Shunday qilib men Amerikaga keldim va yotoqxonaga joylashdim. Kunlarim juda zerikarli oʻtardi lekin tahminan bir oydan keyin bunga oʻrganib qoldim. Aytgancha men sizga eng muhimini aytmadim. Mening yana bir oʻgʻil bola doʻstim boʻlardi u bilan juda yaxshi muloqot qilardik, bir kuni u menga sevgi izhor qildi va oʻzi boshqa davlatga koʻchib ketti. Qayerga va nega ketgani haligacha nomaʼlum. Bu ishdan men yanada qattiq tushkunlikka tushib qolgandim. Men unga oʻz javobimini aytishga ulgurmadim. Uni har kuni sakura daraxti tagida kutardim u albatta qachondir keladi deb oʻylardim lekin u qaytmadi. Shu bilan kunlar, oylar, yillar oʻtdi. Men unga aytmoqchi boʻlgan javobim ha edi. Amerika menga yoqti doʻstlar oʻrttirdim lekin hech kim unga oʻxshamasdi. Uni haligacha sogʻinaman va kutaman...
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0