oz tabassum oraladi
-Eng katta stereotip — yosh va muvaffaqiyatli ayolning ortida albatta qandaydir qudratli erkak turibdi degan qarash. Odamlar "ArJun" brendining har bir chizig'ida, har bir tugmasida mening uyqusiz tunlarim va buning ortidagi zahmatli mehnatim borligini tan olishni istashmasdi. Men bu stereotipni so'z bilan emas, natija bilan sindirdim.
Jurnalist: Brend nomi — "ArJun". Bu shunchaki fonetik jihatdan chiroyli kombinatsiyami yoki uning strategik ma'nosi bormi?
Ari qo'lidagi braceletga bir oz tikilib turdi va yana jurnalist qizga qaradi
- Ko'pchilik buni "Art" va "Junction" (san'at chorrahasi) so'zlaridan olingan deb o'ylaydi. Strategik jihatdan bu juda qulay tushuntirish. Lekin aslida, bu nom — men hech qachon yetisha olmagan, lekin doim qalbimda yashaydigan bir butunlikning ramzi. Bu brend men uchun shunchaki biznes emas, bu men ayta olmagan so'zlarimning matodagi in'ikosidir.
Jurnalist: Sizning oxirgi kolleksiyalaringizda "Xotira" motivlari juda kuchli. Nega hozirgi zamon trendlari ortidan quvmay, o'tmishga nazar solyapsiz?
Qiz jurnalist savollariga hotirjamlik bilan javob berardi
-Trendlar o'tkinchi, lekin his-tuyg'ular abadiy. Men odamlarga shunchaki chiroyli kiyim emas, balki o'zlarining eng go'zal xotiralarini eslatuvchi "pilla" sovg'a qilmoqchiman. Masalan, kolleksiyamdagi kapalak timsollari... Kapalak go'zal bo'lishi uchun juda og'ir metamorfozani bosib o'tadi. Men ham o'sha og'riqli o'tmishsiz hozirgi Ari bo'la olmasdim.
Jurnalist: Siz media uchun "yopiq kitob"siz. Shaxsiy hayotingiz haqida deyarli hech narsa ma'lum emas. Bu marketingmi yoki ehtiyotkorlik?
- Bu — o'zimni saqlab qolish instinkti. Dunyo sening muvaffaqiyatingni olqishlaydi, lekin dardingni tushunmaydi. Men o'z shaxsiy dunyomni, sog'inchlarimni va hatto ko'z yoshlarimni faqat o'zimga tegishli bo'lishini xohlayman. Muxlislarim meni kiyimlarim orqali tanishsa yetarli, chunki men har bir dizaynga yuragimning bir parchasini tikib chiqaman.
Jurnalist:Lee Ari hozir baxtlimi?
Ari Nigohini deraza ortidagi Parij ko'chalariga qaratadi
- Men muvaffaqiyatliman. Men kuchliman. Men mustaqilman. "Baxt" so'zi esa... u juda nisbiy tushuncha. Balki, baxt bu sening ismingni kimdir dunyoga mashhur qilishida emas, balki o'sha ism faqat birgina insonning lablarida shivirlab aytilishidadir. Men hali ham o'sha baxtni qidiryapman.
Jurnalist hadeb qiz o'ynayotgan braceletga ko'zi tushdi va qiziqqonligi ustun chiqib buni ham so'rashni istadi
Junralis:xonim qo'lingizdagi bracelet siz uchun qadrlimi?Har doim suratlaringizda shu bracelet aks etadi.
Ari birdan berilgan bu savolga nima deyishni ham bilmay qoldi.U bir lahza qo'liga qarad keyin esa yana jurnalist qizga
-Bu shunchaki sovg'a....qadrli insonim bergan sovg'a xolos...Men u insonga buni hech qachon yechmaslikka vada berganman...bori shu
Jurnalist tushungandek bosh chayqadi
Jurnalist:Xonim bu savol bir oz shaxsiy lekin ko'p muxlislaringiz bizdan shu savolni so'rashimizni iltimos qilishgan...
Ari nima savolligiga qiziqib qizga tikilib qoldi.Qiz esa yana gapini davom ettirdi
Jurnalist:xonim birinchi muhabbatingiz bo'lganmi?bu haqida bir oz gapirib bera olasizmi?
Bu savol qizni haqiqatdan ham gangitib qo'ydi bu savolni berilishini kutmagan qiz nima deyishini ham bilmay qoldi.U Jungkookni ismini oshkor qilishni xohlamas edi shuning uchun ham shunchaki tasvirlashni xohladi.
-Bu maktab paytlarimda bo'lgan...men yangi maktabga ko'chganimda bir sinfga biriktirildim.Sinfga kirib kelishim bilan bir yigit menga o'tkir bnigohlarini qadab turar edi.O'sha kuni biz u bilan bir oz janjallashdik....va kunlar o'tgan sayin biz birimizni ko'rishni ham xohlamasdik.U doim men yurgan joylardan aylanib o'tardi.Bir kuni talantlar aniqlash tanlovi bo'ldi unda qatnashdim kimdir meni taalntim haqida ustozimizga yetkazibti bu o'sha yigit edi.Men unda qatnashib 1-o'rinni qo'lga kirittim.U musobaqa tugaguncha meni kuzatti hamma ketgach esa mana shu qo'limdagi braceletni berdi....Shu kundan boshlab biz yaqin bo'la boshladik....Butun kunimizni birga o'tkazardik...Va orada qancha issiq va sovuqlar bo'ldi....Keyin esa biz ajraldik....
Jurnalist qiz uning berilib aytyotgan gaplarini eshitib unga o'tmishini eslatgani uchun bir oz hijolat bo'ldi
Jurnalist:nega ajralgansiz?
Ari haqiqatni aytishni xohlamadi....
-shunchaki bir-birimizga tog'ri kelmadik...u boshqa men esa umuman boshqa olam insonlari edik.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
1🔥🔥