Ikkinchi darsda Jonas Miseriani koʻrmadi. Menimcha unga notoʻgʻri gapirib qoʻydim deb oʻylagan Jonas darsni bir chekkaga qoʻyib hayollar ichida kezib yurardi. Daftari chekkasiga yopishtirilgan oʻsha rasmga qarab hayol surarkan qizning goʻzal chehrasi uni oʻziga battar tortardi.
Yon atrofida oʻtirgan kursdoshlariming baʼzilari darsni tinglar,ayrim yigitlar qizlar bilan ovvora. Ularni jigʻiga tegishar va bundan zavqlanishardi. Masalan beshinchi qatorda oʻtirgan Floyd Berton ikkinchi qatorda oʻtiradigan Veronica Dailyni anchadan beri yoqtirsada,qizga yoqadigan harakatlar qilishni oʻrniga buni aksini qilar,Veronicani jaxlini keltirardi. Qiz ham Floydni yoqtirishini sezsada ilk qadamni undan kutardi. Hozir ham oldinda oʻtirgan Nicaning koʻziga qizil chiroqli lazerni oʻynatar,qiz esa orqasiga qarab qoʻyar,oxirida esa koʻzini qoʻli bilan toʻsib olgandi. Oʻqutuvchimiz bizga ilm va falsafa haqida tushuncha berar,ammo hozir bularning barchasini oʻrnini Ria egallab olgandi. Oʻqishdan uyga qaytayotib koʻchamiz boshida yashovchi Tiffany xonimni yana bir bor yolgʻiz oʻtirganlarini koʻrib qoldim. Aslida yoshlari ancha katta va keksayib qolganlariga qaramay ularni xonim deb chaqirishim koʻngillarini koʻtarardi. Bir kuni uzoq suhbat qurib qolganimizda qaniydi sizdek yolgʻiz yashasam deb aytib yuborgandim. Tilimni tiyib turolmaymanda,balki koʻngillariga tegadimi deb ham oʻylamabman oʻshanda. Ammo Tiffany xonim menga qarab jilmayib,"ex bolajonim Jonas,yolgʻizlik seni yoshingda boʻlganimda menga ham juda yoqardi,lekin hozirgidek qarib qolganingda senga oʻxshagan suxbatdosh qidirib qoladi odam". Oʻsha payda juda qiziqqandim nahotki bu ayolning birorta yaqini boʻlmasa. Ammo soʻrashga biroz tortindim. Ertasi kuni esa xonimning oʻzi menga oilasi haqida gapirib bergandi. Aytishlaricha Tiffany xonimning umr yoʻldoshi ancha yosh vaqtlarida oʻgʻli bilan mashinada avtohalokatga uchragan. Tirik qolgan boʻlsalarda oradan koʻp vaqt oʻtmay janob vafot etgan ekan. Oʻgʻillari esa omon qolgan,ammo ikkisi ham hozir chet davlatda ishlashga ketgan ekan. Men ularni xabar olmaydi deb oʻylagandim,lekin xonim aytishicha ular onasiga pul yuborib turar va telefon orqali xabarlashib turisharkan. Bundan biroz boʻlsada oʻzimni yengil his qilgandim. Nima boʻlsa ham ona uchun farzandning oʻrni boshqachada,har kuni men bilan suhbat qilsalarda koʻzlari mayusligini,sevgan insonlarini solinganlarini sezib turardim. Shu feʼl atvorim meni ogʻir ahvolga solardi. Axir har bir insonning his tuygʻularini chuqur his qilish insonni toʻgʻri qaror qilishdan chalgʻitishi mumkinku.
Oradan bir hafta oʻtgan boʻlsada Miseridan darak yoʻq edi. Baʼzida endi u qaytmasa kerak,boshqa institutga ketganmikan degan oʻy hayolimda aylanardi. Shu bir haftaning kunlari shunchalik uzoq oʻtgandiki naqd bir yilga tatigandi. Shanba kuni uyga qaytganimda uyga kirishim bilan onam uyda mehmon borligini aytdilar. Onamning dugonalari kelgandirda deb oʻyladim va xonamga kirib ketdim. Kiyimlarimni almashtirib boʻlganimda xonaga onam kirdilar va bu mehmon aslida uyda ijaraga qoʻyilgan odam ekanligini aytdilar. Bu narsa aslida meni bezovta qilmasdi,chunki kuni bilan oʻqish va ishda boʻlardim. Ammo uyga kimni qoʻyganlarini bilishni xohlagandim.Uyimiz katta boʻlmasada onam va men uchun joy yetarli va baʼzida onam yuqori qavatdagi xonani icharaga berardilar. Bu safar kim ekanligini bilish uchun onam uni kechgi ovqatga taklif qilishimni aytdilar. Tepa qavatda faqat 1ta ortiqcha xona bor edi. Zinadan oʻng tarafdagi xona,meni xonamni tepasida joylashgan. Eshikni taqillatarkanman uni ochish uchun yurib kelayotgan oyoq ovozlarini payqadim. Taxtadan boʻlgan eshik ochilganda gʻirchillagan ovoz chiqdi,bu biroz gʻashimni keltirdi. Eshik ortidan esa eshik ovoziga uning ham gʻashi kelib,ingichka qoshlari chimirilgan,yuzi burushgan boʻlsada,shu holatda ham yoqimliligini yoʻqotmagan Ria turardi. Gʻashimga tekkan eshikni ham uning ovozini ham bir zumga unutib qoʻydim.U esa moviy koʻzlarini katta katta ochgancha "bu yerda nima qilyabsan" deb qarab turardi. Qisqa muddatli sukunatni onamni ovozi buzib yubordi
-Jonas Miseriani chaqirdingmi?
