4-oktyabr.2025y
U menga ilhom berdi. Ammo ilhomdan ko‘ra og‘riq qoldi
Tong yorishay deb qolgan mahal, gʻira-shira yorugʻ xonaning chekkasidagi kichikroq stol ustida kundalikka oʻxshash,ammo undan qalinroq boʻlgan chetlari biroz sargʻaygan,undan oldingi sahifalaridagi siyoh biroz boʻyalgan daftarga tonggacha allanimalarni yozib ham charchamagan sochlari jingalak va jigarrang tusli,qalin qoshlari oʻtkir istehzoli chimirilgan,koʻzlarida yonib turgan oʻt daftar sahifalarini kul qilishga qodirdek bir nuqtaga tikilgan,tuni bilan shu daftarga yozib qoʻllari uvishib,yuragidagi xovur toʻxtagan yosh yigit Jonas daftarini yopib stol chekkasiga surib qoʻyib,yotogʻiga yotgancha soatga qaradi va endi uxlay olmasligi,ammo tuni bilan yozgan boʻlsada uyqusi kelmasligi shunchaki biroz charchagani haqida oʻylay boshladi. Balki uning uyqusini qochishiga sabab boʻlgan oʻsha yozgan daftardagi mazmunsiz soʻzlardir. U oʻsha daftarning juda koʻp joyida oʻzining yozganlari maʼnosiz,bemani va mazmunsiz koʻrinishini aytib oʻtgan. Har safar oʻsha daftar ichidagi bir sahifani qayta qayta ochib nazar solarkan chimirilgan qalin qoshlari yoyilib,koʻzidagi oʻtli nigoh sham kabi porlab ketardi. Oʻsha sahifalardagi kichik,daftarning hoshiyasiga yopishtirilgan sochlari olov rang tusdagi orqasiga bitta qilib oʻrilgan,qoshlari ham sochining tusidan boʻlgan ingichka terilgandek turadigan,kipriklari siyrak boʻlishiga qaramay moviy rangda tovlanadigan chiroyli koʻzlariga yarashib turadigan,yuzi nozik talaba qizning surati edi. Bu rasm Jonasning qoʻliga oʻtgan yili qahraton kelgan qishning sovuq kunida instituti qarshisida yangi ochilgan kutubxona stoli ustida unutib qoldirilgan Jek Londonning Martin Iden nomli kitobi ichidan kelib qolgan edi. Jonas bu qizni shu vaqtgacha qidirmagan joyi qolmadi. Ammo uni hech qayerdan topolmadi.
U qizdan umidini uzgancha,faqat suratidan bahramand boʻlib tunlarni yozish bilan oʻtkazardi. Bazida juda berilib yozganidan tonglar yorishib oʻqishga boradigan vaqti boʻlishini sezmay qolardi. Bugun ham shunday kunlarning biri. U uxlamagan boʻlsada oʻqishga borishga majbur edi. Sababi endi onasi Lediya xolaga tuni bilan uxlamay yozib chiqqanini aytolmasdi. Agar u shuni Lediya xolaga aytganda yozganlari ustidan tanqidlar yogʻilardi,yoki yozgan daftaringni koʻrsat nimalar yozasan tuni bilan degan gaplar orasida qolardi
Shu ortiqcha tashvishlardan qutilish maqsadida kuni boʻyi parishonxotir yurishga ham tayyor edi.Bugungi kunning quyoshi juda porloq va oʻtgan har kungidan iliqroq tuyulardi.
