Qizig'a sen sevgan inson seni borligingni ham bilmasligi.Sen uchun bir vaqtlar jonini ham berishga tayyor inson hozir seni mavjudligingdan ham xabari bo'lmasa.Men ko'p sevgi qissalarini o'qiganman lekin bunisi hech qayerda uchramasligi tayin.Bu aynan mening hayotimda bo'ldi.Shunchalar ham baxtiqaro omadsizmanki hozir men sevgan inson o'zgasining quchog'ida....Bu menga hammasidan ko'proq alam qiladi.O'zi xohlab shunday bo'lsa ham bunchalik o'ylamasdim lekin u bu narsani xohlamagan....Men buni ich-ichimdan his qilsam ham lekin bir so'z deya olmayman.....O'zimni tanishtirsam ismim Lee Ari.Hozirda 25 yoshni qarshilayman va o'sha hamma tanigan bilgan Arjun brendini egasiman.Ustingizdagi ko'p kiyimlarni ya'ni shu brend kiyimlarini o'z qo'llarim bilan ishlaganman.Men bu yerda o'zimni maqtamoqchi emasman.Endi men aytmoqchi bo'lgan mavzuga qaytsak.....Bu men yuqori sinfni boshqa maktabda o'qimoqchi bo'lib Seulga ko'chib o'tganimizdan boshlayman.
FLASHBACK*
Lee Ari 18 yosh.U Busandan Seulning eng nufuzli maktablaridan biriga o'qish uchun ko'chib kelgan.Otasining ishi yaxshilanib lavozimi ko'tarilgandan so'ng qizining bu maktabda o'qishi uchun yetarlicha mablag' sarflay oladigan bo'ldi.Ari judayam yoqimtoy hipcha bel qiz.Uning mushukchaga o'xshash ko'zlari avvalgi maktabidagi yigitlarning hayolini og'irlagan edi.

*Mening yangi matabdagi birinchi o'qish kunim.Men bu yerda hech kimni tanimaganligim uchun judayam hayajonlanayapman.Menimcha hammasini eplayman.O'zimni qo'lga olib shunchaki oldinga yurishim kerak.
Qiz maktab qarshisida turar ekan hayratini yashira olmasdi.Bu maktab avvalgi maktabiga qaraganda anchagina yirik va juda ham chiroyli.Bu yerdagi o'quvchilar ham anchagina kiborli edi.Ari sekin darvozadan kirar ekan atrofni yaxshilab o'rganib chiqardi.O'ziga kerakli bo'lgan xonani topib eshikni taqillatib ichkariga kirdi.Ari ichkariga kirib rasmiyatchilik uchun tazim qildi
-salom xonim...men yangi o'quvchi Lee Ariman...mening sinfim qayerdaligini ayta olasizmi
*Ha to'g'ri o'yladingiz bu direktorning xonasi edi.Men u xonada turar ekanman ichimda qandaydir qo'rquv va hayajon bor edi.Mening sinfim qanday ularga maqul kelamanmi yoki yo'q.O'ylarim faqat shu haqida edi.Direktor xonim ham menga jilmaygancha hujjatlarni ko'zdan kechira boshladi.Vanihoyat bir hujjatda to'xtab menga qarab qo'ydi va o'rnidan turdi.
-Men bilan yuring mitti xonim
Ho'p degancha boshimni chayqadim va uning ortidan ergashdim.Bir necha soniyalardan keyin bir xonada to'xtadi.Bu xonaning raqami 4 edi.Demak men 4-guruhman...Direktor xonim meni shu yerda kutib turishimni aytib o'zi esa ichkariga kirib ketdi.Men u yerda kutar ekanman xonim o'quvchilarga yangi o'quvchi kelganini aytdi va mening ismimni baland ovozda aytib meni chaqirdi.O'z ismimni eshitib xonaga kirar ekanman barcha o'quvchilarning ko'zida mendaligini his qilardim.Bir oz hayajon.Avvallari hech boshqa joyga ko'chib begonalar bilan gaplashmaganim sababli bu juda qo'rqinchli tuyulardi menga.Direktor xonim meni tanishtirib o'zi esa xonani tark etdi.Men doskaning oldida turar ekanman qo'lim bir oz titrardi.
Oxiri qiz tomog'ini qirgancha gap boshladi.
