2440-yil 17-noyabr sanasi...New Yorklik olima buvisining vafoti munosabati bilan O'zbekistonga qaytish uchun aeroprtga yo'l oldi.Uning yuragida katta armon :afsus,yaqindagina chop qilinishi kerak bo'lgan kattagina ilmiy asarini buvisi ko'ra olmaydi.U samolyot o'rindig'iga o'tirishi bilan-oq,o'zi bilan olgan,allaqchon vafot qilgan bobosining hali o'qishga ulgurmagan bir kitobini mutolaa qila boshladi.Eskirgan kitobning sarg'aygan sahifalari vaqtning mayin nafasidan titragandek edi.Muqova so'lg'in,chetlari yemirilgan,varaqlari orasida esa yillar davomida aytilmay qolgan sirlarning hidi yashardi.Uni ochgan odam kitobni emas,o'tmishning unutilgan bir parchasini uyg'otgandek bo'lardi.Mana shu kitob mutolaasini boshlagan Margot unga shuchalar qiziqib ketdi-ki,qisqa vaqt Ichida bir necha varaqni o'qiganini sezmay qoldi.Asar brogan sari unga murakkablasha boshlagandek tuyuldi.Uning qoshlari chimirldi;U kitobga yanada yaqinroq engashdi.Pesjonasida mayin ajinlar paydo bo'ldi.Nigohi bir jumlaga qadalgandi-yu,hayoli uning ma'nosiga yetib borolmayotgandek edi.Lablarini beixtiyor qisib,boshini hiyol yon tomonga egdi.
U sahifani qayta o'qidi,ammo bu safar ham nigohida birgina savol qoldi!
-"Nahotki,bu so'z menga notanish bo'lsa?!"
U kitobni yopdi va o'zi shundoq ham buvisi haqidagi xabarni eshitib iztirob chekkan ko'zlarini ishqaladi va qattiq uyquga ketdi.
Ozginadan so'ng,tun sekin cho'kayotgan edi.Eski shaharning tor ko'chalarida kunduzgi shovqin ,allaqachon,tinib,ko'hna g'isht devorlar orasida asrlar nafasi kezardi.Margot:"Nahotki,ana shu ko'chalarning hech bir xaritada belgilanmagan birida paydo bo'ldim"!
"Egnimdagi bu nima???"
Ha,uning ustida to'q ko'k ipakdan tikilgan ,etaklari mayin naqshlar bilan bezatilgan uzun libos.Shamolning yengil nafasida tebranayotgan harir ro'mol yelkalarida tashlangan,oy nurini tutib yaltiratayotgan eski kumush taqinchoq bo'ynida osilgan edi.Bu barchasi qanchalr ajabtovur"-o'yladi U.Margot shunchaki sayr qilayotganayolga o'xshamas edi.Go'yoki u mana shu ko'chalarga yuz yil avval ham kelgandek ,qaysi devor ortida nima borligini xotirlayotgandek edi.
Uning qo'lida muqovasi qoratib ketgan,chetlari yemirilib,charmiga esa yillar emas,go'yo butun boshli bir asrning sukuti singib qolgandi.Undan qurigan siyoh va ,allaqachon,unutilgan xotiralarning hidi kelardi.Uni tezgina ochgan Margot Ichida birgina yozuv borligini ko'rdi.
QALB
"Nahot,ulkan kitob Ichida bittagina so'z qolgan bo'lsa?!"
Shu payt ,negadir,aqlida bir so'z aylandi:"Bobongning eng katta siri kitoblarida emas,uning aytolmagan SO'Zlarida edi."
So'zlar...Qalb... Ohista pichirladi-Margot va esladi.U doimo bolaligida eski kitoblarni qiziqib o'qir edi va ,albatta,ko'plab so'zlarning tarjimalarida qiyinchilikka duch kelardi.Shu vaqtda zamonaviy programmalardan foydalanib,bu so'zlar ma'nosini anglashga harakat qilardi.Ammo, bu safar u nima qiladi?Axir,muqovadagi "QALB"so'zi unga butkul begona-ku!?Margot o'zi yolg'z turardi.Tor ko'chaning ikki tomonida qadimiy devorlar qad rostlagan,ularning nam g'ishtlariga oy nuri kumushrang tus bergandek edi,go'yo!