Sahardan turib oʻgʻlim och qolib,peshingacha xorib yurmasin deb mazali nonushta tayyorlagan Lediya xola Jonas ning xonasi eshigini taqillatarkan yana tuni bilan bedor boʻlib chiqqanmikan degan oʻy bir zum uning xayolink tark etmadi. Eshikni taqillatishga bir oz ikkilangan Lidiya xola U baribir gapga kirmasligini,shu sababdan unga jazo sifatida erta uygʻatsa balki aqli kirib bu ishlarini toʻxtatishini oʻylab eshikni zarb bilan ikki uch marta taqillatdi. Lidiya xola bilmasdiki Jonas allaqachon uydan kiyinib,charmdan yasalgan kichik erkaklar sumkasiga allanimalar yozilgan daftari,har doim yonida olib yuradigan qora siyohli ruchkasi va yaqinda sotib olib hali oʻqishga boʻsh vaqt topolmagani uchun oʻqiy olmagan,ammo qiziqishlar tufayli har doim yonida olib yuradigan oʻsha kitobi Martin Idenni ham solib olgan edi. Boshida uning bu kitobga qiziqishi oʻsha qizning rasmi shu kitob ichidan chiqqanli sababli edi,ammo bu kitob haqidagi maʼlumotlar yaʼni Martin Iden ham unga oʻxshash yosh yozuvchi yigit ekanligini bilgandan soʻng bu kitobga boʻlgan qiziqishlari yanada oshdi. U institutga borish uchun hali ertaligini hisobga olib,uyidan biroz uzoqda joylashgan boʻlsada tinch muhit va toza havoga ega boʻlgan hiyobonga borishga qaror qildi. Hiyobon muhiti Jonasning ongini tiniqlashtirib,ilhomlanishiga yordam berardi.
Hiyobon balki tong boʻlganligi uchundir juda tinch edi. Bu hiyobonga kechgi shomdan soʻng kelsangiz odamlar koʻpligidan oʻzingizni ham yoʻqotib qoʻyasiz. Jonas yana oʻsha daftarni ochdi va yoza boshladi:
"Ancha avvval edi,adashmasam maktabni tugatgandim. Institutga imtihon topshirish uchun Ariton shahriga borgandim. Oʻsha vaqtlar avtobusda yurishga juda qiziqardim. Sababi bizning shahar kichik boʻlmasada avtobuslar hali yoʻlga qoʻyilmagandi. Markaziy shaharga ketarkanman avtobus derazasiga boshimni qoʻyib oʻy hayollar ogʻushiga koʻmilib ketgandim.
Berilib yozayotgan Jonas birdan toʻxtadi va hayolida yozmoqchi boʻlgan keyingi barcha gaplarni unutib qoʻydi va shunday deb xitob ila gapirdi:
"Yozuvchi zoti oʻzi shunaqa,faqat his tuygʻusiga tayanib yoza oladi. Hissiyotlar joʻsh urgan vaqtda yozib olmasang oʻn yilda ham bir asarni tugatomas ekansan"
Osoyishtalik ila soatiga qaragan Jonas birdan xovliqib qoldi.
-Hozir kech qolaman,oʻqishga kech qolaman. Ha shu vaqtda ham ilhom keladimi. Yana erta turib kech qolsama.
U narsalarini tez yigʻishtirib institut tomon yugurib ketarkan oldinda yugurib ketayotgan odamni turtib yubordi. Bir biriga urilganda Jonas old tomonga qarab yuzi bilan yiqildi. U odam esa yerda oʻtirib qoldi. Oʻrnidan turib yumilgan koʻzlari bilan oʻsha odamdan tinmay uzur soʻrardi. Bir qoʻli bilan esa oʻng yanogʻini ushlab turardi
-Uzur soʻrayman. Kechiring,biroz shoshilayotgan edim,uzur.
-Hechqisi yoʻq ammo men ham shoshayotgandim...