-Mening ismim Lee Ari...Busandan kelganman sizlar bilan tezda chiqishib ketamiz degan umiddaman
*deb nim tabassum qildim.Sinf raxbarimiz ham menga tabassum qildi va bo'sh joylardan biriga o'tirishimni aytdi.Men sinf o'rtasida turgan bo'sh joyni ko'rdim va endi o'tirmoqchi bo'lganimda bir yigit atey sumkasini olib o'sha joyga qo'ydi va menga baqraygancha
-bu joy band
dedi men uning bu fe'lidan albatta ranjidim.Sinf rahbarimiz doskada nimadirlarni tushuntirib bo'lgach biz tomonga qaradi meni hali ham o'timaganimni ko'rib
-Ari o'tir....Jungkook sumkangni ol....

U yigit menga ensa qotirgancha sumkasini oldi.Men ham o'sha joyga o'tirdim va unga g'olibona jilmaydim.Albatta unga mening holatim yoqmagani aniq bu uning g'azabli nigohlaridan ma'lum.Men sumkamdan kerakli kitob va daftarimni olib ustozimizning gaplariga quloq solgancha dars qila boshladim.
Bir necha soat o'tdi va katta tanaffusni bildiruvchi qo'ng'iroq chalindi.Barcha o'quvchilar yugurib xonani tark etdi.Men esa jimgina darsliklarimni sumkamga solib turganimda orqamdan kelgan ovoz meni cho'chitdi.
-Men bilan o'chakisha ko'rma....o'zinga muommo ortirrasan
Orqamdan kelgan ovoz tomon o'girildim.Yana haligi manzara....Nima xohlaydi mendan bu bezori...Men ham unga e'tibor bermagancha sumkamdan hamyonimni oldim
-Sen bilan o'chakishaman deb ko'zim uchib turgani yo'q...shunday ekan meni yonimda o'ralashma
deya xonani tark etdim.Aniq eshittim u nimadirni otdi.Bu menimcha biron qattiq buyum chunki ovozi judayam baland eshitildi.
Pov Ari
ahmoq....nega u bunchalar zo'ravon o'zini kim deb o'ylayapti....huddi u bilan pachakilashib o'tiradigan mayda odam deb o'yladi sheklli meni.....
Qiz shunday hayollar bilan oshxona tomon yura boshladi.Oshxonaga yetib borgach u o'zi xohlagan taomlardan oldida hech kim yo'q bo'sh joyga o'tirib ovqatidan yeya boshladi.
*Ovqatimni yeb atrofni kuzatar ekanman hamma bir-biri bilan ahil lekin ba'zilar alohida ham bo'lib olishganNegaligini haligacha tushuna olmasdan jimgina ovqatimni yeyardim.Lekin bu anniq yaxshilikdan dalolat emas.Bu maktab men o'ylaganchalik emas ekan bu yerda zo'ravonlar ko'p deya hayollar ham kelayapti.
Ari ovqatini yeb bo'lgach patnisini olgan joyiga olib borib qo'yib sinf tomon ketayotgan edi lekin yuvinish xonasiga borgisi kelib qolib manzilni o'zgartirdi.
*Yuvinish xonasiga yetib kelib o'z ishimni bajarib qo'limni yuvish uchun ikkinchi xonasiga chiqdim.Lekin buni qarangki bir nechta qizlar shu yerda turgandi.Men ularga e'tibor bermasdan qo'limni yuva boshladim.Lekin bir qiz menga qarab gap boshlab qoldi.Uning gaplari shunchalik zerikarli ediki eshitishni ham xohlamas edim.
-Senga Jungkookdan uzoq yurishni maslahat beraman....agar yana bir marta uni yonida o'ralashgudek bo'lsang mendan yaxshilik kutma
deya menga zaharhanda nigohlari bilan tikilib turar edi.Hoynaxoy Jungkook deganlari uning yigiti bo'lsa kerak bo'lmasa menga bunday demasdi.Koshki edi o'sha zo'ravon meni qiziqtirsa zarracha ham qizig'i bo'lmagan odamga yaqinlashib menga nima zaril.Qizning ko'zlariga mag'grurlanib qarar ekanman u ham menga shunday qarab turardi.
