— Nima?! Men oshpazmanmi? Men axir zamonaviy dunyodagi eng mashhur oshpazlardan biriman! — dedim jahlim chiqib.
Qirol menga sovuq qaradi.
— Saroyda baland ovozda gapirish taqiqlangan. Ertaga menga yangi taom tayyorlaysan.
— Men sizning xizmatkoringiz emasman!
Qirol kulimsiradi.
— Unda ertaga boshing bilan javob berasan.
U chiqib ketdi.
Men esa karavotga o‘tirib, boshimni ushladim.
— Bu tush bo‘lishi kerak... Ha, albatta, tush!
Ertasi kuni tongda xizmatkorlar meni uyg‘otishdi. Meni saroy oshxonasiga olib borishdi.
Oshxonaga kirganimda hamma menga g‘alati qarardi.
— Bu qiz qirolga ovqat tayyorlay olarmikan? — dedi ulardan biri.
Men ularga e'tibor bermay, ishga kirishdim.
Bir necha soatdan so‘ng qirol dasturxon oldiga keldi. Taomdan bir qoshiq tatib ko‘rdi.
Birdan jim bo‘lib qoldi.
— Bu taomni kim tayyorladi?
— Men, janob, — dedim.
U menga uzoq tikildi.
— Ertadan boshlab faqat sen menga ovqat tayyorlaysan.
Men ichimda kulib qo‘ydim.
«Hech bo‘lmasa oshpazligim bu yerda ham asqotarkan».
Ammo men bir narsani bilmasdim...
Qirolning qo‘lida men izlayotgan o‘sha sirli kitobning birinchi sahifasi bor edi.
Izohlar
0