U kitobni ko'ksiga bosib,yana ochdi.Sarg'aygan sahifaning o'rtasida bitta so'z turardi...QALB.U ana shu sirni bilishga qiziqdi,ammo,qanday?
Ko'plab savollar uning boshiga quyilib kela boshladi:Bobom nima uchun butun umri davomida mana shu tilsimni o'rganishga bag'ishlagan?"
QALB"-dedi U.So'z ko'chaning huvillagan bag'riga singib ketdi.U boshini ko'tardi,chunki bir qora mushuk uning oldida paydo bo'lgan edi.Ayol unga razm soldi:mayin ipakdek tovlanayotgan qora junli bu jonzot Margotda ajib bir tasavvur uyg'otdi.Uning ko'zlari sarg'ish-yashil,chuqur va ziyrak edi.Bo'ynidagi toza ,nafis tasmasi va unga ilingan tilla kalit esa kimningdir sevimli mushugi ekanligidan darak Berardi.Mushuk panjalari yumshoq,yaltiroq mo'ylovlari tunda sirli tovlanardi.Ayol uni siypalamoqchi bo'ldi-yu,birdan yuragi hapqirap ura boshladi,qo'lidagi kitob esa sirpanib tushay dedi.U bir qadam ortga chekindi.Axir,uy mushugi bo'lsa,nega qiz undan chekinishi mumkin?!
Agar bu ko'chada birinchi marta turgan bo'lsam,qora mushuk bo'ynida mening ismim qanday paydo bo'ldi?" Ha,mushuk tasmasida ayol o'zining ismi yaqqol yozilganini ko'rib hayratlangandi.
MARGOT...Otasi bu ismni tushida eshitganini aytgan ,xolos.Ayolga bu qandaydir sirdek tuyulardi doimo .Fransuzcha Marguarite ismi bilan bog'liqligini va "marvarid guli"ma'nosini anglatishini esa ISMLAR MA'NOSI PROGRAMMAsidan bilib olgan edi.Ammo,o'z ismini mushuklar tasmasida ilk bor ko'rishi.
Margotni zamonlar orasidagi farq ta'qib qila boshladi.U aniq his qildi:uning uchun oddiy bo'lgan narsalar bu yerda g'alati va xavfli edi.Na aloqa,na internet bor.Soat to'xtab qolgandek tuyulardi.Eng yomoni karta ishlamas,qo'lida zamonaviy kupyuralar ham yo'q edi.Kechasi esa battar qo'rquvga solardi.
TUN...Buxoro tunida osmonlar qoramtir baxmalga o'xshar,yulduzlar esa ming yillik ko'zlardek miltillardi.Tor ko'chalarga oy nuri ingichka ipakdek yoyilib,gumbazlar soyasida yoyilardi.Uzoqdan ot dupurininh ovozi sukunatni buzar,shamol esa eski kimningdir unutilgan ismini shivirlardi.Go'yo Buxoro asrlar uyqusidan uyg'onib,uni tanib qolgandek edi."Mushuk shynchaki paydo bo'lmadi."-o'yladi ayol.U dadil qadamlar bilan qora mushukka yaqinlashdi va uni kuzatdi.Ana shu paytda uning yon tomonidan uzum novdalari bosib ketgan eski g'isht devor paydo bo'ldi.U barmoqlarini g'ishtgaKI tekkizdi.Keyin devor hech qanday shovqinsiz,go'yo ming yillik uyqudan uyg'ongandek bir tomonga surila boshladi.O'tmish hidi taraldi.Margot ichkariga bir qadam tashladi.Keng ,baland xona moviy koshonlar bilan bezatilgan gumbazsimon shiftdan esa mayda yulduzlar kabi oltin naqshlar taralardi.Devor bo'ylab o'yma yog'och javonlar cho'zilib,ularda charm muqovali kitoblar,mis ko'zalar ,Ichida suyuqligi hanuz yaltirab turgan shisha idishlar turardi.Xona o'rtasida qora marmardan yasalgan favvora bor edi,ammo,undan suv emas,xuddi kumush ipday tovlanayotgan tuman ko'tarilardi.U devorga yaqinlashdi,koshinlar orasiga mayda harflar bilanbir jumla bitilgan edi:
BU ESHIKNI YO'QOLGANLAR OCHMAYDI,UNI O'ZINI QIDIRAYOTGANLAR TOPADI.
