Inson qachon haqiqiy mo‘min bo‘ladi? Sajda qilganidami yoki sajda ortida yashiringan nafsini yenga olganidami? «Muqaddas niqob» — e'tiqod, riyo, ikkiyuzlamachilik, jaholat va insonning o‘z vijdoni bilan kurashi haqida falsafiy asar. Bu kitob dinni emas, din nomidan yashiringan insoniy illatlarni savol ostiga qo‘yadi. Ba'zan eng xavfli yolg‘on — insonning o‘ziga aytgan yolg‘onidir.