Asarda ismi hech qachon tilga olinmaydigan yosh yigitning hayoti tasvirlanadi. U bolaligidan qiyinchiliklar, oilaviy ziddiyatlar va mehrga bo‘lgan ehtiyoj bilan ulg‘ayadi. Uning hayotida Dilnura ismli qizning paydo bo‘lishi esa dunyoqarashini butunlay o‘zgartiradi. Muhabbat, umid va orzular bilan boshlangan bu munosabat vaqt o‘tishi bilan sog‘inch, shubha va ayriliqqa aylanadi. Qahramon hayotning turli sinovlari orasida o‘zligini, baxtini va xotirjamlikni izlaydi. Rassomlik va she’riyat uning ichki kechinmalarini ifodalash vositasiga aylanadi. Asarda voqelik va xayolot o‘rtasidagi chegara ham noaniq bo‘lib, o‘quvchini ko‘p bor: «Bu rostdan sodir bo‘ldimi yoki uning tasavvurimi?» degan savol qarshisida qoldiradi.