Ayol ushbu so'zlarni o'qib ulgurmasdan ,xonaning narigi chetida pardalar ko'tarildi va teatr namoyishi boshlandi.Shamlar bilan qoplangan sahnada ,kiyimlaridan rassom ekanligi sezilib turgan bir yigit,so'zlay boshladi:
MEN RANGLAR BILAN SUKUTNI CHIZDIM,
HAR BIR CHIZIQQA BIR SIRNI TIZDIM.
QALBIMDA SO'NMAGAN BIR SHAM BOR HALI-
KIM IZLAR YURAKNI -TOPADI UNI!
Margot sahna ortida quyosh va oy suratini yaqqol his qildi.Qiz uning o'qigan she'rida "QALB"so'zini eshitib,yuragi yorishdi.Yigit sahna chetiga o'tirib oldi va qandaydir suratni chizishda davom qildi.Suratda :bir qiz tasvirlangan:uning chehrasida sharqning sokinligi ,nogohida esa hali hech kimga aytilmagan hikoya bor edi.Yuzi:oval shaklda ,iyagi nozik va yumaloq.Teri ranggi bug'doyrang,yonoqlari och Pushti tus.Peshonasi o'rtacha kenglikda.Ko'zlari katta,bodomsimon,tp'q jigarrang edi.Qalin ,tabiiy qoshlari keng yoy shaklda .Nigohi biroz o'ychan ,go'yo uzoqdagi bir xotirani eslayotgandek .Kipriklari uzun,ammo pardozsiz ham chiroyli.Burni tog'ri,ixcham,uch qismi yumshoqdek va tabiiy edi.....Lablari o'rtacha to'lalikda ,yuqori labi aniq shakllangandi.Sochlari uzun,qalin,qora-jigarrang va o'rtasidan tekis ajralgan ,ikki tomondan silliq taralgandi...Qiz ,tahminan,o'n to'qqiz yoshdek ko'rinardi.
O'n toqqiz yoshli buxorolik qiz...nafis surat...
Margot suratga termulib,o'zining zamonidagi bir xil ko'rinishda bo'lib qolgan qizlarni tasavvur qildi-yu,aqli xira tortdi.Rassom negadir jim,o'ychan...Ayol uning yonginasida bo'lsa-da,go'yo u juda olisdadek o'zini tutardi."Balki,undan o'zim savol so'rashim kerakdir"-,deb o'yladi U."Salom",-dedi va "Menda savollar bor"-deb ulgurmasdan rassom yigit baland ovozda so'zlay boshladi.
"Qadimgi Yunonistonda,"-boshladi rassom,"bir ko'zgu bo'lar ekan,undan barcha qiz va ayollar doimo chiroyli yuzlarini ko'rish uchun foydalanar ekan.Kunlarning birida u ko'zguni kimdir o'g'irab ketibdi"...rassom shu so'zlarni ayta turib Margotga qaradi va o'zini tanishtirdi."Mening ismim N",-dedi U va hikoyasini qiziqarli davom qildirdi.Bu hikoyani Margot eshita turib,aniq tushundiki, rassom mening zamonimda tabiiy go'zallik ,allaqachon ,unutilganiga bir ishora berayotgandi.N. ayolga qaradi va "Nega aynan sen Qalb so'zini anglash uchun yuborilding,qiziq?!" "Kechirasiz,janob"-,dedi U"Nima haqida gapirayotganingizni tushunmadim"."Necha asrdirki,bizning maskanimizga hech kim tashrif buyurmadi.Ammo,buyuk zot mana shu daqiqalarda seni bizga yubordi.Nahotki,sen achinarli dunyoyingdagi insonlarning o'z qalbini topishga yordam bera olasan"...