Koʻzlarimni undan uzolmasamda onamga "Ha" deya javob berdim. U esa bir zum nigohlarini yerga qaratdi.
-Siz ularni oʻgʻlimisiz?
-Ha... Siz esa bu yerda...
Gapimni tugatolmay qoldim. Unga bizni uyda ijarada turibsanmi deyish uni xafa qilib qoʻyishi mumkinligi haqida oʻylab qoldim. Ammo koʻp oʻtmay uning oʻzi bu gapni tugatib qoʻydi.
-Ijarada turibman. Onangiz yaxshi ayol ekan. Va sizni ham yana koʻrganimdan xursandman...
U nim tabassum qilardi. Mamnun chehrasi koʻnglimga hotirjamlik baxsh etgan oʻsha lahzada uni yoqtirib qolganim rost ekanligi haqida oʻylagan edim.
Tuni boʻyi shiftga tikilib,bu tuygʻu goʻzal ekanligini his qilardim.
27-oktyabr.2025y
Erta tongdan xavo ancha sovuqlashgan,koʻchada ketayotgan odamlarni yuzi burishgan,kayfiyatsiz. Osmonning buluti odamni kayfiyatiga taʼsir qilayotgandek goʻyo. Hamma sovuqdan qochgan,hiyobonlardagi oʻrindiqlar boʼsh qolgan,osmondagi quyuq bulutlar goʻyo yerga zahrini sochadigandek qorayib ketgandi.Ammo bularning barchasi ularga tasir etmasdi. Rianing apelsin rang sochlari yogʻayotgan yomgʻir tomchilaridan hoʻl boʻlgan,jingalakligi ketib,ivib qolgandi. Jonas unga qarab hali hanuz yosh bolaga oʻxshaysan deya mazxara qilsada,Ria yomgʻir ostida xandon otib kulardi. Yomgʻirda jiqqa hoʻl boʻlib,kasal boʻlishlari mumkinligini bilsalarda tabiatning bu moʻjizasi ularni baxtli qilardi. Aynan oʻsha daqiqalardagi his tuygʻulari joʻsh urgandi.Bulutli ob-havo boʻlsada,hayotning goʻzal ranglarini koʻzlari bilan koʻrib,qalblari bilan his etishardi. Doʻkondan uyga yetib kelgunlaricha ust boshlari yomgʻirda ivib ketgandi. Ammo bu ularni juda samimiy koʻrsatardi. Jonas eshikni ochdi va kir degandek bosh chayqab Riaga ishora qildi. Ular uyga kirisharkan oyoq tovushlaridan ularni payqagan Lidiya xola oshxonadan shoshilib chiqib Miseria qizim bitta nonga shuncha ketadimi deya noliy boshlagandi,ammo uning ortidan kirgan oʻgʻlini koʻrib aytayotgan gapi boshqa mavzuga burilib ketdi
-Hoy Jonas sen qayerdan kelyabsan. Yoʻq toʻxta qachon uydan chiqishga ulgurding
Ostonada hoʻl boʻlib,eti junjikib turgan Jonas yolgʻon aralash kulib,"Axir sizga aytdimku koʻchaga chiqyabman,tez qaytaman"deya onasini chalgʻitardi. Lidiya xola esa har doimgidek u gapdan bu gapga sakrab boʻlgan ishlarni yodidan chiqarib qoʻyardi. Stol atrofida nonushta qilisharkan hali kelganiga bir oy ham toʻlmagan Ria Lidiya xolaga huddi oʻz qizidek yaqin boʻlib ketgandi. Lidiya xolaning ajin tushgan yuzlari,oq oralashayotgan qoʻngʻir sochlari uni yagona farzandi uchun umrini bagʻishlaganini anglatardi. Har kuni ertalab Lidiya xola katta boʻlib qolgan boʻlsada oʻgʻli uchun issiq non ustiga saryogʻ surtib berardi. Jonas esa bundan mamnun boʻlar va saryogʻli nonni likopchadagi shakarga bostirib,zavq bilan tannavul qilardi. Ularni zimdan kuzatib turgan Ria esa miyigʻida kulib qoʻyar va Jonasga qarata "Xolajon nahotki oʻgʻlingiz hali hanuz katta boʻlmagan boʻlsa" deya hazil qilardi. Ular shu qadar baxtli ediki vaqt shunchalik tez oʻtib ketayotganini sezmay qolishardi.Va Miseria soatga qarab pitirchilab qolardi. "Hoy tezroq boʻl endi,yana kechokamiz-ku"deya tepa qavatga yugurib