-meni hech qaysingiz qiziqtirmaysiz....endi esa yo'limdan qoch
deya uni turtib tashqariga chiqib ketdim.U turgan joyida qotib turardi.Birinchi kundan shuncha ko'ngilsizlar men shunchalik ham omadsiz bo'lamanmi.Nega aynan menga kelganda kimlardir yigitni qizg'onish yokida dushman uchun mos inson qidirib qolishadi.Shunchalik hammasiga mos tushamanmi odamlarning ko'zi faqat menga yomobn odamga qaragandek boqadi.men shunchaki Seulda yashashni va shu yerda o'qib o'z orzusini amalga oshirmoqchi bo'lgan oddiy qizman.Menga birovning yigiti ham yoki birovga dushman bo'lish ham qiziq emas....
Sinf xonaga kirib joyimga joylashdim va qulog'imga quloqchinlarimni taqib o'zim sevgan musiqani eshita boshladim.Meni faqat shu tinchlantira oladi.Sumkamdan nimadirni qidirib uni topgach sevinib kettim.Bu mening sketchbookim edi.men bunga qanchadan qancha qo'l mehnatlarimni tushirganman.Mening sevimli musiqam va sevimli mashg'ulotim bu eng zo'r kombinatsiya....Qo'limga qalam olib hayolimda tasvirlangan kiyim dizaynini chizar ekanman ular o'xshayotganidan yuzimga tabassum yoyilardi.Faqatgina shu mashg'ulot meni barchasini unutishim uchun yetarli edi.Men suratni chizishni to'xtatgach qo'limdagilarni sumkamga joylashtirdim.Buni qarangki men musiqa tinglayotganimda tepamda haligi chehra turardi.Yo'q men unga emas u menga yopishayotgandek go'yo yana uning qizi mendan qizg'onishigachi....Men boshimni yuqoriga ko'tarib unga qaradim.Qulog'imda yangrayotgan musiqani o'chirdim.Uning kulgusi esa kengaydi.
-Bizning yangi o'quvchimizni shunday talantlari ham bormi?Qoilman....juda qiziqarliku
Men uning gaplarini eshitib ensamni qotirdim va yana musiqamni to'xtagan joyidan yoqdim.U nimadirlar deb gapirardi men esa musiqa ta'sirida uni eshitmasdim.Oxiri u telefonimdagi musiqani o'chirib qo'ydi uning bu harakatidan jahlim chiqib nigohimni unga qaratdim.
-bu nima qilganing?
jahl bilan unga gapirdim.U esa shunchaki beqaror nigohlari bilan menga tikilib turardi.
-men gapirganimda e'tiboringni menga qarat...menga gapimni ikki qilganlar yoqmaydi..
Endi bunisi oshiqacha u kimki menga bunday buyruq beradi...ho'sh maktab zo'rovonimi? menga nima?men unga hech narsa qilmadim....demak menga ham tegmasligi kerak....
-Sen menga gapirguncha borib sevgilingni ko'nglini ovla....sendan e'tibor topa olmay alamini kimdan olishni bilmay menga yopishyapti....shunday ekan ikkingiz ham mendan uzoq yuring....
COME BACK?*
Juda kulgili....bizning birinchi tanishuvimiz shunday yoqimsiz bo'lgan edi.Uning sevgan qizi bo'la turib menga yopishib olgani meni hayron qoldirgan edi.Keyinchalik bilsam u yangi kelganlar bilan shunday salomlashar ekan va ularni qo'rqitib o'ziga bo'ysundirar ekan....Men anoyilardan emasman albatta Busanlikman u yerda ko'pchilik menga yon bosishgan va men bunga o'rganganim uchun unga bo'yin egishni xohlamasdim....Bu hikoya juda ham uzun eslagan sarim baz'an kulgim kelyapti ba'zan esa ichim to'lib yig'lashni xohlayapman.Bizning tanishuvimiz ham hayrlashuvimiz ham hammanikidan o'zgacha bo'lgan....Hamma sevishganlar tasodifan qayerdadir ko'rishib ko'z-ko'zga tushib sevib qolishadi bizda esa buni teskarisi bo'lgan edi.Sizlarga bir qiziq narsa aytaymi?U mening labim chetidagi holga oshiq bo'lgan aslida...U menga bu haqida juda ham ko'p aytardi...Hamma yigitlar mening ko'zlarimga taslim bo'lganida bu yigitcha meni birgina holim uchun meni yoqtirgan....Uni juda ham sog'inyapman.Buni qancha inkor etmay lekin yuragim uni sog'ingancha yig'layapti.U ketgach o'zimni o'qishga ko'mdim keyin esa ishga.Hozirgi holatimda bo'lmasdim agar u hali ham yonimda bo'lganida.Tog'ri hozir kuchliman boyman,mashxurman lekin baxtsizman....Tog'risi Sonaga hasad qilaman judayam qattiq hasad qilaman.U men sevgan inson yonida.Ikkisi bir-birini sevadi lekin menchi....Shunchaki ortga chekinganim uchun ba'zida o'zimni koyib turaman....To'gri tahmin qildingiz u inson hozir Sona bilan oila qurgan...Men aslida bu hikoyani hech qayerga topshirish niyatim yo'q chunki buning uchun menda yetarlicha jasorat yo'q...Men qo'rqoqman.Agar bunday bo'lmaganida Sonani o'rnida men bo'lgan bo'lardim.
