Universitetga endi kirgan yilim . Oʻrganish ancha qiyin , maktab sistemasidan ancha boshqacha muhit. Bazan qiynalganidan tashlab ketishni oʻylardim. Lekin ota onam or nomusini ,mendan keyingi 3 qorakoʻz qismatini oylab bu fikrdan bir necha bor qaytdim . Men hattoki oʻzim nima istashimni bilmasdim. Boshqalar singari kuchli emasdim. Tashlab ketish men uchun oʻgʻir sinov edi. Sentyabr oyini yakunlar ekanman universitet tadbirlari taqalib kelardim men esa qizish bilan bir tadbirga bordim. Ajoyib ammo zerikarli. Zerikishdan telefon chuqalab oʻtar ekanman. Telefon ekranimda yangi habar paydo boʻladi. Men qiziqish bilan habarni ochib koʻrdim. Bu Blink pragrammasidan edi. Ancha avval doʻstlik soʻrovini yuborgan bola bedi. Men uni ancha avval qabul qilingan edim. Va hozir u menga habar yozdi. Men ham qiziqonligim uchun javob qaytardim. Ammo orada kibrni yoqoshni ham unutmadim . Biz deyarli ancha gaplashdik. U menga oʻzi haiqda aytib berdi. U oʻt oʻchiruvchi boʻlib ishlar ekan. Mendan ism , yosh va oxirida telefon raqamimni soʻradi. Boshida rad ettim keyin mayli deya berdim ammo qovun tushirdim. Raqamimni notoʻgʻri yozibman. Ey qilamsa ham kerak deb etibor bermadim. Ammo keyin men hayratda qoldim. Nomalum raqam qoʻngʻiroq qilardi. Men yashil tugmani bosib salom berdim. "Kim bu ?" Deya soʻradim. Bu men degan javob keldi. Va yana qoʻshimcha qilib." Menga raqamlarni chalkashtirib beribsiz- ku!" deb ham qoʻydi. Men biroz uyaldim ammo tezda chalkashlikni oldini olish uchun yoʻlda edimda deb qoʻya qoldi. Ertasi kuni uchrashishga kelishdik.
Hayronman shuncha dux qayerdan kelgan bilmadim. Ertasi kuni 3 para darsdan soʻng u bilan koʻrishdim. Hammasi ajoyib , lekin bir kulguli tarafi shunda ediki biz hech ham begona insonlarga oʻxshamas edik. Uzoq vaqt koʻrishmagan doʻstlardek edik. Hattoki shokolad ham sovgʻa qilgan edi birinchi uchrashuvdanoq . Uzoq suhbatdan soʻng men uyimga keldim. U oʻz uyiga ketdi.
Izohlar
0