Bu voqea qachon sodir bo‘lganini aniq eslay olmasam ham, u doimo yodimda. Uni hech qachon unuta olmadim.
Bu hodisa sodir bo‘lganida 18 yoshda edim. Qarindoshimnikiga mehmonga borgandim. Ularning farzandlaridan kattasi mendan bir yosh kichik, qolgan jiyanlarim esa hali juda kichkina edi.
Xullas, yozning oxirlari edi. Kechasi negadir issiqdan chanqadikmi, bilmadim, amakim:
— Kompot olib chiqinglar, — deb qoldilar.
Shu payt B.ning o‘rtog‘i telefon qilib qoldi. Ikki jiyanim esa allaqachon uxlab qolgan edi. Men kompot olish uchun yerto‘laga tushdim. Chiroqni yoqib, zinadan pastga tushayotgan edim.
Birdan qarasam, to‘g‘rimda qorachadan kelgan bir erkak o‘tiribdi. U ko‘zlarini menga tikib turardi.
Juda qo‘rqib ketdim.
— Kimsiz? — deb so‘radim.
Ammo u javob bermadi.
Avvaliga ichib olgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Lekin undayga ham o‘xshamasdi. Undan hech qanday spirtli ichimlik hidi ham kelmasdi.
Men qo‘rqib, tezda uyga chopib bordim va ko‘rganlarimni hammaga aytib berdim. Keyin qarindoshlarim bilan birga yerto‘laga tushdik.
Ichimda u odam qochib ketgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim.
Ammo yo‘q...
U hali ham men qanday ko‘rgan bo‘lsam, xuddi o‘sha joyda, o‘sha holatda o‘tirardi.
Qarindoshlarimning hammasi qo‘rqib, hayajonga tushishdi. Amakim darhol militsiyaga va tez yordamga qo‘ng‘iroq qildilar.
Ular yetib kelishgach, menga o‘sha odamni ko‘rsatishimni so‘rashdi. Men bilan birga qoʻshni telefon kamerasini yoqib, bir kishi yerto‘laga tushadigan bo‘ldi.
Ikkalamiz zinadan pastga tushdik. Chiroqni o‘chirmadik.
Men:
— Mana, shu yerda, — deb o‘sha tomonni ko‘rsatdim.
Shu payt qoʻshni kamera orqali video olib kelayotgandi va birdan qichqirib yubordi.
Men ham cho‘chib ketdim...
Ular yetib kelishgach, menga o‘sha odamni ko‘rsatishimni so‘rashdi. Men militsiya xodimlari bilan birga yana yerto‘laga tushdim.
Chiroq hali ham yonib turardi. Men zinadan tushib:
— Mana, shu yerda edi, — deb ko‘rsatdim.
Ammo u odam hamon o‘sha joyda, xuddi avvalgidek o‘tirardi.
Militsiya xodimlari unga yaqinlashib, kimligini va bu yerga qanday kirganini so‘rashdi. U esa indamasdi.
Men esa biroz narida turib, nima bo‘layotganini kuzatardim. Yuragim hali ham qattiq urardi. Chunki men bir necha daqiqa oldin ko‘rgan odamim haqiqatan ham shu yerda ekaniga hali ham ishonolmasdim.
Eng qo‘rqinchlisi esa — u yerto‘laga qanday kirgani va nega bu yerda indamay o‘tirgani hech kimga tushunarli emasdi.Birozdan soʻng ular gaplashib turganini koʻrib u begona gʻalati kishi sekin chiqib ketib qolganini ham sezmay qolibmiz.Shu kundan boshlab na men na amakim va militsiyalar bu gʻalati kishini koʻrishdi.
Hattoki qoʻshni amakini telefon kamerasida ham bu video rasmlar o'z-o'zidan yoʻq boʻlgan edi.
O‘sha kecha men uchun oddiy bir yoz oqshomi bo‘lib qolmadi.
Oradan qancha vaqt o‘tmasin, yerto‘laga tushganimda ko‘rgan o‘sha nigoh hamon esimda.
Lekin u inson qanday qilib amakimni uyiga va u yerdan qanaqa qilib chiqib ketganini hanuzgacha tushunolmay qoldim...
Izohlar
0