chiqardi. Uni shoshiltirib qoʻygani uchun choyini ham turib olib,bir ikki xoʻplab Jonas ham xonasiga yugurardi. Shosha pisha uydan chiqishardiyu institut tomon yugurishardi. "Har doim shunaqa boʻladi. Nima balo urdiki senga oʻxshab men ham kechikadigan boʻlib qoldima" deb Ria Jonasning qulogʻini qoqardi. Lekin bu gaplarni har kuni eshitaverib oʻrganib qolgan Jonas xafa boʻlmas,aksinch "Bu baxtdan" deya uning shu xolatini koʻrib quvonardi. Hayriyatki xonaga kirganlarida hali ustoz kelmagan ekan. Ular joyiga oʻtirib boʻlgach har kuni bozor boʻlib ketguday shovqin qiladigan sinf xozir pashsha uchgani bilinadigan darajada sokin ekanligini sezishdi va Ria yonida oʻtirgan Veronikaga qarab "Nica nimadur boʻldimi. Ustoz hali kelmaganku" deb soʻraganda uning orqasida oʻtirgan Jonas "Ria" deb sekin gapirardi. Miseria ha deyishga ham ulgurmay ortiga oʻgrildiyu koʻzlari katta katta boʻlib ochilib,dovdirab qoldi. Jonasni yonida ustoz Antony Luther oʻtirardi. Qovoqlari uyulgan keksa Luther kitobini changallagancha oʻquvchilardan koʻzini uzmas,Jon va Ria esa doska oldida sumkalarini koʻtarib turishardi. Butun sinf suv quygandek sokin edi. Hatto koʻchada esayotgan izgʻirin shamol derazalar yopiq boʻlsada xona ichida ovoz chiqarardi. Bir qancha vaqt oʻtib esa keksa Luther oʻz kursisida oʻquvchilga vazifa bergancha mudrab yotardi. Shu vaqtda Miseria Jonasga qarab pichirlab " Hoy sen yoningdagi odamni farqlay olmaysanmi. Axir qanday qilib yoningda keksa Luther oʻtirganini sezmagan boʻlsang" deya diydiyo qilardi.
-Axir men ham shoshildim. Oldimda oʻtirgan odamga ahamiyat berish qayerdan hayolimga kelsin. Tagʻin butun sinf jim turganini qaraya. Ularga bizni shu ahvolda kuzatish yoqadimi deyman.
Sinf oʻrtasidan ularga Veronica qoʻlini siltab,pichirlagan ovozda bu yerga qarang derdi. Uning qoʻlidagi qogʻozda
"dars tugashiga 20 daqiqa qoldi" deb yozilgandi.
Ular Nicaning yozganidan biroz yengillashishdi va yana oʻsha quvnoq xollariga qaytishdi
Toʻsatdan chalingan qoʻngʻiroq ovozi Keksa Lutherni choʻchitib yubordi. U koʻzlarini ochar ochmas oʻquvchilarga "vazifalaringizni topshiring" deb qichqirdi. Ammo vazifalar pala partish stolning ustida uyilib yotar xonada esa undan boshqa odam zoti yoʻq edi.
Tushlik vaqti ular doʻstlari bilan oʻrindiqda oʻtirib samimiy suhbat qurishardi. Floyd Nicadan koʻzini uzolmasada gaplarida oʻzini magʻrur tutar,uning hislariga ishonmagan Nica esa undanda magʻrur gapirardi. Jonas va Ria esa ularga qarab " bulardan yaxshi juft chiqmasligi mumkin,ammo ularni farzandi boʻlsa qanday boʻlishiga qiziqyapman " deya hazillar qilishardi.
Ular juda yaqin doʻst,ammo Jonas bu doʻstlik tugashini xohlaydigan yagona odam edi. U har kuni Miseriani koʻrish baxtiga muyassar boʻlganidan baxtiyor edi. Ammo kursdagi yigitlar uning goʻzalligini tariflab sevgi maktublari yozishi,har kuni dugonasi Nica tomonidan yangi tanishlar orttirayotgani,bularga qaramasdan Ria uni oʻziga doʻstdan ortiq koʻrmasligi gʻashini keltirardi. Har kuni oʻylar agar uni menda koʻngli yoʻq boʻlsa aytgan taqdirimda ham oramizdagi shu doʻstlik ham buzulishi mumkinligidan qoʻrqardi.
Izohlar
0