Shoshilganidan odamga etibor bilan qaramagan Jonas uni qiz bola ekanligini uning ovozidan payqadi va koʻzlarni shart ochdi. Ochilgan koʻzlari qizni yondirib yuboray deb tikilardi. Ha bu oʻsha surat qizi edi. Qiz oʻrnidan turib yoʻlida yugurib ketdi. Ogʻzi lang ochilib qolgan Jonas uning orqasidan uzoq qarab qoldi va kech qolayotgani yodiga tushib ketib narsalarini toʻplab yiqilib jarohat olganiga qaramay yashin tezligida yugura boshladi. Yugurayotib uning hayoli oʻsha qizda oʻzi esa ich ichidan juda quvonar,ogʻzi qulogʻiga yetib,dunyoga sigʻmay ketardi. Goʻyo qiz unga ijobiy quvvat ulashganday boʻlardi. Xona eshigini shoshib ochgan Jonas ustoz oldida turgan olovrang sochli qizga koʻzi tushib nima deyishini ham unutib dovdirab qoldi.
-Ha Jon Castel bugun ham uxlab qoldingmi?
Jonas alanglab ustozga "NIMA" deb javob berdi
-Seni hayolparast desam dovdir ham ekansanku
Xonada oʻtirgan barcha kulib yubordi. Bir odamdan tashqari. Oʻsha qiz unga soʻroq ifodasida ingichka qoshlarini chimirgancha qarab turardi
-Uzur soʻrayman ustoz. Boshqa qaytarilmaydi
-Har kuni shu vada... Ha mayli oʻrganib ham kettik. Oʻtir joyinga
-Rahmat ustoz
Qani oʻquvchilar tanishing yangi talaba,koʻchirilgan. Ismingizni ayting va oʻzingizni tanishtiring
Atrofga hayrat nigohi ila boqayotgan qiz bir zumda oʻzini qoʻlga olib hayotim davomida eshitgan eng goʻzal va har gal eshitganda endi azob beruvchi ismini aytarkan u menga tegishli boʻlishi kerakligini chuqur his qilardim.
Mening ismim Miseria.Miseria Flores.Tanishganimdan xursandman.
Yaxshi Miseria endi borib boʻsh joylarni biriga oʻtir.
U sekin ohista qadamlar bilan yurib kelarkan,yuragim juda baland ovozda ura boshladi. Goʻyo hozir u yonimdan oʻtadiyu,bu yukakning ovozini eshitib qoladi deb qoʻrqib turardim.U menga bir nazar tashladiyu chimirilgan qoshlari salgina ochilganini sezdim. Bu holat u meni taniganidan dalolat berardi. Ammo u xonadagi eng soʻngi partaga borib yolgʻiz oʻtirarkan xonadagi barcha odam unga gʻalati nigohlar bilan qarardi. Miseria esa hech nimaga ahamiyat bermay ustozning gaplarini tinglab butun darsni oʻtkazdi. Toʻgʻrisi hayron qoldim. Bunday befarq boʻlish uchun ham iroda kerak boʻladi.
Qoʻngʻiroq chalindiyu oʻquvchilar xonadan otilib chiqishdi. Albattada koʻpchilik bu uzoq vaqtlik darsdan zerikib ketishi tayin. Lekin u kitob va daftarlarini asta sekin sumkasiga joylardi. Goʻyo xonada hech kim qolmasligini kutayotgandek koʻz qiri bilan atrofga qarab qarab qoʻyardi. Hozir uni oldiga borishim kerak edi. Ammo yuragim bunda dov bermas,borsamda tilim aylanmay,gapirolmay qolishimdan qoʻrqardim. Biroz oʻylandim,ammo bu menga hozircha toʻgʻri kelmasligini,avval oʻzimni qoʻlga olib,keyin u bilan tanishishni reja qildim va xonadan chiqib ketayotganimda u menga "Kechir" dedi.
