Oʻsha kunni eslasam eh deyman hozir , Oʻsha kuni baland poshnali tufli va qop qora qilib kastyum shim kiyib olgan edim oʻziyam uni ancha kuttirgan edim. Shundan soʻng biroz vaqtga dost boʻldik. Sababi men tezda munosabatlar boshlash niyatim yoʻq edi. Shu orada biz marta kichik sabab bilan urishib oldik ham . Sababi oʻzimni qishlogʻimdan bolgan bir bolaga singlisi uchun universitetim haiqda maʼlumot berganim edi. Men yozishmalarni oʻchirmagan edim. Chunki men tez unutuvchan qiz boʻlganim uchun hayolimdan chiqqan edi. Uni korib bu kim deya soʻradi. Meni doʻstim desam biroz tortishdi men bilan. Keyin uni raqamini oldida menga uzoq nasihat oʻqidi. Sababi u meni allaqachon yaxshi koʻrib qolgan edi. Menda ham biroz simpatiya bor edi ammo juda kuchli emas. Oʻsh vaqt buni toʻxtashni oʻrtaga tashladi. Men esa biroz qoʻrqib ketdim , sababi men oʻsha vaqtda juda yolgʻiz his qilayotgan ota onamdan uzoqda hattoki opacham ham oldimda yoq edi. Bir soʻz bilan aytganda menga "Qoʻllab quvvatlash" kerak edi. Biz yarashdik ammo kelasi uchrashuvda u bir gapni aytdi. Men oʻsha bola bilan gaplashdim endi senga yozmaydi dedi. Men qiziqib soʻradim " Unga nima dedingiz ? " U esa sen meni boʻlajak ayolim ekanligingni va qayta yozmasligi aytgani bayon qildi. Men hayratda edim . Ammo unchalik ham bunday narsalarga etibor bermasdim. Yana bir uchrashuvda kulgili narsa aytgani uchun yelkasiga urib qoʻydim. U gʻalati qaradi . Men unga qaradim u dedi " Meni hech bir qiz bunday tegmagan , bolgan bolsa ham yomon voqea sodir boʻlgan" dedi men biroz hayratda va havotirda qoldim va uzr soʻradim. Lekin vaqt oʻtib u bunga oʻrgana boshladi. Shunday qilib hayotim juda koʻp qovun tushirishlar va dramalarga toʻldi. Bir safar mening darslarim va baʼzi muammolar haiqda gaplashib oʻtirsak, ichki ishlar hodimi kelib bizni ogohlantirdi. Aslidayam biz yomon ish qilmagan edik. Men doimo masofani saqlayman . Sababi esa biz ichki ishlar ofisi yonidagi oʻrindiqda oʻtirgan ekanmiz 😅. Oʻsha kuni juda hijolat bolgan edim.va bir safar juda kayfiyatsiz holda uchrashdim. U turli snaklar olib berib bogʻga aylanishga olib bordi. Qaytishda esa sovuqotganim uchun kurtkasini berib sumkamni kotarib oldi. Suhbatlashib uyimga tashlab qoʻydi. Biz deyarli urushmas edim. Ammo men juda koʻp drama yaratar va yigʻloqi edim. Kichik narsaga ham yiğlardim. Huddi men buni qila olmaydigandek edim ammo u doimo ovutar edi meni. Shunday qilib shu orada uning onasi ham bir bor menga habar yozdi. Oʻxsha vaqti shok holatida edim. Sababi buni kutmagan edim . Onasi juda mehribon ayol ekan. Shirin soʻzlar bilan nasib qilsa kelin qilaman sizni oʻgʻlim yoʻqotib qolibdida degan edi. Shu orada onamga u haqida aytdim. Birinchi bor birorta yigit haiqda aytishim edi. Sababi menda niyatim jiddiy edi.
Hali hamon esimda biz birinchi bir eng katta urishimiz 1 dekabr kuni bolgan edi. Men konsertga bir bora ogohlantirib qoymasdan ketgan edim. Oʻsh kuni juda qattiq urishib qoldik. Blok qilib qoʻydim. Bir necha kun taniman 3 kun bir birimizga yozmadik. Aslida har kuni yozishga harakat qildim ammo magʻrurligim tutib yozmadim. Lekin uning oʻzi yozdi. Hol ahvol soʻradi. Va biz yarshib oldik. U yangi yil uchun sovğa berdi. Menga eng yoqqani sharf edi. Shunday qilib men yangi yil uchun taʼtilga uyimga qishloqqa ketdim. Lekin kelsi yili barchasi qiyinlashdi. Bir oy uyda amaliyot uchun resurslar yigʻdim. 2 ta imtihondan oʻta olmadim. Bir tarafdan qarindoshlarim muammo qildi buni. Ota onam hech narsa demadi. Biz koʻp urushiga boʻldik. Kichik narsaga ham urishar edik. Menga bu yoqmas edi. Lekin jim edim. Baʼzan ayb menda boʻlar edi bazan unda. Bir safar menga kaslman dedi . Juda yigʻladim. Yigʻlashimni korib hazillashdim , endi hazillashib boʻlmaydimi dedi. Meni bunday qorqitmang deya hafa bolib oldim. Ammo tezda yarshdik. Uni ham ishlarida muammo chiqdi. Ishdan boʻshaga toʻgʻri keldi. Bu esa menga yoqmadi. Yaxshigina ishi biroz sabr qilsa hammasi yaxshi boʻlardi. Mana men ham buni istamayman lekin oʻqib yuribman ku deya oʻylardim. Uni oʻzimga solishtirar edim. Lekin sabab ham shu yerda edi. U yengildi , men esa boshqalar uchun chidashim kerak. Menga uni qishloqda oilasi oldida dala ishlarini qilishi yoqmas edi. Va u bilan koʻp gapalsha olmadim yoki kora olamdim. Shunday qilib bizning soʻnggi uchrshuvimiz 2- aprel kuni boʻldi. Oʻsha kuni qattiq urishib qoldik. U esa menga sms yozdi " uzr men senga toʻgʻri kelmas ekanman oʻzingni baxtingni top " deyilgan edi. Men etibor bermadim Oʻsha kuni kursdoshlarim bilan birga piknikka bordim unutdim ammo kechasi bilan yigʻlab chiqdim...
Izohlar
0