Shu payt qizning xonasiga kotiba kirib qoldi.
-Xonim yangi loyihangizni topshirganingizdan keyin brendimiz aksiyalari yana ko'tarildi.Endi esa loyiha bo'yicha intervyuga sizni Parijga chaqirishyapti...
Qizning bu darajada mashhur bo'lishiga uning ite'doti va mehnatlari sababchi edi.Qiz bu yangilikni eshitib yuziga tabassum yugurdi.Kotibaga qarab tabassum qildi.
-Qachon jo'nashim kerak Semi?
Kotiba ham unga javoban tabassum qildi
-Ertaga
-Ho'p..senga ruxsat
Kotiba tazim qilgancha xonani tark etdi.Qiz yana kompyuterida chala qolgan hikoyasini davom ettirshini boshladi.
FLASHBACK*
-Yona xonim chindan ham men bunda ishtirok etishim kerakmi?
Yona xonim menga tabassum qildi
-ha seni iste'dodingdan hammani xabari bor...shunday ekan sen bunga qatnashishing kerak.Biz senga ishonamiz
Men bundan juda ham xursand edim chunki meni iste'dodimni qo'llovchi inson borligidan xursand edim.Lekin ular bundan qanday xabar topishdi....Men suratlarimni hech kimga ko'rsatmagan edim.To'xta bu uning ishi emas...Axxx chindan uning ishi nega u menga bunchalik yopishgan....Axir o'zi mendan uzoq yur deb aytgan edi.BU maktabga kelganimga ham mana bugun 2 oy bo'ldi.O'sha kundan beri Jungkook menga yaxshi gapirmas edi.Meni ko;rsa doim ensasini qotirib boshqa tarafdan yurardi.Bu esa menga zarracha qiziq emasdi.U mendan uzoq yurgani meni uchun ayni muddao edi.Lekin nega mening su'ratlarim haqida Yona xonimga aytdi.Men bu tanlovda ishtirok etishim unga nima foyda..
Shunday qilib sinf rahbarimiz bilan gaplashib bo'lgach alohida shug'ullanish uchun rassomchilik xonasiga kirdim.Ishonchim komilki bu yerda hech kim yo'q naqadar yoqimli....Menga doim yolg'iz ishlash yoqgan....Men quloqchinlarimni taqib yana sevimli musiqalarim pleystini ochdim va musiqani yoqdim.Qo'limga oq qog'oz olib avvalam bor chizmoqchi bo'lgan suratimni hom eskizini chizdim va menga yoqganidan keyin unga ishlov bera boshladim.Menga yoqdi tayyor bo'lgan su'rat aynan men xohlagandek.Men yaratgan asarimga qarab kulardim.BU kulgu o'zim qilgan ishdan faxrlanish edi.Lekin ko'zim birdan eshikka tushdi.Lekin hech kim yo'q...Men anniq kimdirning soyasini payqadim yoki bu shunchaki musiqa ta'sirida ko'zimga ko'rindimi?
Asar tayyor bo'lgach narsalarimni yig'ib xonadan chiqib ketdim.