Nima uchun kechirim soʻrayotganini hozir oʻylay olmasdim. Hozir ortimga oʻgrilsam u menga qarab turishini va gaplashishim kerakligini oʻylab yuragim taka puka boʻlardi. Ortimga oʻgrildim va ogʻzimdan chiqqan soʻzni anglamay qolgandim
-Nima
-Uzur soʻrayabman. Sababi sen meni deb darsga kech qolib odamlarga kulgu boʻlding
Menga qarab turgan nigohlari bir zumda yerga qaradi. Balki koʻzlarim uning koʻziga tushganidan uyalgandir
-Aslida uzurni men soʻrashim kerak. Axir men seni turtib yubordim. Sen oldinda ketayotgan eding
Moviy koʻzlar yana menga qaradi. Men esa shu koʻzlardan javobni oʻqiy boshlagandim. Hozir "Lekin" deydi...
-Lekin...
Uning gapini shart boʻldim
-Lekin emas men bunday ekanimdan uyalmayman.
-Nega
Savol nigohidagi qarashlari,siyrak kipriklarning pirpirashi meni dovdiratib qoʻyishidan choʻchirdim. Ammo soʻzlar oʻz oʻzidan quyulib kelayotgandi
-Sababi tabiatim shunday. Qaysi yozuvchini koʻrgansan hayol surmagan
-Yozuvchi sen yozuvchimisan. Qanday qilib
Uning toʻsatdan bergan bu savoli menk oʻylantirib qoʻydi. Toʻgʻri men koʻp yozaman va yozganlarim yaxshi va oʻzimga yoqadi. Ammo rostdan ham Miseria aytgandek qanday qilib yozuvchiman. Buni birov biladimi. Kim meni yozivchi ekanimni tan olardi. Unga javob berish uchun soddaroq javob aytdim va endi gapni boshqa joyda burish kerak edi
-Ha shunchaki aytim,bazida bir narsalar yozib turaman xolos,bular arzimas. Xoʻsh oʻzingchi nimaga qiziqasan
-Menmi-u siyrak kipriklarini pirpiratib biroz oʻyladi va
-Men juda koʻp narsaga birdek qiziqaman. Balki eng yaxshisi kitob oʻqishdir
Men bilardim,kitob yoqishini bilardim. Hozir aytadi oʻsha kitobni aytadi. Uni menga uchratgan kitobni Martin Idenni
-Qaysi kitobni juda yaxshi koʻrib oʻqigansan
U bu safar oʻylanmadi ham qatiy savolni sezib turganday javob berdi
-Martin Iden
-Ha demak Martin Iden. Endi bu kitobni aniq oʻqib koʻrmasam boʻlmaydi chogʻi
-Uni oʻqimaganmisan. Martin Iden meni eng sevimli kitobim
-Ha bilaman
-Nima
Oʻylamay aytib qoʻygan gapimdan shoshib qoldim
-Shunchaki yaxshi kitob boʻlsa kerakda-a
U mayin kulib,kitob haqida ishtiyoq ila gapira boshladi
-Ha bu juda yaxshi asar,qayta qayta oʻqisam ham zerikmayman
Ertalab uydan chiqishimdan oldin sumkamga solgan kitob yodimga tushdiyu uni olishga tushdim.
-Qara bu kitob menda ham bor.
Uning koʻzlari chaqnab ketti
-Voy huddi avval birinchi marta kutubxonada oʻqigan kitobimga oʻxsharkan. Uning ham muqovasi shunaqa edi.
-Ha buni men ham kutubxonadan olgandim. Shu institut roʻparasidagi
U kitobni qoʻlimdan oldi va tez-tez sahifalarini varaqlab nimanidir qidirardi. Menimcha u oʻsha rasmni qidirayotgan edi
-Nimani qidiryapsan-dedim bilib turib ham
U menga bir qaradi va oxirigacha qidirib,uff tortib qoldi
-Yoʻq shunchaki. Bu men oʻqigan kitob emas ekan.Mayli hozir ketishim kerak,xayr.
Miseria birdan oʻzgarib,tez narsalarini olib,shoshib xonadan chiqib ketdi. Shunchalik shoshdiki hatto unga yetolmay qoldim.
Izohlar
1❤️🥰😍