"Achinarli dunyo"-taajjublandi Margot.Axir qanaqasiga???Men buvimning ta'ziyasi munosabati bilan yo'lga chiqqanman.Qalb...U ham bor deylik,ammo qayerda,bu qanday so'z yoki narsa?Uni menga nima keragi bor?Qalb nega kerak bizga?Nega men u haqida eshitmaganman?Mana shunday savollar uning miyasida aylana boshladi.Rassom go'yo mbuni his qilgandek,ayolga tikilib qaradi.Birozdan so'ng "Aqlli shaharda nima gaplar "deya so'radi.Margot rassomga siyosiy xabarlar va kashfiyotlar haqida gapirib berdi.Va misr ehromlari o'rnidagi qurilayotgan uchburchak shaklidagi turli labartoriyalarda qilingan tajribalar to'g'risida,kitoblarini ayta boshladi.Uo'zining kitoblari haqida xursand bo'lib gapirarfi,ammorasom negadir ajablanmayotganini ko'rib hafsalasi pir bo'ldi"Sen Buxoroda tug'ilmagansan,ota-onang ham bu shaharni tark etganiga ancha bo'lgan.Bu zaminni eslay oladigan birgina yaqin kishingni ham yo'qotib qo'yding,attang."deb pichirladi rassom va nega aynan Sen" dedi.Margotni bu so'zlar hayratlantirdi."Qanday qilib buni bilasiz???",-so'radi U.Rassom esa unga suratni yaxshi kuzatishini aytdi."Bu sening ajdoding ,unga boq,his qil uni.Agar qachonki,unga qalbing bilan bog'lana olsang ,u tilga kiradi va senga o'zligingni topishga yordam beradi.Bu esa o'z makaningga tezroq borishga yordam beradi."Margot yana o'yga toldi."Ajdod...ularda nima sir bor?Bu suratda meni qaysi ajdodim tasvirlangan ,axir?Ajdodlar bizga nega kerak?"Qizda yana ko'plab savollar paydo bo'la boshladi...
Ha,Margot tengdoshlariga qaraganda biroz ta'sirchan edi.Kitobni yaxshi ko'rar ,ammo hech qachon u ajdodlari haqida to'liq ma'lumot o'qigan emasdi.Yillar uni avval ota-onasi ,keyinchalik ,buvisidan ham ancha uzoqlashtirdi...Munosabatlar butkul uzilgan edi.Ayol o'zida doimo nimadir yetishmayotgandek his qilardi,biroq,shiddat bilan o'tib borayotgan vaqt uni boshqa tomonga olib ketgandi.U ko'p mamlakatda bo'lgan va ilmiy maqolalar yozardi.O'n sakkiz yil umrini turli-tuman tajribalar bilan o'tkazgan Margot shu zumda o'z hayoti haqida o'ylashga vaqt topganidan xursand bo'ldi.Buvisi unga juda ko'p xotiralarini aytib bergan,ammo u bularni qiziqqani uchun emas,uning ko'nglini og'ritmaslik uchun eshitar edi.Juda ko'p yutuqlarga erishgan Margot hozir bildi-ki,shu vaqt mobaynida dunyoqarashi ,allaqachon ,butunlay moddiylashib ulgurgan.Balki,shu sabab ham buvisi yozgan maktublarini ham o'qimay qo'yaginga ancha bo'lgan.Ammo,u robotga aylanib ulgurganiga qaramay ,ta'ziya haqida eshitib ,Ichida nimadir isyon qilgandek bo'lgandi.Balki,shuning uchun ham U TANLANGANDIR.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0