COME BACK*
Sizlarga Jungkook haqida ma'lumot bersam u o'sha paytlarda Jeon holding me'rosxo'ri edi va shuning uchun ham juda kibor edi.Hamma uning mansabi puli uchun unga yaltoqlanardi.Bu esa albatta meni asabimni buzardi.Men o'sha paytlarda Jungkookni ayblash niyatim ham yo'q agar hozirgi obrooyim o'sha paytta bo'lganda eid balki men ham unga o'xshash bo'lardim.U bilan bir sinfda o'qisak ham u mendan bir yoshga katta edi.Bu esa meni mazaxlash uchun yetarli bo'lgan.Yana bir qiziq ma'lumot aytaman.Jungkook 22 yoshida Sonaga uylangan va ularning hozirda 3 yoshli qizlari bor....Buni aytish judayam oson yozish ham...Shunchaki sevgan insoningni hayotini yozish.Men kuchli qizman lekin ba'zida bu mavzu meni eng nozik nuqtamga aylanadi.Men undan qochib yuraman doim....Ayniqsa Sonaga ko'rinishni xohlamayman.Jungkook meni ko'rsa ham e'tibor bermasligi anniq.Inson tanimagan insoniga qanday e'tibor berishi mumkin to'g'rimi?Jungkookning hozirda Jeon holdingdan tashqari avtomobil ishlab chiqaradigan kompaniyasi bor.U yoshligidan avtomobilga qiziqqani bois bu kelajagiga ham ta'sir qilgan.Sevgan inson sevgani haqida barcha ma'lumotlarga ega bo'lishi tabiiy.Aybga buyurmang!
FLASHBACK*
Istedotlar tanloviga bir hafta tayyorlandim bu oson bo'lmadi.Menda hayajon juda ham kuchli.Har kuni darsdan ekyin yolg'iz shug'ullandim.Bugun aynan o'sha kun istedotimni boricha chiqara olishim kerak bo'lgan kun.Men uddalayman bu qiyin emas....
Qiz qo'llari qaltirab hayajonlanardi.U qancha o'zini bosishga urinsa ham buni eplay olmasdi. Vanihoyat bir necha soat o'tib tanlov boshlandi.Ari o'zi tanlab qo'ygan suratni chiza boshladi.
Bir necha soat o'tgach Ari chizmani yakunladi.Hakamlar barchadan chizmalarni yig'ib oldi.

Meni chizmamni yig'ib olishgandan keyin mendagi hayajon battar kuchayib ketti chunki agar chizmam boshqalarnikiga nisbatan yomon chiqgan bo'lsachi degan hayollar qamraab olgandi.Bizni tanlovni tomosha qilayotganlarga ko'zim tushib qoldi.Ularning ichida unga nima bor...Yoki u ham san'atga qiziqadimi?Yog'a bu uchun qiziqmasligi bilinib turibti...har holda meni ko'rishga kelmagani anniq.Yoki shundaymi?Ari hayollaringni yig' senga nima uning sevgan qizi bor axir...Nega unga qiziqib qolding axir senga qayrilib ham qaramaydi.Mayli hayollarimni yig'aman hozir menda undan muhim ishim bor....Ya'ni bu tanlov bu juda ham muhim men uchun.Agar bu tanlovda yutsam keyin menga shu bo'yicha kursga o'qishga ruxsat beriladi.Orzularim ushalishi uchun menga bu kalit...Men yana nigohimni u tominga qaratar ekanman uning ko'zlari men tomondaligini ko'rdim...Balki xato o'ylayotgandirman....
Yo'q xato emas adashishim ham mumkin emas chunki uning koz'lari rostan ham menga qadalib turibti.Naxotki....yo'q....aqlingni yig' Ari bu bo'lishi mumkin emas....Uni 2 oy ichida anchagina bilib oldim.U Sonai juda qattiq sevadi....shunchaki tasavvurga berilyapsan xolos.
Vanihota bir necha soniyalardan keyin javoblar e'lon qilinishni boshladi.
-Son Mina tabriklaymiz 3-o'rin rasmingiz juda ham ajoyib bu mavsum uchun ajoyib kiyim....
Pov Ari
Mina 3-o'rin uning chizmasi haqiqatdan juda ham ajoyib....Men unga 1-o'rinni bergan bo'lardim
Hakamlar orasidan yana ovoz keldi.
-Min Sua ajoyib su'rat 2-o'rin bilan tabriklayman
Sua juda ham xursand bo'lib ketti yo'qdan ko'ra hech bo'lmasa 2-o'rinni oldi.Endi esa g'olibni aniqlashadi mening bu yuragim rostan ham qinidan chiqadi bu turishda...Nega ular bunchalik ko'p maslahatlashishyapti.Tezroq bittasini aytsin.Hakamlar nihoyat ishtirokchilarga qarashdi.
