Menga sakura daraxti yoqadi lekin uni koʻrsam ogʻir oʻtmishim yodimga tushadi. Endi mening hayotim mazmunsiz deb oʻylayotganim adashgan ekanman. Ha toʻgʻri men halok boʻldim lekin qandaydir tarzda qayta tugʻildim. Mening ismim Ruby Tokioda tugʻilganman hozirda esa Amerikada yashayman . Oʻsha tunda men Yaponiyaga qaytayotgandim juda sovuq edi va men shunchaki hushimni yoʻqotdim koʻzimni ochganimda oʻzimni boshqa bir dunyoda koʻrdim. Ota - onam menga koʻp etibor bermasdi lekin gʻamhorlik qilishardi. Doʻstlar haqida gapirmasa ham boʻladi ular menda yoʻq edi. Oʻrta maktabda oʻqib yurgan paytlarim bir doʻstim boʻlgan u avto avariyada vafot etdi va uning oʻlimida meni ayblashdi. Shundan beri maktabda hech kim men bilan muloqot qilmay qoʻydi. Keyinchalik ota- onam meni Amerikaga joʻnatishga kelishishdi chunki men juda tushkunlikda edim. Nega aynan Amerika deb oʻylashingiz mumkin mening otam Amerikalik onam esa Yaponiyalik. Otam onam uchun uydan qochgan ular universitetda tanishib qolishgan. Meni bir akam va ukam bor. Akam 20 yoshda maktabni tamomlagan, ukam esa 12 yosh oʻrta maktabda, oʻqiydi men esa 17 yoshman yuqori maktab oʻquvchisi edim. Shunday qilib meni Amerikaga yolgʻiz joʻnatishdi. Men u yerda oʻqiy boshladim va doʻstlar orttirdim desa ham boʻladi lekin hammasi oldinda edi...
Izohlar
0