-Lee Ari tabriklaymiz bu tanlovda g'olib bo'ldingiz....
Ari uning ismini aytishganidan keyin hayrat bilan ular tomonga qarab qoldi.
Pov Ari
Chindanmi?menmi?g'olibmanmi....hozir yig'lab yuboraman...Men buni kutmagan edim chindan ham umidim yo'q edi.
Sekinlik bilan hakamlar tomonga bordim ular mengha certifikat berishdi va medal ham....Tomoshabinlar tomonga qarar ekanman nigohimni yana o'sha chehra og'irladi....Bu albatta menga faxr bilan qarab turgan bezori...Hozir hursandligimdan uni ham quchib olishga tayyorman chunki sinfimiz bo'yicha faqatgina u shu yerda....Yuragimda qandaydir unga ilig'lik his qilayapman....bu ilgari hech qachon bo'lmagan....Balki xurasandligimdan shunday bo'layotgandir.
COME BACK*
Sizlarga Sona haqida ham gapirib beraymi?U yomon qiz emas aslida shunchaki Jungkookni juda qattiq sevardi.Men bu ikki sevishganning sevgisida 3-shaxs bo'lganim uchun o'zim oralarini tark etganman.Mening ishim ham aslida yomon emas.Inson o'zini ortiqcha his qilgan payti tark etishni ham bilishi kerak deb o'ylayman.Shuning uchun shunday qilganman....Balki meni ham aybdor qilishingiz mumkin....Sona maktabimizdagi eng go'zal qizlardan edi Jungkookning didi yomon emasligi Sonani tanlaganidan ham ma'lum.Uning o'ziga bo'lgan ishonchi va kiborli xonimdek o'zini tutishlari albatta har bir erkakni o'zoiga jalb qila olardi.Lekin Sonaning ko'zlari faqatgina Jungkookni ko'rardi.Men ham Jungkookning o'rnida bo'lsam uni qo'ldan boy bermas edim.Ularning qizlari ham juda shirin....Men uning ijtimoyi tarmoqdagi profiledan ko'raman.Ular juda ham baxtli oila.

Qiz shu so'zlarni yozib bo'lgach kompyuterini yopdi va ustki kiyimini olib xonasidan chiqib ketdi.Ofifcedan chiqib moshinasiga o'tirdi va uyi tomon aydadi.Yo'lda o'tmishni o'ylarkan ko'zlariga yosh kelardi.U Jungkookni unutmagan edi uni haligacha qattiq sevardi faqat buni tan olishni istaamsdi xolos.Uyiga yetib kelgach uyiningh qulf kodini terib eshikni ochdi va to'g'ri yotoqxonasiga chiqib yotoqqa o'zini tashladi.Uning ichidan toshib kelayotgan alamlar endi chiqdi.U o'z uyida o'z xonasida yig'lay boshladi.Uning bu yig'layotganini ko'rgan inson yaqini vafot etgan deb o'ylaydi lekin qizning yaqini vafot etmagan bo'lsa ham undan ayrilgan.U alam bilan yig'lar ekan barchasida o'zini ayblardi bo'lgan voqealarga hammasiga u sababchidek o'zini urib yig'lardi.
Ari:MENI BAXTLI BO'LISHGA HAQQIM YO'QMIDI SHUNCHAKI BAXTLI BO'LISHNI XOHLAGAN EDIM BOSHQA NARSA EMAS NEGA HAYOT MENGA BUNDAY BESHAVQATLIK QILDDI....NEGA SEVGAN INSONIMNI MENDAN TORTIB OLDI....MENGA SHU BOYLIK MANSAB KERAKMI?YO'Q UMUMAN KERAKMAS....MEN BAXTLIMANMI HECH BAXTLI EMASMAN SHUNCHAKI OMMA OLDIDA SHUNDAYMAN.....NEGA U YERDAN KETTIM NEGA SHUNCHAKI KETTIM.....HAMMASI YAXSHI BO'LADI DEB O'YLADIMDA O'ZIMCHA.....ARI O'ZINGA QOIL BRAVO ENDI ULARNING BAXTIGA HASAD QILIB O'ZINGNI YOQ....SHUNCHAKI TOMOSHA QIL....QO'LINGDAN BUNDAN BOSHQA YANA NIMA KELARDI.
Ari xonada baqirib yig'lardi uning qo'lidan yig'lashdan bodjqasi kelmasdi ham.
Izohlar
0